Mavzu. XVI-XVII asr birinchi yarmida angliya



Download 101,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi101,5 Kb.
#263849
Bog'liq
Angliya

MAVZU. XVI-XVII ASR BIRINChI YARMIDA ANGLIYA.


REJA.

1. XVI asrdagi Angliyaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi.

2. Tyudorlar sulolasining taxtga kelishi.

3.Angliyada reformasiya va kontreformasiya.



4. XVI asrda Angliya tashqi siyosati.

XVI asr boshida Angliyaning iqtisodiy yuksalishi.

  XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan holat, bu buyuk geografik kashfiyotlar bilan bog’liq bo’lib, savdo sohasidagi to’ntarilish edi, ya’ni Angliya yangi jahon savdo yo’lining markaziga, London esa dunyoning eng yirik port shaharlaridan biriga aylandi.

Inglizlar Buyuk geografik kashfiyotlarda faol ishtirok etganlar. Ingliz dengizchilari eskimoslar yashaydigan joygacha suzib borishib, Virginiyada Angliya koloniyasiga asos soldilar, Villagbi esa Moskva to’g’risida axborot yig’ishga muvaffaq bo’ldi. Dreyk o’zining dunyo bo’ylab sayohati bilan F.Magellan kashfiyotini takrorladi. Keyinchalik ingliz sayohatchisi Djenkinson Buxorogacha yetib borgan. Afsuski, bu sayohatchilarning barchasining faoliyati yangi yerlarni kashf etishga qaratilmay, ya’ni sof geografik kashfiyotlardan chetga chiqib, josuslik, qaroqchilik va hatto bosqinchilik faoliyatlari bilan ham bog’lanib ketgan edi.

Angliyaning buyuk geografik kashfiyotlarda ishtiroki Bristol shahri savdogarlarining tashabbusi bilan boshlandi. Ularning niyati boshqa yerlar qatori Xitoy sohillariga ham yetib borish edi. Savdogarlar mablag’iga dengiz ekspedisiyasi tashkil qilinib, unga rahbar qilib asli italiyalik bo’lgan Djon Kabot (Djovanni Kabetto) tayinlandi. 1 kema va 18 ekipajdan iborat Djon Kabot boshchiligidagi ekspedisiya 1497 yilning may oyida Bristoldan g’arb tomon yo’lga chiqdi va shu yilning o’zida Shimoliy Amerikadagi Labrador (Nyufaundlend)ga yetib keldi. Qaysi hududga kelganliklarini bilmagan inglizlar «Buyuk Xon podsholigi», ya’ni Xitoyni kashf etdik deb o’yladilar. 1498 yilda yana Djon Kabot boshchiligida 5 kemadan iborat ikkinchi dengiz ekspedisiyasi tashkil qilindi. Yo’lda vafot etgan Djon Kabot o’rniga ekspedisiyaga uning o’g’li Sebastyan Kabot boshchilik qildi. Bu ekspedisiya 1498 yilda Shimoliy Amerikaning shimoliy – sharqiy qirg’oqlariga yetib keldi.

Afsuski, XVI asrda uyushtirilgan va qisman qirollik tomonidan mablag’ bilan ta’minlangan dengiz ekspedisiyalarining ko’pchiligi yangi yerlarni kashf qilish o’rniga dengiz qaroqchiligi bilan shug’ullandilar.O’zining qo’shnisi bo’lgan Irlandiyani talash Angliya uchun dastlabki kapital jamg’arishning bir vositasiga aylandi.

XI asrdan boshlab Angliyaning chetga sotadigan asosiy mahsuloti mayin jun va qo’y terisi edi. Yevropadagi eng sifatli jun faqat Angliyada yetishtirilar va Flandriya hamda Italiya to’qimachilik sanoati uchun yetkazib berilar edi. Ammo XVI asrning birinchi yarmidan boshlab movut ishlab chiqarish ingliz sanoatining asosiy tarmog’iga aylandi va jun gazlamalar chiqarish junning o’zini chiqarishga nisbatan bir necha marotaba ko’paydi. Hozirga qadar jun solingan xalta inglizlar boyligining ramzi hisoblanadi va lordlar palatasida Angliya lord-kansleri uchun yumshoq o’tirg’ich vazifasini o’taydi.

XVI asr o’rtalarida Angliya Flandriya va Florensiyadagi movut sanoatiga xom ashyo – jun yetkazib beradigan mamlakatdan ichki va tashqi bozorga o’zi movut chiqaradigan mamlakatga aylandi.Angliyada XVI asrga kelib jun eksportining kamayganligini quyidagi misolda ham ko’rish mumkin: 1354 yilda Angliyada bir yilda 32 ming xalta jun chiqarilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Genrix VIII davrida (1509-1547) 5-6 ming xaltaga tushib qoldi. O’z navbatida tayyor movut chiqarish to’xtovsiz o’sib bordi. Masalan, 1354 yilda chetga 5 ming o’ram movut chiqarilgan bo’lsa, XVI asr o’rtalariga kelib uning miqdori 122 ming o’ramga yetdi. XVI asr oxiriga kelib Angliya bir yilda 200 ming o’ram movut ishlab chiqaradigan darajaga erishdi. Movut va jundan tayyorlangan buyumlar Angliya umumiy eksportining 81,6 % ni tashkil qildi.

Angliyaning jun gazlamalari mamlakatning janubiy-g’arbidagi hududlar: Uiltshir, Somerset, Glostershir, Oksfordshir va boshqalar edi. Bu yerda, jun gazlamalarining «bronklot» deb atalgan eng nafis turi to’qilardi.

Kapitalistik xususiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarish Angliyaning qishloqlariga ham chuqur kirib bordi. Bunga quyidagi hol ko’maklashdi: movut to’qish, hunarmandchilikning yangi tarmog’i sifatida asosan qishloqlarda rivojlandi, bu yerda esa ishlab chiqarishni siqib qo’yadigan sexchilik yo’q edi. Movutga bo’lgan talabning kuchayishi bu mayda ishlab chiqarish punktlarini kengaytirishni talab etdiki, bu kelgusida yirik manufakturalarning paydo bo’lishiga olib keldi.

Manufakturalarning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadigan misollarga murojaat etsak, misol sifatida Berkshir grafligidagi yirik movutchi Djon Uichkaiba manufakturasini ko’rsatishimiz mumkin; bu yerda 200 dan ortiq to’quv dastgohlari bo’lib, movut ishlab chiqarish jarayonida 1000 dan ortiq kishi qatnashgan.

XVI asrga kelib ingliz sanoatining boshqa turlari ham sezilarli yutuqqa erishadi. Norich, Yorkshir, Dorsetshir, Devonshir va Kolchesterda shoyi va ip gazlamalar, Birmingam va Sheffilda qulflar, mixlar, pichoq va boshqa duradgorchilik asboblari ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yildi.

XVI asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti ichki va tashqi savdoning rivojlanishi tufayli ham yuz berdi. Yagona milliy bozor tashkil topdi. XIV-XV asrlarda Angliyaning Italiya va Sharq mamlakatlari bilan savdosi asosan venesiyaliklar vositachiligida olib borilar, Shimoliy Yevropa davlatlari bilan savdo esa Ganza ittifoqiga kirgan nemis savdogarlari qo’lida edi. XVI asrga kelib yuqoridagilarning ikkalasining ham savdo sohasidagi monopoliyasi qo’ldan ketdi va Angliyaning butun savdo sohasi ingliz savdogarlarining kompaniyalari qo’liga o’tdi.Angliyada kemasozlik ham juda tez sur’atlar bilan o’sdi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XVI asrda Angliya sanoatining taraqqiyotida Yevropaning boshqa mamlakatlaridan emigrant bo’lib kelgan tajribali ustolarning ulushi katta bo’ldi. Niderlandiya inqilobi davrida ispanlar beboshligidan qochib kelgan flomand to’quvchilari o’zlari bilan birga nafis movut ishlab chiqarishning sirlarini olib keldilar, fransuz emigrantlari (asosan gugenotlar) shoyi ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydilar. Angliyaga maxsus taklif qilingan nemis ustolari esa nodir metallardan chiroyli idish va bezaklar yasadilar.

3.2.Angliyada agrar to’ntarilish.G’ov tutish va dehqonlarning yersizlantirilishi.«Qonli qonunlar»

  Movut ishlab chiqarishning yutug’i, ingliz juniga nisbatan avval qo’shni Flandriyada, keyinchalik esa Angliyaning o’zida talabning kuchayishi agrar munosabatlarning sezilarli o’zgarishiga olib keldi. Junga bo’lgan narxning ko’tarilishi bilan Angliyada qo’ychilik qishloq xo’jaligiga nisbatan foydali bo’lib qoldi va juda ko’p lordlar o’zlarining yerlarini yaylovlarga aylantira boshladilar. Ular bo’sh yotgan va yaylov sifatida jamoa tomonidan foydalanib kelinayotgan yerlarni egallab ola boshladilar. Bu ham yetmagandek ular, o’z qo’llari ostidagi kesim yerlarga ega bo’lgan dehqonlarni haydab chiqardilar, dehqonlar yashagan butun-butun qishloqlar buzib yaylovlarga aylantirildi. Tortib olingan yerlarga lordlar tomonidan qo’ylarning yaylovlardan chiqib ketmasligi uchun g’ov tutildi. Bu yerlar lordlar tomonidan chorvachi – fermerlarga yuqori renta asosida ijaraga berildi, ayrim hollarda esa ularning o’zlari qo’ychilikni yo’lga qo’ydilar. Ingliz dehqonlarini mana shu tariqa zo’rlik yo’li bilan yersizlantirish jarayoni «g’ov tutish» degan nomni oldi.

Tarixchilarning ko’rsatishicha, g’ov tutishga Angliyada XIII asrdayoq qadam qo’yilgan. XII – XV asrlar davomida Lestershir, Devonshir, Xantingdonshir va boshqa grafliklarda lordlar tomonidan turli qonunlar xususan, XIII asrdagi Merton va Vestminster statutlari asosida jamoa yerlarini o’rab olish jarayoni boshlangan edi.

XVI asrga kelib inglizlar iqtisodi jahon bozori bilan mustahkam bog’langanligi tufayli va sanoat ishlab chiqarishning yangi soha va yo’nalishlarining paydo bo’lishi va bu sohaning qo’ychilikni rivojlantirishni taqozo qilishi, g’ov tutishning yanada kuchayishiga olib keldi. Ingliz hukumati komissiyasining 1517 yilga tegishli ma’lumotiga qaraganda, markaziy grafliklarda g’ov tutilgan yerlar miqdori 71 % ni, o’z yerlaridan va mulkidan mahrum bo’lgan dehqonlar soni 84,4%ni tashkil qilgan. XVI asrning ikkinchi yarmida bu grafliklarda g’ov tutish yanada kuchaytirilgan. Bu jarayonni XVI asr ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida obrazli qilib qo’ylar shunchalik ochko’z bo’lib ketdiki, ular odamlarni yeb qo’yayapti, deb ta’riflagandi. Dehqonlarning shu tariqa majburiy yersizlantirilishi Angliyada juda ko’p sonli ishsizlar armiyasi pauperlar va daydilarning paydo bo’lishiga olib keldi. Daydilikning masshtabi juda keng edi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yelizaveta Tyudor hukmronligi davrida 200 ming aholiga ega bo’lgan London shahrida daydilar soni 50 mingdan ko’p bo’lgan. Ishsizlar armiyasining ko’payishining yagona manbai yuqoridagi jarayon emas edi. XVI asrning ikkinchi yarmidan ular safiga yana ikki kategoriyadagi kishilar kelib qo’shildilar.

Birinchisi, bu aristokratlarning xususiy (shaxsiy) harbiy drujinalariga kirgan kishilar hisobiga. Genrix VII absolyutizmni mustahkamlash siyosatini yuritib, aristokratiyani zaiflashtirish maqsadida, barcha xususiy harbiy drujinalarni tarqatib yuborish to’g’risida statut chiqardi. Natijada, avval yirik feodallar qo’lida harbiy xizmatda bo’lgan juda ko’p kishilar, yashash uchun ta’minotdan mahrum bo’ldilar.

Ikkinchisi, bu qashshoqlar safiga monaxlarning kelib qo’shilishi. Bu ingliz reformasiyasiga bog’liq bo’lib, monastirlarning tugatilishi bilan oddiy monaxlarning juda ko’pchiligi ko’chaga tashlanib, ishsizlar sonini ko’paytirdi. Ma’lumotlarga qaraganda, 7 mingdan ko’proq monax va 25 mingdan ortiq turli cherkov yer egaligidagi xizmatchilar ishsiz qolganlar.

Shunday qilib, Angliyada yashash uchun mablag’ va boshpanaga ega bo’lmagan, yersizlantirilgan va o’zlarining ish kuchlarini manufakturalar va yirik fermalar egalariga arzimagan pulga sotadigan kishilar guruhi paydo bo’ldi.

Zo’rlik yo’li bilan yersizlantirishga qarshi, XVI asrning o’rtalariga yaqin Angliyada dehqonlarning ommaviy norozilik chiqishlari boshlandi. 1536-1537 yillarda g’ov tutishlarga qarshi Angliyaning shimoliy grafliklarida, 1536 yilda Linkolnshirda, 1547 yilda Kent hududida, 1549 yilda bir vaqtning o’zida Devonshir, Kornuell (Kornoull), Norfolk va Seffolk grafliklarida, 1596 yilda Oksfordshir grafligida yirik dehqon qo’zg’olonlari bo’lib o’tdi.

Bu qo’zg’olonlar ichida 1549 yilda Norfolk va Seffolkda aka-uka Robert va Vilyam Ketlar boshchiligidagi qo’zg’olon Angliyada Uot Tayler qo’zg’olonidan keyingi eng yirik dehqonlar harakati edi. Ma’lumotlarga qaraganda, qo’zg’olonda 20 mingga yaqin dehqonlar qatnashgan. Qo’zg’olonchilar lenlordlarning jamoa yerlarida boqilgan 20 ming qo’ylarni ularga qarshilikning belgisi sifatida so’yib yeb yuborganlar. Ularning 29 moddadan iborat hukumatga bergan talablari asosan quyidagilardan iborat edi: to’lovlarni kamaytirish, frigolderlarni kopigolderlarga aylantirishni man etish, lordlarning jamoa yaylovlaridan foydalanishini ta’qiqlash, manorga tegishli sudlarni tugatish va krepostnoy huquq qoldiqlarini yo’q qilish. Robert Ket boshchiligidagi qo’zg’olon juda qiyinchiliklar bilan bostirildi va aka-ukalar qatl etildi.

Rivojlangan manufaktura sanoati birdaniga yersizlantirilgan dehqonlarni, Angliyaning shahar va qishloqlarini to’ldirib yuborgan ishsiz va daydilarni ish bilan ta’minlashga qodir emasdi. Ularning ko’pchiligi o’zlarining kun ko’rishlari uchun jinoyat sodir etishga majbur bo’ldilar. Genrix VIII davrida 72 ming «katta va kichik o’g’rilar» osib o’ldirildi. Tyudorlar daydi va qashshoqlarga qarshi ayovsiz qonunlar chiqara boshladiki, keyinchalik bu qonunlar «qonli qonunlar» degan nom oldi.

1530 va 1536 yillardagi qonunlar tilanchilik qilishga faqatgina keksa va mehnatga yaroqsiz kambag’allarga ruxsat berdi, ishga yaroqli «daydilarni» esa avval yaxshilab kaltaklab, so’ng ulardan o’z joylariga qaytib borib «ishga kirishga» qasam ichtirdilar. Agar jazolangan ikkinchi marotaba qo’lga tushsa, uni yana kaltaklab qulog’ining yarmini kesdilar, agar u uchinchi marotaba qo’lga tushsa o’lim jazosiga hukm qilindi.

Eduard VI (1547-1553) qonunlariga ko’ra, «daydiga» ish topish uchun bir oy muhlat berildi, undan so’ng «daydini» uning to’g’risida ma’lumot bergan kishiga qullikka berdi. Yangi xo’jayin uni boqishi kerak edi va buning evaziga uni majburiy yo’l bilan ishlatish, sotish, avlodiga vasiyat qilib qoldirish va yollanma ishga yuborish huquqiga ega bo’lardi. O’zboshimchalik bilan ketib qolganligi uchun birinchi marotaba bu qulning yuziga «S» (Slave - qul) tamg’asini kuydirib bosishar, shunday harakat uchinchi marotaba takrorlanganda esa u davlat jinoyatchisi sifatida qatl qilinar edi. Yelizaveta I davridagi qonunlar bu berahmlikni yanada kuchaytirdi.

Angliyada savdo taraqqiyoti. XVI asr va XVII asr boshlari Angliyada dastlabki jamg’arish davri, kapitalizmning vujudga kelish davridir. Dastlabki jamg’arishning eng muhim manbalari – bular jahon bozorining va kolonial savdoning vujudga kelishidir. Bular buyuk geografik kashfiyotlarning ko’rsatkichlaridir.

XVI asr oxirida Angliyada kapitalistik rivojlanishda noqulay sharoit yuzaga keldi. Sababi Ispaniya bilan bo’lgan urush ingliz-ispan savdosini izdan chiqardi. Endi Angliya o’z tovarlarini, birinchi navbatda dag’al movutni sotish uchun zarur bo’lgan «Ost-Indiya»-Sharqiy Hindiston hududida bozor topishi kerak edi. Bundan tashqari Angliya to’qimachilik sanoatiga xom ashyolar (bo’yoqlar, paxta, jun va h.k.) kerak edikim, bular keyinchalik «Ost-Indiya» kompaniyasining tuzilishiga olib keldi.

Angliya sanoati va savdo burjuaziyasi o’zlarining yevropalik hamkasblari singari tezlik bilan dengiz orti mamlakatlariga kirish imkoniyatlarini izlay boshladilar va yangi dengiz savdo yo’llarini egalladilar. Kapital savdo ekspansiyalarning boshlanishi bevosita qirol hukumatining yordamida amalga oshirildi.

XVI asrda Angliyadagi buyuk geografik kashfiyotlar, boshqa Yevropa davlatlaridagi singari kolonial bosqinchilikning boshlanishiga to’g’ri keladi. Sharqiy Hindistonni «ochishda» inglizlar bu sohadagi ispanlar va portugallarning geografik yutuqlari natijalaridan foydalandilar. Inglizlar tomonidan Sharqqa qarab M.Frobisher (1576 yil), F.Dreyk (1577-1580 yy.), T.Kevendish (1586-88, 1591-93), D.Raymend va D.Lankaster (1591-1594 yillarda) boshchiligida dengiz ekspedsiyalari yuborildi. Sharqiy Hindistonga eng oxirgi ekspedisiya 1596 yilda B.Vuda boshchiligida uyushtirildi.

Bu ekspedisiyalar natijalari inglizlarning Sharqdagi savdo monopoliyalari tuzilishining hal qiluvchi omili bo’ldi. XVII asrning boshlarida Angliyada bir qancha savdo kompaniyalari: «Savdogar Avantyuristlar», «Moskva», «Marokko», «Levant» va boshqalar tuzildi. 1599 (uning rasmiylashtirilishi 1600 yilda bo’lgan – P.Sh.) yilda esa «Ost-Indiya» kompaniyasi tuzildi. «Ost-Indiya» kompaniyasi faoliyati tufayli inglizlar Janubiy-Sharqiy Osiyoda kolonial maydonda muaffaqiyat qozondilar, ayniqsa, Hindistonni egallash uning qo’li bilan bo’ld

3.3.Angliyada Tyudorlar absolyutizmining o’ziga xos xususiyatlari

  XVI asr Angliya tarixida to’liq Tyudorlar sulolasining hukumronlik davri bo’ldi. Bu sulolaning rasmiy hukumronlik yillari 1485 yilda boshlanib, 1603 yilgacha davom etdi. Bu sulolaning eng yirik vakillari Genrix VII (1485-1509), Genrix VIII (1509-1547), Eduard VI (1547-1553), Mariya I (1553-1558) va Yelizaveta I (1558-1603) edilar. Ulardan keyin Styuartlar sulolasi hukumronligi boshlangan.

Tyudorlar sulolasining birinchi vakili Genrix VII edi. U 1457 yilda Pembrukda tug’ilib, 1509 yilda Richmonda vafot etgan. Yangi monarxiyaning asoschisi Genrix VII to’liq ma’nodagi simvolik shaxs edi. U qirollikni qurol bilan egallab, o’z hukumatini xasislik, ayyorlik, makkorlik va diplomatiya bilan mustahkamladi. Unda qo’shinni boshqarish qobiliyati bo’lsa-da, ammo urushni yoqtirmasdi. Bunga sabab urushning ko’p xarajat talab qilishi edi. Genrix VII ning hukmronligi mamlakatda tartibsizliklar va muxolifat kuchlarning vujudga kelib, urush davom etayotgan bir paytiga to’g’ri keldi.

Qirollik va boy zadogonlar o’rtasidagi kurashlar natijasida jismoniy jihatdan qirilib ketgan zadogonlarning yerlari maydalanib ketdi, buning natijasida ular yerlarining ko’pchiligi qirollik tarkibiga qo’shib olindi.

Bir holga alohida e’tibor berish zarurki, Genrix VII ni shahar savdogarlari va hunarmandlari qo’llab quvvatladilar, ya’ni kim uchun tinch hayot zarur bo’lsa, ularning barchasi Genrix VII ni quvvatladilar. Natijada Genrix VII bu imkoniyatlardan foydalanib o’z hukumronligini kuchaytirdi va bu dinastiya 100 yil yashadi.

Genrix VII oldida muhim ikkita muammo turar edi: birinchisi eski dvoryanlarning harbiy qudratini sindirish, ikkinchisi esa juda katta boylikka ega bo’lib, qirollikni moliyaviy tomondan mustaqil, hyech kimga murojaat etmaydigan qilish edi. Uning keyingi muammoni ancha ijobiy hal qilganligidan keyingi 24 yil ichida parlamentning 7 marotaba chiqarilgani ham guvohlik beradi, ya’ni u soliq to’plash uchun rozilik olish maqsadida parlamentni kamroq chaqiradigan bo’ldi.

Genrix VII ning pul to’plash yo’llari turlicha bo’lgan, shundan eng ko’p qo’llaniladigani quyidagilar edi:

a) Parlamentlar qirol ochishni xayoliga ham keltirmagan urush xarajatlari uchun soliqlar undirishni tasdiqlar edilar va bu soliqlar yig’ilib qirollik xazinasiga tushar, ammo urush bo’lmagani uchun hyech narsaga sarflanmay qirol boyligiga aylanar edi;

b) Qonunga xilof ish tutgan mulkdor kishilarga juda katta jarimalar solindi;

v) Qirol homiyligidan foydalangan savdogarlar uchun homiylik evaziga xazinaga pul to’lash zarurligi to’g’risidagi eski qonunlar qaytadan tiklandi. Qirol savdogarlardan majburiy tarzda mablag’ qarz berish va hadya etishini talab qila boshladi. Natijada, yuqoridagi barcha «tadbir»lardan so’ng Genrix VII o’zidan 2 mln.funt sterling boylik qoldirdi, bu o’sha davr uchun juda katta boylik edi.

Ma’lumotlarga ko’ra, XVI asrning 60-yillariga kelib (1568 yili) Angliyaning boyligi uch marotaba ko’paygan. Boylikning bunday tez ko’payishining asosiy sabablari: a) g’ov tutishning oqibatlari; b) dehqonlarning yersizlantirilishi; v) dastlabki jamg’arma jarayonining g’ayrat bilan amalga oshirilishi; g) Angliyaning koloniyalarni talashdagi ishtirokining boshlanishi oqibatlari bo’ldi.

Genrix VII faqatgina kemasozlik uchun xarajatga pulni ayamagan. Bekonning yozishicha, u «boylikni yaxshi ko’rgan va shuning uchun savdoning sinishiga yo’l qo’ymaslikka uringan». Uning maqsadi Angliyadan boshqa davlatlarga savdo yo’llarini ochish va qirollik xazinasini yanada boyitish edi.

Tyudorlar sulolasining hukumronlik davri Angliyada absolyutizmning kuchaygan davri hisoblanadi. Ammo, tarixiy adabiyotlarda bu to’g’rida munozara ancha kuchli. Ko’pgina tarixchilar Angliya siyosati Yevropa davlatlaridan farq qiladi, bu yerda oldindan demokratiya bo’lgan, Angliya xalqi hyech qachon absolyutizmni, ya’ni zo’rovonlikni tan olmagan deydilar. Ularning fikricha, Angliyada absolyutizm styuartlarning cheksiz hokimiyatga intilishlarining ko’rinishlarida vujudga kelgan. Ular tomonidan tyudorlar hokimiyati esa cheklangan va konstitusion monarxiya sifatida xarakterlanadi.

Genrix VII vafotidan keyin taxtga uning o’g’li Genrix VIII (1509-1547) o’tirdi. Yangi qirolni tabiat juda ko’p tomonlama taqdirlagan edi. U yaxshi musiqachi, kompozitor, ajoyib chavandoz va usta kurashchi bo’lgan. Genrix VIII o’z davrining yetuk bilimga ega bo’lgan vakili sifatida lotin, fransuz va ispan tillarini chuqur bilishi bilan ham ajralib turgan. Tarixchilar Genrix VIII ning ingliz gumanistlariga homiylik qilganligi to’g’risida ko’p yozganlar. Zamondoshlarining qoldirgan ma’lumotlariga qaraganda, Genrix VIII kelishgan tashqi ko’rinishga ega edi. Ammo qirolning eng katta kamchiligi u xazina boyligini behuda isrof qilish darajada hotamtoy bo’lgan.

Tyudorlarning siyosatida ideologiya quroli katta rol o’ynadi. Genrix VIII ning hokimiyati o’zining asosiy siyosiy aksiyalarini ma’lum bir ideologik fikrlar bilan amalga oshirishga intilar edilar. Tyudorlar davlat xizmatiga ingliz gumanizmining mashhur namoyandalarini taklif qildilar va ularga o’zlarining siyosatini nazariy sharhlashni topshiradilar.

Ingliz absolyutizmining siyosiy va g’oyaviy pozisiyalarining mustahkamlanishida reformasiya davrida katolik cherkoviga qarshi tashviqot ishlari katta rol o’ynadi. Buning asoschisi Genrix VIII, tashkilotchisi esa uning eng yaqin yordamchilaridan T.Kromvel edi. Reformasiyaning o’tkazilishi Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi.

Feodal Angliyada Yevropaning boshqa mamlakatlaridan farqliroq, absolyutizmning paydo bo’lishiga va uning siyosatiga Angliyaning ijtimoiy rivojlanishining o’zgachaligi katta ta’sir ko’rsatadi. Burjuaziyaning paydo bo’lishi bilan uning ittifoqdoshi ham paydo bo’ldi. Bu feodallarning bozor bilan bog’langan (burjuaziya bilan bog’langan qismi), ya’ni o’sha paytda aytilishicha, yangi dvoryanlar yoki jentrilar edilar.

Angliya absolyutizmi feodallar diktaturasini amalga oshirishda, xalq ommasini qo’lda tuta biladigan, feodal separatizmining chiqishlarini bostira oladigan va faol ichki siyosat olib boradigan ijroiy apparat tuzishga harakat qildi. Bu ijroiy apparat absolyutizmining har bir talabini amalga oshirishi kerak edi. Shu bilan bir vaqtda davlatning markazlashishi jarayoni tugallanayotgan edi.

Tyudorlar davlati vakillari taniqli siyosiy fikrlovchi Marsiliy Poduanskiyning konsepsiyasini, ya’ni mustaqil davlat haqidagi konsepsiyani o’zlariga qurol qilib oldilar. 1535 yilda reformasiyaning ayni qizigan paytida Genrix VIII ning eng yaqin maslahatchisi va ministri Tomas Kromvel tomonidan Poduanskiyning asosiy asari - «Jahon himoyachisi» lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilinib bosilib chiqdi. Bu traktat ingliz absolyutizmi manfaatlariga moslashtirilgan edi. Ba’zi joylari tushirib qoldirilgan, ba’zi joylari esa qaytadan ishlangan edi. Tyudorlar siyosatining parlament tomonidan qo’llab quvvatlanishi shuni bildirar ediki, bu siyosat parlamentda ishtirok qilayotgan toifalar manfaatlariga javob berar edi.

Qirol va parlamentning munosabati to’g’risida yepiskop Stefan Gardiner gersog Somersetga yozgan xatida (1577 y.) uni shunday ifodalagan edi: «Har bir qonun o’zining gavdasi va qalbiga ega, parlamentning ikkita palatasi qonunning gavdasini chizishadi, bu gavda qirol tomonidan hayot va qalb bermaguncha o’lik bo’ladi».

Ingliz absolyutizmi Yevropadagi boshqa davlatlardagi absolyutizmdan o’zining bir qancha xususiyatlari bilan farq qilib turar edikim, bu farqlar quyidagilardir:

1)      Markaziy davlat apparatining, ya’ni boshqarishning joylarda bo’sh (zaif) bo’lishi, mahalliy ma’muriyatning muhim rol o’ynaganligi;

2)      XVI asrda parlamentning to’xtovsiz faoliyat ko’rsatib turganligi, ya’ni parlamentning mavjudligi;

3)      Muntazam armiyaning yo’qligi. Bu qisman Angliyaning orolda joylashganligi bilan ham bog’liq edi.

Biz ingliz absolyutizmi ideologiyasi masalasini o’rganishda Yelizaveta Tyudorning xatlaridan tarixiy haqiqatga to’g’ri keladigan ma’lumotlar olishimiz mumkin. Masalan, 1597 yil 8 iyulda Esseks grafiga yozgan xatida qirolicha: «Qirollar yerdagi xudolar sharafiga ega» degan edi.

XVI asrning birinchi yarmida Angliya tashqi siyosatidagi yangi yo’nalish. XVI asrning dastlabki yillarida Yevropada turli xil harbiy ixtiloflar kuchayib ketgan bo’lib, bu ixtiloflarning asosiy sababi Fransiya va Ispaniya o’rtasida Italiya va Flandriyaning boy hududlariga egalik qilish uchun kurash edi. Boyligi va aholisining soni jihatidan yuqoridagi ikki raqibga hyech teng kelolmagan Angliya tezda ular o’rtasidagi kelishmovchilikdan o’z siyosiy va diplomatik maqsadlarida foydalanish san’atini o’zlashtirib oldi. Bu siyosatning asosiy mohiyati, bir tomonning kuchayib ketishiga yo’l bermaslik, ya’ni goh u tomonning goh bu tomonning siyosatini quvvatlab kuchlar muvozanatini saqlab turish edi.

Bunday juda puxta o’ylangan va nozik siyosiy o’yinning mualliflaridan biri Genrix VIII hukumatining dastlabki davridagi boshlig’i kardinal T.Uolsi edi. Genrix VIII taxtga chiqqach 1509 yildan Angliya Ispaniyani quvvatlaydi va Fransiyaga qarshi urush olib bordi. Ammo, 1525 yilgi Ispaniyaning Italiya ustidan hukumronligiga olib kelgan Paviya yonidagi jangdan so’ng, Yevropadagi siyosiy ahvol o’zgardi. Gabsburglar Germaniyasi bilan birlashgan Italiyani bo’ysundirgan Ispaniya, endi Angliya bilan ham hisoblashmay qo’yaboshladi. Oqibatda bu, Angliyaning tashqi siyosatda Fransiya tomon burilishiga sabab bo’ldi.

3.4.                                     Angliyada reformasiya va kontrreformasiya

  O’rta asrlarda papalik «xudo nomi bilan» unga katta foyda keltiruvchi monopoliya o’rnatgan markazlashgan xalqaro tashkilot edi. Hatto feodalizm gullagan davrida ham qirollar, knyazlar bu monopoliyaga qarshi kurash olib borgan edilar. Markazlashgan milliy davlatlar paydo bo’lishi bilan bu monopoliyalar ochiq konfliktlariga olib kelishi muqarrar bo’lib qoldi. Chunki, bu monopoliyaning yo’qotilishi, absolyut monarxiyaning axloqiy tanazzuli va uning juda katta boyligi uni qirollar va yirik yer egalari tomonidan yengil va o’ziga tortadigan o’ljaga aylantirdi. Shunday qilib, protestant reformasiyasi o’z mohiyati jihatidan diniy niqob ostidagi siyosiy harakat bo’lib, u Yevropadagi yangi burjua – yirik yer egaligi tabaqasining hokimiyat uchun uzoq davom etgan kurashning bir qismi edi.

Ingliz hukumati reformasiyaga avvaliga salbiy nazar bilan qaragan edi. Genrix VIII yoshligida yaxshi maxsus diniy ta’lim olgandi va katolik ruhda tarbiyalangandi. Genrix VIII ning eng yaqin kishisi ruhoniylardan bo’lgan kardinal Tomas Volsey edi. U quyi tabaqadan chiqqan bo’lib juda dimog’dor, hasadgo’y va tajribasizligiga qaramay, eng muhim diniy masalalarda Rim papaligi tarafidan bo’lib, kelgusida papalik o’rni bo’shab qolgan taqdirda, o’sha joyni egallash rejasini ham o’ylab qo’ygandi. Uning ta’sirida bo’lgan Genrix VIII o’z qirolligining dastlabki vaqtida (1522 yil) hatto Lyuterga qarshi bahs mazmunida bo’lgan «Yetti sirning himoyanomasi» degan kitobini yozdi va bu kitobini Rimga, papa nomiga yubordi (haqiqatda bu pamfletni Tomas Mor hatto Erazm Rotterdamskiy yozgan degan fikrlar ham bor– P.Sh.). Genrix VIII bu kitobi uchun papa Lev X dan «Din himoyachisi» unvonini ham oldi. Genrix VIII ning Rim papasiga qarshi chiqishi uning Yekaterina Aragonskayadan ajralish va Anna Boleynga uylanish voqyealari bilan bog’liq edi. Uning birinchi xotini Ispaniya qiroli va Germaniya imperatori Karl V ning xolasi, malika Yekaterina Aragonskaya bo’lib, (Yekaterina Ferdinand Aragonskiy va Izabella Kastilskayalarning qizi edi) u aslida Genrix VIII dan yosh jihatidan katta bo’lsa-da, ularning turmushi baxtli bo’lishi mumkin edi. Undan bir qiz (Mariya) va ikki o’g’il tug’ildi, afsuski, o’g’illari yoshligidayoq o’lib ketdilar. Bu o’g’illarining o’limi bu irimchi qirolda Xudo uning o’lgan akasining beva xotiniga (Yekaterina avval uning akasi Arturga unashtirilgan edi – P.Sh.) uylanishni ravo ko’rmadi, degan fikrning paydo bo’lishiga olib keldi. Garchi bu nikoh Rim papasining roziligi bilan amalga oshgan bo’lsa-da, ingliz xalqi qiroldan kelgusida Angliyaning mustaqilligini saqlab qolish kafolati bo’lgan merosxo’rning qolishini xohlar edi.

Genrix VIII ning o’z xotinidan ajralishning ikkita siyosiy sabablari bor edi. Birinchidan, Yekaterina Ispaniya qirolichasi edi. XVI asrda qirolliklar o’rtasidagi nikohlar davlatlar orasidagi aloqalarning mustahkamlanganligining ramzi bo’lib hisoblanardi. Bu vaqtga kelib tashqi siyosatda Fransiya tomonga o’tmoqchi bo’lgan Genrix uchun ispan ayoli bilan nikohda bo’lish juda noqulay edi. Ikkinchidan, Rim bilan aloqani uzishning asosiy sababi sof moliyaviy nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari Genrix VIII ga u o’g’il merosxo’r bermadi va keyin ham berishi gumon edi.

Nikohni bekor qilish masalasidagi Genrix VIII ning papa Kliment VII ga iltimosi o’zining papa oldidagi obro’sini bilish imkoniyati ham edi. Ingliz qiroli Yekaterina Aragonskayaning jiyani Karl V ning ta’siri ostida bo’lgan Rim papasining bu nikohni bekor qilishga jur’at etolmasligini oldindan ko’ra bilib, papalik bilan munosabatlarini ataylab yomonlashtirish va shu yo’l bilan Angliyada cherkov islohotlarini (reformasiya) o’tkazishda keng imkoniyatga ega bo’lish maqsadlarini ham ko’zda tutgan edi.

1526 yilda Genrix VIII papa Kliment VII dan birinchi nikohni bekor qilishni va Anna Boleyn bilan nikohni muhrlashini so’raydi. Bunga Tomas Volsey ham Rim papasi ham rozilik bermadi. Shunda u parlamentni chaqirib (1532 y.) undan qirol oliy hukmdor va barchaning, ham diniy, ham dunyoviy kishilarning bir xilda himoyachisidir degan, uni quvvatlovchi qarorini oldi. 1533 yil boshida Tomas Volsey o’rniga kelgan yangi bosh diniy arbob, Kenterberi arxiyepiskopi - primas Tomas Kranmer raisligida cherkov sudi qirolning birinchi nikohini bekor qilingan deb e’lon qildi. Genrix VIII Anna Boleynga uylandi. So’zsiz, bu harakatlar Angliyaning Rim bilan aloqalarining uzilishiga olib keldi. Rim bilan aloqalarning yomonlashuvi xalq tomonidan xayrixohlik bilan kutib olindi. Sababi: 1) Angliyaning papadan mustaqil bo’lgan cherkovga ega bo’lish harakati oldin ham bo’lgandi, bu yerda milliy cherkovga ega bo’lishga intilish kuchli edi; 2) Rim foydasiga yig’ilgan barcha soliqlarning Angliyaning o’zida qolishi ko’pdan kutilgan orzu edi; 3) Ruhoniylar ham qirolni quvvatladilar, sababi faqat qirolgina ularni bo’lg’usi Germaniyaga qaraganda ham radikal reformasion harakat xavfidan qutqarib qolishi mumkin edi.

Yetti yil, ya’ni 1529-1536 yillarda Reformasion parlament ishlab turdi. Bu parlament ingliz cherkovining Rim bilan aloqasini uzganligini rasmiylashtiradigan va uni davlat nazorati ostiga o’tkazadigan qonunlar qabul qildi. 1534 yilda parlament «Suprematiya haqida akt» deb atalgan qirol hokimiyatining cherkov hokimiyatidan ustunligi to’g’risidagi qonunni qabul qildi. Unga ko’ra, barcha masalalar bo’yicha papaga murojaat qilish ta’qiqlandi. Papalik xazinasiga yuboriladigan to’lovlarni yig’ish man etildi. Cherkov boshlig’i deb e’lon qilingan qirol faqatgina cherkov lavozimlariga nomzodlar tavsiya etish huquqiga ega bo’lib qolmasdan, balki diniy ta’limotni belgilash huquqiga ham ega bo’ldi. Endi Angliya cherkovi xalqaro diniy tashkilotning bir qismi bo’lmasdan, davlat apparatining uzviy qismiga aylandi,uning mulki qirol mulkiga aylandi va uning farovonligi bilan uzviy bog’liq bo’lib qoldi. Bu o’zgarishlarning ozgina g’ayritabiiy oqibati shu bo’ldikim, shu davrdan boshlab ruhoniylarning yuqori tabaqalari davlatni boshqarish ishlarida oldingi mavqyelarini yo’qotdilar. Bundan keyin birorta ham ruhoniy qirol saroyida yuqori lavozimga ishga taklif qilinmadi. O’rta asrlarda birinchi marta, rasmiy ravishda cherkov endi davlatga bo’ysindirildi va uning faoliyati keskin darajada chegaralanib qo’yildi. Islohot qilingan cherkov shu davrdan boshlab anglikan cherkovi deb yuritila boshladi.

Papa 1534 yilda Genrix VIII ni cherkovdan mahrum etdi, ammo bu endi Angliyada boshlangan cherkov islohoti harakatini to’xtatib qolaolmadi. Volsey o’rniga yangi tayinlangan Tomas Kromvel maslahatiga ko’ra, qirol «Ingliz cherkovining boshlig’i» degan unvonni qabul qildi.

Bu yangilikni parlament ham ma’qulladi. Parlament roziligi bilan bundan keyin har bir qirollik xizmatiga qabul qilingan kishidan maxsus qasamyod talab qilindi. Unga ko’ra, yangi xizmatga kiruvchilar «men qirolning birinchi nikohining bekor qilinishi va ikkinchi nikohini qonuniy deb hisoblayman», deb qasam ichishi kerak edi.

1536 yilda cherkovga to’g’ridan-to’g’ri hujum boshlandi. Bir yil ichida 376 kichik monastirlar yopildi, 1540 yilga kelib 645 monastir yopildi va bu sohadagi tadbir to’la amalga oshdi. Monastirlar ancha ommaviy bo’lgan shimoliy grafliklarda qirolning bu siyosatiga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Ammo u tezda bostirildi.

Sekulyarizasiya qilingan monastir yerlari Angliyada ekiladigan barcha yerlarning ¼ qismini tashkil qilardi. Bu yerlarning katta – katta kesimlarida yangi dvoryanlar va ularning ko’p qismining bevosita qirol va uning yaqinlarining qo’liga o’tishi shu yerlarga ega bo’lganlarga juda katta boylik keltirdi. Monastir yer egaligining musodara qilinishi natijasida yirik va mayda dvoryanlarning boyligi tez fursat ichida juda ko’payib ketdi. Bu esa o’z navbatida kelgusida qirol hokimiyatiga yangi to’siqlar paydo bo’lishiga olib keldi. Monastir yerlarining katta qismi dunyoviy kishilarga, dvoryanlarga sovg’a tarzda tarqatildi. Ikkinchi qismi esa dvoryanlarga, boy shaharliklarga, turli xil yer bilan savdo qiladigan olib – sotarlarga juda past narxlarda sotildi. Bu sotilgan yerlardan qirollik o’sha davrda juda katta pul hisoblangan 1,5 mln. funt sterling daromad qildi.

Genrix VIII olti marotaba uylangan. Yuqorida ko’rganimizdek uning birinchi xotini Yekaterina Aragonskaya edi, undan bir qiz Mariya qoldi.

Ikkinchi xotini esa Anna Boleyn bo’lib, u aristokrat oilasidan chiqqan. 1536 yilda Anna Boleyn bevafolikda ayblanib qirol tomonidan qatl qilindi, undan ham bitta qiz Yelizaveta qoladi. Xotinining qatl qilingan ikkinchi kunida Genrix VIII uchinchi xotini Ionna Seymurga uylandi. Afsuski, Ionna unga orzu qilgan o’g’ilni tug’ib berish chog’ida vafot etdi (undan Eduard qoldi). 1540 yilda Genrix VIII nemis malikasi Anna Klevaga uylandi. Tezda yangi xotin uning ko’ngliga urdi va ajralishdilar. 1541 yilda Genrix nufuzli doiradagi oila vakili bo’lgan Yekaterina Govardga uylandi. 1542 yilda uning bevafoligi aniqlanib qatl etildi. Uning rasmiy oltinchi xotini Yekaterina Parr bo’lib, u protestantlik g’oyasiga moyil edi. Juda aqlli va tadbirkor ayol o’zining ehtiyotkorlik bilan tutgan yo’li tufayligina o’z harakatlari uchun javobgarlik nimaligini bilmagan qirol g’azabini chetlab o’ta oldi.

Papalik hukmronligidan norozilikning ko’rinishi turli xil bo’lib, u hamma vaqt ham ochiqdan – ochiq bildirilmas edi. Yirik davlatlardan bo’lgan Fransiya va Ispaniya papalik bilan aloqalarni uzmadilar, ular papalikdan o’z maqsadlarida foydalanish va uni nazorat qilish maqsadlarini ko’zlar edilar. Fransiya va Ispaniya o’rtasida XVI asrda Italiya uchun bo’lgan kurash ma’lum darajada papalik ustidan hukmronlik o’rnatish uchun bo’lgan kurash edi. Bu kurash davomida ular papa xazinasidan katta mablag’ undirishga ham muvaffaq bo’ldilar. Angliya kuchli va boyligi jihatidan yuqoridagi davlatlarga nisbatan o’rtada joylashgan bo’lib, ingliz reformasiyasining boshlovchilari T. Uolsi va Genrix VIII papalikni nazorat qilishda Fransiya va Ispaniya bilan raqobatlasha olamiz deb o’ylagan edilar. Ammo, bu fikrdan qaytishga majbur bo’lganlaridan keyin Angliyani papalik ta’siridan ozod qilishga qaratilgan birinchi qadamlar qo’yildi.

Angliyada reformasion harakatda bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan va hamisha ma’lum bir guruhning manfaatini ko’zlamagan uchta oqimni kuzatish mumkin: 1) Bu Rim bilan aloqalarni uzish, buning natijasida papalikga og’ir soliqlarni to’lanishining to’xtatilishi bo’ldi; 2) Cherkov mulkining musodora qilinishi bo’ldi; 3) Protestantizm deb atalgan yangi diniy e’tiqod g’alabasi bo’ldi. Rim bilan aloqaning uzilishini deyarli hamma ma’qulladi. Papa vakillarining yulg’uvchiligi ingliz cherkovlaridagi ruhoniylarning ko’pchiligi orasida ham norozilikka olib kelgandi. Shuning uchun ham 1534 yilda Genrix VIII o’zini cherkov boshlig’i deb e’lon qilganda faqatgina monaxlar tomonidan qarshilikka uchradi xolos.

Monastirlarning yopilishi va bu yerlarning egallab olinishi birinchi navbatda qirol, yangi dvoryanlar uchun qulay kelardi. Ular xalqdagi katolik cherkovga qarshi kayfiyatdan cherkovlar mulkini islohot o’tkazish yo’li bilan o’z qo’llariga qaratishda foydalandilar.

Tomas Kromvel, parlament va reformasiya.Angliyada reformasiyani qattiq turib himoya qilgan va unda faol qatnashganlardan biri qirolning kansleri Tomas Kromvel edi. Tomas Kromvel (1485-1540) oddiy oiladan bo’lib, yoshligini Italiyada o’tkazgan. Makkiavellining qarashlari bilan yaqindan tanishib chiqqan. Angliyada u o’z faoliyatini kardinal T.Uolsiga kotiblikdan boshladi. 1533 yildan boshlab, u qirol konselyariyasida pul yig’uvchi, davlat kotibi (1534 yildan) va 1535 yildan qirolning cherkov ishlari bilan shug’ullanadigan nufuzli amaldoriga aylandi.

1539 yilda lordlar uchun Angliyada bosh boshqaruvchi bo’lgan Kromvel bu sohada bir qancha islohotlar o’tkazdi. Uning tashabbusi bilan markaziy ma’muriy va ijrochi organ bo’lgan Maxfiy kengash tuzildi. Tomas Kromvel faoliyati, Genrix VIII davrida Angliyada absolyutizmning yanada mustahkamlanishida katta rol o’ynaydi. U qirolga juda sodiq edi. Kimda kim Kromvelni uning qirol oldidagi xizmati uchun maqtamoqchi bo’lsa, «Kromvel qirolni xudodan ham yaxshi ko’radi» degan so’zni ko’p takrorlar edi. Haqiqatdan ham, Kromvel qirolni sevmoq usulini yaratishda hammadan ko’p hissa qo’shdi. Kromvel siyosatining eng yaxshi natijalaridan biri parlament faoliyatining jonlanishi bo’ldi. Eduard IV davridan tortib to Volsey davrigacha monarxiyaga qarshi kurash olib borgan parlament Volsey hukumati qulagach Angliya ijtimoiy hayotida yana birinchi o’ringa chiqib oldi.

Genrix o’zining xalq ommasi o’rtasidagi mashhurligidan foydalanib va xalq ommasining unga nisbatan xayrxoholigiga ishonch hosil qilib, siyosatdagi yo’nalishini o’zgartirdi va butun kuchini boshqa bir dushmanga, papa hukumatiga zarba berishga qaratdi. Genrix siyosatidagi bu o’zgarishni eng nufuzli amaldorlardan bo’lgan Norfolk va Marlar quvvatladilar. Kromvelning siyosiy faoliyati inglizlar parlamentidagi ikki palataning: lordlar va umum palatalarning obro’si tiklangan va kuchaygan davriga to’g’ri keldi. U bu muassasalar faoliyatini chegaralashga harakat qilmasdan, balki ularning ustidan hukumronlik qilishga ular yordamida qirollikning qudratini oshirishga harakat qildi. Qo’rquvni bilmaydigan, qat’iyatli va juda katta davlat arbobi sifatlariga ega bo’lgan Kromvel Angliya parlamentining ikkala palatasini ham qirolga muxolifat ijtimoiy muassasadan, qirol xohishini so’zsiz bajarishga tayyor turgan idoraga aylantirishga muvaffaq bo’ldi.

Parlamentning ish olib borish tartibiga nazar tashlaydigan bo’lsak Kromvel tutgan siyosa


t o’zini oqlaganday ko’rinadi.

Parlament qarorlari asosida cherkov monarxiyaga tobe bo’lib qolgan edi. Kromvel tomonidan parlamentda qabul qilingan qarorlardan biri bu Genrixning o’z fuqarolaridan olgan qarzlarini to’lashdan ozod qilish bo’ldi. Kromvel hukumatining oxirgi qonunlaridan biri qirol tomonidan chiqarilgan varaqalarga qonun kuchini berish bo’ldi. Parlamentga ega bo’lgan Genrix shu darajada kuchaydiki, endi u o’zboshimchalik bilan Rim bilan munosabatlarini buzish yoki ser Tomas Morga o’xshaganlarni eshofotga yuborishi mumkin edi. Ammo, Genrix VIII parlamentning yordamisiz xususiy mulklarni, monastirlarning mulkini musodara qilishga, ularni berkitishga yoki milliy diniy e’tiqodni o’zgartirishga jur’at qilolmasdi. Monarxiyaning mana shunday maqsadlarini amalga oshirishda rozilik berish kerak bo’lgan parlamentning faoliyat maydoni va vakolatlik kuchi, so’zsiz yanada kuchaydi. parlament kabi qudratli mashina qo’lga tushgach, Kromvel undan unumli foydalandi.

Endi parlamentning yig’ilishlari avvalgidek ahyon-ahyonda emas, balki har yili chaqiriladigan bo’ldi. Parlament yordami bilan Angliya G’arb xristian dunyosi bilan muloqotlarini uzdi. Parlament aktlari bilan Angliya cherkovi o’zining avvalgi imtiyozlaridan mahrum etilib, qirollikka to’lig’icha qaram qilib qo’yildi. Parlament qarorlari mamlakatda qaysi din bo’lishi kerakligini ko’rsatib berar edi. Xususiy yer mulklarning katta ko’lamda musodara qilinishi ham parlament roziligi bilan amalga oshirildi. U endi taxt merosxo’rlari masalasini hal qilar, qirollar nikohining va bu nikohdan bo’lgan bolalarining qonuniy ekanligi to’g’risida hukm chiqarar edi.

Avval qirollar parlamentning hukumat xizmatchilari va qirolning oila a’zolari hayotiga aralashuviga qarshi kurashsalar, endi esa ularning o’zi xizmatchilarning gunohi darajasini aniqlab berishga va xotinlarining sadoqatsizliklarini yoki gunohsizliklarini isbotlab berishda parlamentga murojaat qilardi.

Parlamentni o’ziga tobelikda tutish uchun qirol va Kromvel monastirlarni tugatish va ularning mulklarini musodara qilish natijasida qo’lga tushgan boyliklarning bir qismini parlament a’zolariga tarqata boshladi. Kromvel qulashi bilan Norfolk gersogi yana hukmronlikka ega bo’ldi. Sababi, Genrix VIII xotini Anna Kleva bilan ajrashgach Norfolk gersogining jiyani Yekaterina Govardga uylandiki, bu uning qirolga nisbatan ta’sirining yanada kuchayishiga olib keldi. Ammo, Norfolkning bu muvaffaqiyati uncha uzoq davom etmadi. 1542 yilda qirolicha Yekaterina Govard eriga xiyonat qilishda ayblanib qatl etildi. So’zsiz, Norfolkning ham qirol oldida obro’si tushib ketdi. Xulosa qilganda, Kromvelning cherkovga nisbatan olib borgan siyosati uning o’z tomonidan yaratilgan qirolga bo’ysinishni kuchaytirish yo’liga chuqur kovlayotgan edi. Cherkov monarxiya quliga aylanishi bilan u odamlar ruhi ustidan qilgan hukumronligini yo’qotdi. Cherkovni qirol hokimiyatining xizmatkoriga aylantirgan Kromvel monarxiyaga qarshi kurash olib borishi mumkin bo’lgan oxirgi kuchni sindirmoqchi bo’ldi. Ayni paytda u o’zi sezmagan holda monarxiyaga qarshi yanada kattaroq kurashuvchi yangi kuchlarga hayot berayotgan edi. Diniy o’zgarishlar natijasida diniy inqilob bo’lishi muqarrar edi. Kromvel monarxiyaga qarshi eng dahshatli dushmanni – diniy fanatizmni uyg’otgan edi. Umuman, Kromvelning ish uslubi tezda o’zining hayotiy emasligini ko’rsatdi.

Genrix VIII o’lgach, uning yosh o’g’li Eduard VI qirol bo’ldi (1547-1553). Unga oldin tog’asi gersog Eduard Seymur, keyinchalik 1549 yildagi qo’zg’olon bostirilgach, graf Uorvik vasiylik qildilar. Har ikki vasiy ham protestantlar partiyasidan edilar va shu sababli ular davrida anglikan cherkovi protestantizmning qit’adagi (ya’ni Yevropadagi – P.Sh.) ko’rinishlariga ancha yaqinlashib qoldi. Ammo, Eduard VI o’lgandan so’ng uning o’rniga taxtga o’tirgan Genrix VIII ning Yekaterina Aragonskayadan bo’lgan qizi Mariya Tyudor (1553-1558 yy.) davrida vaziyat mutlaqo o’zgardi.

  Mariya Tyudor ispan katoliklari muhitida, ya’ni Angliyadagi yangi dinga nisbatan nafrat ruhida tarbiya topgan edi. Bu qirolicha mamlakatning shimoliy-g’arbiy hududidagi hiyla qoloq okruglardagi ingliz dvoryanlarining ba’zi bir qismidan madad topgan katoliklar partiyasiga boshchilik qildi. Bundan tashqari Mariya Tyudor ona tomonidan qarindoshi ispan qiroli Filipp II ga erga tekkan edi. Filipp II esa XVI asrning ikkinchi yarmida katolik cherkovi reaksiyasining eng fanatik arboblaridan biriga aylangandi.

Mariyaning taxtga chiqishidan ko’p o’tmasdan 1555 yilning 5 oktyabridan yangi parlament ish boshladi va uning birinchi ishi 1536 yildagi Mariyaning noqonuniy tug’ilgani haqidagi chiqarilgan aktni qayta ko’rib chiqish bo’ldi. Parlament bu ishni o’rganib Mariyani qonuniy tug’ilgan deb hisobladi.

Mariyaning ikkinchi qadami «Angliyani yeretiklardan tozalash uchun» chet elliklarning Angliyadan chiqarib yuborilishi bo’ldi. Angliyaga kelgan ajnabiylar 24 soat ichida mamlakatni tark etishlari kerak edi. Angliya yana katolik davlatiga aylandi.

Mariya Tyudor ispanlar madadiga tayanib, Angliyada katolik cherkovini tiklab protestantlarni qattiq ta’qib ostiga oldi. Bir zamonlarda o’rta asr yeretiklarini gulxanga tashlab qanday qilib kuydirgan bo’lsalar Angliyada protestantlarni ham shunday tiriklayin kuydirar edilar. 300 ga yaqin erkak va ayollar «dindan adashganliklari uchun» o’lim jazosiga hukm qilindi. Boshqalarga namuna sifatida 21 ta yepiskop (ruhoniy), 8 ta dvoryan, 84 ta hunarmand, 100 ta dehqon va ishchi, 55 ta ayol va 4 ta bolalar o’tda kuydirildi. Mariya Tyudor davrida yirik va obro’li arxiyepiskoplardan Kranmer, Latimer va boshqalar o’tda kuydirib o’ldiriladi. Ayniqsa, Tomas Kranmerga quyidagi og’ir ayblar qo’yilgandi: 1)Genrix VIII va Yekaterina o’rtasidagi nikohni noqonuniy bekor qilish; 2)Mariyani qirolning qonunsiz tug’ilgan qizi deb e’lon qilish; 3)Mariyani taxtdan mahrum etish to’g’risidagi fitnaga ixtiyoriy ravishda qo’shilish. Shuning uchun protestant tarixchilar Mariya Tyudorni «qonxo’r» deb atashgan edilar.

Mariya Tyudorga yepiskoplarni tayinlash huquqi berildi. Bu uning Rim papaligi bilan juda yaqinlashganini ko’rsatadi. Qirolicha faqat katolik cherkovini tiklash bilan chegaralanib qolmasdan, katolik odatlarini, papalikning qonun qoidalarini ham avvalgi holiga keltirdi. Genrix VIII davrida tortib olingan monastirlarning yerlarini qaytarib berdi. Ammo bu mulkdorlar tomonidan norozilikning kelib chiqishiga olib keldi.

Endi Mariya Tyudor davridagi Angliyaga nisbatan Fransiya va Ispaniya qirollarining qarashlariga kelsak, ular Angliya siyosatiga ehtiyotkorlik bilan yondoshdilar. Lekin, shunga qaramay ular o’z maqsadlariga erishgan edilar, ya’ni Angliyada katolik cherkov qonunlari tiklangan edi. Katolik cherkovi urf-odatlari 1553-1558 yillarda yana tantana qildi.

3.5. Angliya Yelizaveta I Tyudor hukmronligi davrida

  Mariya Tyudordan so’ng hokimiyatga Yelizaveta I Tyudor ( 1558 – 1603) keldi. Yelizaveta Genrix VIII ning Anna Boleyndan bo’lgan qizi edi.

Yelizaveta I qirolligi davridagi uning mamlakat ichki va tashqi siyosatidagi masalalarni hal qilish faoliyati va parlamentga munosabatini ikki davrga bo’lish mumkin: birinchi davr XVI asrning 60-80 yillarini o’z ichiga olib bu davrda, qirolicha muhim masalalarni hal qilishda parlamentga ham murojaat qiladi. Aksariyat hollarda hukumat va parlament ichki va tashqi siyosat sohasidagi muammolarni birgalikda yechdilar. Yelizaveta Tyudor yangi dvoryan va burjuaziya manfaatlarini qo’llab-quvvatladi. Absolyutizm mamlakatni yanada rivojlantirish yo’lida kerakli sharoitlar tug’dirdi. Yelizaveta I davlatni boshqarish faoliyatining ikkinchi davri XVI asrning 90 yillari boshida boshlandi. Bu davrdagi uning faoliyati mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o’zgarishlar bilan bog’liq ravishda yangicha yo’nalishda bordi.

XVI asrning 90 yillariga kelib mamlakatda ahvol o’zgargan edi. Rivojlanayotgan kapitalistik elementlarning taxtga bo’lgan qiziqishi tabora ortib bordi. Ana shunday vaqtda Angliyada qirol hokimiyatining joylarda zaifligi va mamlakatda doimiy armiyaning bo’lmaganligi Tyudorlar absolyutizmining yanada mustahkamlanishiga xalaqit berdi. Poraxo’rlik va xazinani talon-taroj qilish kuchayib ketdi. Ayrim grafliklar qirol hukumatini tashqi siyosat yuritishda quvvatlamay qo’yishgacha borib yetdilar. Siyosatdagi bu kamchilikni Yelizaveta favoritizm tizimi bilan qoplamoqchi bo’ldi. Uning eng yaxshi kishilari (favoritlari) Leyster, ser Ualter Reli va graf Esseks edilar. Yelizavetaning dastlabki favoritlari (masalan Leyster) qirolicha oldida o’zining unga tobe ekanligini unutmagan bo’lsa, keyingilari juda ko’p masalalarda (ayniqsa, tashqi siyosat masalalarida – P.Sh.) o’zlarini qirolni haqorat qilish darajasida mustaqil tuta boshladilar.

Ayni bir vaqtda shuni e’tirof etish kerakki, Yelizaveta I davlatni boshqarishga amaldorlarni tanlashda va ular yordamida mamlakatni boshqarishda katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, uning hukmronligining birinchi davrida juda ko’p mashhur davlat arboblari, absolyutizmning qat’iy tarafdorlari yetishib chiqdilar. Bular jumlasiga Berley, Bekon, Uolsingem va savdogar Tomas Greshem va boshqalar kiradi. Uolsingem tomonidan tashkil qilingan josuslik va axborot tizimi yaxshi rivojlangan edi. Bu tizim yordamida qirolicha Angliyaning hamma burchaklari va qariyb Yevropaning hamma mamlakatlari haqida aniq ma’lumotlarga ega edi.

O’z davrida «savdogarlar qiroli» degan unvonga ega bo’lgan, qirollikning moliyaviy ishlariga rahbarlik qilgan va qirolichaning bu soha bo’yicha maslahatchisi Tomas Greshem ham o’z vazifasini juda katta mohirlik va ma’suliyat bilan boshqarardi.

Yelizaveta I hukmronligining ikkinchi davrida ham uning atrofida o’z davrining yirik davlat arboblari faoliyat ko’rsatdilar. Ular jumlasiga Robert Sesil va mashhur faylasuf Frensis Bekon va boshqalar kiradi. XVI asr 90-yillarning o’rtalariga kelib parlamentda qirolichaning monopoliya patentlarini tarqatishga qarshi, burjuaziya muxolifatining qarshiligi o’sa boshladi. Sababi, Tyudorlar hukumati savdo va ishlab chiqarish muassasalariga egalik qilishning shartlarini ishlab chiqib ularni alohida kishi va kompaniyalarga tarqata boshlagandilar. XVI asrning o’rtalarigacha bu burjuaziyaning rivojlanishiga xizmat qilgan bo’lsa, XVI asrning oxiriga kelib monopoliya Angliya iqtisodiyotida bo’layotgan rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi. Bundan tashqari, monopoliya patentlarining ko’plab saroy favoritlari va amaldorlariga berilishi erkin kapitalistik rivojlanishga g’ov bo’lib qoldi, bu esa o’z navbatida burjuaziyaning ommaviy noroziligini tug’dirdi. Nihoyat, 1601 yilda umum palata monopoliya haqidagi masalasini qarab chiqishni talab qilib chiqdi. Bu masalada hukumat va parlament o’rtasidagi nizo keskin tus oldi. Qirolicha yon berishga majbur bo’ldi. Garchi qirolicha monopoliyani bekor qilish to’g’risida va’da bergan bo’lsa-da, ammo bu sohadagi ahvol deyarli o’zgarmadi.

Yelizaveta hukmronligining oxirgi yillarida parlamentning mustaqil bo’lishga intilishi yanada kuchaydi. London shahri aholisi esa qirolichani oldingidek quvonch bilan kutib olmasdilar.

Shunday qilib Yelizaveta I Tyudorning uzoq muddat qirollik qilgan davri Angliyaning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Hindiston va Amerika bilan savdo-sotiq ishlari olib boruvchi juda ko’p savdo kompaniyalari tuzildi. Dengizning narigi tomonida inglizlar kolonizasiyasi boshlandi.

Angliyaning dengiz hukmronligi uchun Ispaniya bilan kurashi. «Yengilmas Armada» halokati. Ingliz-ispan raqobati Angliyaning ichki nizolari bilan mustahkam bog’langan bo’lib, u birinchi navbatda dengiz yo’llari va bozor uchun kurashda namoyon bo’ldi. Bu kurash ayniqsa, XVI asrning ikkinchi yarmida kuchaydi. Angliyaning Ispaniya bilan olib borgan kurashini 3 davrga bo’lish mumkin: 1) XVI asrning 60-yillaridan 80-yillari o’rtalarigacha – bu davrda o’ziga xos yashirin urush ketadi: ya’ni ingliz dengiz qaroqchilari ispan kemalariga okeanda va La-Manshda hujum qilishib ularni talay boshladilar; 2) XVI asr 80-yillar o’rtalaridan – bu davrda Ispaniya bilan ochiq dengiz urushi bordi; 3) XVI asr oxirlaridan yana dengiz qaroqchilariga hujumlar uyushtirildi.

Yelizaveta Tyudor hukmronligi boshlangan davrda dengiz qaroqchiligi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar juda qulay edi. Dehqonlarning xonavayron qilinishi, ommaviy ravishda yerlardan quvilishi natijasida vujudga kelgan uy-joysiz ommaning mavjudligi, savdo-sotiq, ishlab chiqarishning sustligi, dengizchilar o’rtasidagi ishsizlik va qirollikning moliyaviy qiyinchiliklari hukumatning qaroqchilarga ba’zan yashirincha, ba’zan esa ochiqchasiga yordam berishiga sabab bo’ldi.

1555 yilga kelib Angliyaning chet mamlakatlardan milliy qarzi (asosan Niderlandiyadan) 148526 funt sterlingni tashkil etardi. 1559 yilga kelib bu qarz miqdori 226910 funt sterlingga ko’tarildi. Mariya Tyudor hukmronligining oxirgi yillarida xazina bo’sh, xalq och, yuqumli kasalliklar keng tarqalgan og’ir yillar bo’ldi.

Mana shunday sharoit oqibatida, XVI asrning 50 yillari oxiri va 60 yillari boshlarida ingliz dengizlarida qaroqchilik juda rivojlandi.

Filipp va Mariya Qonxo’r davridayoq ingliz dengizchilariga Ispan qirolining Angliya hukmronligiga qarshilik belgisi sifatida ispan va portugal kemalarini talash an’anaga aylanib qolgan edi. Yelizaveta davrida ispan va portugal kemalarini talash Angliyani ispan katolik cherkovidan himoya qilish kabi o’ziga xos vatanparvarlik jasoratiga aylandi. Quyidagi misollar inglizlar dengizdagi qaroqchiligi ispanlarga qanday zarar va jabrlar keltirganliklarini yaqqol ko’rsatadi: 1) 1560 yilda inglizlar dengizda ispan dvoryanlari kemasini qo’lga oladilar va ularni Duvrga olib kelib auksionga qo’yib sotib yubordilar. Ular uchun yaxshi to’lov olish umidida bo’lganlar kemadagi ispan dvoryanlarini 100 funtgacha narxda sotib oladilar. 2) O’sha yilning o’zida Kanor orollarida ispanlar qo’lidan zo’rg’a qochib qutilgan inglizlar, yo’lda ispanlarning yana bir kemasini qo’lga olib talaydilar. Nizo kuchayib Ispaniya tomonidan Kanor orollaridagi barcha inglizlar kemasining hibsga olinishiga olib keldi. Faqatgina Yelizavetaning kechirim so’rashi va qaroqchilarni jazolashga bergan va’dasi tufayligina harbiy to’qnashuv yuz bermadi.

Ingliz qiroliga dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish juda qiyin edi. Ularning qirol xonadoniga yaqin kishilardan himoyachilari ko’p bo’lgan.

Dengiz qaroqchilari magnati orasida eng qudratlisi Kornvalislik Kiligru oilasi a’zolari bo’lib, ularning qarorgohi Falmaut portidagi Arvenak degan joyda edi. Bu oiladan juda ko’plab ministrlar, diplomatlar va harbiy arboblar yetishib chiqqan edi. Oila boshlig’i Kornvalis vise-admirali ser Djon Kiligru bo’lib, uning otasi va amakilari, hatto onasi ham dengiz qaroqchisi bo’lgan. Djon Kiligru onasi juda faol dengiz qaroqchisi edi. U oldin bu ishlarda otasiga, keyin eriga yordam berib kelardi.

Bir dalil: 1582 yilda Ledi Kiligru o’z mehmonxonasining derazasidan bo’ron Falmautga haydab kelgan chet el kemasini ko’rib qoladi va zudlik bilan kerakli harakat rejasini ishlab chiqadi. Kechasi kema egalari qirg’oqqa tushib mehmonxonalarga joylashgach Ledi Kiligruning o’zi boshchiligidagi qurollangan qaroqchilar qayiqlarga o’tirib, kemaga yaqinlashadilar va hujum uyushtirib, soqchilarni dengizga uloqtirib, boylikni talab ketadilar. Bu o’g’rilar guruhining bir qismi kemani Irlandiyaga olib qochadi. Ispanlar talabi bilan bu bosqinchilik yuzasidan so’rov ishlari o’tkaziladi va uch kishi, shu jumladan, Ledi Kiligru ham o’lim jazosiga hukm qilinadi, ammo u qirolicha tomonidan avf etilib, o’z uyiga qaytadi. Qaroqchilik sohasini monopoliya qilib olgan bu oilaning qo’lida ushbu sohani rivojlanish targ’ibotidan to daromadlarini bo’lishgacha bo’lgan jarayon to’plangan edi. Ular odatda qaroqchi kema kapitaniga qo’lga kiritilgan o’ljaning 1/5 qismini berar, qolganlarini o’zlari olar edilar.

Dengiz qaroqchilari o’rtasida ayollar ham ko’p bo’lgan. Masalan, dengiz karvonlariga dahshat solgan Djon Piyers (Yelizaveta davrida Kiligru xonadoni ittifoqchilari bo’lgan – P.Sh.) o’zining «Kornvalis jodugari» deb nom olgan onasi bilan birga ishlagan.

Dengiz qaroqchilari juda kamdan-kam hollarda qo’lga tushardi. Yuqorida Ledi Kiligru misolida ko’rganimizdek Londonda qirolichaga yaqin bo’lgan oliy nufuzli kishilar ham dengiz qaroqchilaridan jabr ko’rganlar. Shunday voqyealardan biri 1573 yilda yuz bergan edi. 1573 yilda shaxsan Yelizavetaning o’zi tomonidan fransuz qiroli Karl XII ning qiziga qirollik sovg’asini olib borib berish uchun jo’natilgan graf Vuster tushgan kema ingliz qaroqchilarining o’zlari tomonidan talanadi (500 funt- sterling qimmatga ega bo’lgan sovg’a o’g’irlanadi). Bu ish yuzasidan bir necha qaroqchilar hibsga olinadilar, ammo hammasi bo’lib uch kishi dorga osiladi.

Ispan kemalariga nisbatan qaroqchilikni quvvatlash Yelizaveta siyosatining tarkibiy qismiga aylandi. Masalan, ispanlarning ashaddiy dushmani bo’lgan eng jasur dengiz qaroqchilaridan biri Frensis Dreykni ispan elchisi osib o’ldirishni talab qilganda, Yelizaveta uni jazolash o’rniga taqdirlab risarlikka o’tkazdi. Qirolicha tomonidan dengiz qaroqchilarining shu kabi quvvatlanishi Angliya uchun juda katta boylik keltirdi va qo’rqmas dengizchilarning butun bir kelgusi avlodini yetishtirib chiqarishga olib keldi. Xuddi shunday dengiz qaroqchiligi yo’lini bosib o’tganlardan keyinchalik Goukins, Dreyk, Grenvil, Frobisher kabi Yelizaveta davri admirallari yetishib chiqdilar.

XVI asrning 70-yillaridan boshlab dengiz qaroqchilari mablag’ bilan yaxshi ta’minlana boshlandi. Masalan, Frensis Dreyk va Valter Raleylar qaroqchilik tashkilotlari aksionerlik uyushmalari mablag’lari bilan tashkil etilib, uning a’zolari qirolichaning o’zi, Berley, Leyster va boshqalar edilar. Ingliz dengizchilari protestantizmga ashaddiy qarshi edilar va Ispaniyaga nafrat bilan qarar edilar, ammo ularning bu nafratiga sabab bo’lgan narsa Ispaniyaning katolik mazhabida qolishi tufayli bo’lmasdan, balki uning boyligi, koloniyalari va dengizda hyech kimga hukmronlikda yon bermasligi tufayli edi. Shunday qilib, Ispaniya bilan kurash ingliz dengizchilari uchun kolonial savdo-sotiq ahamiyatiga ega bo’lib, u asosan, Ispaniyadan iloji boricha ko’proq boylikni tortib olishga yo’naltirilgan edi.

Bu kurash inglizlar tomonidan faqatgina dengiz qaroqchiligi yoki bandargohlarda turgan ispan kemalariga hujum bilan chegaralanmasdan, balki ingliz dengizchilari Amerikadagi ispan koloniyalariga bosqinchiligi tarzida ham bordi. Masalan: Frensis Dreyk 1572-1573 yillarda Panama bo’yidagi Nombr de Dios bandargohida Ispaniyaga jo’natish uchun mo’ljallangan 100 ming ispan oltin pezetini qo’lga kiritdi.

Ispaniyaning Tinch okean sohillaridagi va birinchi navbatda Perudagi kumush konlariga ega bo’lish uchun intilish, Frensis Dreyk tomonidan ikkinchi marta (Magellandan so’ng) tarixda dunyo bo’ylab aylanma sayyohat uyushtirishga sabab bo’ldi. Rasmiy jihatdan bu sayyohat Magellan ko’rfazidan janubdagi yerlarni ochishga qaratilgan edi. Norasmiy maqsad esa boshqacha, ya’ni Magellan ko’rfazidan Tinch okeaniga chiqib olib, Ispaniyaning Perudagi mustamlakalariga, ular kutmagan tomondan hujum qilish edi. Chunki, Tinch okeani orqali suzish yangi ish bo’lib, bu yerdan hali Magellandan keyin hyech kim o’tmagan edi.

Bu ekspedisiyani o’tkazishda savdogar avantyuristlar kompaniyasi katta rol o’ynadilar. Dreyk Magellan yo’lidan borib (1578-1580 yil) Tinch okeaniga kirib Peru va Chili sohillarini talab katta boylikka ega bo’ldi. Ispanlar kuch to’plab unga zarbaga tayyorlanganda, u yo’lini o’zgartirib orqaga qaytish o’rniga g’arb tomon suzib ketdi. Nihoyat, Dreyk Angliyaga 1500 ming funt sterling qiymatga ega bo’lgan boylik bilan qaytib keldi. Mana shunday yo’llar bilan to’plangan boyliklar evaziga Angliya boyib ketdi. 1580-1581 yillarda hukumat chetdan olgan qarzlarini to’ladi va faol tashqi siyosat yuritdi. Boylikning bir qismi Levant savdosini rivojlantirishga sarflandi. Dengizchilar va savdogarlar o’rtasida taqsimlangan pul ingliz savdosining yanada rivojlanishiga ko’maklashdi.

1577-1580 yillardagi Dreyk ekspedisiyasidan so’ng Angliyada dengiz qaroqchiligi yanada rivojlandi. Zodagonlar, dvoryanlar va savdogarlar qaroqchilik ekspedisiyalariga katta mablag’ ajratdilar. O’sha vaqtda har bir katta va kichik kemalar qurollangan bo’lar va juda osonlik bilan savdogarlar qaroqchilarga aylanar edi. Savdo va qaroqchilik o’rtasidagi chegarani aniqlab bo’lmay qoldi, ular bir-birlari bilan mustahkam bog’lanib ketdilar. Ingliz qaroqchilarining haddan tashqari talonchiligi sababli Ispaniya kumush va oltinlarini Yevropaga faqatgina qurollangan harbiy kemalar himoyasida yuboradigan bo’ldi.

Angliya va Ispaniya o’rtasida nizolarning kuchayishining sabablaridan biri inglizlar tomonidan niderlandiyaliklarga ularning Filipp II qarshi kurashida berilgan yordami edi. Angliya tomonidan Niderlandiyaga katta yordam ko’rsatildi.

XVI asrning 80-yillaridan boshlab Angliya tomonidan Ispaniyaning koloniyasi bo’lgan mulklarni bosib olishga urinishlari boshlandi. Ammo, bu harakatlar birinchi navbatda yerga egalik uchun emas, balki oltinga egalik va talonchilik maqsadida edi. Shu sababli bu harakatlar uncha katta muvaffaqiyatlar keltirmadi.

Dreykning keyingi ekspedisiyasi 1585 yilda tashkil qilindi. Uni tashkil qilar ekan Dreyk kim kompaniyaga u bilan kirsa, ularning 6-7 barobar mablag’ga ega bo’lishiga kafolat berdi. Bu safar uning floti 21 kemadan iborat edi. Qirolichaning o’zi bu ekspedisiyaga 20 ming funt sterling ajratdi. Bu ekspedisiyaning butun mablag’i 60 ming funt sterlingni tashkil qilardi. Ekspedisiya natijasida hammasi bo’lib 64,9 ming sterling qiymatdagi mol keltirildi. Garchi foyda deyarli bo’lmasa-da, ammo qirolicha hyech qanday zarar ko’rmay o’ziga tegishli pulning barchasini yana undirib oldi. Shuningdek, Dreykning keyingi 1587 yildagi ekspedisiyasi davridagi foydaning 87% Yelizaveta xazinasiga kelib tushdi.

Yelizaveta I Tyudor

Filipp II 1581 yilda Portugaliyani ham Ispaniya hududiga qo’shib olishga muvaffaq bo’ldi. Portugaliya qiroli Genrix Portugalskiy 1550 yilda o’zidan voris qoldirmay vafot etdi. Filipp II Genrix Portugalskiyning katta opasining o’g’li edi (Karl V xotini Izabella Portugaliya qiroli Emmanuil III ning qizi edi – P.Sh.). Portugaliyadagi siyosiy kuchlarning Emmanuilning boshqa nevaralarini qirol qilib saylash harakatiga qarshi Filipp II Gersog Alba qo’mondonligidagi 24 ming kishilik armiyani Portugaliya chegarasiga keltirib qo’ydi. Natijada, u 1581 yilning iyun oyida Lissabonda tantanali ravishda Portugaliya qiroli deb e’lon qilindi va butun Piriney yarim orolining yagona hukmroni bo’lib qoldi.

Filipp II 1588 yilda Rim papasi Sikst V ning fatvosi bilan Galisiyadagi La- Korunya portidan «Baxtli va Yengilmas Armada» deb nomlangan 134 ta kemadan iborat (unda 2000 zambarak, 19290 (boshqa ma’lumotda 21855) soldat , 8350 (boshqa ma’lumotda 8766) matros va 2080 xizmatchi qul bor edi) dengiz flotini Angliyaga qarshi yubordi. Bular bilan birga kemalarda 300 ta monaxlar, ruhoniylar, inkivizitorlar borardilar. Ular hujumdan so’ng inglizlarni katolik diniga sig’inishga da’vat etishlari kerak edi. Flot qo’mondonlari Medina Sidoniya va Pires Guyesmanlar edilar. Gersog Medina Sidoniya flot admiralligi uchun yetarli jasorat va tadbirkorlik sifatlariga ega emasligini ko’rsatdi. «Yengilmas Armada»ga qarshi inglizlar juda tez vaqt ichida burulish uchun qulay bo’lgan 140 kichik harbiy kemalarni shaylashga muvaffaq bo’ldilar va tez-tez kutilmagan hujumlar uyushtirish yo’li bilan ispanlarga sezilarli zarba bera oldilar. Bundan tashqari, La-Mansh bo’g’ozida boshlangan kuchli shamol burilishi qiyin va qo’pol ispan kemalarini qirg’oqlarga uloqtirib tashladi. Natijada «Yengilmas Armada» halokatga uchradi.

«Yengilmas Armada»ning 134 ta kemasidan atigi 43 tasigina Ispaniyaga qaytib keldi. Ispanlarning bosqinchilik yurishlari shu tariqa mag’lubiyatga uchradi va ularning dengizdagi hukmronligiga shu tariqa nuqta qo’yildi. Angliya dengiz hukmroni mamlakatiga aylandi va ingliz hukmdorlari davlatning tashqi siyosatida kelgusida Portugaliyaning Ispaniyadan ajralishi tarafdorlarini qo’llay boshladilar.

Yelizaveta I ning cherkovga munosabati. Mariya Styuartning qatl qilinishi. Ispaniya bilan dengiz hukmronligi uchun kurash aytib o’tganimizdek Angliyada reaksion feodal elementlar bilan absolyut hukumat o’rtasidagi ichki kurashlar bilan ham bog’lanib ketdi. Feodal muxolifat katolik cherkoviga sadoqatini namoyon qilib cherkov islohotlarini tan olmadi. Yelizaveta mamlakatda protestantizmni uning mo’tadil anglikan ko’rinishida tikladi. Uning davridagi ingliz jamiyatidagi muhim ijobiy siljishlaridan biri selebat (ruhoniylarning uylanmasligi)ning bekor qilinishi va ruhoniylarga uylanishga ruxsat berilishi bo’ldi. Yelizaveta anglikan cherkovi ruhoniylarini juda tez va qo’pol usullar bilan o’ziga bo’ysundiradi. Qirolichaning ularga munosabati uslublarini uning xatlari orqali bilish mumkin.

Bu xatlar ingliz absolyutizmining eng xarakterli tomonlardan birini - cherkovning davlatga to’liq bo’ysunganligini ko’rsatib beradi. Cherkov davlatning qo’shimcha bir qismi bo’lib qoldi, ya’ni o’ziga xos bir diniy ishlar bo’yicha qo’mita edi. Cherkovning shaxsiy mulki ham yo’q edi. Qirolicha xohlagan vaqtida cherkovga tegishli yer mulklarni (masalan, bog’larni va h.) bir kichik qog’oz yozib berish bilan xohlagan kishiga berib (o’tkazib) yubora olardi.

Yelizaveta tomonidan XVI asrning 70-yillariga qadar katolik cherkovi va katolik mazhabiga e’tiqod qiluvchilar kuchli ta’qib ostiga olingan emas. Lekin 70-yillarda papa Piy V Angliyaga Yelizavetaning cherkovdan mahrum qilinganligi to’g’risida bullalarni yuborganidan so’ng cherkov siyosatida o’zgarish yuz berdi. Qizig’i shundaki, hatto bu bulla qirolichaga qarshi ochiq isyon ko’tarishga ingliz katoliklarini unday olmadi. Ular qirolichaga sodiqligicha qolaverdilar, ammo shu vaqtdan boshlab feodal katolik muxolifatining kuchayishi kuzatiladi va hukumatning ham katoliklarga bo’lgan munosabatida ta’qib kuchayadi. Bu davrdan to 80-yillar o’rtalarigacha Rim kuriyasi va Ispaniya qiroli Filipp II Angliyada katolikni tiklash uchun bor kuchlari bilan harakat qiladilar. Ispan katolik lageri bu kurashni ikki yo’nalishda olib bordi:

1)           Angliyaga qo’shni bo’lgan katoliklarning Yelizavetaga qarshi chiqishlarini uyushtirish;

2)           Angliyaning ichkarisida Mariya Styuart atrofida to’plangan absolyutizmga qarshi kuchlarga va katolik cherkovi tarafdorlariga yordam ko’rsatish.

Papa Grigoriy XIII chet davlatlarning doimiy ravishda Angliya chegarasida nizolar chiqarib turishiga ko’maklashdi. Bunda irlandiyaliklarning og’ir ahvoli va ularning ingliz mustamlakachilariga bo’lgan nafratidan ham foydalanildi. Papalik va Ispaniya yordamida irlandiyaliklar 1580 yilda qo’zg’olon ko’tardilar, ammo bu qo’zg’olon inglizlar tomonidan bostirildi.


Tavsiya etilgan adabiyotlar:

  1. Germаniya v epохi Refоrmаtsii i Velikоy krestьyanskоy vоinы. M., 1962.

  2. Pirimqulоv SH.D. O’rtа аsrlаrdа Аngliya. T.2004

  3. Rаzvitie kаpitаlisticheskоy mаnufаkturы v Аnglii i Germаnii XVI-XVII vv. M., 1981.

Download 101,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish