Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti MOXT va M yo‘nalishi 4-kurs dariy- ingliz guruhi talabasi _________________ning Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanidan tayyorlagan case study.
Mavzu: XX АSR 2-YARMIDА АFG'ОNISTОN, SHАRQIY TURKISTОN MАDАNIY HАYOT TАRZINING “SОVЕTLАSHTIRILISHI”. Savol: XX asr ikkinchi yarmida Sharqiy Turkiston
Javob: 1955 yil oxirida Sinszyan Uyg’ur Avtonom rayonini tuzish haqida rasman e‘lon qilindi2.
Sharqiy Turkistonda Xitoy hokimiyatining uzil-kesil o’rnatilishi uyg’ur xalqi uchun og’ir oqibatlarga olib keldi. Xitoy kommunist hukumati bu yerga millionlab xitoylikni ko’chirib olib keldi. Bunday yo’l bilan uyg’ur xalqining milliy-ozodlik kurashini sindirmoqchi bo’ldi.
Sharqiy Turkiston hududida, aniqrog’i LObnor ko’li rayonida xitoy hukumati yadroviy poligon joylashtirdi. 1964 yildan bu poligonda 41 dan ortiq yadro sinovlari o’tkazildi. Bu sinovlar oqibatlari nafaqat mintaqa aholisi uchun, balki butun Osiyo uchun zararli hisoblanadi. Ayni damda yadroviy sinovlar va tabiiy resurslarni ayovsiz ekspluatatsiya qilish natijasida mintaqa jiddiy ekologik halokat yoqasiga kelib qolgan. Sharqiy Turkiston xalqlarining genofondi xavf ostida qolayotir.
1949 yilda uyg’urlar aholining 96% qismini tashkil qilardi, bugungi kunga kelib bu raqam 50%ni tashkil etmoqda. XX asrning ikkinchi yarmidan beri Xitoy hukumati bu o’lkaga uzluksiz ravishda xitoyliklarni ko’chirib olib kelib joylashtirmoqda.
Xitoy Xalq respublikasi tuzilishining dastlabki yillarida Sovet davlati bilan aloqlarni juda yaxshi yo‘lga qo‘ygan edi. Sovet davlati o‘ziga chegaradosh bo‘lgan Sharqiy Turkiston hududida sovetcha andozadagi hayot tarzini vujudga keltirishda o‘z yordamini ayamadi. Uning ishtirokida maktablar, turli xil nashrlar, madaniy markazlar barpo etildi.
Misol uchun 1959-yilda Sharqiy Turkistonda Boshlang‘ich maktablar soni 1335ta, O‘rta maktablar soni 9 ta, Kasb-hunar texnikumlari 11ta Oliy o‘quv yurti 1 ta bo‘lib unda 400 ta talaba tehsil olardi. Ularning ko‘pchiligi sovet davlatining yordami bilan tashkil etilgan va ularda komunistik mafkura targ‘ib qilinar edi.
Manashu yullar davomida Sharqiy Turkistonda 4 ta gazeta faoliyat yuritgan bo‘lsa ularning biriga sovet davlati homiylik qilar edi. ularda asosan sovet davlatini buyukligini ko‘rsatishga , uning g‘oyalari qanchali buyuk ekanligini ko‘rsatib berishga harakat qilinardi.
Bu davrlarda Sovet davlatining ta‘sirida masjidlar maktablarga aylantirila boshlandi. Ular xalq orasida mekteb nomi bilan yuritilar edi.
Rossiyadan turk musulmon o‘qituvchilari yangi ta‘lim g‘oyalarini yoyish uchun yuborildi. O‘qituvchilar turk tilidagi matnlar, manbalar orqali komunistik g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ulandilar. Bu davrda ta‘lim sohasida diniy ta‘lim berilmay qo‘yildi. Qur‘onni o‘rgatish taqiqlab qo‘yildi. Xitoy tilidagi kitoblarni o‘qish ham majburiy etib belgilandi. Ta‘limda xitoy tili keng miqyosda olib borildi.
Shu yillar davomida 694 o‘rinli 54 ta sanitariya birlashmasi faoliyat yiritar edi. Bundan ko‘rinish mumkinki, aholi soniga o‘rtacha olinganda har o‘n ming odamga 1 ta vrach to‘g‘ri keladi degani edi.
60-yillarda esa Xitoy va Sovet davlati o‘rtasidagi aoqalar yomonlashib bordi. Sovet davlati Sinzyandagi hayotga aralishni tobora ko‘paytirib bordi.
Sovet ittifoqi Sharqiy Turkiston hududida separatistlar harakatini qo‘llab quvvatlab kelar edi. ular bu hududda istiqomat qiluvchi qozoq xalqni Xitoyga qarshi gij-gijlay boshlagan edi va sovet hududiga ko‘chib o‘tishga chaqirdi. Bunga javoban Xitoy chegara hududlarni mustahkamlay boshladi.
Sovetlar o‘z faoliyatini kuchaytirib bordi. Ular turli ommaviy axborot vositalari orqali mamlakat hayotiga o‘z ta‘sirini o‘tkaza boshlagan edi. Toshkent radiosi orqali sovet ittifoqi uyg‘urlarning fikrini o‘zgartirishga va separistik harakatni avj oldirishga zo‘r berib kurashdi. Sovetlar 1966-yil separistik harakat vakillarni qo‘llab quvvatlash uchun 5000 ta sovet jo‘natildi. Toshkent radiosi orqali Sinzyanda 1967-yil 14 may sonida separistlarni ochiqdan ochiq yoqlab chiqdi. Buning ustiga sovet va boshqa ommaviy axborot vositalari.
2Сладковский М.И. Китай: основные проблемы истории, экономики, идеологии. –М., 1978. –.202b.