Mundarija: Mundarija: I.Kirish II.Asosiy qism 1.XX asrning 1-yarmida geografiya 2.XX asrda o'zbek olimlarining geografiyaga qo'shgan hissasi 3.XXasrdaO'rta Osiyo rus olimlari tomonidan o'rganilishi III.Xulosa
Kirish XX asrda geografiyani o'rganishning eng yuqori cho'qqilaridan bir bosqichi hisoblanadi. Asosan bu bosqichda:Shimoliy va Janubiy qutblarning zabt eltilishi, Turli ta'limotlarning yaratilishi, shuningdek o'rta osiyoni ilmiy tomondan o'rganilishi biz uchun muhimdir.
Mazkur bosqich ikki davrdan iborat: birinchi davr XX asming birinchi qismini o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda tabiiy geografiyada qator muhim ta’limotlar yaratildi. V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti yaratildi. AA.Grigoiyev tomonidan esa geografik qobiq va geografik muhit talimoti yaratildi. Biosfera haqida talimot esa V.A.Vemadskiy tomonidan yaratildi.
Geografik qobiqning bo‘ylama (vertikal) va ko‘ndalang (gorizontal) tuzilishi, rivojlanishi va tarkibiy qismlari haqida tushunchalar ishlab chiqildi. Bu sohada L.S.Berg, K.K.Markov, S.V.Kalesnik, N.A.Solnsev, A.G.Isachenko, F.F.Milkov va boshqalar yirik ilmiy ishlami amalga oshirgan. S.V.Kalesnik 40-yillari geografik qobiqning tuzilishi va rivojlanishi umumiy Yer bilimi fanining o'rganish obyekti degan g‘oyani olg‘a surdi.
R.Piri 1909-yilda Shimoliy qutbni zabt etadi .Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbning zabt etadi va shu bilan Yerda odam oyog'i tegmagan joy qolmadi
Oʻzbekistonda geografik tadqiqotlarningtabiiy- tarixiy yoʻnalishi 20- a. boshida oʻlkani ruslar tomonidan oʻrganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy yoʻnalish turli hududlar tuproq va oʻsimlik qoplamini landshaftlar fonida majmuali oʻrganish metodikasi va metodologiyasiga asoslangan va uning yirik markazi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik va geobotanika instituti edi.
Ekologik-geografik yoʻnalish 1920—30yillarda shakllandi. Bu yoʻnalishning vakillari ekolog va geograflar D. N. Kashkarov (1878— 1941)va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi. Oʻrta Osiyo choʻllari va baland togʻlari oʻziga xos tabiiy kompleks va „hayot makoni“ sifatida qiyosiy ekologik va geografik jihatdan oʻrganildi.
Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning sintezi sifatida vujudga keldi. Bu yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30 yillarda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik hududlarning landshaft haritalari tuzildi.
1943 yil Oʻrta Osiyoning ekologik tamoyillar asosida majmuali geografik rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi yaratildi. 1950-yillar oxiridan Oʻrta Osiyoni tabiiy rayonlashtirish va landshaft haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo davlat universitetining geograf olimlari shugʻullandilar
20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi rivojlandi. M. Behbudiyning „Qisqacha umumiy geografiya“ (1902), „Aholi geografiyasiga kirish“ (1903), Fotih Karimning „Geografiya“ (1914), Muhammad Aminkarimiyning „Jugrofiyai riyoziy“ (1914), Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻlining „Yer yuzi“ (1915), N.I. Balashovning „Turkiston geografiya oʻqumligi“ (1922) darsliklari nashr etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimi 1958 yildan boshlab geografik tadqiqotlar olib bordi.
20-asrning 1-yarmida Oʻrta Osiyo tabiatini, tabiiy resurslarini tadqiq qilish surʼati yanada ortdi, oʻrganish koʻlami kengaydi. Oʻlkaning tabiati bir butun holida ham, alohida komponentlari boʻyicha ham chuqur oʻrganila boshladi. Bu borada N.L.Korjenevskiy, D.V.Nalivkin, S.S.Shults, R.I.Abolin, Yu.A. Skvorsov, Ye.P.Korovin, D.N.Kashkarov, V.M.Chetirkin, I.A.Raykova, Q.Z.Zokirov va boshqalar bir qancha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan asarlar yaratdilar.
20-asrning 2-yarmida ham oʻlka tabiatini kompleks oʻrganish boʻyicha ishlarning borishi samarali boʻldi. Koʻplab monografik asarlar yaratildi. Ularda Oʻrta Osiyo tabiatini chuqur tahlil qilish bilan bir vaqtda landshaftlarni xaritaga tushirish, tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik komplekslarni baholash taraqqiyotini bashoratlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish masalalariga ham katta eʼtibor berilgan.
N.KorjenevskiyOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1939). Geogr. fanlari d-ri (1937). Oʻrta Osiyo universitetining tabiiy geogr. kafedrasi professor, mudiri (1927 yildan). Oʻrta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyasiologiya boʻlimining boshligʻi (1926—58).
D.N.Nalivkin
D.N.Nalivkin
Talabalik davrida Farg‘ona vodiysidagi Tuya-Muyunskoye koniga ekspeditsiyada qatnashgan. Ekspeditsiya 1915-1916 yillarda akademik V. I. Vernadskiy boshchiligida amalga oshirildi. D.I.Mushketov o‘quvchilarni joyida nazorat qildi; ekspeditsiyada talabalar I. M. Moskvin va E. V. Ivanovlar ham qatnashdilar.
Xulosa Qadrli talabalar shuni aytish kerakki XXasr geografiyani o'rganish uchun muhim bosqichlardan biridir.Ya'ni ilmiy geografiya jadal o'sdi.Ayniqsa ta'limotlarning yaratilishi eng katta hodisalardandir.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Baratov P., Sultonova N. "Umumiy yer bilimi" Toshkent 2019 2.Gadayev K., Berdiyeva S. "Jahongashta sayyoh olimlar" Toshkent 2017