mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” instituti joriy
etilmoqda.
3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining
yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga
xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.
Biroq mamlakatimizning xalqaro koʻrsatkichlarini yaxshilashga bu
tadbirlarning oʻzi yetarli hisoblanmaydi. Bunda sohadagi islohotlar koʻlami va
samaradorligiga jiddiy taʼsir qilayotgan huquqiy omillarning ham hissasi
yuqoridir. Shu munosabat bilan 2020-yilning 19-may sanasida davlatimiz
rahbarining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va
muassasalari
faoliyatini
yana-da
takomillashtirish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim
ahamiyat kasib etdi.
Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga bir qator maqsadli vazifalar yuklatildi. Mazkur vazifalardan eng asosiysi
sanalgan xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnining
yaxshilanishiga toʻsqinlik qilayotgan huquqiy omillar yuzasidan fundamental
huquqiy tadqiqotlar oʻtkazilishini taʼminlash
masalasi esa, yuqorida qayd etilgan
ustuvor maqsadlar uchun yoʻl xaritasi sifatida maydonga chiqadi.
Aytish joizki, bugun mamlakatimizni xalqaro indekatorlar tizimida oʻzining
munosib oʻrnini shakllanishiga salbiy taʼsir qiluvchi ichki va tashqi huquqiy omillar
negizi juda chuqur tahlillarga borib taqaladi. Shu munosabat bilan bu boradagi
muammolarni oʻrganish va bartaraf etishda dastlab milliy qonunchilik tizimimizdagi
ayrim boʻshliqlar va kolliziyalarning huquqiy
monitoringini yana-da
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bu masalada oʻtgan davr
mobaynida koʻplab islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi “Huquqiy monitoringning zamonaviy
mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4502 sonli qarori va uning asosida qabul qilingan nizom
bu boradagi ishlarning nechogʻlik zarurligini koʻrsatdi. Taʼkidlash joizki, vakolatli
davlat idoralar tomonidan qabul qilinayotgan har bir normativ-huquqiy hujjatlarning
mukammalligi, ularning qonunchilik texnikasi talablari
asosida ishlab chiqilishi
norma ziddiyatlarini bartaraf etibgina qolmay, balki kelgusida yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan korrupsion holatlarning ham oldini oladi.
Yuqorida bayon qilingan jihatlarga alohida to‘xtalish, birma-bir sharhlash,
kamchilik va yutuqlarni sanash keng ko‘lamli tadqiqot va chuqur o‘rganishni talab
qiladi. Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan, xususan, partiyamiz ayni
yo‘nalishda Bank-moliya akademiyasi bilan yaqin hamkorlik qilib, o‘rganishlar olib
boryapti.
Jumladan, Prezidentimizning “Jahon banki va Xalqaro moliya
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining
reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
bo‘yicha mas’ul idoralarga quyidagi aniq takliflar bildirilgan: