Mavzu: Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja: Kirish


Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk



Download 27,31 Kb.
bet4/4
Sana05.04.2023
Hajmi27,31 Kb.
#925107
1   2   3   4
Bog'liq
shablon

3. Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.
2017-yil 12-dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bog‘liq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat ko‘rsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog‘i vujudga keldi.
Mazkur tizimning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va amalda munosib samara bergan Xalq qabulxonalari negizida barpo etilgani ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro hayoti davomida turli ehtiyojlar bilan davlat idoralariga duch kelishi tabiiy hol. Xalqning davlat idoralari bilan munosabatlarida yengillik yaratish, mushkulini oson qilish esa bugungi kunda davlatimizning asosiy e’tibor markaziga ko‘tarilgan. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi, zamonaviy konsepsiyasida fuqarolarning navbat kutib turishlarini keskin kamaytirish, hujjatlarni elektron tarzda yuritish hisobiga qog‘ozbozlikni qisqartirish, turli xil buyruqbozlik va sansolarliklarga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan. Eng muhimi, davlat xizmatlari markazlarining ish prinsipi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilga asoslangan.
Qisqa fursatda respublikamizdagi har bir tuman va shaharda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi. 2018-yil boshida ushbu markazlarda aholiga qariyb 30 turdagi xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-apreldan e’tiboran bunday xizmatlar soni 50 tadan ortdi. Iyun oyidan boshlab esa ular qatoriga yana 30 dan ortiq xizmat turlari qo‘shildi. Bu odamlarning qimmatli vaqtlarini tejash bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish imkonini ham bermoqda. Misol uchun, yoshlar oila qurganda nikohni qayd etishi, farzand dunyoga kelganda unga guvohnoma olish, bolalarni bog‘chaga joylashtirish, mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olish yoki yangisiga almashtirish kabi kundalik hayotimizda ko‘p bora duch keladigan ishlar endilikda Davlat xizmatlari markazida hal etib beriladi. Buning uchun turli idoralarga qatnashga, uzoq vaqt kutishga endi hojat yo‘q.
Avvalo, shuni chuqur anglashimiz zarurki, bugun mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va islohotlarning zamirida “Nima qilsak odamlarimizning tashvishi kamayadi, ularga tejamli va qulay bo‘ladi?” degan jiddiy savol turadi. Ana shu yangilik va islohotlarning barchasi odamlarni ko‘pdan beri qiynab kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni bugungi hayotdan mamnun etib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini amalda mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Shu ma’noda yurtimiz hayotida yangilik bo‘lgan mazkur tizim faoliyatini boshlashda ham puxta o‘ylab qadam tashlandi. Bu borada davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam ravishda o‘rganib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar Angliya, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Ozarbayjon, Litva, Singapur, Qozog‘iston va boshqa davlatlar qonunchiligi o‘rganilib, Avstraliya va Kanadaning davlat xizmatlari elektron tizimi atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra ma’lumotnomalar tayyorlanib, ularning ijobiy tajribasidan kerakli o‘rinlarda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olish, ipoteka shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, tibbiy faoliyat huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, kommunal xizmat kabi masalalarda odamlar ko‘plab muammolarga, ortiqcha sarsongarchiliklarga duch kelar edi. Endilikda bunday masalalar Davlat xizmatlari markazida qisqa vaqtda hal etib beriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmoqchi bo‘lgan kishi markazga kelib, eski haydovchilik guvohnomasi va fuqarolik pasportini beradi va belgilangan miqdordagi to‘lovni istalgan shaklda to‘laydi. Mutaxassislar shu yerning o‘zida fuqaroni suratga olib, tegishli hujjatlarni hech qanday muammosiz rasmiylashtiradi. Qarabsizki, yarim soat ichida fuqaro yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olib ketadi. Bolalarni bog‘chaga joylashtirish masalasida ham ota-onalar shu paytgacha turli qiyinchiliklarga duch kelganligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Endilikda bu masala ham markazda hal qilinadigan bo‘ldi.


Xulosa
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Hozirgi ijtimoiy makonda fuqarolik jamiyati institutlari faolligini oshirish, davlat tashkilotlarida ochiqlik, oshkoralik tamoyillarini joriy qilish, davlat va nodavlat tashkilotlari, hatto xususiy sektorlarni jalb qilish orqali ijtimoiy hamkorlikni sifat jihatdan yaxshilash zarur. Bu esa o’z navbatida milliy yuksalish sari bir yoqadan bosh ko’tarishga turtki beradi. Shuningdek ma’naviy-ma’rifiy sohadagi maummolarni tizimli hal qilishda ilmiy asoslangan tadqiqotlarni amalga oshirish kerak. Jumladan: ma’naviyma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish; ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash; maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalarni ishlab chiqish davr talabidir.8 Yer planetasi atalmish ijtimoiy-siyosiy makonda g’arazli niyatdagi destruktiv kuchlar tomonidan ma’naviy tubanlikka eltuvchi yot g’oyalarning targ’ib qilinishi, uning oqibatida yuzaga keladigan xavf-xatarlarning oldini olish uchun sohadagi ishlarni jonlantirish kerek. Bu bora O’zbekiston Respubilkasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari o’rinlidir: “O’ylaymanki, madaniyat va ma’rifat, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarur. Bu bugun bizning barchamiz uchun hayotiy muhim vazifadir. Yanada ogoh va sergak bo’lish, eng asosiy boyligimiz bo’lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko’p millatli xalqmizning birdamligi va jipsligini ko’z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O’zbekistonni o’z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir.” 9 Xulosa qilib aytganda, o’z oldiga ulug’vor maqsadlar qo’yib, innovatsion taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekiston milliy taraqiyot manzili sari yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bugungi kunda yurtimizdagi tub o’zgarishlar, faol konstruktiv yangilanishlar jamiyatimiz hayoti, odamlarning ongu tafakkuri o’zgarishiga xizmat qilmoqda. Zotan , murakkab va serqirra jarayon bo’lmish hayot suratlarning tezlashishi har bir kishidan mustaqil fikirlash, mustahkam irodali bo’lish hamda qat’iy faol fuqorolik pozitsiyasini egallashni talab qilmoqda. Milliy yuksalish har bir fuqaroning shaxsiy rivojlanishi, ularning turmush-tarzi yaxshilanishi bilan uzviy bog’liqlikdagi jarayondir.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.Y.Yaxshilikov, N.E.Muhammadiev, Milliy g’oya: O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Darslik.- Toshkent:
2. Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz 1-jild,-Toshkent :“O’zbekiston” НМИУ 2018.-298-299 b.
3. https://uniwork.buxdu.uz/
4. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019, 1- tom
5. https://www.trt.net.tr/
Download 27,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish