MAVZU. YENGIL ATLETIKADA TAYYORGARLIK TURLARINING O‘RNI.
REJA:
KIRISH
1 Yengil atletikada jismoniy tayorgarliklarni o’rni.
2 Yengil atletikada texnik tayorgarlik turlarini o’rni.
3 Ruxiy tayorgarligiga oid sport mashqlari.
Xulosa
Foydalanilan adabiyotlar
Kirish
Kuch sifatlari va egiluvchanlikning rivojlanishi o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi hamda tez yuruvchilarning texnik tayyorgarligini yanada takomillashtirish uchun sharoit yaratadi. Shu maqsadda tayyorgarlik davrida maxsus chidamlilikni o’stirishga kirishishdan avval kuch tayyorgarligi hamda egiluvchanlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan ishlar olib boriladi. Bunday tayyorgarlik o’tish davri tugagan zahoti boshlanib, texnikani takomillashtirish va mashg’ulot yuklamalarining umumiy hajmini asta-sekin oshirib borish bilan parallel ravishda amalga oshiriladi. Mazkur bosqich, yillik siklning tuzilishidan kelib chiqib, 2-6 hafta davom etishi mumkin, u tugaganidan so’ng maxsus vositalar hisobiga tayyorgarlik darajasini maqsadli ravishda oshirishga o’tish mumkin. keyinchalik kuch tayyorgarligi hamda egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vositalar butun yillik sikl mobaynida muntazam qo’llanib, majmuali vazifalarni bundan ham samaraliroq hal etishga yordamlashadi.
Ko’p yillik mashg’ulot jarayonida mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi va tez yuruvchilar boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichidan sport takomillashuvi bosqichiga qadar bajargan hajmning ancha o’sishi bilan tavsiflanadi. Hajmning yuqori darajada barqarorlashuvi yoki yuklamalar shiddati oshirilganda uning to’lqinsimon o’zgarishi esa oliy sport mahorati bosqichiga xosdir.
O’quv-mashg’ulot guruhi yoki sport takomillashuvi bosqichlarida mashg’ulot yuklamalarini ularning quvvat bilan ta’minlanish xususiyatlariga ko’ra shiddat nuqtai nazaridan har xil bo’lgan 3 turga bo’lish maqsadga muvofiqdir, ular muvofiq ravishda aerob, aerob-anaerob aralash hamda anaerob rejimda bajariladi. Bu zonalarda mashg’ulot yuklamalari o’z biokimyoviy, fiziologik va pedagogik xususiyatlariga ega bo’lib, masofaning uzunligi hamda uni bosib o’tish tezligiga bog’liq. Yuklamaning aerob va aralash zonalari orasidagi chegara anaerob almashinuv bo’sag’asi (ANAB) hisoblanadi, bunda YuQS taxminan 170+5 zarba/daq.ga teng bo’ladi. Sportchining yoshi va tayyorgarlik darajasi oshgani sayin ANABda YuqS pasayadi, yugurish yoki sport yurishi tezligi esa oshishi kerak. Yuklamaning aralash hamda anaerob zonalari orasidagi chegara kritik tezlik (KT) hisoblanib, bunda yuguruvchining organizmi kislorodni maksimal iste’mol qilish darajasiga (MKI) chiqadi. Bu YuqSning 185+10 zarba/daq. oralig’iga mos keladi. Yosh ortgani sayin yugurishda KT o’sib, YuqS esa pasayib boradi, bu mashg’ulot jarayonining muvaffaqiyatli ketayotganligini bildiradi. 51-jadvalda har xil yosh va malakali yuguruvchilarda anaerob almashinuv bo’sag’asi hamda kritik tezlikda yugurish tezligi diapazoni taqdim etilgan, ular shiddat zonalari orasidagi chegaralarni aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |