XVII asr o’rtalarida Xitoydagi davlat tuzumi va iqtisodiy ahvol
Hokimiyat tepasiga kelgan Manchjurlar Xitoy davlat tuzumining avvalgi tamoyillarini umumiy tarzda saqlab qoldilar. Oʼzgarishlar asosan ijtimoiy tizimga taalluqli boʼldi. Endi toifalar tizimi beshta asosiy – uchta hukmron va ikkita ezilgan, boʼysinuvchi guruhlardan iborat edi.
Rasman cheklanmagan vakolatlarga ega boʼlgan imperator bevosita oʼzi mamlakatni boshqarmas edi. Eng muhim ishlarni hal qiluvchi organ Oliy imperatorlik kengashi boʼlib, unga imperatorning qarindoshlari va oliymaqom ayonlar kirardi. Undan keyin ijrochi tizimlar – Imperator kotibiyati, chet el, soliqlar, marosimlar, harbiyishlar, jinoiy, jamoatchilikishlari, senzorlikvashukabi mahkamalar turardi. Аvvalgi sulola davrida ulkan hokimiyatga ega boʼlgan haram ogʼalarining taʼsiri to XIX asr oxirlariga qadar susaydi. Endi ular davlat qarorlarini qabul qilish jaryonlariga taʼsir koʼrsata olmasdi. Manchjurlar Xitoy hududida hukmron elatga aylandi, endi maʼmuriy va harbiy amaldorlar ular orasidan tayinlanardi. Manchjurlar mehnat qilish va savdo bilan shugʼullanishni oʼzlari uchun tahqirli deb hisoblardilar. Shuning uchun ular faoliyati-ning asosiy jabhalari maʼmuriy va harbiy xizmat boʼldi. Harbiy xizmatdagi manchjurlarning oʼgʼillari voyaga yetganlariga qadar davlat maoshini olardilar. Bir xildagi jinoyat uchun manchjurlar va xitoylarga turli xil jazo berilardi. 1644 yildan manchjurlar va xitoyliklarga aralash turmush qurish taqiqlangandi.
Xitoy noibliklarga ajratilgan boʼlib, ularning har birida oʼz moliya tizimi va qurolli qoʼshinlari mavjud edi. Konfutsiylikka rioya qiluvchi xitoyliklar nazarida oʼz hukmronligini mustahkamlash uchun ilgari shamanizmga sigʼinuvchi manchjurlar, rasmiy davlat dini sifatida konfutsiylikni saqlab qoldilar. Manchjur bogdixani esa xitoylik izdoshlari bajargan oʼsha odatiy marosimlarni ijro etadigan boʼldi. Bu yoʼnalishdagi dastlabki qadamlardan biri Konfutsiyga «Kun Szi» – «Qadimiy Oʼqituvchi», «Buyuk va Shuhratli», «Eng Yetuk Donishmand» unvonlarning berilishi boʼldi. Yangi imperator taxtga koʼtarilayotganida oʼz fuqarolariga Konfutsiyning oilaviy maqbarasida va qabrida qurbonliklar qilishni buyurardi, oʼz oʼtmishdoshini hurmat qilish va uning ruhiga taʼzim bajo keltirish majburiyatlarini yuklardi.
Sinlar davrida quyidagi imperatorlar hukmronlik qilgan: Shunchji (Omadli boshqaruv), oʼz nomi Fu-Min; Kansi (Gullab-yashnovchi va Nur taratuvchi), oʼz nomi Snan-e; Yunchje (Mukammal va Аdolatli), oʼz ismi Yuanchjen; Syanlun (Bukilmas va Shuhratli), oʼz ismi Xun-li; Szyatsin (Аjoyib va Quvonchli), oʼz nomi Yun-yan; Daoguan (Maqsadga intiluvchi va Porloq), oʼz ismi Myan-nin; Syan-fen (Umumiy toʼkinchilik), oʼz nomi U Chju; Tunchji (Birgalikda boshqaruv) oʼz nomi Izay Chun; Guansyuy (Аjoyib meros) oʼz ismi Szay Tyan va Syuantun (Umumiy birlik), oʼz nomi Pu I.
Xitoy yilnomasida yil hisobi navbatdagi imperatorning taxtga chiqishidan boshlanib, uning hukmronligi tugagunga qadar davom etardi. Taxt merosxoʼrligini faqat erkaklar davom ettirardi, taxtning vorisi oldindan eʼlon qilinmasdi va imperatorning katta oʼgʼli boʼlishi shart emasdi. Аyollar faqat voyaga yetmagan imperatorning regenti boʼlish huquqiga ega edilar.Imperatorning bosh (katta) xotinidan tashqari ikkita kichik (ikkinchi darajali) xotinlari shuningdek, koʼp sonli jazmanla-ri (ayrim yillari ularning soni ikki yuz saksontagacha yetardi) boʼlardi. Ular imperator haramini tashkil etar, uni Minlar dav-rida boʼlgani kabi haram ogʼalari boshqarardi. Manьchjurlar davrida, to XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar, haram ogʼalarining saroydagi taʼsiri ancha kamaygan va asosiy ishlari haramni kuzatish boʼlib qolgandi.
Manchjurlarning hokimiyatga kelishi Xitoy jamiyatida maʼlum bir iqtisodiy oʼzgarishlarga olib keldi. Xitoyning barcha yer may-donlarini egallab olishning real imkoniyatiga ega boʼlmagan manchjurlar bu yerlarning katta qismini xitoylik mulkdorlar qoʼlida qoldirdi. Manchjurlar oʼzlariga Chjili poytaxt viloyatidan, shuningdek, xitoylik aholi zich yashaydigan boshqa hududlardan yer ajratdilar. Manchjuriyaning oʼz hududi (1644 yilgi chegaralarda) oʼziga xos qoʼriqxonaga aylangandi. Barcha yerlar bogdixonning mulki boʼlib, etnik xitoylarga u yerlarda yashash taqiqlangandi. Shuningdek, oʼrmonlar, ishlov berilmaydigan yerlar, oʼquv tashkilotlari joylashgan yerlar va diniy marosimlar oʼtkaziladigan maydonlar ham davlat mulki hisoblanardi.
Yermaydonlarining asosiy qismi shartli ravishda xususiy mulk boʼlib, egasi undan foydalanganligi uchun soliq toʼlardi. Hosilni yigʼib olishni qulaylashtirish uchun aholi ustidan qattiq nazo-rat oʼrnatilgandi. Davlatga yer, jon va boshqa soliqlar toʼlayotgan dehqon xonadonlari oʼnliklar va yuzliklarga birlashtirilgandi. Bundan tashqari dehqonlarning shaxsiy majburiyatlari ham saqlab qolingandi. Soliqlarkumushbilanoʼlchanardi, lekin asosan, hosil bilan toʼlanardi.
Davlat tuz chiqarishni oʼzi egallab olgandi, choy, spirtli ichim-liklar, mulk oldi-sottisi va shu kabilarga qoʼshimcha soliqlar so-linardi. Dehqon olingan hosilning katta qismini yerning egasiga berishga va uning turli xil shaxsiy topshiriqlarini bajarishga majbur edi. Shunga qaramasdan, manchjurlar oʼz hukmronliklarini mustahkamlash uchun Minlar davrida mavjud boʼlgan soliqlarni qisqartirdi va qisman bekor qildi, davlatga qarashli qoʼriq yer-lardan bir qismini dehqonlarga foydalanish uchun berdi. Buning barchasi XVII asr oxirlariga kelib iqtisodning bir qadar oʼsishiga va ijtimoiy munosabatlarning barqarorlashishiga olib keldi. Bu-ning oqibatida aholi soni koʼpaydi, haydaladigan yer maydonlari kengaydi, hunarmandchilik ham rivoj topdi.
Baʼzi bir tarixchilar Xitoydagi barqarorlashuv natijasida kapitalistik hayot tarzi paydo boʼla boshlagan, deb hisoblaydilar. Аslida bu ijobiy oʼzgarishlarning barchasi ancha yuzaki va qarama-qarshi xarakterga ega edi. Boshqa tadqiqotchilar esa, Xitoy jamiyati XIX asr boshlariga qadar hali toʼliq anʼanaviyligicha qolgan va kapitalistik rivojlanish tomon hech qanaqa siljish kuzatilmagan-ligini taʼkidlaydilar. Manchjurlar esa Xitoydagi holatlarini mustahkamlab olganlaridan soʼng, asta-sekin soliq va majburiyatlarning avvalgi tizimiga qaytdilar. Bunday sharoitda sudxoʼrlik kapitali muhim rol oʼynay boshladi, chunki koʼpgina dehqonlar uning yordamisiz soliqlarni toʼlashi va shaxsiy xoʼjaliklarini yuritishining iloji kam edi. Koʼpgina dehqonlar xonavayron boʼlib shaharlarga ketib, u yerda gadolarcha kun koʼra boshladilar. Oʼz navbatida, shaharlarda ham aholi ustidan qattiq nazorat oʼrnatish, savdogarlar va hunarmandlarning tadbirkorlik tashab-buslarini cheklash bilan bogʼliq boʼlgan jiddiy muammolar bor edi. Savdogarlarga katta kemalar qurish, oʼz mahsulotlarini Xitoy hududidan olib chiqish taqiqlangandi. Boshqa davlatlar bilan savdo qilish huquqiga ham Sinlar saroyining qattiq nazorati ostida boʼlgan, maxsus tashkil qilingan savdo kompaniyalarigina ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |