Grakf Babyof
Grakx Babyof (frantso’zcha Sgasssh VaeiG, ismi antik Grakxlar nomidan olingan, haqiqiy ismi Fransua Noel Babyof) frantso’z inqilobchi kommunist-utopist, Direktoriya davrida "tenglik uchun" harakatining yo’lboshchisidir.
Babyof kambag’al sobiq soldat oilasida tug’ildi. Russo va Mabli fikrlari bilan tanishish (keyinchalik Morelli) shaxsiy mulkchilik yqq bo’lgan "yuksak tenglik" jamiyatining ishonchli tarafdoriga aylantirdi. 1785 yil Babyof katta er mulkchiligining o’rniga "jamoa xo’jaliklari" yaratish rejasini to’zib chiqdi. Pikardiyadagi inqilobning faol qatnashchilaridan biri bo’ldi. Ortiqcha soliqlarni to’lashga qarshi harakat tashqilotchisi sifatida 1790 yil Parij qamoqxonasida ozodlikdan mahrum etildi, uni qamoqdan J. P. Maratning sahy-harakatlari natijasida chiqarishdi.
Keyingi yillarda Babyof qishloq xo’jaligi uchun ko’rsatmani ilgari surdi. Bu ko’rsatmada hech qanday to’lovsiz feodal qonunlarini tkliq likviditsiya qilish , yirik er mulkchiligini yqqotish, o’zoq yillik ijarani taqsimlash, arzon-garovning o’rniga cherkov mulkini musodara qilish, umumiy erlarni ajratish va "agrar (qishloq xo’jaligi) qonuni ni chiqarish. Bu fikrlarni Babyof o’zining "Doimiy kadastr" (1789) deb nomlangan asarida tqliq yoritib berdi.
Babyof 1791 yilda Lyudovik XVI ning qochib ketishiga bog’lik holda, respublika qurishda qatnashdi. 1973 yilda Parij kommunasining savdo-sotiq bo’yicha kotibi bo’lib faoliyat yuritdi. "Past tabaqaning yaxshi yashashi" muammosiga etarli e’tibor ajratmaganligi uchun yakobinchi Konvent va maratni qoralab chiqdi. Yakobinchilar diktaturasining malakasi va poytaxtning savdo resurslarining bo’linishi kabi harakatlar Babyofni "yuksak tenglik jamiyati"ni yaratish haqidagi amaliy imkoniyatlari haqidagi fikrga olib keldi. 1793-94 yillarning so’nggida Babyof yolg’on ko’rsatmalar orqali ayblanib, hibsga olindi.
9 termidor davriga kelib ozod qilingach, bir necha hafta o’tgach Babyof termidoriy konventga qarshi ishonchli dushmaniga aylandi va o’zining "Jurnal de la liberta de la press" deb ataluvchi gazetasida unga qarshi maqola chiqardi va keyinchalik "Tribyun dyu pyopl"da ham chop etildi.
1795 yilning fevraliga kelib Babyof yana hibsga olindi. 1795 yil oktyabr oyida umumiy avf orqali ozod qilingach "Tribyun dyu pyopl" asarini yangiladi va Buonarroti F, OA Darte, Sh. Shermenlar qatoriga qqshildi. Shu bilan birga "tenglik uchun" kommunistik harakatining tashqilotchisi va yo’lboshchisi qatoriga qqyildi. 1796 yil bahorda xalq namoyishini tayyorlaydi va "Yashirin direktoriya"ni boshqardi. Bu harakat qatnashchilaridan biri Grizelning xoinligi natijasida harakatning barcha yo’lboshchilari qqlga olinadi. Vandomdagi sud hukmiga binoan Babyof o’limga hukm qilingan. Babyofning fikrlari va uning davomchilari babuvistlarning fikrlari ilmiy kommunizmning tarafdorlari edi. Eski jamiyatdan kommunizmga o’tish davridagi vaqtinchalik inqilobiy diktaturaning to’zilishi zarurati va "toza demokratiya"ni tezlikda ro’yobga chiqarish imkoniyatlari yqqligini Babyof inqilobning tajribasiga suyanib shu fikrga keldi. Babuvizm davomchilarining eng asosiy ko’rinishlaridan biri bu diktatura zarurligini tan olishlaridir. Babyof va uning tarafdorlarining Qo’zg’oloni alaba bilan tugasa, ular "milliy kommuna" rejasini ro’yobga chiqarishni mo’ljallashgan edi. Bu "milliy kommuna" xususiy mulkchilik (egalik)ni o’rnini bosish lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |