Iste’molchining kutishi. Iste’molchilik sarflari hajmidagi
o’zgarish, iste’molchining narxlar va daramodlar darajasidagi
kelajakda o’zlarining real daromadi ko’payadi, deb hisoblasa,
ular joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor
bo’ladi. Natijada bu davrda iste’molchilik sarflari ko’payadi,
jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar
odamlar kelajakda o’zlarining real daromadlari kamayadi deb
hisoblasa, ularning iste’molchilik sarflari, yalpi talabi
qisqaradi. Xuddi shunday inflatsiyaning kutilishi bugungi yalpi
talabni oshiradi.Chunki iste’molchilar narxlar oshguncha
tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha yaqin
kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol
miqdorining kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |