Mavzu:Jahon mamlakatlari Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Eng katta mamlakat – Rossiya. Maydoni 17 075 000 km.kv ga teng. Ya`ni mamlakat dunyo hududining 11,5 % maydonini egallaydi.
Eng kichik mamlakat – Vatikan. Maydoni 44 gektar. Ushbu mamlakat Italiya poytaxti Rim shahrining g`arbiy qismida Monte Vatikano tepaligida joylashgan. Aholisi soni (1000 kishiga yaqin) ga ko`ra ham eng kichik mamlakatlardan hisoblanadi.
Eng ko`p aholili mamlakat – Xitoy. Chin yurti qariyb 2000 ming yildab beri dunyoda aholi soni bo`yicha birinchilikni egallab turibdi. 2011-yilgi ma`lumotlarga ko`ra aholi soni 1 336 718 000 kishini tashkil etadi. Ya`ni dunyodagi har beshta insonning biri xitoylikdir. So`nggi yillardagi "bir oilaga – bir farzand” nomi bilan olib borilgan faol demografik siyosat natijasida mamlakatda tabiiy o`sish darajasi ancha kamaygan. Aholi soni bo`yicha Xitoydan keyingi o`rinni Hindiston 1 189 172 906 kishilik aholi bilan zabt etgan. Asrimizning o`rtalariga borib Hindiston aholi soni bo`yicha Xitoydan o`tib ketadi.
Eng kam aholili mamlakat – Uek orollari. Aholisi soni 200 kishi.
Eng zich aholili mamlakatlar – ular quyidagilar: (2007 yil, 1 km.kv)
Monako –33 104 kishi
Makao – 20 346 kishi
Singapur – 6 785 kish
Malta – 1 288 kishi
Bahrayn – 1 098 kishi
Bangladesh –1 035 kishi
Maldiv – 1 020 kishi
Eng kam zichlikka ega mamlakatlar – ular quyidagilar: (2007 yil, 1 km.kv)
G`arbiy Saxara –2 kishi
Mongoliya – 2 kishi
Gviana – 2 kishi
Namibiya – 3 kishi
Botsvana – 3 kishi
Eng kam tug`ilish mavjud mamlakat – Germaniya.
Eng ko`p tug`ilish mavjud mamlakat – Keniya.
Eng ko`p qariyali mamlakat – Shveytsariya.
Eng kam qariyali mamlakat – Quvayt.
Eng uzoq umr ko`ruvchi xalq – yaponlar.
Eng past bo`yli xalq – Afrikalik pigmeylar.
Eng oson til – Polinez.
Eng qiyin til – Xitoy.
Eng uzun odam – Turkiyalik 27 yoshdagi Sulton Kozen. Bo`yining uzunligi 2 m 46 sm ga teng.
Eng kichik odam – Xitoylik 20 yoshdagi Xi Ping Ping. Boyining uzunligi 74 sm ga teng.
Eng ko`p olmos qazib oladigan mamlakat – Avstraliya.
Eng ko`p oltin qazib oladigan mamlakat – JAR.
Eng ko`p kumush qazib oladigan mamlakat – Meksika.
Eng ko`p neft qazib oladigan mamlakat – Saudiya Arabistoni.
Eng ko`p gaz qazib oladigan mamlakat – Rossiya.
Eng ko`p ko`mir qazib oladigan mamlakat – Xitoy.
Eng ko`p qalay qazib oladigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p ruh qazib oladigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p qo`rg`oshin qazib oladigan mamlakat – Rossiya.
Eng ko`p boksit (Al) qazib oladigan mamlakat – Avstraliya.
Eng ko`p xrom qazib oladigan mamlakat – JAR.
Eng ko`p marganes qazib oladigan mamlakat – JAR.
Eng ko`p mis qazib oladigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p nikel qazib oladigan mamlakat – Kanada.
Eng ko`p temir qazib oladigan mamlakat – Xitoy.
Eng ko`p fosforit qazib oladigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p kaliy tuzi qazib oladigan mamlakat – Kanada.
Eng katta yoqut koni – Tailandda joylashgan.
Eng katta zumrad koni – Kolumbiyada joylashgan.
Eng katta neft koni – Saydiya Arabistonida joylashgan. Ushbu kon Gavr deb nomlanadi va unda 12 mlrd tonna neft zaxirasi mavjud.
Eng katta selitra koni – Chilida joylashgan.
Eng ko`p neft zaxirasiga ega mamlakat – Saudiya Arabistoni.
Eng ko`p gaz zaxirasiga ega mamlakat – Rossiya.
Eng ko`p elektroenergiya ishlab chiqariladigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p avtomobil ishlab chiqariladigan mamlakat – Yaponiya.
Eng ko`p dengiz kemalari ishlab chiqaradigan mamlakat – J.Koreya.
Eng ko`p samolyot ishlab chiqaradigan mamlakat – AQSH.
Eng ko`p plastmassa ishlab chiqaradigan mamlakat – AQSH.