Buddizm bilan bir qatorda Yaponiyaga ushbu dinning ehtiyojlariga xizmat qiluvchi moddiy majmua ham kirib keldi. Ibodatxonalar qurilish, budda va bodxistavlarning haykallari va boshqa marosim buyumlarini ishlab chiqish boshlandi. Sintoizm esa bu davrda hali rivojlangan yopiq diniy inshootlar qurish an’anasiga ega emas edi. Koreya va Xitoy prototiplariga o’xshash jihatlar bilan bir qatorda yapon ibodatxonalari qurilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib bordi. Me’morchilikda o’ziga xos yapon uslubi shakllana borgan. Masalan, Syotoku tomonidan barpo etilgan Xoryu-dzi ibodatxona majmuasiga o’xshashi Xitoyda ham, Koreyada ham uchramaydi. Takamatsudzuka qo’rg’onidagi freskalar ham materik namunalaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |