O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
4-KURS 401-GURUH TALABASI MURODOVA GULMIRANING
TARIXSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:XVI-XVIII ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA BO'LGAN DAVRDA O'RTA OSIYO XONLIKLARINING TARIXSHUNOSLIGI.
REJA:
1. O'RTA OSIYO XONLIKLARIDA TARIXIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI
2. BUXORO XONLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
3. XIVA XONLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
4.QO'QON XONLIGI TARIXI TARIXSHUNOSLIGI
Mamlakat tarixshunosligi O’rta Osiyoning o’rta asr tarixini o’rganish bo’yicha oz ish qilgani yo’q. Lekin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar O’rta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o’rganish bo’yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to’g’risida esa gapirmasa ham bo’ladi»,- deb yozadi tarixshunos B. Axmedov o’zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyoning tarixiy-jo’g’rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida.
O’rta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to’la o’rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo’qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo’lganda ham O’rta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan hayoti tariximizning eng kam o’rganilgan davrlaridir. Inqilobgacha bo’lgan davrda bu masalaga juda kam e`tibor berilgan. Rossiya sharqshunoslari asosiy e`tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o’rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq, XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko’p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B. A. Ahmedov, B. G’. G’afurov, E. A. Davidovich, X. 3. Ziyoev, R. B. Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. CHexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganuvchilar uchun «O’zbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko’makchi bo’la oladi. Ulardan birinchisi - O’rta Osiyo qadimgi tarixiga doir ma`lumotlar to’plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «O’zbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan O’rta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to’plagan, XVI-XIX asrlarning sayohatchilari jo’g’rofiya olimlari aytgan ma`lumotlar o’rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barchaasrlarda dunyoga ma`lum va mashhur bo’lganini ta`kidlaydi. Qadimda aynan shu O’rta Osiyo orqali Uzoq SHarq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo’llari o’tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovrupodan Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochganlari bois, O’rta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniyaloqalar susaya boshladi.
Xullas, nima bo’lganda ham XVI-XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,- deb yozadi B. V. Lunin - g’arbiy Ovrupo va Rossiyadagi O’rta Osiyo to’g’risidagi bilimlar, O’rta Osiyoda esa g’arbiy Ovrupo va Rossiya to’g’risidagi bilimlar chala edi. Biroq bir-biri to’g’risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi. Bu masala xususidagi o’z fikrlarimizni keyingi bobda keltiramiz. Hozir esa XVI-XIX asrdagi O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy manbalari xususida gaplashsak. Ular juda ko’p va xilma-xil. Ishimizni o’z asarida XVI-XX asrlar orasida yozilgan ellikdan oshiqroq qimmatli tarixiy-jo’g’rofiy, falakiyotga oid, memuar va biografik mazmunli, O’rta Osiyoning XVI-XVIII asrlar orasidagi hayoti xususida boy ma`lumotlar beruvchi SHarq qo’lyozmalarini tahlil etib chiqqan sharqshunos B. A. Ahmedov ancha engillashtirdi. B. A. Ahmedov asarining ikkinchi bo’limida rus va chet el elchilari - Antoniy Jekinson, I. D. Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar, Floriya Beneveni va Novopat-ros mitropoliti Xrisanfning XVI-XIX asrlardagi O’rta Osiyo to’g’risidagi, uning o’sha davrdagi Rossiya bilan aloqalari haqidagi ma`lumotlari keltiriladi. Bu ma`lumotlar fors-turk, arab tillaridagi manbalarning ma`lumotlari bilan taqqoslanib, ancha tarixiy faktlar aniqlashtirildi. eng muhimi, B. A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og’ir, mas`uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, O’rta Osiyo XVI-XIX asr tarixini o’rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti - qiyoslash va bor ma`lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasiga amal qilgan. Buning uchun B. Ahmedov o’z tahliliga muayyan bir davr bo’yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «SHayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoe` ul-vaqoe» dir.
SHu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham kiritib to’g’ri qilgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir. Bu erda muallif bir voqea to’g’risidagi turli manbalar ma`lumotlarini solishtirmoqchi emas. Bu alohida izlanish, shug’ullanishni talab etadi. Buning ustiga muallif bu asarida O’rta Osiyoning ko’rilayotgan davriga oid barcha yozma yodgorliklarni qamrab olgan emas. SHuning uchun muallif mumkin qadar to’la, ishonchli va qimmatliroq, O’rta Osiyo xalqlari tarixining yorqin davrlarini tasvirlovchi asarlarga murojaat etgan. «O’rta Osiyo hayotining boshqa davrlari to’g’risida ham shunga o’xshash tadqiqotlar o’tkazish,- deb yozadi B. Ahmedov,- masalan, arablar hukmronligi (VIII-IX asrlar) davri yoki yangi va eng yangi, (XIX-XX asrning boshi) davrni o’rganish fanga katta hissa bo’lib, SSSR va chet ellarda saqlanayotgan qo’lyozmalarning, yozma yodgorliklarning tezroq ilmiy sohaga kiritilishiga yordam bergan bo’lardi».
Misol sifatida bu asarlarning keng o’quvchilar ommasiga har holda tanish bo’lgani - «Tavorixi guzida» («Nusratnoma») ni qisqacha tahlil qilamiz.
XV asrning ikkinchi yarmida Dashti Qipchoqda ko’chmanchi feodal boylar va oliy hokimiyat o’rtasida keskin kurash bordi. Abulxayrxonning (1428-1468) o’limidan so’ng ayniqsa, bu qonli o’zaro urush yanada kuchaydi. Hokimiyat tepasiga uning nabirasi - Abulxayr SHayboniy (1488-1510) kelganidan so’ng uzbek feodallarining nizolari barham topdi. U ko’pchilik o’zbek urug’larini birlashtirib. temuriylarga qarshi chiqdi. XV asr oxiri, XVI asr boshlarida ko’chmanchi o’zbeklarning O’rta Osiyoning madaniy ray-onlariga tomon harakatlanishi avj oldi. Biz «Nusratnoma» da o’sha davr tarixiy sharoitning qanchalik murakkabligi, Movarounnahr xalqining noroziligi kuchayishining, Samarqand, Buxoro, O’sh, Axsi, Andijon, Qarshi, Qorako’l va O’rta Osiyoning boshqa ko’plab shahar va mintaqalaridagi qo’zg’olonlarning sabablarini tushunish uchun ko’plab qiziqarli ma`lumotlar topamiz. Muallif qorako’l qo’zg’oloni to’g’risida ayniqsa muhim ma`lumotlarni keltiradiki, ularni XVI asrning boshqa birorta manbasida uchratmaymiz.
O’zbek xalqi etnogenezi, XV-XVI asrlardagi O’rta Osiyo aholisining etnik tarkibi bilan shug’ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qiziqarli ma`lumotlar olishlari mumkin. SHunday qilib, barcha turk va mo’g’ullarning afsonaviy bobosi hisoblangan O’g’izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa CHingizxon va uning avlodlari tarixini, SHayboniyxonning tug’ilishidan, to Samarqand taxtiga o’tirgunicha o’tgan davrni o’z ichiga oladi. Uning 909 (1503-1504) yilgacha butun Movarounnahr hududini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan.
Kirish qismidan ko’rinadiki, kitob 1502-1505 yillar orasida yozilgan. U eski o’zbek tilida bo’lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko’p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo’lgan. Masalan, P. I. Lerx Jaloliddin Rumiyning o’g’li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. YUding taxminicha muallif SHayboniyxonning o’zi. Tanqidiy matn tuzgan, so’zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A. M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi.
«Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo’lyozma mamlakatimiz FA SHarqshunoslik ilmgohining Leningrad bo’limida (V -745: 147 l) va ikkinchi qo’lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 l.) saqlanmoqda. Qo’lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda - mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o’z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba`zi varaqlar o’rni chalkashgan, ba`zi voqealarning qaytarilishi uchraydi.
«Nusratnoma» hanuzgacha to’liq tarjima qilinmagan. S. K. Ibrohimov va V. P. YUdin bu asarning ba`zi parchalarini o’zbekchaga o’girishgan. «Tavorixi guzida»-«Nusratnoma» dan tadqiqotchilar
B. V. Bartol’d, A. A. Semyonov, S. K. Ibrohimov, R. G. Muqminova, S. A, Azimjonova, K. e. Petrov, B. A. Ahmedov va A. M. Akramovlar o’z ilmiy izlanishlarida ancha keng foydalanishgan. Kelgusida bu asarni keng o’quvchilar ommasiga tushunarli tilda, izohlar bilan nashr etish muhim ishlardan biridir. Bu asar SHayboniyxon tarixiga bag’ishlangan. XVI asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu qo’lyozmaning qimmatli nusxasi O’zbekiston jumhuriyati FA SHarqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.
SHarqshunos A. Mirzaevning aytishicha, Binoiy (uning to’liq ismi Ali ibn al-Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me`mor Muhammadxon Sabza oilasida tug’ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma`lumot yo’q. 1495 yilda Binoiylar Samarqandga ko’chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, Xondamir va boshqalar Binoiy iste`dodi xususida juda yaxshi fikr aytgan edilar.
Balxlik olim (XVII asr) Muhammad Toxirning yozishicha, Binoiy 866 (1481 yilda otasi bilan birga Balxda to’rtinchi xalifa Ali ibn Tolibning qabri ustida gumbaz qurishda qatnashadi. O’z hikoyasini davom ettirar ekan, muallif zavq-shavq bilan ayniqsa, binolar qurilishi va ilm-fanda mashhur me`morlar ustozi mavlono Binoiy rahbarligida bu muqaddas qabr ustida ishlaganini zavq-shavq bilan yozadi: «O’shandan beri 170 yil o’tibdiki, bu binoda bironta darz yo’q».
Binoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496-1500 yilgi tarixiy voqealar guvohi bo’ladi. Bobur va SHayboniyxon o’rtasidagi hokimiyat uchun kurash o’z davrining ilg’or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan uyg’unlashib ketgan edi. Ular jumlasiga Mahdumi A`zam Kosoniyni, Xoja Ahror vafotidan so’ng O’rta Osiyo musulmon dindorlarining bosh vakillaridan biriga aylangan uning o’g’li YAhyoxonni, Binoiy, Xondamir va boshqalarni kiritish mumkin. Samarqandga kelgach, Binoiy dastlab SHayboniyxonga, so’ng Bobur Samarqandni boshqargan yuz kun davomida temuriylarga xizmat qiladi. 903 yilning rajab (1498 yilning fevral’-marti) oyida Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo’shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda hokimiyat uchun kurash davom etardi. SHu orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga aylanadi. 907 yilning boshida (1501 yilning o’rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A`zam Dahbediyning taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o’z vatanlarida yashab qoldilar. SHundan so’ng Binoiyning yozishicha, u SHayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va g’olibona yurishlari tarixini yozish to’g’risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bu vazifani a`lo uddaladi. Biroq, o’zaro feodal urushlar SHayboniyxonning ham, Binoiyning ham o’limiga sabab bo’ldi.
Binoiy «SHayboniynomasi» tadqiqotchilar (E. G. Braun, K. G. Zaleman, A. N. Samoylovich, M. A. Sal’e, A. A. Semyonov, A. N. Boldirev, R. G. Muqminova, A, M. Mirzaev, S. K. Ibrohimov, B. A. Axmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda.
Binoiyning yozishicha, hatto 1494-1500 yillarda ham Ko’hak etagida, Obirahmat arig’i bo’yida Ulug’bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko’tarib turgan. Bu ma`lumot Boburning Ko’hak tepaligi joyida Mirzo Ulug’bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko’rgani haqidagi gaplarga mos keladi. Demak, Ulug’bek rasadxonasi asboblari XVI asrda ham saqlangan. SHu bois rasadxonaning Ulug’bek o’limidan so’ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 oktyabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlang’ani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to’g’ri kelmaydi.
SHu erda boshqa «SHayboniynoma» muallifi Muhammad Solih haqida ham to’xtalib o’tish kerak. Tarixiy manbalarga qaraganda Muhammad Solih oldin Amir Temur, keyin SHohruh Mirzoning eng kuchli amirlaridan bo’lgan Mirzo Ulug’bekning ustozi SHoh Malikning nabirasi edi. Boshqa chig’atoy beklari kabi uzoq yillar Mirzo Ulug’bek xizmatida bo’lgan Muhammad Solihning otasi Hyp Saidbek ham padarkush Abdullatifga, keyin temuriy Sulton Abu Saidga 1451 (1468-69 y.) bo’ysunishdan bosh tortib, Hyp tog’lariga chiqib ketdi. U Samarkand va Buxoro agroflariga muntazam hujum qilib turdi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha katta siyosiy mavqega ega Xoja Ahror ,bir necha bor Hyp Saidbekni, keyin uning ittifoqchisi, Ulug’bekning nabirasi Muhammad Jo’qini qurolni tashlab, kelishuvga undagan. qurolni topshirgach 1462 yil 5 oktyabrda Muhammad Jo’qi zindonga tashlangan, Hyp Saidbek esa ilgari otasi hukmdor bo’lgan Xorazmga hukmdor etib tayinlangan, lekin bu ko’pga cho’zilmadi. To’rt yildan so’ng, 1466-67 yillarda Sulton Husayn Xorazmga bostirib kirdi. Hyp Saidbek esa Hirotga chaqirib olinib, «qo’rqoqlik qilgani uchun» qatl etildi.
«Qomus al olam» lug’ati muallifi SHamsiddin Somiyning yozishicha, Muhammad Solih Abdurahmon Jomiyning eng iqtidorli shogirdlaridan biri edi.
Biz Binoiyning 1494-1495 yillarda Samarqandga kelganini yozgan edik. SHuningdek, «Boburnoma» dan bilamizki, Binoiy va Muhammad Solih Xoja Ahrorning o’g’li Xoja YOdgor qo’lida xizmat qilishgan. Bundan ko’rinib turibdiki, Binoiy va Muammad Solih Hirotni bir yilda, ya`ni 1496 yilgacha tark etishgan. Birok, ularning Muhammad YAhyoga xizmati ham qisqa bo’ldi. CHunki Xoja Ahror o’limidan so’ng Xoja YAhyo uning barcha huquq va hisobsiz boyligining yakka xo’jayini bo’lib oldi. Muhammad YAhyo o’n to’qqiz yoshli Bobur Sultonning hamfikri edi va uning Movarounnahr hukmdori bo’lishini istardi. Biroq, 1501 yilning aprelida Samarqand yaqinida bo’lgan jang SHayboniyxon g’alabasi bilan tugadi va Bobur Samarqandni bu tunlay tark etishga majbur bo’ldi. SHayboniyxon lashkari ikkinchi bor, bu gal hech qanday to’siqsiz Samarqandni egalladi. SHayboniyxon Samarqandni birinchi bor egallaganidayoq shahar himoyachisi tashkilotchilarini, jumladan Muhammad YAhyoni ham asir olgan edi. O’zbek amirlari uni qatl etishni talab qildilar. Biroq SHayboniyxon marhum Xoja Ahror (1494 yili o’lgan) obro’sini e`tiborga olib Muhammad YAhyoga Makkaga hajga borib kelishni taklif etadi. SHayboniy amirlaridan bir guruhi til biriktirib go’yo xondan beruxsat Xojani yo’lda o’ldiradilar. Haqiqatda esa SHayboniyxon Xoja Ahror avlodining behisob boyliklariga ega bo’lishga qiziqqan. Bunga Xojaning er-suvlari va boyliklarini amirlarning bo’lib olishiga oid hujjatlar guvohlik beradi. Bu boyliklarning katta qismi SHayboniyxonning mulkiga aylangan.
Muhammad Solih 1501 yildan to umrining oxirigacha shayboiiylarga xizmat qildi va 941 (1534-1535) yilda Buxoroda vafot etdi. Muhammad Solihning she`riy solnomasi chamasi 1505 yillarda yozilgan bo’lib, Kamoliddin Binoiy asariga mos keladi.
B. A. Ahmedovning yozishicha, Binoiyning «SHayboniynoma» siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi o’rinlar quyidagicha:
XX-XXIII boblar Qorako’l, Qarshi, G’uzordagi SHayboniyxonga qarshi qo’zg’olonlarga bag’ishlangan.
SHayboniylarning SHohruhiya, O’ratepa, Farg’ona, Buxoro, Termiz va boshqa joylarga yurishlari bor.
SHayboniylarning Xorazmga qarshi 1503-1505 yillardagi yurishlari bor.
YAna bu asardan ko’chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining O’rta Osiyoda qilgan beboshliklari va shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining og’ir ahvoli haqida muhim ma`lumotlar o’rin olgan.
Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asari kam. Uning ikki nusxasi Vena kutubxonasi hamda LDD ilmiy kutubxonasining sharq bo’limida va shu qo’lyozmalarga asoslangan ikki nashr (G. Vamberining 1885 yildagi nashri, P. M. Melioranskiyning 1908 yildagi nashri) saqlanmoqda. Hozirgi davrda bu asar shoir va filolog Nasrullo Davron tomonidan 1961 yilda uzbek tilida nashr etilgan.Tarixi Muqimxoniy «Nomai Olamaroi Nodiriy» tarxoniylar sulolasi davridagi Buxoro xonligi tarixi «Tarixi Muqimxoniy» va «Ubaydullanoma» asarlarida bayon qilinadi. Birinchisining muallifi Muhammad YUsuf Xo’jabek o’g’lidir. Muallif maqsadiga ko’ra «Tazkirai Muqimxoniy» ikki qismdan iborat bo’lishi zarur edi. Asarning birinchi qismida Ashtarxoniylardan Muhammad Muqimxonning Balx taxtiga o’tirishi 1109 yil (1697 yil 15 noyabr’) dan boshlab, 1704 yil bilan tugagan. Muallif so’ziga ko’ra, «agar uning hayot sha`mini charxning telba shamoli o’chirib qo’ymasa va umrining chopqir oti-ni yo’qlik dengizi to’lqinlari o’z domiga tortib ketmasa» , u 1704-1705 yillardan keyin Balx va Buxoroda sodir bo’lgan voqealarni yoritishga ahd qilgan edi. Aftidan, bu orzusini ro’yobga chiqarish muallifga nasib etmagan.
«Tarixi Muqimxoniy» asarining birinchi qismi kirish va uch bobdan iborat. Kirish qismida muallif mavzuning kisqacha mazmunini keltirgan. Birinchi bobda O’rta Osiyoning XVI asr siyosiy tarixi bayon qilingan. Ikkinchi va uchinchi boblar tarixiy vokealarning asosiy mazmunini qamrab olgan, ularda Balx va Buxoroning XVIII asrgacha bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy va madaniy tarixi mufassal va asosli bayon etilgan. Uchinchi bobda 1702-1704 yillardagi siyosiy voqealar, Balx va Buxoro xonligining qo’shni va chegaradosh mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlari, ularning Termiz, Hisor va Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi hududlarda ta`siri kuchayishi o’z aksini topgan.
Bu asar XIX asr boshlaridayoq Ovrupoga ma`lum edi. Undan olingan parchalar Senkovskiyning asarida 1824 yili e`lon qilingan. Ko’pchilik tadqiqotchilar «Muqimxon tarixi» ni XVI asr oxiri - XVII asr boshidagi O’rta Osiyo tarixchiligining muhim manbalari qatoriga kiritadilar. SHuning uchun hozirda asarning mamlakatimiz, Angliya, Fransiya qo’lyozma xazinalarida (ular 60 dan ortiq) saqlanayotgan nusxalari XIX asrda ko’chirilgan. 1860-1861 yillarda ular o’zbek tiliga, I. I. Senkovskiy tomonidan qisman frantsuz tiliga, A. A. Semyonov, N. G. Mallitskiylar tomonidan rus tiliga tarjima qilingan.
«Tarixi Muqimxoniy» Sil’vestr da-Sasi, Karl Ritler, German Vamberi kabi ovrupolik tarixshunoslarning diqqat markazida bo’lgan. V. V. Bartol’dning aytishicha,- u «uzoq vaqtlar ovrupoliklar uchun Buxoro xonligi tarixi bo’yicha yagona manba bo’lib koldi». Bu asar rus tiliga to’la tarjima qilingan va A. A. Semsnovning so’z boshi va izohlari bilan nashr etilgan. Muhammad Kozimning «Nomai Olamaroi Nodiriy» asari XVIII asr fors tarixshunosligining noyob yodgorligidir. Asar muallifi diqqat markazida afshariylar dinastiyasi asoschisi, eron shohi Nodirning (1736-1747) Movarounnahr hududiga bostirib kirishi, bu bosqinchining Buxoro xonligiga ashtarxoniylar hokimiyatining butunlay qulashiga sababchi bo’lishi bilan bog’liq voqealar yotadi.
Muhammad Kozim 1133 (1720-1721) yilda tug’ilgan. Uning otasi Marvlik bo’lib, afshar urug’ining Xurosondagi tarmog’iga mansub edi. Nodirshoh butun eronning hukmdori bo’lishdan ancha oldin u bilan aloqada edi. 1728-1729 yillarda muallifning otasi Nodirshohga xizmat qilayotgan edi, u 1732-33 yillarda shoh buyrug’iga binoan G’azna shahri qab-ristonini, mashhur Bandi Sulton to’g’onini tiklash va boshqa qurilish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. YAxshi ishlagani uchun Nodir tomonidan 50 tuman pul bilan taqdirlangan.
Muhammad Kozim 1730 yilning iyul’, avgust oylarida Mashhadda yashab, madrasada Saidamir SHamsiddin Ali Mazondoroniy qo’lida o’qigan. Biroq bo’lajak tarixchi yaxshi ma`lumot, bilim ololmagan.
1736 yili u Ozarbayjon hukmdori Nodirshohning akasi Ibrohimshoh xizmatiga kiradi. Muallif 1740 yilgacha bo’lgan hayoti haqida hech narsa yozilmagan. 1740 yilning 10 iyunida Nodirshoh Hirotga keladi va O’rta Osiyoga yurishga hozirlana boshlaydi. Muhammad Kozim bu yurishda ko’chma devonxona kichik amaldori sifatida qatnashgan. 1744-1747 yillarda esa Nodirshoh shaxsiy devonxonasi xizmatchisi bo’lib, 1747 yildan boshlab Marvda qurol-aslaha omborlari vaziri bo’lib xizmat qiladi. Bular uning so’nggi mansablari edi. U 1166 yilda vafot etgan.
«Nomai Olamaroi Nodiriy» muallif rejasiga ko’ra, uch jilddan iborat: daftar, jild va mumallad. Muhammad Kozim asarining birinchi jildini yozishni 1749-50 yillarda boshlab, 1752-53 yillarda tugatgan. Qo’lyozmaning ikkinchi jildi ko’chirmasida vaqti ko’rsatilmagan. Uchinchi jild qo’lyozmasi oxiri yo’qolgan. Biroq mutaxassislarning fikricha, ikkinchi va uchinchi jildlar 1752-53 yillargacha yozib tugatilgan. Birinchi jildda 1689-1736 yillarda eronda yuz bergan asosiy voqealar qalamga olinadi. Bu Nodirshohning tug’ilganidan tortib, eron shohi etib saylanganigacha bo’lgan davrni qamrab olgan. Ikkinchi jildda Nodirning toj kiyishidan, 1148 yil shavval oyining 24 kuni, ya`ni 1736 yilning 8 martidan, to uning 1743 yili SHirvonda Soxta Sam Mirzo qo’zg’olonini bostirishgacha bo’lgan davrda eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, SHimoliy Hindiston va boshqa mamlakatlarda yuz bergan voqealar tasvirlangan. Uchinchi jildda (251 varaq) 1743-1747 yillar orasida eron, O’rta Osiyo, Turkiya va Kavkaz ortida yuz bergan voqealar bayon qilingan.
Umuman, XVIII asrning birinchi yarmidagi O’rta Osiyo to’g’risidagi ma`lumotlar asosan II-III tomlarda jamlangan. Asarda tarixiy voqealarning yoritilishi bilan bir qatorda eron, O’rta Osiyo va Afg’onistonning og’ir iqtisodiy ahvoli, ayniqsa Nodirning bosqinchi lashkarlari zabt etgan mamlakatlardagi aholining og’ir ahvoli, xalq harakatlariga doir ko’plab qiziqarli ma`lumotlar o’rin olgan. SHu jihatdan Muhammad Kozimning bu asari XVIII asr fors tarixshunosligi yodgorliklari orasida munosib mavzu egallaydi.
«Nomai Olamaroi Nodiriy» haqida ko’plab tadqiqotlar nashr etilgan. Uning mamlakatimiz FA SHarqshunoslik ilmgoxi Leningrad bo’limida saqlanayotgan qo’lyozmasi 1919 yilda fanga ma`lum bo’ldi. Akademik V. V. Bartol’d ikkinchi va uchinchi jild qo’lyozmasi mazmuni yoritilgan maqolasini e`lon qildi. O’shanda bu qo’lyozmalar mamlakatimiz FA ning Leningraddagi Osiyo muzeyiga berilgan edi. Birinchi jildning qo’lyozmasi, keyinroq, 1939 yildagina Moskvadan topildi. U to’g’ridagi matbuot nashr-lari ma`lumotlari 1945 yildagina paydo bo’ldi va qo’lyozma Leningradga yuborildi. Uchta jild jam qilindi. Bu asarga asosan mamlakatimiz sharqshunoslari ko’p murojaat qilishgan. Biroq. uning nashr etilmagani tadqiqotchilar ishini qiyinlashtirardi. SHu bois mamlakat FA SHarqshunoslik ilmgoxi bu XVIII asr fors tarixchiligi asarini faksimalda nashr etdi. 1960 yilgi Moskva nashri sharqshunos N. D. Mikluxo-Maklayning mufassal so’z boshisi va 1-jild matnini o’z ichiga olgan. Bu jild 82 bobdan iborat. Asarning qolgan ikki jildi 1965 va 1966 yillarda bosmadan chiqdi.
O’rta Osiyo xalqlarining XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli juda murakkab edi. Bu davrda Movarounnahr hududida O’rta Osiyodagi feodal tarqoqligini bartaraf etolmagan Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. Hali Movarounnahrning ulkan ko’chmanchi turkman va qozoq urug’lari yashaydigan hududlari mustaqil uluslar sifatida yashamoqda edi. Buning ustiga SHahrisabz, Kitob, Orolbo’yi, Jizzax, O’ratepa, Toshkent, Qorategin, Darvoz Vahon, SHo’g’non kabi uluslar mustaqil feodal hukmronligi erlari sifatida mavjud edi.
Bu uchalasidan Buxoro xonligi kuchli va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangani edi. Buxoro xonligiiing iqtisodiy markazi Samarqand va xonlik poytaxti Buxoro bo’lgan Zarafshon vodiysi edi.
Oxiri yo’q o’zaro feodal urushlar dehqonchilikning yomonlashuviga va Movarounnahrdagi ko’plab hosildor erlarning qarovsiz qolishiga olib keldi. Ayniqsa ko’chmanchi qozoqlarning bosqinlari ko’p zarar keltirdi. XVIII asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklaridagi feodal ekspluatatsiyasi o’ta shafqatsiz edi. Masalan, Samarqand hukmdori Farhodbiy (1711-1713) shundaylardan edi. 1722 yili Kenagas Ibrohimbiy Samarqandni bosib oldi va o’z raqiblarini yo’q qildi. Ashtarxoniylar (Abulfayzxon) va mang’itlar {Muhammad Hakimbiy) bilan hokimiyat uchun dinastiyalar kurashida kenagaslar Rajab Sultonni xon etib ko’tardilar. Rajabxon 1723 yili Buxoroga qarshi talonchilik yurishi qildi. Uning taklifi bilan Samarqandga etib ,kelgan ko’chmanchi urug’lar bog’, tomorqa va ekinlarni toptab, mehnatkashlarni ayovsiz taladilarki, bu 1725 yilda Rajabxonning o’ldirilishiga sabab bo’ldi. Arxiv hujjatlari guvohlik berishicha, Rajabxon ikki marta urush ochib, ikki marta muqaddas Buxoro lashkaridan mag’lub bo’ldi va orqaga qaytdi. Bu orada qozoqlar qalmiqlar bilan dushman bo’lib qoldi. Qalmiq lashkari qozoqlarga hujum qildi. Qozoq urug’lari qarshilik ko’rsatolmay, chekinib Movarounnahrga kelishdi. Ikki mag’lubiyatdan keyin xam tinchimagan Rajabxon qozoq lashkarlarni yordamga chaqirib Buxoroni mag’lub etdi. Buning evaziga qozoqlar bir necha yil mobaynida Buxoro va Samarqand ekin maydonlarini talab, mollariga edirib yubordilar. Buning oqibatida Samarqand va Buxoroda ulkan qiyinchiliklar yuzaga keldi. Samarqandda ochlik va qimmatchilik boshlandi. SHunday ahvol yuzaga keldiki, jannatday Samarqand bo’shab, qalandarlardan o’zga erkak zoti qolmadi. Muqaddas masjidlar, madrasalar va go’zal binolar huvillab, buzilib yotardi. Bu haqda akademik Bartol’d bunday yozadi: «Temurning sobiq poytaxti (Samarqand) Nodirshoh yurish qilgan 1740 yillarda butunlay bo’shab qolgan edi. Samarqandda mingtacha oila yashayotgan qal`a-qo’rg’onni hisobga olmaganda, aholi qolmagandi. 1772 yili Muhammad Rahimxon (1756 yili xon unvonini olgan, mang’itlar sulolasi asoschisi. Bu sulola 1920 yilgacha Buxoroda hukmronlik qilgan) shaharni tiklash chorala- rini ko’rdi.»
Mang’itlar sulolasi hukmronligi kuchayishi, markaziy feodal hokimiyatining birlashuvi jarayoni aholining iqtisodiy va siyosiy hayoti tiklanishi va rivojlanishiga sezilarli ta`sir ko’rsatdi. XVIII asr oxiridayoq shahar, qishloqning xo’jalik aloqalari kuchaygani sezilib turardi. Feodal er egaligi kuchaydi. Turk va eron tilli dehqon aholi erga ishlov berishar, sug’orish shoxobchalarini yaxshi saqlab, foydalanishar, hunarmandchilikni rivojlantirishardi. Bu davrdagi og’ir feodal rentasi va ekspluatatsiyasi ham ular zimmasiga tushdi.
SHuningdek XVIII asr oxirida ijtimoiy mehnat taqsimoti, ko’chmanchi urug’larning o’troqlashuvi kuchaydi. Bu jarayon ayniqsa, Zarafshon vodiysida XIX asrda kuchaydi. Abdulkarimning (XIX asr boshi) ko’rsatishicha Miyonqol va Samarqandda ko’chmanchi va o’troq aholi teng bo’lgan. Boshqa asar muallifi esa Buxoro xonligidagi 2,5 million aholidan 1 millioni ko’chmanchi hayot kechirishini yozadi. Abu Tohir Xojaning yozishicha, 1748 yildan boshlab, Buxoro hukumati «bu ahvolni tartibga keltirish choralarini ko’ra boshladi».
XVII asr - XIX asrning birinchi yarmida Xoja Ahror, Mahdumi A`zam va Xoja Islom kabi musulmon dindorlarining ajralib turgan vakillari chiqmagan bo’lsa-da, mintaqaning iqtisodiy va siyosiy inqirozi davrida shayx, xoja, sayd va boshqa din vakillari aholi ongini qo’lda tugishga harakat qildilar. Bu jarayon XVIII asrda o’ziga xos Amir Ma`sum- SHohmurodga o’xshash xon libosidagi darveshlarni paydo qildi.
SHunday qilib, XVI-XVIII asrning birinchi yarmi manbalarning rang-barangligi, ko’pligi bilan ajralsa, XVIII asr oxiri-XIX asr birinchi yarmiga tarixiy manbalarning ozligi xosdir. SHunga qaramay e`tiborga loyiq bir necha asarlar bor. Ulardan biri «Tuhfat ul-Xoniy» asaridir.
Tuhfat ul-Xoniy (Xon sovg’asi)
«Tuhfat ul-Xoniy» 1722-1782 yillardagi Buxoro xonligi tarixiga bag’ishlangan asar bo’lib, XVIII asr O’rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi Rahimxoniy» degan nom bilan ham ma`lum. SHarqshunos B. Ahmedovning fikricha, asar muallifi Oxund mulla Muhammad Vafo ibn Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf (Qarshi)lik domullo Olimbek Niyozqulibek eshondir. Buxoro xonligining 1134 (1722-1182) 1768 yillar orasidagi tarixi qariyb 50 yillik voqealarni Muhammad Vafo, qolgan davr (1183) 1768-1196/1782 yillar voqealari va mang’itlardan chiqqan ikkinchi hukmdor Muhammad Doniyol hukmronligi yillaridagi (1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul-Xoniy» asari «Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. Bu ikki asar mualliflari haqida tarix fani hozircha hech qanday ma`lumotlarga ega emas. Faqat qozi Vafo haqida ba`zi ma`lumotlar bor. «Ubaydullanoma» ning muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriyning yozishicha 1118/1196 yillarda qori Vafo Ubaydullaxonning kitobdori bo’lgan. Aftidan u bu vazifada Abulfayzxon davrida ham va hatto dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan.
«Tuhfat ul-Xoniy» tarixchilik nuqtai nazaridan shunisi bilan qimmatliki, unda o’quvchi O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid boy faktlarni topadi. Jumladan, unda ko’chmanchi turk-mo’g’il urug’larining etti yil (1722-1729) davomida Zarafshon vohasining o’troq rayonlariga bosqini natijasida farovon joylar huvillab qolgani yoritilgan.
Mulla Mahammad Vafo eron shohi Nodirning yangi mang’itlar dinastiyasining asoschisi Muhammad Rahimxonga u Buxoro xonligi hududida o’z hukmronligini o’rnatayotganida bergan katta ko’magini keng bayon etadi.
«Tuhfat ul-Xoniy» mualliflarining Buxorodagi birinchi mang’it hukmdorlarining qo’shni davlatlar bilan o’zaro munosabatlari to’g’risidagi ma`lumotlari ham juda qimmatlidir, O’zaro ichki urushlarga Xo’jand va Toshkent hukmdorlari, Qo’qon xonligi, Qashg’ar va Afg’oniston ham tortilgan edi. Hukmdorlarning taxtga o’tirish marosimlari va yuqori davlat mansablariga tayinlash azaldan ma`lum bo’lsa-da, «Tuhfat ul-Xoniy» dagi Muhammad Rahimxonning taxtga o’tirishi marosimi bayoni oldingi-laridan o’zining mufassalligi bilan ajralib turadi. Xususan unda bunday yoziladi: “Farroshlar toj kiydiriladigan xonaga gilam va poyondozlar to’shadilar va taxtni o’rnatdilar. Munajjimlar toj kiyish uchun maqbul vaqtni belgilashar, keyin amir va boshqa amaldorlar, obro’li din vakillari (Mahdumi A`zam Kosoniy, Sayyid ota, Xo’ja Muhammad Islom Juyboriy va Xoja Ahror avlodi vakillari) taklif etilardi. Xonaga ko’zlari bog’liq Muhammad Rahimxonni olib kirib, oq kigiz ustiga o’tkazish-di. Kigizning to’rt burchidan obro’li to’rt urug’: mang’it, o’tarchi, bahrin va saroy urug’i vakillari, kigiz chetlaridan esa yuqorida aytilgan to’rtovlon ko’zga ko’ringan din arboblari va obro’li to’qsabo, sadr, rais va sarkardalardan bir necha kishi ushlab turishardi. SHundan so’ng, yangi hokimni taxtga o’tkazish va ziyofat, xonga sovg’a taqdim etish boshlandi. Xon esa marosimda qatnashayotgan kishilar elkasiga qimmatbaho to’n yopardi. Muhammad Rahimxonning nomiga xutba o’qitilib, katta qishloq va asosiy shaharlarda uning nomi bilan tanga zarb etildi. Ushbu manbaga qaraganda, davlat mansablariga eng avvalo, mang’it, xitoy-qipchoq, bahrin, saroy, kenagas, jaloir, o’tarchi urug’larining vakillari tayinlanardi. Muhammad Rahimxon davrida Davlatbiy mang’it (xonning tog’asi) Buxoroning parvonachisi; Xo’jamyorbiy (xitoy qipchoq) xonning otalig’i va bosh amiri (amir al umaro); G’aybulla biy bahrin - Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili -devon begidir Doniyolbiy mang’it- (xonning katta tog’asi) Mirasadni (xon maslahatchisi), Jahongirbiy-xon jibachisi (moliya va xazina ishini boshqaruvchi),uning o’g’li-Ulug’ o’roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi); Barotbiy mang’it-(xonning akasi) Samarqand va viloyat hukmdori, Imomquli mang’it-YAkkabog’ hukmdori va parvonachi; Nizomiddin Ma`sud- bosh hushbegi; Xudoyor kenagas- Buxoro dodhosi (shahar boshlig’i) etib tayinlandilar va hokazo.
Diniy mansablar quyidagicha taqsimlandi: Mahdumi A`zam Kosoniyning avlodidan bo’lgan Isxoqxo’ja o’runi shohnishin (musulmon dindorlari boshlig’i); Muhammad Islom avlodidan Nasrullo xoja-SHayhulislom; Muhammad Xoja Sayyid Atoiy - naqib; Nizomiddin Husayniy-Buxoro va viloyatning qozi kaloni; Xoja Ahrorning avlodi SHahobiddin Xoja Samarkand va viloyatning shayhulislomi etib tayinlandi va hokazo.
«Tuhfat ul-Xoniy» boy etnografik materialga ega. Asarda nafaqat urug’larning nomi, balki ular yashagan joy va aholi soni ham (d 107 a, 120 b.) keltirilgan. Masalan, o’sha davrda Miyonqol vohasida bahrin, etti urug’ va jaloirlar yashagan; SHahrisabz bekligida kenagaslar; Qarshi va uning atrofidagi tumanlarda mang’itlar; G’uzorda-saroylar, Nurotada-burgutlar, Qubadiyonda-do’rmonlar, Hisor, O’ratepa va Urgutda-tuz va o’tarchilar, Jizzaxda-qirqlar, Boysunda-qo’ng’irotlar yashagan. Bu ma`lumotlar O’rta Osiyoning XVIII asr etnik tarkibini o’rganishga katta yordam beradi.
«Tuhfat ul-Xoniy» jahonda ko’p (mamlakatimizda 23 ta, Angliyada 1, Saudiya Arabistonida 1 ta) nusxada bo’lishiga qaramay, juda kam o’rganilgandir. Muhammad Rahimxonning Seraxs yaqinida 1160/1747 yilda qizilboshlar bilan to’qnashuvn aks eggan ruschaga o’girilgan parchani hisobga olmaganda, asarning na bayoniy, na tarjima nashri yo’q.
SHunday qilib, O’rta Osiyoning XVI asr-XIX asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o’xshash kamchilik bor. Mualliflar shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar, ko’z oldilarida yuz bergan voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko’tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl qiyofasini to’g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos bo’lgan o’ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. Ammo bunday nuqsonlar Sovet davri tarixchiligida ham uchraydi. SHunga qaramay, yuqoridagi asarlar o’sha davrlar tarixiy voqealarini o’rganishda qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi.
Mamlakat tarixshunosligi O'rta Osiyoning O'rta asr tarixini o'rganish bo'yicha oz ish qilgani yo'q. Lenin, shunga qaramay, «biz shu kunga qadar Urta Osiyoning qadimiy hayotini manbalar asosida o'rganish bo'yicha maxsus tadqiqotlarga ega emasmiz, tarixshunoslik tadqiqotchiligi to'g'risida esa gapirmasa ham bo'ladi»,— deb yozadi tarixshunos B. Ahmedov o'zining 1985 yili Toshkentda nashr etilgan «XVI—XVIII asrlarda Urta Osiyoning tarixiy-jo'g'rofiy adabiyoti (yozma yodgorliklar) degan mukammal asarida.
Urta Osiyo tarixining tarixshunoslik jihatidan to'la o'rganilmaganligiga sabab tarixiy manbalarning yo'qligi emas, balki, aksincha, ularning xilma-xilligidir. Nima bo'lganda ham Urta Osiyo xalqlarining XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan hayoti tariximizning eng nam o'rganilgan davrlaridir. 1917-yilgacha bo'lgan davrda bu masalaga juda kam e'tibor berilgan.
Rossiya sharqshunoslari asosiy e'tiborni Temurgacha va temuriylar davrini o'rganishga qaratishgan. Sovet davrida esa, keyingi 30 yilda bir qator qimmatli tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq, XVI—XIX asrdagi Urta Osiyo xalqlari tarixining mufassal, ko'p sonli tarixiy manbalarga asoslangan tahlili juda kam. Ular jumlasiga B.A.Ahmedov, B.G'. G'afurov, YE.A.Davidovich, X.S.Ziyoyev, R.B.Muqminova, A. M. Muxtorov, O. D. Chexovich va boshqalarning bir qator asarlarini kiritish mumkin.
Urta Osiyo xalqlari tarixini o'rganuvchilar uchun «Uzbekiston tarixiy manbalarda» seriyasida chiqarilayotgan kitoblar yaxshi ko'makchi bo'la oladi. Ulardan birinchisi -- Urta Osiyo qadimgi tarixiga doyr ma'lumotlar to'plangan kitob 1984 yilda nashr etilgan edi. 1988 yilda esa «Uzbekiston tarixiy manbalarda» degan navbatdagi kitob bosmadan chiqdi. Undan Urta Osiyo tarixi bilimdoni sharqshunos B. V. Lunin to'plagan, XVI—XIX: asrlarning sayohatchilari jo'g'rofiyun olimlari aytgan ma'lumotlar o'rin olgan. Muallif «Kirish» da Samarkand va Buxoro barcha asrlarda dunyoga ma'lum va mashhur bo'lganini ta'kidlaydi. Qadimda aynan shu Urta Osiyo orqali Uzoq Sharq mamlakatlari, Osiyo va Ovrupoga boradigan asosiy savdo yo'llari o'tgan edi. Biroq dengizda suzuvchilarning XV asrda Amerikaga, Ovr.ulodan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochganlari bois, Urta Osiyoda asta-sekin yirik savdo-sotiq ishlari va xalqaro madaniy aloqalar susaya boshladi.
Xullas, nima bo'lganda ham XVI—XVIII asrlarda va hatto keyinroq ham yuz bergan ahvol oqibatida,— deb yozadi B. V. Lunin,— G'arbiy Ovrupo va Rossiyadagi Urta Osiyo to'g'risidagi bilimlar, Urta Osiyoda esa G'arbiy Ovrupo va Rossiya to'g'risidagi bilimlar chala edi. Biraq bir-biri to'g'risida bilishga qiziqish tobora kuchaymoqda edi.»
A. Ahmedov ilk manbalar bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar ishini yengillatadigan ish qildi -- voqea va faktlarni aniqlashga intildi. Bu juda og'ir, mas'uliyatli, uning manbashunoslik mehnati qadrini ikki baravar oshiradigan, Urta Osiyo XVI—XIX asr tarixini o'rganishni osonlashtiradigan asardir. Bundan tashqari u tarixshunoslikning muhim sharti — qiyoslash va bor ma'lumotlarni jiddiy, tubdan qayta tekshirish qoidasyga amal qilgan. Buning uchun B.Ahmedov o'z tahliliga muayyan bir davr bo'yicha bir necha asarlarni kiritgan. Bular «Tavorixi guzida» («Nusratnoma»), «Fatxnoma», «Shayboniynoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Zubdat-ut-tavorix», «Badoye' ul-vaqoye» dir.
Shu bilan bir vaqtda muallif bu asariga ilgari bosilgan manbalarga oid tarixshunoslik lavhalarini ham- kiritish qilgan. «Tavorixi guzida»,— «Nusratnoma», «Mehmonnomai Buxoro», «Dastur-ul-muluk», «Tarixi Muqimxoniy», «Ubaydullanoma» va «Tarixi Abdulfayzxoniy» shular jumlasidandir.
O'zbek xalqi etnogenezi, XV—XVI asrlardagi Urta Osiyo aholteyning etnik tarkibi bilan shug'ullanayotgan etnograf ham bu kitobdan juda qizdqarli ma'lumotlar olishlari mumkin)
barcha turk va mo'g'ullarning afsonavii bobosi hisoblangan Ug'izxon sulolasi tarixi «Tavorixi guzida»ning birinchi qismini egallaydi. Ikkinchi qism esa Chingizxon va uning avlodlari tarixini, Shayboniyxonning tug'ilishidan, to Samarkand taxtiga o'tirgunicha o'tgan davrni o'z ichiga ola-di. Uning 909 (1503—1504) yilgacha butun Movarounnahr hudu-dini egallagani tarixi kitobning uchinchi qismidan joy olgan.
Kirish qismidan ko'rinadiki, kitob 1502—1505 yillar orasida yozilgan. U eski uzbek tilida bo'lgan, biroq, muallifi aytilmagan, bu ko'p tadqiqotchilarning bahsiga sabab bo'lgai! Masalan, P.I.Lerx Jaloliddin Rumiyning o'g'li Sulton Valadni asar muallifi deydi. Bu ehtimoldan uzoq. R. Muqminova, A. Semyonov, V. P. Yuding taxminicha muallif Shayboniyxonning o'zi.
Tanqidiy matn tuzgan, so'zboshi yozgan, 1967 yili Toshkentda «Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asarini nashr ettirgan tadqiqotchi A.M. Akramovning fikricha esa, kitob muallifi Muhammad Solihdir3. B. Ahmedov esa A. Akramovning bu fikrini ishonarli emas, deb hisoblaydi.
«Tavorixi guzida»—«Nusratnoma» asari dunyo miqyosida ikki nusxada topilgan. Birinchi qo'lyozma mamlakatimiz FA Sharqshunoslik ilmgohining Leningrad bo'limida (V — 745: 147 1) va ikkinchi qo'lyozma Britaniya muzeyida (OR. 32226; 148 1.) saqlan-adoqda. Qo'lyozmaning ikkala nusxasi ham qoniqarsiz ahvolda — mazmunda chalkashliklar, xatolar bor. A. Akramov o'z asarida bu kamchiliklarni tuzatishga urinsada, hanuz, ba'zi vdraqlar o'rni chalkashgan, ba'zi voqealarning qaytarilishi uchraydi.
Shayboniylar sulolasidan, Xiva xoni (1645-1663) va yirik tarixchi. olim, tabib. Habash sulton va Ilbors sultonlar otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni Qum qal'iga kamadilar. Otasining tarafdorlari bo'lgan Isfandiyor Eronga Abulg'ozi sulton esa Buxoroga Imomqulixon (1611-1642) huzurida qochdi. 1623 yilda Isfandiyorxon bilan o'rtalarida nizo qichib,
1627 yilda qozoq xoni Eshimxon huzuriga qochib bordi, so'ng ikki yil Toshkent hokimn Tursuvxon huzurida bo'ldi. Ko'p o'tmay, xivalik turkmanlarning taklifiga binoan u yana Xorazmga qaytdi. Isfandiyor uni Xiva hoknmi etib tayinlashga majbur bo'ldi. 1629 yilda Xiva turkmanlari Eronga tobe bo'lgan Niso va Durunta bosqin qildilar. Isfayadiyorxon Xivaning Eron bilan munosabatlarining buzilib ketishidan cho'chib aybni butunlay Abulg'ozi sultonga to'nkadi va uni 1630 yilning qishida Eron podshosi shoh Safi I (1629—1642) huzuriga garov tariqasida jo'natdi. Abulg'ozi sulton shu tariqa o'n yil Eronda, Isfahon yaqinida joylashgan Taborak qal'asida qamoqda yashadi. 1639 yilning yozida u tutqunlikdan qutulishga muvaffaq bo'ldi. 1641 yilning o'rtalarigacha Abulxon va Mingqishloqda istiqomat qildi. 1643 yilda orollik o'zbeklar uni xon qilib ko'tardilar. Oradan ikki yil o'tgach, Abulg'ozi sulton Xiva taxtiga o'tirdi. U Xivada feodal tarqoqlikni tugatish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, mamlakatning mustaqilligini ta'minlash uchun kurash olib bordi. Abulg'ozi-xon 1663 yilda hokimiyatni o'g'li Anushaxonga topshirdi va oradan ko'p o'tmay, o'sha yilning 12 yavgustida yorug' jahondan ko'z yumdi.
Abulg'ozi Bahodirxon yetuk tarixchi olim sifatida e'tiborga sazovordir. Uning «Shajarayi tarokima» va «Shajarayi turk» asarlari Urta Osiyo xalqlari tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. «Shajarayi tarokima»da turklar-ning afsonaviy podshosi Ug'uzxon, uning avlodi va ularning zamonida yuz bergan voqealar qisqacha bayon etilib, turkman urug'lari haqida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ikkinchi asar asosan Chingizxon va uning avlodlari, xususai Xorazmda 1512 yildan hukmronlik qilgan shayboniylar haqidadir. Abul-g'ozixonning bu asarlari rus, fransuz, nemis tillariga tar-jima qilinib chop etilgan. Abulg'ozi tibb ilmiga oid «Mano-fi' ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») degan kitob ham yozgan. Asar to'rt qismdan iborat: birinchi qismda — turli oddiy dorilar, ikkinchisida -murakkab dorilar, uchinchi qism-da —umumiy davolash usullari haqida, to'rtinchi qismda esa olim o'zidan- oldin o'tgan tabiblarning bemorlarni davolash xususidagi fikr-mulohazalari va ayni paytda o'zining fikr-mulohazalarini ham keltiradi. Asarning ahamiyati shundaki, unda muallif xalq tabobatida qo'llanilgan dorilar haqida qimmatli ma'lumotlar keltirgan.
O'rta Osiyo, Qozog'iston va ular bilan qo'shni bo'lgan xorijiy mamlakatlarning XVI asrdagi tarixi bo'yicha asosiy manbalardan biri «Sharafnomayi shohiy» dir. U ko'pincha «Abdullanoma» nomi bilan ham mashhur. Asar Shayboniy Abdullaxon II ning topshirig'i bilan 1584—1590 yillar orasida yozilgan. Asar muallifi buxorolik mashhur shoir va muarrix Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad al-Buxoriydir. Uning hayoti va ilmiy-adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar kam. Ayrim, qisqa ma'lumotlar «Sharafnomayi shohiy» muqaddimasida va ba'zi tazkiralarda uchraydi. Ana shu ma'lumotlarga qaraganda, Hofizi Tanish Buxoriy va uning otasi Mir Muhammad shayboniy hukmdorlarga Yaqin odamlar bo'lishgan. Masalan, otasi mavlono Mir Muhammad, naqshbandiya tariqatkning namoyandalaridan biri, yirik olim Mahdumi A'zam Kosoniy (xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy; 1462—1542) ning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan «Jome' ul-maqomat» da yozilishicha, shayboniy Ubaydullaxbn (1534—1539) saroyida xizmatda bo'lgan; XVI asrning 50-yillari boshida Koshg'arga ketib qolgan va oradan ikki yil o'tib o'sha yurtda qazo qilgan. Hofizi Tanish Buxoriy 1583 yili Abdullaxon II ning xizmatiga kirgan va umrinipg oxirigacha shu xonning huzurida voqeanavis bo'lib xizmat qilgan.
Hofizi Tanish Buxoriy og'ir bir zamonda, ya'ni Movarounnahrda feodal tarqoqlik kuchaygan, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish va markaziy davlat apparatini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib borgan bir zamonda hayot kechirdi. Olim buni mana bu iboralarda ifodalaydi: «Har tarafdan teskari shamol esardi. Har burchakdaya fitna gardi osmonga ko'tarilardi. Har kuni jigarnn o'rtaydigai olov yoqilardi. Har zamon balo to'foni yuqori ko'tarilardi. Sog'u salomatlik anqodek maxfiylik pardasi ostiga yashirin-gan edi. Tinchlik va xotirjamlik kibriti axmar va aqlu hu-karning rivojkoridek ko'rinmay ketgandi. Omonlik va to'g'rilik jahondan nafratlanib, intizom ham jamiyat yulduzlari to'dasidagyana chegaralanib qolgandi» («Sharafnomayi shohiy», 1-jild, 38-bet).
Asar mazmuniga o'tishdan avval shuni ham aytish kerakki, Hofizi Tanish Buxoriy, zamon taqozosiga ko'ra, asarda ma'lum darajada hukmron sinfning maqsad va manfaatlarini ifoda qilishga harakat qilgan, xon va uning atrofidagi aslzodalarni, boylar va no'yonlarni ko'klarga ko'tarib maqtagan, mehnatkash xalqning hol-ahvoli bo'lsa ko'p o'rinlarda soyada qolgan. Lenin asar faktik materialga boy, voqealar ozmi-ko'pmi obyektiv yoritilgan, ayrim o'rinlarda xonlar, sultonlar va amirlarning ba'zi xislati va xarakteri ham ochib berilgan. Masalan, olim Abdullaxonning bobosi Jonibek sulton haqida gapirar ekan, uni mo'min-musulmon, dinparvar va odil bir kishi sifatida ta'riflaydi. «[U] shunday dinpanohki,deb yozadi Hofizi Tanish Buxoriy,— din hukmlarini tanqid qilish [va] sayyid mursalinning (hazrati payg'ambarimizning) «shar'iy amr-farmonlarini [mo'min-musulmonlarga] yetkazish ishingi to'la bajo keltiradi; hukumat va siyosat yshlarini quvvatlash va ijro etishda oshiqmas edi.
«Sharafnomayi shohiy» yirik shoh asar bo'lib, uni Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» va Rashididdinning«Jome' ut-tavorix» asarlari qatoriga qo'ysa arziydi. Yirik sharqshunos olim V.V.Velyaminov-Zernov juda to'g'ri aytganiday, «Sharafnomayi shohiy» ustida qancha ko'p ishlasang, unda o'rganish lozim bo'lgan shuncha ko'p yangi faktlar ochiladi. Shuning uchun ham bu asar ko'p vaqtlardan beri sharqshunos olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga tortib kelayotig.
«Sharafnomayi shohiy» saj (qofiyalashgan nasr) bilan yozilgan, tili va uslubi birmuncha og'ir. Olim turli o'xshatish va istioralardan keng foydalangan. Bir-ikki misol keltira-miz: [«Yunusxon] sodiqlik ipini tugib, uni o'ziga bog'ladi» (uylandi demohchi). «...bog'u rog' sahni yetti xil ranglik libos kiyib, tog'u sahroning sirti chiniy naqshlik xonaning rashkini keltiradigan bo'lganda...» (erta bahorda). «...uning buyuklik va ulug'lik oftobi... [o'zining] maxfiy pardasiga yashirindi; umid va orzulari falokat oftobining shahodat mag'ribiga botdi» (o'ldi demoqchi).
Muallif asarni yozishda xon saroyida yuritilgan maxsus kundaliklar, ishonchli va voqealarning shohidi bo'lgan kishi-yaar og'zidan yozib olingan ma'lumotlardan foydalangan. Bir-ikki misol. U 1551/52 yili Abdullaxon bilan Navro'z Ahmadxon (Baroqxon) o'rtalarida Koson (Qashqadaryoga qarashli Kosoy) yonida bo'lgan urush tafsilotini bayon etarkan, uni «o'sha voqea tepasida bo'lgan, va [uni] o'z ko'zi bilan kurgan bir guruh odamlardan eshitdim», -deb yozadi. Yana o'sha Abdullaxonning Navro'z
Ahmadxonning o'g'li Do'stim sulton bilan Forob' yonida 1554 yili qilgan urushi tafsiloti ham o'sha urush qatnashchilarining ma'lumotiga asoslangan. Hofizi Tanishninga xborotchilari ko'proq keksa va xonning yaqin kishilari bo'lgan.
Asar muqaddima va ikki qismdan iborat (asarning ikkinchi talqinida har ikkala qnsm (maqola) qo'shib yuborilgan).
Muqaddimada Abdullaxonning naslu nasabi, uning o'sha zamonning yirik ruhoniylaridan xoja Muhammad Islomga muridligi, Chingizxon, Jo'chixon, Muhammad Shayboniyxon haqida, shuningdek Movarounnahrning XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida qisqa ma'lumot keltiriladi.
Birinchi maqola Movarounnahr, Janubiy Turkiston (hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismi) va Xurosonda 1557— 1583 yillar orasida bo'lib o'tgan voqealar, ya'ni Abdullaxon II davlatining zuhuridan to Abdullaxonning xonlik masnadiga o'ltirishi va o'z nomiga xutba o'qitib, pul zarb ettirishigacha kechgan katta davrni o'z ichiga oladi. Ma'lumki, bu davr ichida Abdullaxon II o'zaro feodal urushlar orqasida mayda-mayda qismlarga bo'linib ketgan Movarounnahrni o'z tug'i ostiga birlashtnrib, markaziy davlat tuzib olishga muvaffaq bo'ldi.
Ikkinchi maqola 1583—1588 yillar, ya'ni Abdullaxon II ning taxtga o'ltyrishidan to Hirotning uzoq muddat davom etgan qamaldan so'ng shayboniylar qo'shini tarafidan fath etilishigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan. Shu davr ichida kechgan tarixiy voqealar batafsil va atroflicha bayon etilgan.
Xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli borasida keltirilgan ma'lumotlar orasida «iqto'», «suyurg'ol», «tanho» va «jogir» feodal institutlari, ulus tartibi va uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi_mohiyati va o'rni, aholidan yig'iladigan turli-tuman soliq va jarimalar: ulufa, qo'nalg'a, begor , boj, tamg'a, tuhfa (sovg'a, tortiq, hadya) va h. k. ma'lumotlar, shuningdek harbiy-feodal zodagonlar hayotida katta o'rin tutgan harbiy o'lja haqidagi ma'lumotlar alohida qimmatga egadir. Qo'shni yurtlar va xalqlar ustiga tez-tez uyushtirib turila-digan urushlar va bunday urushlarning feodal jamiyatda tutgan o'rni haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Asarda xon-lar, yirik feodallar tarafidan Jizzax, Nasaf, Hisori Shodmon va Jayhunning so'l qirg'og'idagi viloyatlardagi qo'riq yerlarning mahalliy aholini safarbar qilish yo'li bilan (mardikor ishlatish yo'li bilan) o'zlashtirilishi, shahar, suv omborlari, sardobalar qurilishi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, hunarmandchilikning umumiy ahvoli haqida ham ko'p muhim ma'lumotlar uchratamiz.
Asarda Shayboniylar davlatining tuzilishi haqida ham muhim ma'lumotlar uchratish mumkin. Masalan, markaziy davlat apparati — devonlari turli-tuman mansabdorlar: otaliq, naqib, vaziri a'zam, vazir, devonbegi, mushrif, xazinachi, shig'ovul, eshik og'aboshi, parvonachi, sadr, miroxur, chuhra og'asi, tavochi, jarchi, munshiy, tug'begi, qurchiboshi, bakovul, farrosh kabilar va ularning jamiyatda tutgan o'rni, huquq va vazifalari haqida diqqatga molik ma'lumotlar uchratamiz. Shayboniylar qo'shini Hofizi Tanish Buxoriy keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, otliq va piyoda askarlardan , shuningdek o'ziga xos zambarakchilar (naftandozlar, manjaniqchilar, tosh otuvchilar) dan tashkil topgan.
Hofizi Tanish Buxoriyning bu asarida Movarounnahr va uniig hududlarida, shuningdek Janubiy Turkistonda XVI asrda istiqomat qilgan turk-mo'g'ul qabilalari: jaloir, nayman, qorliq, qipchoq, qatag'on, o'tarchi, besh yuz, shaqoqu, qulon oyoni, keroit, olchin, ming, bahrin, uyrur, qang'li, qo'ng'irot; do'rmon, qo'shchi, mojor, uyshun, chashmu abru, bulachi, arg'in, yobu, kenagas, mang'it, tubayi, nukuz, qiyot, boshqird kabilar haqida ham favqulodda muhim ma'lumotlar keltiriladi. Bu ma'lumotlar nafaqat o'sha qavmlar tarixini, balki uzbek xalqining etnik tarixini o'rganishda ham muhimdir. Bundan tashqari, xon va sultonlarga hadya, tortiq qilish (har bir narsadan to'qqiz nafardan) tartibi, odamlar orasida amalda bo'lgan odatdar haqida ham qiziq faktlar bor.
Binoiyning “Shayboniynoma” asari Shayboniyxon tarixiga bag'ishlangan. XVI asrning mashhur shoiri va tarixchisi Kamoliddin Binoiyni uning muallifi deyishadi. Bu qo'lyozmaning qimmatli nusxasi Uzbekistan jumhuriyati FA Sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda.
Sharqshunos A. Mirzayevning aytishicha, Binoiy (Uning to'liq ismi AH ibn al-Muhammad al-Hiraviy) 857 (1453) yilda me'mor Muhammadxon Sabza oilasida tug'ilgan. Binoiyning bolalik yillari haqida hech qanday ma'lumot yo'q. 900(1495) yilda Binoiylar Samarqandga ko'chishadi. Uning zamondoshlari Navoiy, Bobur, Xondamir va boshqalar Binoiy iste'dodi xususida juda yaxshi fiqr aytgan edilar.
Daynoiy Samarqandda yashayotganida beixtiyor 1496—1500 yilgi tarixiy voqealar guvohi bo'ladi. Bobur va Shayboniyxon o'rtasidagi hokimiyat uchun kurash o'z davrining ilg'or tafakkur va bilim egalari uchun kurash bilan uyg'unlashib ketgan edi. Bobur Samarqandni tashlab chiqqanida Binoiy ham uning qo'shini bilan ketadi. Biroq Samarqandda— hokimiyat uchun kurash davom etardi. Shu orada Binoiy yana Boburning ittifoqchisiga aylanadi. 907 yilning boshida (1501 yilning o'rtalarida) yuz bergan jang Binoiy va Mahdumi A'zam Dahbediyning taqdirini hal qildi. Ular to umrlarining oxirigacha o'z vatanlarida yashab qoldilar. Shundan so'ng Binoiyning yozishicha, u Shayboniyxon saroyi solnomachisiga aylanadi va xonning hukmdorligi va g'olibona yurishlari tarixini yozish to'g'risida maxsus topshiriq oladi. Binoiy bo' vazifani a'lo uddaladi. Biroq, uzaro feodal urushlar Shayboniyxonning ham, Binoiyning ham o'limiga sabab bo'ldi. U 918/1512 yilda, Bobur lashkari va eroniylarning Samarqandga bostirib kirib, aholini bir boshdan qirganida halok bo'ldi. Tarixchi Mahmud ibn Vali (XVII asrning birinchi yarmi) yozishicha, Binoiy Qarshi shahri-dagi masjidi jome' mozorida dafn etilgan.
Binoiy «Shayboniynomasi» tadqiqotchilar (E.G.Braun, K.G.Zaleman, A.N.Samoylovich, M.A.Salye, A.A.Semyonov, A.N.Boldirev, R.G.Muqminova, A.M.Mirzayev, S.K.Ibrohimov, B.A.Ahmedov va boshqalar) tomonidan keng foydalanilmoqda.
Binoiyning yozishicha, hatto 1494—1500 yillarda ham Ko'hak etagida, Obirahmat arig'i bo'yida Ulug'bek rasadxonasi buzilmagan holda qad ko'tarib turgan. Bu ma'lumot Boburning Ko'hak tepaligi joyida Mirzo Ulug'bekning yulduzlar jadvalini tuzish uchun zarur asboblar joylashgan rasadxonani ko'rgani haqidagi gaplarga moye keladi. Demak, Ulug'bek rasadxonasi asboblari XVI ayerda ham saqlangan. Shu bois rasadxonaning Ulug'bek o'limidan so'ng (853 yil) ramazon oyining 8 kuni (1449 yilning 25 oktabri) talon-toroj qilinib, buzib tashlangani haqidagi fikr tarixiy manbalarga to'g'ri kelmaydi.
B.A.Ahmedovning yozishicha, Binoiyning «Shayboniynoma» siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi o'rinlar quyidagicha:
1. XX—XXIII boblar Qorako'l, Qarshi, G'uzordagi Shaybrniy-xonga
qarshi qo'zg'olonlarga bag'ishlangan.
2. Shayboniylarning Shohruhiya, Uratepa, Farg'ona, Buxoro, Termiz va boshqajoylargayurishlari bor.
3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503—1505 yillardagi yurishlari bor.
4. Yana bu asardan ko'chmanchi uzbek feodallari, ular lashkarining
Urta Osiyoda qilgan beboshliklari va shayboniylar bosib olgan hududlardagi aholining og'ir ahvoli haqida muhim ma'lumotlar o'rin olish.
Xiva xonligidagi XX asr boshlaridagi tarixnavislik haqida Soliy Hasanovning «Xorazm ma`rifati – olam ko`zgusi» (T., O`qituvchi, 1997) asarida birmuncha foydalanish mumkin.
Mazkur tadqiqotning ijobiy xususiyatlari haqida gapirganimizda, eng murakkab masalalardan biri – Xorazmda «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakatiga berilgan haqqoniy bahoni qayd qilib o`tishni ham lozim topdik. Muallif «Yosh xivaliklar» jadidchilik harakati ma`rifaparvarlik dasturining ham musbat, ham manfiy jihatlarini xolisona tahlil qilib bergan. Jadidchilik harakati munosabati bilan «Yosh xivaliklar» tashkiloti faolligi Boboxun Salimov, Polvonniyoz, Xoji Yusuf, Islom Xo`ja, Jumaniyoz Hoji ibn Hivaqiy, Hasanmurod Laffasiy, Komil Xorazmiy, Muhammad Rasul Mirzo, Avaz O`tar o`g`li, Ahmad Tabibiy, Mutrib, Rojiy, Faqiriy, Bayoniy, So`fi, CHokar, Devoniy, Xudoybergan Devonov, Otajon Abdalov, Husainbek Matmurod Devonbek o`g`li, Mulla Matmurod, Mulla Bekchon, Murodov, Isomiddin Eshon, Nizomoxun, Otajon Xo`janiyozov, Rahimbergan YOqubov, Muhiddin Umarov, Xudoybergan Matniyozovlarning faoliyati to`g`risidagi mulohazalarga qo`shilmasdan ilojimiz yo`q. Chunki mustaqil bo`lgunimizgacha uyqorida nomlari zikr etilgan jadidlarga salbiy munosabat bildirilib, ularning ma`rifiy-pedagogik faoliyatini va yaratgan darsliklarini qoralab uyrgan bo`lsak, muallif klarning qilgan xizmatlarini va asarlarini mustaqillik asosida qaytadan tahlil qiladi va yangi tarbiya tizimiga moslashtirib to`g`ri baholaydi. Xiva xonligi tarixshunosligiga qo`shilgan hissiga olib keladi1.
Buxoro amirligining bu davrdagi tarixnavisligida tojik va o`zbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish (1827-1897) katta rol’ o`ynaydi. Buxoro amiri buyrug`i bilan bir necha yil davomida tarix, tib va falsafaga oid qo`lyozma asarlardan nusxa ko`chirdi. 1857, 1873 yillarda Buxoro amiri elchilariga mirzolik qilib Peterburgga bordi. Rus hayoti va madaniyati bilan tanildi, rus tilini o`rgandi. Tarixga oid «Tarjimai ahvoli amironi Buxoro» (Buxoro amirlarining tarjimai hollari) nomli asar yozgan.
Buxorolik Mirzo Salimbek Samimiy (1850-1930) tarixchi va shoir 6 ta ilmiy asar yozib qoldirgan. Shular orasida eng kuchlisi «Tarixi Samimiy» (Samimiy tarixi). Bu Salimbekning eng muhim asari bo`lib, Buxoro amirlarining so`nggi 3 tasi davridagi 60 yillik tarix haqida qimmatli va mufassal ma`lumotlarni o`z ichiga olgan.
Qo’qon xonligi tarixshunosligi tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur davr to’g’risida yaratilgan asarlar tadrijiy jihatdan uch guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga oid adabiyotlar shu davrda ro’y bergan tarixiy voqealarning bevosita guvohlari tomonidan yaratilgan asarlar tashkil etadi. Bunga Qo’qon xonligi tarixnavislik maktabi muarrixlarining va Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixchilarining bergan ma’lumotlari kiradi.
Qo’qon xonligi tarixnavislik maktabiga mansub muarrixlar turli yo’nalishlarda asarlar yaratib, ularning asarlari XVI-XIX asrlardagi Qo’qon xonligi tarixiga doir muhim manbalar bo’lib hisoblanadi.
Ulardan bugungi kunda O’zbekiston FA Sharqshunoslik instbtuti xazinasida saqlanayotgan Abulvos’ye Manzurning “Nazkirai Sultoniy”, Abulg’affor ismli Qo’qon amaldorining “Zafarnomayi Xudoyorxoniy”, Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “ Xulosan ul-axvol”, Avaz Muhammad Attor Ho’qandiyning “Tarixi jahonnomaiy” I, II jildlari, Fazliy Farg’oniyning “Umarnoma” asarlari, Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiyning “Shohnomayi nusratpoyom”, Mullo Xolbek ibn Mullo Muso Andijoniyning “G’aribnoma va Aliquli amirlashkar tarixi”, Muhammad Niyoz Ho’qandiyning “Tarixi Shoxruhiy”, Muhammad Aziz ibn Muhammad Rizo Marg’inoniyning “Tarixi Aziziy”, Muhammad Solihxo’ja Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand”, Muhammad Yunus shig’ovul- Toyibning “Aliquli amirlashkar jangnomasi” kabi asarlarning qo’lyozmalari va “Tuhfayi Toyib”, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansob ul-salotin va tavarix al- xavaqiy”, Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston”, Mir Izzatullohning “Safarnoma”, Domullo Abd al- Qodir ibn Muhammad Aminning “Madjma’ al-ansob va-l-ashdjor”, Muhammad Hakimxon ibn Ma’sumxonto’raning “Muntaxab at-navorix” ning I, II jildlari asarlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Afsuski, mustaqillik yillariga qadar yuqoridagi mualliflarning asarlari boy tarixiy ma’lumotlarni o’zida jam qilganligiga qaramasdan qo’lyozma holatida qolib ketdi va istiqlol yillariga kelibgina ulardan ayrimlari ilmiy muomalaga kiritildi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus tilida yozilgan V.Nalivkin, N.Veselovskiy, N.Petrovskiy, N.Pantusov, V.Velyaminov- Zernovlarning kitoblarida esa Qo’qon xonligi tarixining turli qirralari va masalalarini o’rganish bo’yicha boy ma’lumotlar berilgan. Bular jumlasiga V.Nalivkinning “Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva” Kazan, 1886; N.Veselovskiyning “Priyom v Rossii i otpusk Sredneaziatskix poslov v XVII i XVIII stolotiyax” Sank-Peterburg, 1884; N.Petrovskiyning “Ocherki Kokandskogo xanstva” 1875; N.Pantusovning “O podatyax i povinnostyax sushestvovavshix v bivshem Kokandskom xanstve v posledneye vremya pravleniya Xudayarxane” 1876; V.Velyaminov- Zernovlarning “Istoricheskiye izvestiya o Kokandskom xanstve ot Muxammada Ali do Xudayarxana” 1859 yil kitoblari kiradi. Ularda xonlikni tashkil topishi, ming sulolasidan chiqqan hukmdorlar va ularning siyosati, qo’shni davlatlar bilan munosabatlari, xonlikning etnik tarixi, etnik jarayonlar, Rossiya imperiyasining xonlikka nisbatan olib brogan siyosati, harbiy harakatlari, bosqinchilik va uning oqibatlari kabi masalalar keng yoritilgan.
Qo’qon xonligi tarixshunosligining ikkinchi guruhini sovet davrida ilmiy adabiyotlar tashkil qiladi. Bularga R.Nabiyevning “Iz istorii Kokandskogo xanstva (feodalnoye xozyaystvo Xudayarxana)” T.,1973; Y.Bekvaxanovning “K istoriivzaimootnosheniy kazakov so sredneaziatskimi xanstvami” T., 1947; N.Beysembiyevning “Tarixi Shaxruhi” kak istoricheskoy istochnik”, “Legenda o proisxojdenii Kokandskix xanov kak isnochnik ideologii v Sredney Azii” 1989; X.Inoyanovning “Qo’qon xonligi Rossiyaga qo’shilishi arafasida va 1875-1876 yillardagi Qo’qon qo’zg’oloni” T.,1956; P.Ivanovning “Ocherki po istorii Sredney Azii XVI- XIX vekov” M.,1958; H.Ziyoyevning “O’rta Osiyo va Sibir (XVI-XIX asrlar)” T.,1962 asarlari kiradi.Nabiyevning tadqiqoti bevosita Qo’qon xonligi tarixi, uning xo’jalik hayotiga bag’ishlangan bo’lib, bu asar ilmiy jamoatchilik uchun ahamiyatli hisoblanadi. Nabiyev o’z tadqiqotida Saltikov- Shedrin kutubxonasi, Qo’qon universiteti, Orenburg, Ufa, Astraxan arxivlari, O’zbekiston Markaziy Davlat arxividagi nma’lumotlardan foydalangan, ularni ilmiy muomalaga kiritgan. Bu fundamental tadqiqot hisoblanadi.
O’zbekiston mustaqilligining tarixiga oid adabiyotlar tarixshunoslikda uchinchi guruhni tashril etadi. Ularga H.Ziyoyevning “Turkiston Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurashi” T., 1998; F.Ahmadjonovning “Rossiya Imperiyasi Markaziy Osiyoda” T., 2003; X.Bobobekovning “Qo’qon tarixi” T., 1996; Sh.Vohidovning “Qo’qon xonligida tarixnavislikning rivojlanishi” T.,1998; O’.Sultonovning “Muhammad Solihxo’janing “Tarixi jadidayi Toshkand” asari muhim manba sifatida (XIX)” T., 2007 asarlarini kiritish mumkin.
Sh.Vohidovning ilmiy faoliyati xonlik tarixining tarixshunosligi va manbashunosligi masalasi, ya’ni Qo’qon xonligida tarixnavislik maktabi shakllanishi, shu maktab namoyandalari asarlarini izlab topish, o’rganish va chop etish bilan ajralib turadi. Sh.Vohidovning ilmiy ishlarida Qo’qon xonligi tarixchilarining asarlarini kodikologik jihatdan tahlil etilgan va xonlik tarixi, madaniy hayotiga oid o’nlab mahalliy tarixiy asarlar ilmiy muomalaga kiritilgan.
F.Ahmadjonovning yuqoridagi asarida xonlik tarixi tarixshunoslik nuqtai nazaridan o’rganilgan. Muallif tomonidan O’zbekistonlik olimlarning Qo’qon xonligi tarixini tadqiq etishda tutgan o’rni va qo’shgan hissalari keng tahlil etilgan.
Shunday qilib, Qo’qon xonligi tarixshunosligi tarixchi olimlarimiz tomonidan keng o’rganilib, tahlil etilib, kutubxonalar ommasiga yetkazilib berilmoqda.
Qo'qon xonligi tarixini o'rganishda mahalliy tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan ma'lumotlar, shu ma'lumotlarda keltirilgan asarlar hamda ulaming mualliflari muhim o'rin tutadi. Mustaqillikka qadar xonlik tarixini o'rganishda, asosan, rus sayyohlari va elchilarining asarlariga ko'proq e'tibor berilgan. Natijada mafkura nuqtai nazaridan, tariximiz uchun muhim bo'lgan aksariyat ma'lumotlar kitobxonlar uchun noma'lumligicha qolib ketgan. Xonlik tarixini o'rganishda mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan manbalar qadrlidir. Qo'qon xonligi tarixiga oid dastlabki shunday mahalliy manbalardan biri Xoja Muhammad Hakimxon To'ra Ho'qandiy tomonidan yozilgan “Muntaxab at tavorix” asari hisoblanadi. Muallif O'rta Osiyodagi yirik tariqat vakillaridan biri Maxdumi A'zamning avlodidandir. Hakimxon To'raning otasi Ma'sumxon To'ra bobolari kabi xonlikdagi eng obro'li shaxslardan biri bo'lgan. U Qo'qon xoni Norbo'tabiyning qiziga uylangan va shu nikohdan Hakimxon To'ra tug'ilgan edi (hijriy 1221-yil). Ma' sumxon To'ra Olimxon va Umarxon davrida shayxulislom lavozimini egallagan bo'lib, saroyda xon maslahatchisi hisoblangan. Xonlarga qarindoshligi, qolaversa, otasining obro'si Xakimxon To'raga katta imkoniyatlar ochib berdi. Tog'alari Olimxon va Umarxon bilan harbiy yurishlarda, saroy yig'inlarida va boshqa tantanalarda ishtirok etgan. Muhammad Alixon taxtga o'tirgach, uni Namangan hokimi lavozimiga tayinlagan. Lekin, oradan ko'p vaqt o'tmay, Hakimxon To'ra hibsga olingan va xonlikdan badarg'a qilingan. Hakimxon To'ra Rossiya, Kavkaz, undan Kichik Osiyo orqali haj safariga jo'nagan. Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilib, Iroq, Eron orqali ortga qaytgan va - 5 - Shahrisabzga kelib joylashgan. Yetti yillik sayohat uning ijodiga ta'sir ko'rsatmay qolmagan. U rus, arab, turk, yunon tillarini o'rgangan. “Muntaxab at tavorix” asari o'zbek tilida yozilgan bo'lib, keyin tojik tiliga ham o'girilgan. Asarda shayboniylar, mang'itlar haqida, shu bilan birgalikda Qo'qon xonligi tarixiga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan. Asami yozishda muallif tarixiy manbalar va voqealar shohidi bo'lgan axborotchilar ma'lumotlaridan keng foydalanib, Qo'qon xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot, xonlikning chet mamlakatlar bilan aloqalari haqida bayon qilgan. “Muntaxab at tavorix” asari 1843-yilda yozib tugatilgan. Xonlik vujudga kelganidan keyingi ma'lumotlar orasida biz uchun qimmatli bo'lgan manbalardan biri Muhammad Solih Toshkandiy (asl nomi Muhammad Solih domla Rahim Qoraxoja o'g'li) qalamiga mansub “Tarixi jadidayi Toshkand" (“Toshkentning yangi tarixi”) asaridir. Muallif haqida ma'lumotlar ko'p emas: toshkentlik, 1830-yilda tug'ilgan, vafot etgan yili noma'- lum. Beklarbegi va Xoja Axror madrasalarida o'qigan. Turli shaharlarda, shu jumladan, Farg'ona vodiysi shaharlarida ham bo'lgan. Tarix, geografiya, adabiyot va tibbiyotdan yaxshi bilimga ega bo'lgan. “Tarixi jadidayi Toshkent” asarini 1863-1888-yillari yozgan. Asar ikki jilddan iborat bo'lib, 1-jildi qadim zamonlardan to XV asrgacha Sharq va O'rta Osiyo mamlakatlarida bo'lib o'tgan voqealar haqida ma'lumot bersa, 2-jildida Farg'onaning, shu jumladan Toshkent shahrining XV asr oxiridan XIX asming 80- yillarigacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi. Yirik tarixiy manbalardan biri “Tarixi Shohruhiy” asari Niyoz Muhammad Xo'qandiy qalamiga mansub. Niyoz Muhammad Ho'qandiy 1803-yilda Qo'qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan, madrasada ta'lim olgan. Xudoyorxon qo'shinida harbiy kotib lavozimida xizmat qilgan. 1860-yillarda iste'- foga chiqqanidan so'ng ilmiy ish bilan mashg.'ul bo'lgan. 1876- yili vafot etgan. Qozoq olimi Т. K. Beysembiyevning yozishicha, “Tarixi Shohruhiy” 1871-1872-(hijriy 1288-yil)-yillarda Xudoyorxonning ko'rsatmasi bilan fors tilida yozilgan. Ushbu manba birinchi marotaba 1876-yili tarixchilar nazariga tushgan. 1885-yili rus sharqshunosi N. N. Pantusov tomonidan Qozonda chop etilgan. Ayrim qismlari V. V. Bartol'd, I. G. Mallitskiy va V. A. Romodin tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Asarda Qo'qon xon- - 6 - larining ayrim yurishlari, xonlikning Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqasi haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. “Tarixi Shoxruxiy” asari XVIII asr boshlaridan tortib to XIX asrning 70-yillarigacha Qo'qon xonligida bo'lib o’tgan voqealami o'z ichiga olgan. “Tarixi Farg'ona” asari ham Qo'qon xonligi tarixini o'rganishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan manbalardan biridir. Asar 1916-yilda tarixchi olim Is'hoqxon Junaydullo o'g'li Ibrat tomonidan nashr etilgan. Asarda minglaming hokimiyat tepasiga kelishidan tortib, to xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishigacha bo'lgan ulkan davr tasvirlab berilgan. Har bir Qo'qon xonlari davrlari, harbiy yurishlar, ijtimoiy-siyosiy vaziyat, qo'zg'olonlar, rus bosqini, uning oqibatlari va xonlikning eng katta shaharlari haqidagi ma'lumotlar berilgan. “Tarixi Farg'ona” biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy asardir. Asar 1991-yili Toshkentda “Meros” turkumida ham nashr etilgan. Xonlik tarixiga oid yana bir manba Mulla Olim Maxdum Hojining “Tarixi Turkiston” asaridir. Asar 1992-yili “Qarshi” nashriyotida lug'at va izohlar bilan nashr qilingan. 2008-yilda ushbu asar Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyotida qayta nashr etildi. Asar sodda, tushunarli tilda yozilgan. Unda xonlik tarixiga oid ma'lumotlar bilan birga minglaming kelib chiqishi haqidagi xabarlar ham berilgan. Masalan: Oltin beshik afsonasi hikoya qilinar ekan, Oltin beshikdan Sulton Elik, undan Xudoyor, Xudoyordan Muhammad Amin, undan Abulqosim, Abulqosimdan Shohmastbiy undan esa Shohruhbiy tug'ilganligi, minglar sulolasining Boburiylarga avlod ekanligi ko'rsatilgan. Minglaming hokimiyatni qo'lga olishidan to ruslaming xonlikni bosib olgunga qadar bo'lgan davr “Tarixi Turkiston” asarining 1- jildida berilgan. Keyingi jildlar Buxoro tarixiga oiddir. Asosiy manba bo'lmish asarlardan yana biri Mirzaolim Mushrifning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin ” (“Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi” yoki “Qo'qon xonligi tarixi”) asari hisoblanadi. Asar muallifi haqida ma'lumotlar ko'p emas: toshkentlik, tug'ilgan va o'lgan-yillari ma'lum emas. Mallaxon va Xudoyorxon zamonlari (taxminan XIX asrning 20-80-yillari)da yashagan. Ma'lumotlarda uning hayoti, ayniqsa, keksalik-yillari mashaqqatli kechgan, deb yozilgan. Olimlaming taxminicha, asar - 7 - muallifning umri oxirlarida yozib tamomlangan. Asar Oltin beshik voqeasi va Shohruhbiyning hokimiyatga kelishi bilan boshlanib, 1875-yil voqealarini ham qamrab olgan. Asarda tarixiy ma'lumotlardan tashqari, Mirzaolim Mushrifning she'rlari ham berilgan. Asaming 3 ta asl nusxasi O'zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qo'qon xonligi tarixiga oid rus manbalari. Xonlik tarixini o'rganishda tarixiy hujjatlar, boshqacha qilib ifodalaganda, rus sayyohlari, elchilari va tarixchilarining asarlari ham asosiy o'rin tutadi. Bunday hujjatlaming aksariyati hozirda davlat arxivlarida saqlanadi. Xonlik tarixiga oid hujjatlaming aksariyati rus sayyoh va elchilaming mehnatlari asosida vujudga kelgan. Masalan, Filipp Nazarovning “Записки о некоторых народах и землях средней части Азии Филиппа Назарова” (1821-yil), I. Potaning “Записки о Кокандском ханстве хоронжего Потанина” (1830- yil), Maksimovning “Показание Сибирского казака Максимова о Кокандском владении” (1860-yil), V. V. Vel'ya-minovZemovning “Исторические известия о Кокандском ханстве от Мух,аммед-Али до Худаярхана” (1856-yil), “Сведения о Кокандском ханстве” (1856-yil), I. D. Gorcha-kovning “Обозрение Кокандского ханстве в нынешним его состоянии” (1846-yil), A. G. Serebrinnikovning “К истории Кокандского ханства” (1876-yil), N. Pantusovning “О по датах и повинностях существовавщих в бывшем Кокандском ханстве в последнее время правление Худояр-Хана” (1876-yili), V. Nalivkinning “Краткая история Кокандского ханства” (1886-yil) va boshqalar shunday asarlar qatoriga kiradi. Bu asarlaming muhimligi shundaki, ular chuqur o'rganilgan va ilmiy asoslangan. Mualliflaming barchasi xonlik hududida bo'lib, mahalliy aholi hayoti bilan yaxshi tanish bo'lgan. Rus elchi va sayyohlarining ma'lumotlari o'sha davrda “Вестник русского общества”, “Известия русского географического общества”, “Военный сборник”, “Туркестанские ведомости”, “Туркестанский сборник” va boshqa vaqtli matbuot nashrlarida muntazam berib borilgan. Bundan tashqari, alohida kitob sifatida chop etilgan. Yana boshqa chet elik sayyoxlar ham Qo'qon xonligi tarixi haqida ma'lumotlar berganlar, lekin ularning aksariyati bizga noma'lumligacha qolmoqda. - 8 - Sho'rolar davrida Qo'qon xonligi tarixining o'rganilishi. Sho'rolar davrida tariximiz yoritilgan bo'lsada, yetarlicha ahamiyat berilgan, deb baho berish qiyin. Xonlik tarixiga oid muhim asar R. Nabiyevn'mg “Из истории Кокандского ханства” (“Феодальное хозяйство Худояр-Хана”) asaridir. Asar xonlik tarixiga oid manbalar va tarixiy hujjatlar asosida vujudga kelgan. Unda Sheralixonning taxtga kelishi, qipchoqlaming hokimiyatga kelishi, Xudoyorxon, Mallaxon, Sulton Said davrlaridagi voqealar bayon etilgan. Muallif Xudoyorxon davrida xo'jalik yuritilishi, davlat boshqaruvidan tortib, soliq va majburiyatlar, xon xazinasigacha bo'lgan ma'lumotlarga chuqur yondashgan. 387 betdan (shu jumladan, 37 ta ilovadan) iborat “Из истории Кокандского ханства” asari 1973-yili Toshkentda “Fan” nashriyotida chop etilgan. 1987-yilda “Alma-Ata” nashryotidan Т. K. Beysenbiyev qalamiga mansub, Qo'qon xonligi tarixi haqida keng ma'lumot beruvchi “Тарихи Шахрухи” как исторический источник” asari chop etildi. Kitob muallif tomonidan “Tarixi Shaxruxi” asarini chuqur o'rganishi va tahlil etishi asosida vujudga kelganini sezish qiyin emas. Asarda “Tarixi Shaxruxi”ning yaratilishi hamda muallif haqida ma'lumotlar bor. Т. K. Beysenbiyev o'z asarida shu va boshqa manbalardan foydalanib, xonlik tarixiga oid muhim voqealar haqida ma'lumot berilgan. “Tarixi Shaxruxi” asaridagi ma'lumotlami tahlil qilib, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy voqealar, ayniqsa, aholining etnik tarkibi va xo'jaligi haqidagi ma'lumotlami alohida-alohida keltirgan. Mustaqillik yillarida xonlik tarixining chuqur o'rganilishi. Mustaqillik yillarida xonlik davri tarixini o'rganishga alohida e'tibor berildi. Xonlik tarixini yoritishga o'z hissasini qo'shgan o'zbek olimlaridan biri H. N. Bobobekov hisoblanadi. Uning 1990-yili chop etilgan “Народные движения в Кокандском ханстве и их соцалъно-экономические и политические предпосылки” va 1996-yilda chop etilgan “Qo'qon tarixi” asarlari xonlik tarixini o'rganashda muhim o'rin tutadi. Dastlabki asarida olim xonlikda bo'lib o'tgan o'nlab qo'zg'olonlar haqida ma'lumotlar keltirgan va ulami tahlil etgan. Keyingi asar - “Qo'qon tarixi” esa Qo'qon haqidagi eng dastlabki ma'lumotlar, Qo'qon atamasi, minglar sulolasi, Qo'qon shahri ijtimoiy-iqtisodiy, - 9 - madaniy hayoti haqida ma'lumot beradi. 2006-yilda asaming ruscha varianti (“История Коканда”) e'lon qilindi. Bundan tashqari, ilmiy anjumanlar hamda vaqtli matbuotda olimning xonlik tarixi va uni o'rganishning dolzarb muammolari haqidagi maqolalarini ko'plab uchratish mumkin. Qo'qon xonligi tarixiga oid muhim asarlardan biri 1994-yili Namanganda nashr etilgan. Bu asar tarix fanlari nomzodi, dotsent Y. Qosimov qalamiga mansub bo'lib, “Qo'qon xonligi tarixi ocherklari” deb nomlanadi. Asar ikki bobdan iborat: birinchi bobda xonlikning aholisi, hududi, davlat tuzilishi, yer-suv munosabatlari, hunarmandchilik, savdo, shaharlar, qo'shin tuzilishi, Qo'qon-Buxoro, Qo'qon-Rossiya munosabatlari, madaniy hayot haqida ma'lumotlar mavjud. Ikkinchi bobda esa xalq harakatlari, xususan, Po'latxon qo'zg'oloni, Qo'qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi, Turkiston general-gubematorligming tashkil etilishi bayon qilinadi. Mustaqillik yillarida Qo'qon xonligi tarixiga oid ilmiy izlanishlar katta mehnatlar evaziga ortib bordi. 2004-yilda tarix fanlari nomzodi unvonini olish uchun Z. A. Ilhomov “Aliquli amirlashkar va uning Qo'qon xonligi siyosiy hayotida tutgan o'mi” mavzusidagi dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazdi. Muallif ushbu ilmiy ishi orqali XIX asr 50-60-yillarida Qo'qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Aliquli Amirlashkaming davlat arbobi va lashkarboshi sifatida shakllanishi, Qo'qon xonligi siyosiy hayotidagi faoliyati hamda rus bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi to'g'risida keng ma'lumotlar bergan. Izlanuvchilardan biri B. Ya. Tursunov 2006-yilda tarix fanlari nomzodi unvonini olish uchun “Qo'qon xonligida harbiy ish va qo'shin: holati, boshqaruvi, an'analari” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiyada XVIII asr - XIX asr birinchi yarmida Qo'qon .xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlar, Qo'qon xonligining mudofaa tizimi, xonlikdagi harbiy boshqaruv tizimi, harbiy mansablar va ularning vazifalari, harbiy kuchlar, qo'shinning tarkibiy tuzilishi, qo'shin ta'minoti va uning turli usullari, qo'shindagi qurol-aslahalar, qo'shinning moddiy vositalari hamda bu boradagi o'zgarishlar bayon etilgan. - 1 0 - Sh. Yu. Mahmudovning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun 2007-yilda taqdim etilgan “Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi (1709-1876-y.y.)” mavzusidagi dissertatsiyasi xonlik tarixini o'rganishda katta ahamiyat kasb etadi. Muallif o'z tadqiqotida markazlashgan davlatning tashkil topishi va undagi hukmdorlarning roli, xonlikning ma'muriy-hududiy bo'linishining evolyutsiyasi, Qo'qon xonligida Oliy kengash, uning markaziy boshqaruv tizimida tutgan o'mi, markaziy boshqaruv tizimining mansab va unvonlari, mazkur tizimda yuzaga kelgan o'zgarishlar, mamlakat boshqaruv tizimining mahalliy bo'g'inlari, ulaming o'ziga xos jihatlari, soliqlar va soliq tizimida ish yuritish - mahalliy boshqaruv apparatining muhim funksiyasi, aholini ijtimoiy himoyalash hamda bu borada mavjud davlatchilik an'analari kabi masalalami bayon etgan. 2007-yili yana bir tarixchi N. Topildiyevning “Qo'qon xonligining Rossiya bilan diplomatik aloqalari tarixidan (XIX asr - 1876-yilgacha)” asari “Fan” nashriyotida chop etildi. Nomidan ko'rinib turibdiki, asarda Rossiya-Qo'qon aloqalari haqida bayon etilgan. Savdo munosabatlari haqida Z. Sh. Madrahimovning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Qo'qon xonligida savdo munosabatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi (2009-y.) Qo'qon xonligi tarixini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xonlikdagi savdo-iqtisodiyot markazlari va ulaming iqtisodiy hayot rivojida tutgan o'mi, ichki savdo, xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalarida savdoning tutgan o'mi, uning muhim yo'nalishlari, Qo'qon xonligining Buxoro va Xiva xonliklari bilan savdo aloqalarining asosiy jihatlari, savdoning etnointegratsion jarayonlar rivojiga ko'rsatgan ta'siri, bozorlar, karvonsaroylar, ulaming o'ziga xos hususiyatlari, bojxona ishi, savdo soliqlarining asosiy jihatlari, bozor infrastrukturasi hamda vaqf instituti aloqalarining harakterli xususiyatlarini yoritgan. 2014- yilda muallifiiing dissertatsiyasi asosida “Qo'qon xonligida savdo munosabatlari tarixi” asari chop etildi. 2009-yilda Sh. T. Qo'ldoshev “Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar (XVIIIXIX asming birinchi yarmi)” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiyada Qo'qon xonligi bilan Sharqiy - 11 - Turkiston o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlaming shakllanish jarayoni va taraqqiyoti, Qo'qon hukmdorlarining Xitoy bilan diplomatik munosabatlarida Sharqiy Turkistonning o'mi, Sharqiy Turkistonda Qo'qon oqsoqollik tizimining o'matilishi, uning asosiy xususiyatlari, Qo'qon xonligini Sharqiy Turkiston bilan bog'lovchi karvon yo'Harming o'zaro aloqalarda tutgan o'mi, o'zaro iqtisodiy munosabatlaming asosiy yo'nalishlari va ular taraqqiyotida xonlik fuqarolarining roli, Qo'qon xonligi iqtisodiy hayotida sharqiy turkistonliklar ishtiroki, Qo'qon xonligi va Sharqiy Turkiston xalqlari o'zaro aloqalarining an'anaviy madaniyatiga ta'siri va san'at sohasidagi aloqalar, ilmiy va adabiy aloqalaming muhim jihatlari o'z aksini topgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida Qo'qon tarixnavislik maktabi vakillari tomonidan yaratilgan xonlik tarixiga oid bir nechta asarlar o'zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |