Mavzu: Yer tuzishning tarixiy bosqichlari. Reja: Kirish Yer tuzishning paydo bo‘lishiga sabab bo



Download 125,5 Kb.
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi125,5 Kb.
#792845
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yer tuzishning tarixiy bosqichlari

1.Yer tuzishning paydo bolishiga sabab bolgan ob’ektiv omillar.

Yer tabiiy asos, ishlab chiqarish jarayonining birinchi moddiy zarurati va sharti hisoblanadi. Shuning uchun insoniyat jamiyati evolyutsiyasining barcha tarixiy bosqichlarida yerning (hududning) va har-xil ishlab chiqarish vositalarining bir-birlariga mosligini va birlashtirilishini u yoki bu darajada ta’minlash kerak bo‘ldi.


Ibtidoiy jamoada bu birlashish va moslashish nisbatan tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, yerdan har-xil maqsadlar uchun foydalanish doiralarini chegaralashdan iborat bo‘ldi. Odamlar kichik guruhlarga bo‘linib, asosan oziq-ovqatlarni yig‘ish va jamoa bilan oddiy qurollar yordamida ov qilish hisobiga yashar edilar. Qator vaziyatlarda ayrim guruhlar orasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turardi, sababi, ko‘p sonli odamlar cheklangan hududlarda o‘zlarini oziq-ovqat bilan ta’minlay olmas edi; bu yangi yerlarni o‘zlashtirishni rag‘batlantirdi. Ish qurollari shunchalik kam rivojlangan ediki, yakka holda yirtqich hayvonlar va tabiat kuchlari bilan kurashish imkoniyati yo‘q edi; bundan jamoa mehnatiga, yerga va boshqa ishlab chiqarish vositalariga hamda mehnat mahsulotlariga umumiy mulkchilik zarurati kelib chiqdi.
Ayrim oilalar, jamoalar va sulolalar mulkchiligining paydo bo‘lishi, mehnatning podachilik va dehqonchilik urug‘lari orasida taqsimlanishining rivojlanishi bilan yerlarni chegaralash, ya’ni foydalaniladigan hududlar chegaralarini belgilash zarurati kelib chiqdi. Buning uchun avvalo tabiiy chegaralardan (daryolar, ko‘llar, yer turlari chegaralari, jarliklar va boshqa relefning elementlari), keyinchalik - chegaralarda o‘rnatiladigan maxsus ishlangan belgilardan (toshlar, ustunlar va boshq.) foydalanildi.
Aholi yashash joylari atrofidagi yerlar umumiy hisoblanib, ayrim shaxslar va oilalar orasida qur’a tashlash yordamida taqsimlanar edi. Bizning eramizning birinchi arslaridayoq ularda dalalar va o‘tloqlar chegaralariga qo‘yiladigan yer mulkchiligi belgilari bor edi.
Хususiy mulkchilik instituti paydo bo‘la boshlashi, davlat tashkiloti rivojlanishi, dehqonchilikning intensivlashishi, yerning, boshqa ishlab chiqarish vositalarining va mehnatning birlashtirilishi va bir-birlariga moslashtirilishi odamlarning yerdan foydalanishni maqsadli tashkil etish bo‘yicha ongli faoliyatining bir turiga aylandi. Bu faoliyat, boshlanishida yer o‘lchash ishlari yoki chegaralash deb ataldi, vaqt o‘tishi bilan u hozir yer tuzish deb ataladigan jarayonga aylandi.
Qadimgi Тuron diyorida Qang‘ (Kanguy) podsholigi va Kushon imperiyasi ravnaq topgan davrda boshlangan yuksalish mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim o‘zgarishlarga olib keldi. Dehqonchilik voxalarida shaharlarning soni ko‘paydi, ular kengayib hunarmandchilik, savdo-sotiq markaziga aylandi.
Asrlar davomida sug‘orish va ekin yetishtirish, yer maydonlariga ishlov berish sohasida orttirilgan tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil oladigan bo‘ldi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotiga mustahkam xom ashyo manbai sifatida qishloqlar nufuzi ko‘tarilib, yerga, xususan ziroatkor maydonlarga bo‘lgan munosabat o‘zgara boshladi, ikkinchidan o‘troq ziroatkor aholi bilan chorvadorlar qabilalar o‘rtasidagi aloqalar yaxshilanib, mamlakatning dasht va tog‘ oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholining o‘troqlashuvi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik tobora oshib bordi. Bunday vaziyat o‘z navbatida qo‘riq va bo‘z yerlarga suv chiqarib, katta – katta yer maydonlari ochishni jadallashtirdi.
Mulkdor sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish tarmoqlarining yuqori qismidan, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib oldilar.
1-ming yilliklar o‘rtalariga kelib, yer maydonlarining ma‘lum bir qismi mamlakatning ijtimoiy va siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan zadagon dehqonlar va majusiy ruhoniylar – koxinlarning qo‘lida bo‘lsa-da yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining tasarrufida edi.
Yerdan foydalanishning tarixiy sahifalari eng qadimiy madaniy taraqqiyot beshigi bo‘’lmish O‘rta Osiyo yerlaridagi xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Serhosil tuproqlar va qulay iqlimiy sharoitlari tufayli Amudaryo va Sirdaryo, Zarafshon vohalari qadim zamonlardan boshlab odamlar istiqomat qiladigan ko‘rkam joylarga aylangan edi.
O‘rta Osiyo qadimgi Sharqning Mesopatomiya va Eron, Хitoy va Hindiston kabi mamlakatlari o‘rtasidagi bog‘lovchi halqa vazifasini o‘tagan. O‘tmish taqdirlari bir-biri bilan o‘zaro mahkam chatishib ketgan hozirgi o‘zbek, tojik, turkman, qirg‘iz va qoraqalpoqlarning ajdodlari Osiyo va Yevropa xalqlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib kelganlar.
Shu aloqalarning eng aososiy manbasi – yer hisoblangan.
O‘rta Osiyoda mulk va dehqonchilik shakllari ming yillar davomida aytarlik o‘zgarmadi. Butun yer shariatga ko‘ra davlatga, xonga, amirga qarashli bo‘lib, aholiga foydalanish uchun turli shartlar bilan berilar edi. Yerdan foydalanishning aniq me’yorlari va puxta tashkil etilgan maxsus yer masalalari bo‘yicha muassasalarning yo‘qligi, ma’murlarning o‘zboshimchaligi hamda yer egaligi shartnoma hujjatlarining yo‘qligi yer-suv munosabatlarida chalkashliklarga olib keldi va ular murakkablashib bordi. Ayni vaqtda yerning badavlat tabaqalar qo‘lida to’planishi va yirik zamindorlar sinfining shakllanish jarayonini tezlashtirdi.
1765-1861 yillar orasidagi davrda Rossiyada bosh chegaralash ishlari o‘tkazildi. Unda yer tushish ishlari dvoryan yer egaligidagi yerlarni texnik va huquqiy rasmiylashtirish va uning aniq chegaralarini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Chegaralash jarayonida maxsus bilimlarni talab etadigan katta hajmdagi yer o‘lchash ishlarini bajarishga to‘g`ri keldi. Malakali mutaxassislar yetishmas edi, shuning uchun chegaralashga yer o‘lchash va geodeziya asoslarini biladigan barcha shaxslar jalb etildi.Shu zaruratdan kelib chiqib Rossiyada 1779 yildan boshlab yer o‘lchovchi kadrlarni “Yer o‘lchash maktabi” tayyorlay boshladi. Bu maktab 1819 y. Yer o‘lchovchilar bilim yurtiga aylantirildi va uning bazasida 1835 y. Chegaralash (Mejevoy) instituti tashkil etildi (keyinchalik - Moskva yer tuzish injenerlari instituti, hozir esa - Yer tuzish bo‘yicha davlat universiteti) aylantirildi.
Ruslarning O‘rta Osiyoni zabt etishi 1853 y. Qo‘qon xonligining qal’asi Oq machitni bosib olishdan boshlandi.
1865 y. sentabr oyida Тoshkentning Rossiya imperiyasiga qo‘shib olinganligi rasman e’lon qilindi. 1867 yilning o‘rtalarida Тurkiston general-gubernatorligi tuzildi.
Respublikamiz hududi bosib olingandan keyin birinchi yillarda mavjud yer egaliklari va yerdan foydalanish shakllari saqlab qolindi, faqat soliqlar Chor Rossiyasi xazinasiga tusha boshladi. 1869 yildan boshlab Rossiyadan dehqonlarni ko‘chirib olib kelish boshlandi va yer munosabatlari Rossiya imperiyasi qonun va qarorlari asosida tartibga solina boshladi. 1888 yildan boshlab Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona yerlari xaritaga tushirila boshladi. Shu bilan bir qatorda yerlar foydalaniladigan va foydalanilmaydigan qismlarga ajratildi.
Revolyutsiyadan oldingi davrdagi yer tuzishning asosiy bosqichlari taxlili quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish imkonini beradi.

  1. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda yer tuzish davlat qo‘lidagi yerga bo‘lgan mulkchilik huquqini mustahkamlashga, yerdan foydalanishni tashkil etish va uni taqsimlashga, davlatning yer siyosatini hayotga tadbiq etishga qaratilgan qurol hisoblanadi.

  2. Avvalo o‘lchashlar, yer ajratishlar, yerlarni chegaralash va yer mulkchiligi huquqini berish bo’yicha sof texnik va huquqiy maqsadlarni ko‘zlab, yer tuzish keyinchalik murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisaga aylandi. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari faqat ularning huquqlarini berish bilan cheklanmaydi; yerlarning unumdorligi, joylashgan o‘rni, ularning shakli, yer turlari tarkibi va boshq. bilan bog‘liq masalalar kelib chiqadi. Yer tuzishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nafaqat yerdan foydalanish bo’yicha munosabatlarda, balki bu yer munosabatlari amalga oshiriladigan yer tuzilishining yoki hududi tashkil etilishining aniq shakllarida namayon bo‘ladi. Masalan, yerga bo‘lgan mulkchilik munosabati har xil turdagi yer egaliklari va yerdan foydalanishlarda (pomeshchik, votchina, dehqon va boshq.) namayon bo‘ladi.

Yer tuzish qayerda o‘tkazilishidan qat’iy nazar hamma vaqt tashkiliy-xo‘jalik mazmuniga va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘ladi, bu uning xo‘jalik iqtisodiga ta’sir etishini ko‘rsatadi.

  1. Yer tuzish davlatning iqtisodiy va agrar siyosati quroli sifatida, asosan, boshqa iqtisodiy, tashkiliy va texnik choralar: investitsiya siyosati, iqtisodiy rag‘batlantirish, ko‘chirishga yordamlashish, yerlarni melioratsiyalashni maqsadli o‘tkazish va sh.o‘. bilan kuchaytiriladi.




Download 125,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish