Sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakulteti
Falsafa yo’nalishi fors-ingliz guruhi
1-kurs talabasi
Abduvasiyev Akmal.
Mavzu:Yahudiylik manbalari.
Reja:
1.Yahudiylik manbalari
2.”Levit” “Chiqish” va “Sonlar ” kitobi
3.”Neviyim” (Payg’ambarlar) kitobi
Yahudiy dinining muqaddas manbalaridan biri Tanax bo’lib , u miloddan avvalgi XIII asrda Isroil xalqini Misrdan olib chiqib ketgan Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Tora “Tavrot” , Neviim “Pyag’ambarlar” va Ketuvim “Kitoblar ” qismlaridan iborat. Ikkinchi manba Tanaxdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba –Talmud . Mazkur ikki manba yahudiylar “Kitve Kodesh” (Muqaddas kitoblar ) deb ataydilar.
“Tavrot” Musoga tegisgli bo’lgan besh kitobni o’z ichiga oladi.
1.”Borliq” yoki “Ibtido”
2.”Chiqish”
3.”Levit’’
4.”Sonlar”
5.”Ikkinchi qonun”
Qadimiy axdning ichida obro’li qismi Tavrot bo’lib , u xiristiyanlik an’anasiga ko’ra “Tora” (Ta’limot) hisoblanadi.Har ikkala dinda bu kitob Xudoning kalomi deb etiqod qilinadi.
“Axd ” so’zi Xudoning insonlar bilan tuzgan “axdnomasi”ni anglatadi. Tavrot va Zabur
Matni ibriy va aramiy (eski yahudiy) tillarida yozilgan. Ularda Sulaymon payg’ambarning matallari, “Xudo yarlaqagan” Isroil xalqining tarixi bayon qilingan .
“Ibtido” mill avv 1400 yillarda Xudoning buyrug’iga ko’ra Muso payg’ambar tomonidan yozilgan. Unda Xudo olamni qanday yaratgani odamzotni gunohga botgani oqibatda alamga azob va o’lim kelishi xalqlarning jahonga tarqalishi tarixi Odam ato , Momo Havo , Hobil , Qobil , Hazrati Nuh , Lut, Iborohim ,Is’hoq , Ismoil, Yaqub, Yusuf, Firavn va boshqa shaxslar, to’fon , Bobil minorasi, tillar chatishuvi , Sadum va Homoranning harob bo’lishi kabi qadimiy hodisalar o’rin olgan.
“Chiqish” kitobida Muso payg’ambarning tug’ilishi, hayoti, Misr Firavini omonidan qattiq zulmga tortilgan yahudiylarning Yahve amri bilan ozod etgani, va unga Tur tog’ida Yahve tomonidan unga o’nta (Vasiyat)ning berilishi bayon etilgan.Yahudiylarning ibodatlari, rasm rusumlariga ta’luqli ko’rsatmalar berilgan
“Levit” kitobi turli tuman urf odatlar va diniy marosimlarga oid ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Unda xudo yo’liga qurbonlik qilish, uni amalga oshirish tartibi yahudiy xalqiga hayvon va parrandalardan qaysilarining go’shtini istemol qilish va iste’mol qilmaslik haqida ko’rsatmalar berilgan.
“Sonlar” kitobida yahudiy xalqining Muso payg’ambar boshchiligida Misrdan chiqqanining ikkinchi kuni ularga urushga yaroqli barcha erkaklarning hisobini olishga buyurdi. Kitobda yahudiylarning Misrdan chiqqan Banu Isroil qavmining Muso payg’ambar bilan kechirgan hayotlari , tortgan qiyinchiliklari , olib brogan janglari , qabila , urug’ avlodlari asosiy namoyondalrining nomlari bayon etilgan. Yahve Musoga janglarda qo’lga kiritilgan o’lja va asrlarning hisobini olish va ularni qanday taqsimlash borasida ko’rsatmalar beradi .
“Neviim ” (Payg’ambarlar) kitobi ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismi avvalgi nabilarning kitoblari kirgan bo’lib , ular: Isus , Navin “Hukmlar” , Samuilning ikki kitobi va ikkiita “Podshohlik”, Ruf , Esfer , Ezdra , Nesmiya , Paralifominon kitoblari; ikkinchi qismga keying payg’ambarlar kitoblari kirgan bo’lib , ular uchta kichik payg’ambarlar Osiya , Ioil , Amos , Avdi, Iona ,Mixey, Naum, Avvohum, Sofoniya , Agey, Zahariya, Malahiyalarning kitoblaridir.
Foydalangan adabiyotlar
- Dunyo dinlar tarixi. Qo’llanma 2011
Do'stlaringiz bilan baham: |