Yahudiylikdagi oqimlar. Yahudiylikdagi oqimlar haqida gapirganda ularni qadimiy oqimlar va zamonaviy oqimlarga bo’lish mumkin. Qadimiy oqimlarga Saduqiylar, Farziylar, Esseylar kiradi.
Saduqiy nomi podshoh Dovud payg’ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog’liq. Ko’plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo’lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodat haqida so’z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o’lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar.
Farziy nomi qadimiy yahudiy tilidagi “tushuntirish”, “ajratib ko’rsatish” so’zidan olingan bo’lib, ular Musoning qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o’rgatganlar. Farziylar Musoning zamonidan beri og’zaki an’ana davom etib kelayapti deb hisoblaydilar. Ular har bir avlod o’z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar.
Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning qonunini, balki boshqa payg’ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o’zlarining urf-odatlarini ham qabul qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar. Shuning uchun ular ovqatga, kiyimga va boshqa narsalarga juda ehtiyot bo’lganlar. Qo’llari va badanlarining ozodaligiga katta e’tibor berganlar. Farziylar juda ko’p payg’ambarlar ta’kidlagan qiyomatga, o’lganlarning qayta tirilishiga ishonganlar.
Esseylar, Quddusdagi ko’pgina ruhoniylar ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar ba’zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga muvofiq, munosib bo’lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko’rgan bir guruh ruhoniylar Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to’g’ri kelmay qoldi deb hisobladilar. Ular Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketdilar va o’sha erda o’z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni esseylar deb atashdi. Esseylar Xudo tomonidan yuboriladigan halaskor – Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib yashar edilar.
Massonizm ma’nosi “ozod qiluvchilar” bo’lib, yahudiylikdagi yashirin tashkilotdir. U milodiy 44 yili Rim imperatorlaridan Irod Akriba tomonidan o’zining ikki yahudiy maslahatchisi: rais o’rinbosari Heron Abyud va birinchi kotib Muob Lomiy yordamida tashkil etilgan. Maqsadi-dunyoda yahudiylar hukmronligini o’rnatishga erishish. U tashkil topgan davrda “mahfiy qudrat” deb atalgan. Keyinchalik massonizm deb ataldi.
Yahudiylikdagi yangi oqimlardan biri Sionizmdir. Bu nom Quddusdagi Sion tog’i nomidan olingan. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T.Gerlstning “Yahudiylar davlati” risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o’z oldiga qo’ygan maqsadi-yahudiylar o’zlari yashab turgan turli o’lkalardan chiqib, Falastinda “milliy birlashish”ga erishish. Sionizm “jahon yahudiy millati”-“oliy millat” kabi g’oyalarni ilgari suradi. O’z g’oyasiga ko’ra sionizm siyosiy oqim bo’lib maqsadiga erishish yo’lida yahudiy dinidan foydalanadi.
2.Eramizdan avvalgi II-ming yilliklar o’rtalarida Hindistonga Shimoldan o’zlarining tillari va ranglari bilan farq qiluvchi xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Evropa tillariga o’xshash bo’lgan sanskrit tilida gaplashganlar va o’zlarini oriylar ya’ni aslzodalar deb ataganlar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlarni ya’ni vedalarni olib kelganlar (sanskrit tilida ilohiy bilim, bashorat ma’nosini anglatadi). Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o’z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas yozuvlardan farqi shundaki ular nihoyasiga etkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo’shimchalar qo’shish imkoni bor edi. Shuning uchun bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra vedalarda 33, 333 yoki 3339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Vedalar dinida ularning xudolari ilk bor tabiat kuchlari va hodisalari inson qiyofasiga o’xshatib tasavvur etilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari – Agni (olov xudosi), Indra (atmosfera, yomg’ir va momaqaldiroq xudosi), Sur’ya (quyosh), Varuna (Dyaus, osmon xudosi), Soma (oy hamda kayf qildiradigan ichimliklar xudosi, Vritra (qurg’oqchilik xudosi), Vishnu va Krishnalardir. Bu dinda ijtimoiy adolatsizlik Xudo to’monidan abadiy o’rnatilgan tartibdir deb e’tirof etiladi. Vedalar dinidan keyinchalik braxmanlik dini kelib chiqdi.
Ijtimoiy tengsizliklar kuchayganidan keyin xudolarning vazifasi va ahamiyatlari ham o’zgardi, chunonchi: Indra-urush xudosiga, Varuna-oliy hakam va adolat posboniga aylandi. Keyinchalik Indra xudolar podshohiga va Erdagi xudolar homiysiga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |