Bozor muvozanati
Bozor muvozanatini ta'minlash uchun ishlab chiqarishni
rivojlantirish orqali bozorni tovarlar bilan to'ldirish lozim, talab va taklifga qarab baholarni pasaytirish yoki oshirish mumkin.
Shu maqsadda Birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» asarida (2010) mamlakatimizda iqtisodiyotnil barqarorlashtirish orqali yalpi talabni o'stirish, «2009 -2012-yillarga moljallangan inqirozga qarshi choralar» davlat dasturining ahamiyatiga to'xtalib:
tijorat banklarini zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy
nochor korxonalarni sog'lomlashtirish jarayoniga jalb qilish
tajribasi amalda o'zini to’la oqlaganligi;
hali ham eski texnika va texnologiyalar asosida
ishlayotgan, hech qanday iqtisodiy istiqboli bo'lmagan
korxonalarni tugatish va ularning negizida yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish darkorligi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fennerlikni
rivojlantirishni moliyalashda tijorat banklarining rolini
kuchaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirish zarurligi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga 2010-
yilda kredit resurslari ajratish miqdorini 1,4 barobar
ko'paytirish, mikrokreditlar hajmini 1,3 barobar oshirish vazifasi
qo'yilganligi;
mamlakatimizning raqobatdoshligini oshirishni
ta'minlash uchun iqtisodiyotning tarkibiy o'zgartirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish 2010 va kelgusi yillarga mo'ljallangan iqtisodiy dasturni amalga oshirishning muhim ustuvor yo'nalishiga aylanishi lozimligini ta'kidlagan edi.
Hozirgi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etdi:
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish;
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da belgilagan muhim masalani keltirishni lozim topdim. ‘’Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo'nalishlarini belgilab olar ekanmiz, biz ichki ehtiyojning o'sishiga alohida e'tibor qaratishimiz kerak bo'ladi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv asosida ish tutganimiz o'tgan yillarda o'zini to'la oqladi. Ta'kidlash kerakki, bugungi kunda Osiyodagi ko'plab mamlakatlar aynan shunday pozitsiyaga amal qilib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish, iste'mol talabini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sohani rivojlantirish, mehnatga haq to'lashni yanada oshirish, xizmat ko'rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini, xizmat ko'rsatish sektorini, infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga, transport va
kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e'tibor
berishdir”.
Yuqoridagi belgilangan vazifalarning ijrosi mamlakatimizda 2010-2012-yillarda yalpi ichki mahsulotning o'sishiga olib keldiki, oqibatda aholi daromadlarining o'sishi yalpi talabning
ta'minlanishiga moddiy asos yaratdi. Mamlakatimizdagi ishlab
chiqilgan modernizatsiya va diversifikatsiya strategiyasi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning davomi bo'lib, uni amalga oshirish natijasida 2011 -yilda mamlakatimiz yalpi ichki
mahsulotida sanoat ishlab chiqarishi ulushi 2000-yilda bor- yo'g'i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko'rsatkich 24,1 foizga yetdi. Buni hozirgi paytga taqqoslaydigan bo’lsak 2021-yil 17 yanvar kuni esa Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tgan majlisda Prezidentimiz tomonidan mamlakatda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli ular bugungi kunga kelib amaliy samarasini berilayotganligi alohida ta’kidlab o’tildi.
Xususan, 2020-yili ana shunday mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bunday mahsulotlarning raqobatdoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib borayotganligi e'tirof etildi.
Hech shubhasiz, bu borada sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha bajarilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, ma’ruzada, so‘nggi 3 yilda mamlakatda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshganligi qayd etildi. Faqat o‘tgan yilning o‘zida 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosish bo‘yicha yakuniy samara 5 milliard 300 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o‘tgan yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. 2020-yil yanvar-mart oylarida sanoat tarmog`ining qo`shilgan qiymatida 4,0 % ga o`sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o`sish sur`atiga ijobiy ta`siri 1,2 f.p.ni tashkil qildi. Sanoat tarmog`idagi ijobiy dinamika asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog`i qo`shilgan qiymatining 8,9 % (2019-yil yanvar-martida - 7,5 %, 2018-yil yanvar-martida - 3,6 %) ga o`sishi hisobiga ta`minlandi. O’tgan ikki yil davomida sezilarli o'sishdan so'ng tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog’i qo’shilgan qiymati hajmining taqqoslama narxlarda 11,9 % ga pasayishi kuzatildi (2019-yilning yanvar-martida 5,3 % ga, 2018-yilning yanvar-martida 25,8 % ga o'sgan)
Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2011-yilda 11,2 foizga o'sdi. 2000-yilga nisbatan esa bu ko'rsatkich 4 barobardan ziyod oshdi. 2015-yilda esa qishloq xo'jaligining ulushi esa 30 foizdan 17,5 foizga kamaydi. Taqqoslash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida kichik bo‘lsada iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 255,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish ko‘rsatkichi 0,2 %ni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 6 %ni tashkil etgandi.Sohalarda yalpi qo‘shilgan qiymat o‘sishi 0,3 % ni tashkil etdi.
Iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish dinamikasi sekinlashgan bo‘lsa-da, o‘sish davom etmoqda. Ushbu ko‘rsatkich xizmat ko‘rsatish sohasida 2,6 %, qurilish xizmatlarida 7,3 %, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish tarmog‘ida 1,2 %ga oshdi.
Mamlakatimizda iste’mol narxlar indeksi ham sezilarli darajada o’zgardi. O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi 2020-yil iyun oyida 2019-yilning dekabriga nisbatan 104,6% ni tashkil etdi, 2019 yilning 6 oyi davomida iste’mol narxlari indekslari 105,6% ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yillik hisobda iyun oyida o‘tgan yilning iyuniga nisbatan tovarlar va xizmatlar narxlari 14,2 %ga, 2018 yil iyunidan 2019 yilning iyunigacha esa 13,6% ga o‘sishi kuzatilgandi.
Iqtisodiyotning real hamda ijtimoiy sektorlarini rivojlantirishga muhim e'tibor natijasida 2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, budjet tashkilotlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o'sdi. 2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonun loyihasiga ko‘ra, kelasi yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarning oshishi bilan bog‘liq xarajatlarga 8,4 trln so‘m ajratilmoqda.
Oxirgi shakllangan qoidaga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdori har yarim yilda o‘tgan davrdagi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorlarda oshirilishi kerak.
Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida 2021 yilda inflyatsiya 9-10 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda esa maqsadli mo‘ljal 10-11 foiz bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd AQSH dollari bo‘lishi kutilyapti. O‘tgan yili bu limit 4 mlrd dollar bo‘lgan, keyinroq pandemiya sabab 5 mlrdgacha ko‘paytirilgan
Aholi jami daromadlarining 51 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinayotganligi muhim yangilikdir. Keyingi o'n yilda O'zbekistonda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobarga ortdi. .
Aholi farovonligini o'zida yaqqol mujassam etadigan eng muhim
ko'rsatkich - bu oila iste'mol budjetining hajmi va tarkibidir. Ushbu ko'rsatkich oila yalpi daromadlari hajmi va tarkibiga, iste'mol bozorining zarur tovar va xizmatlar bilan to'ldirilishi, oila daromadlarining ana shu iste'mol mahsulotlari va xizmatlarni xarid qilish imkoniyatlariga bog'liq.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy
tamoyillaridan biri sifatida Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chuqur asoslab berilgan kuchli ijtimoiy siyosat aholi yalpi daromadlarining o'sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Mustaqillik yillarida mazkur islohotlar natijasida 1990 —2010-yillar davomida O'zbekiston aholisining yalpi daromadlari aniq hisob-kitoblar bo'yicha 8,6 barobar oshdi. Yalpi daromadlar tarkibida shu davr mobaynida mulk daromadlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlar kabi yangi daromad turlari paydo bo'ldi.Tabiiyki, sobiq mustabid tuzum davridagi markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot sharoitida aholining bunday daromad manbalari shakllanishiga mutlaqo yo'l qo'yilmas edi. Yangi turdagi bunday daromadlar hissasiga 2012-yil so'ngida yalpi daromadlarning 51 foizi to'g'ri keldi
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash - Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan Davlat statistika qo‘mitasi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan idoralararo metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2020- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 401,5 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 102,6 % ni tashkil etdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylarida (o‘n ikki oy davomida), aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (23 563,1 ming so‘m) hamda Navoiy (19 200,2 ming so‘m), Buxoro (14 474,0 ming so‘m), Toshkent (12 565,3 ming so‘m) va Xorazm (12 023,0 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |