ASOSIY QISM:
Xalq ijodi — xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati; anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori), xalq teatri (tomosha sanʼati), xalq oʻyinlari (raqs), qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodi ning turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddanavlodga, ustozdan shogirdga oʻtib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qad. namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uyroʻzgʻor buyumlarida saklanib kelgan.
Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan (qarang Ibtidoiy sanʼat). Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan. Shu tariqa baxshilar, masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar, mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuzaga kelgan, korfarmon va ishboshilar paydo boʻlgan. Ammo uning yaratilishi va oʻzlashtirilishida koʻpchilikning ishtiroki, har bir ijro yoki amaliyot qadimdan qaror topgan mustahkam anʼanalar doirasida voqe boʻlishi saqlanib kelgan. Har qanday badiha, ijodiy xattiharakat, yangilik barqaror anʼanalar va ustozshogird munosabatlari doirasida roʻy bergan. Bir tomondan, anʼanalarning oʻzi rivojlana borgan, ikkinchi tomondan, har bir ijro yoki amaliyot davomida oʻzgartirishlar, yangiliklar kiritilgan, yangi asarlar, variantlar yuzaga kelgan. Qay birlari unutilib, ijro va amaliyotdan tushib qolgan.
Xalq ijodi professional sanʼatning yuzaga kelishi va rivojida katta oʻrin tutadi. Oʻz navbatida, professional sanʼat ham Xalq ijodi rivojiga taʼsir koʻrsatib, uni boyitib kelmoqda. Jamiyatda Xalq ijodi namunalarini saqlash va rivojlantirish, yoʻqolganlarini tiklash ehtiyoji oʻzining estetik talablarini qondirish, yaxshi yashash va hayotini mukammallashtirishga boʻlgan intilishidan kelib chiqqan. Bugungi kunda Xalq ijodini saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyat va sharoitlar yaratilgan. Umumdavlat miqyosidagi muzeylar va qoʻrikxonalarning ishlayotganligi, Xalq ijodi namunalarining ilmiy oʻrganilishi va nashr etilayotganligi, koʻplab folkloretnografik ansambllarning mavjudligi, badiiy havaskorlikni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilayotganligi buning tasdigʻidir.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi (folklor). Inson nutqi shakllanishi bilan xalq ogʻzaki badiiy ixodining qad. tur va janrlari ham qorishiq holda yuzaga kela boshladi. Kishilik badiiy tafakkurining turli shakllarini oʻz ichiga olgan bu sinkretik ijod namunalari ibtidoiy inson maishati va faoliyatining barcha jihatlari bilan mahkam bogʻlangan boʻlib, qad. odamlarning diniyeʼtiqodiy va mifologik qarashlarini, boshlangʻich ilmiy (empirik) bilimlarini, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan. Biroqqad. folklorning bunday namunalari bizgacha yetib kelmagan, balki ularning izlari va ayrim qismlari xalqning yashash va turmush tarzi bilan bogʻliq turlituman tasavvur va qarashlarida, xalq urfodatlari, udumlari, marosimlari, bayramlari tarkibida, baʼzi bir yozma manbalarda, keyingi davrlarda yozib olingan folklor asarlarida qoldiq holidagina saqlanib qolgan. Yozuvning yuzaga kelishi natijasida xalq ogʻzaki badiiy ijodi bilan tarixan bogʻliq adabiyot xam paydo boʻldi. Badiiy matnning ayrim ijodiy (yozuvchi, shoir, dramaturg) faoliyat bilan bogʻlanishi, muayyan ijodiy harakat sifatida yozuv bilan mustahkamlanishi adabiyotning asosiy xususiyati boʻlib, insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi oʻziga xos burilish nuqtasidir. Adabiyot oʻzining taraqqiyoti davomida folklordan barcha estetik tushunchalar va badiiy shakllarni olganligiga qaramay, oʻziga xos badiyat qonuniyatlari asosida mustaqil ravishda rivojlana bordi. Soʻz sanʼatining mustaqil turi sifatida folklor ham u bilan birgalikda yonmayon yashab keldi. Chunki kishilik jamiyatining umumiy estetik talabi va ehtiyoji uzoq yillar davomida faqat adabiyot bilan emas, balki folklor bilan ham mustaxkam bogʻliq boʻldi. Soʻz sanʼati bu 2 turining mustaqil rivoji, adabiyot va folklor asarlari yaratilgan ijtimoiy muhitdagi farkdar, ijodiy jarayonning xilmaxilligi ularning oʻzlariga xos spetsifik xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada adabiyot va folklor oʻzlariga xos muayyan estetik tizim, janrlar tarkibi, badiiy xususiyatlarga ega boʻlgan soʻz sanʼatining mustaqil 2 turi — ogʻzaki va yozma turi sifatida rivojlanishda davom etdi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdankoʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barkarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor (kdyta ijod) va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib krladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barkarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmikoʻpmi ayta olsa, boshqalarining (mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.
Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, assiya, ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiymaishiy funksiyalarni ham ado etadilar. Mas, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey, chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor, oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, badik, suyet xotin singarilar har xil marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviybadiiy xususiyatlari bilan emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli, sozeiz kabi) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash, ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi. Folklor janrlari qanchalik xilmaxil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi.
Folklor janrlari ijtimoiyiktisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiytipologik nuktai nazardan qaraganda, eng kdd. davrlarda koʻpchilik xalklarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsummarosim folklori namunalari, mehnat qoʻshikdari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxalurugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzuumidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari — adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Xalq musiqasi (musiqiy folklor) — ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan, asosan, turmush jarayoni (urfodat, marosim, bayram va boshqalar)ga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot (maishiy, mehnat, marosim va boshqalar) vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi namunalari sinkretik shakllar boʻlib, bularda kuyohanglar soʻz (koʻshiq, terma, lapar), raqs (oʻyinraqs kuylari), tomosha (musiqiy tomosha) bilan uygʻunlashgan holda yuzaga keladi. Muayyan badiiy anʼana va shakl (mas, ohang) andozalariga asoslangan xalq musiqa namunalari turli davr va sharoitda (mas, tinglovchilar yoki ijrochilar tarkibi, ijro etish vaqgi, joyi va muhitiga qarab) oʻzgaradi. Shuning uchun har bir musiqiy folklor namunasining bir necha varianti mavjud boʻladi. Xalq musiqasida mintaqaviy, milliy va mahalliy uslublar ajratiladi (mas, oʻzbek xalq musiqasida Buxoro—Samarkand musiqa uslubi, Surxondaryo—Qashqadaryo musika uslubi va boshqalar).
Musiqiy folklor namunalari badiiy mazmun jihatidan epik (terma, musiqiy ertak, maddohlik, qissaxonlik, afsona kuylari kabi), dramatik (musiqiy tomosha va boshqalar) va lirik (qoʻshiq, lapar, yalla, madhiya va boshqalar) turlarga, ijro etish sharoitiga qarab — maishiy, marosim qoʻshiqlari, mehnat qoʻshiqlari va boshqa turlarga ajratiladi. Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (doʻmbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir (qarang Xalq kuylarini qayta ishlash). Musiqiy folklor, oʻz navbatida, professional musiqa sanʼati bilan oʻzaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va oʻzgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud.
Xalq musiqa cholgʻu asboblari xilmaxil. Ular bir xalqqa (mas, qirgʻizlarda koʻmuz, ukrainlarda bandura) yoki asriy tarixiymadaniy aloqadagi turli xalqlarga (mas, uzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoqlarda dutor va boshqalar) mansub boʻlishi mumkin. Xalq musiqasi namunalarini ijro etish muhiti va boshqa xususiyatlarini yozib olish bilan musiqiy etnografiya, tadqiq etish bilan musiqiy folkloristika (etnomusiqashunoslik) shugʻullanadi.
Xalq teatri — xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq sanʼat turi. Ilk koʻrinishlari ov oʻyinlari, dehqonchilik va chorvachilik bilan bogʻliq qad. marosim hamda bayramlarda paydo boʻlib, taraqqiy etgan, xalq sanʼati darajasiga koʻtarilgan. Dastlabki davrlarda xalq teatrida soʻz va oʻyin bilan bir qatorda qoʻshiq, raqs, nayrangbozlik va boshqa aralash boʻlgan. Keyinchalik ja. . miyat taraqqiyoti davomida xalq teatri mustaqil ijodiy soha sifatida ajralib chiqqan. Jahon xalqdari xalq teatrida jonli aktyorlar teatri va qoʻgʻirchoq teatri mavjud. Xalq qoʻgʻirchoq teatri qoʻgʻirchoqlarning koʻrinishi, ularni oʻynatish usuliga koʻra xilmaxil. Ularda koʻproq ertak, afsona va boshqa sahnalashtiriladi. Xalq teatri toʻla maʼnoda professional boʻlmasada, qatnashchilari malakali, isteʼdodli kishilardir. Mas, Qad. Rimda mimlar, Gʻarbiy Yevropada shpilmanlar, jonglyorlar, Rossiyada skomoroxlar, Oʻrta Osiyoda masxarabozlar, shuningdek, turli mamlakatlardagi qoʻgʻirchoqbozlar va boshqa Xalq teatri aktyorlari yolgʻiz yoki toʻdalarga uyushib, shaharmashahar va qishloqmaqishloq yurib, toʻy, sayil va bayramlarda, koʻpincha ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatishgan. Ular repertuaridan xalq ogʻzaki ijodiga asoslangan tomoshalar, keyinchalik turli adabiy asarlarning xalq teatriga moslashtirilgan variantlari oʻrin olgan.
Kiyim va jihozlar, harakat va holatlardagi yaqqol shartlilik xalq teatri uchun (umuman, folklor sanʼati uchun ham) xos xususiyatlardan. Xalq teatrida aktyorlar oʻyin davomida tomoshabinlar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Xalq teatrining, odatda, na sahnasi, na dekoratsiyasi boʻlgan. Unda diqqat, asosan, tomosha qahramoni xarakterini ochishga emas, balki vaziyat, holatlarning kulgili va fojiaviy chiqishiga qaratilgan. Xalq dramasida ikki — dramatik (qahramonlik yoki romantik) va komik personaj mavjud. Dramatik personajlarga, asosan, dabdabali muomala uslubi, komik qahramonlarga esa xazil va hajviy usullar, soʻz oʻyini xosdir.
Xalq teatri negizida muayyan ijodiy anʼanalarga asoslangan professional teatrlar maydonga kelgan. Sharqda anʼanaviy teatr xalq ogʻzaki ijodi, raqsi va pantomimaga tayangan. Mas, Hindistonda katxakali, Yaponiyada gigaku va No, Indoneziyada vayang—topeng, vayang—orang va boshqa, Xitoyda szatszyuy, chuantsi va boshqa, Oʻrta Osiyoda masxara va mukallid va boshqa Xalq teatrining oʻziga xos badiiy va ijro usullari ayrim zamonaviy teatr aktyorlari ijodiga zamin boʻlgan.
Xalq raqsining qad. namunalari kishilarning hayvonot va tabiat olamini kuzatishlarini aks etgirgan. Ovchilik, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi xalqdarning raqslari yovvoyi va uy hayvonlari, qushlarning xattiharakatlari, qiliqlariga taqlidan yaratilgan: pomircha „Burgut“, „Tulki“, turkmancha (laylak harakatlarini ifodalovchi) „Ximmil“, xorazmcha „Chagʻaloq“ („Baliq qush“), „Toʻrgʻay“, yoqutcha „Ayiq“, Shim. Afrikadagi „Tuya“, Amerika hamda Markaziy va Jan. Afrikada ommalashgan „Ovchilar“ raqslari va boshqa Qishloq xoʻjaligi mehnati bilan bogʻliqraqslarda turli mehnat jarayonlari badiiy ifodasini topgan. Mas, latishcha oʻrimchilar, gutsulcha oʻtin yoruvchilar, beloruscha zigʻirkorlar, oʻzbekcha „Pilla“ raqslari va h.k. Hunarmandchilik va boshqa mehnat turlari yuzaga kelishi bilan yangi xalq raqslari paydo boʻlgan: ukraincha bondar, karelcha toʻquvchilar, oʻzbekcha chevarlar raqsi va boshqa Xalq raqslarining koʻpligi marosim va ibodatlar bilan bogʻliq boʻlgan. Kishilar raqsning sehrli kuchiga ishonib, oʻyinraqslar bilan ajdodlar ruhiga, tangrilarga sigʻinishgan, yomon jinlarni haydashgan va h.k. Xalq raqsi orasida jangovarlik va bahodirlikni ulugʻlovchi raqslar ham koʻp uchraydi (gruzincha xorumi, oʻzbekcha qilich va tayoq bilan oʻynaladigan raqslar va boshqalar). Har bir xalqsa oʻz raqs anʼanalari mavjud. Gʻarbiy Yevropa xalqlarining raqslari aksar oyoq harakatlariga asoslanadi. Oʻrta Osiyo va boshqa Sharq mamlakatlarida diqqat koʻpincha qoʻl va tana harakatiga qaratilgan. Xalq raqsi negizida Yevropada sa^na raqsi, Sharqda (jumladan, Oʻzbekistonda) mumtoz raks yuzaga kelgan. Hozirda xalq sahna raqsi ansambllari deyarli barcha mamlakatlarda faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda qad. ommaviy (Beshqarsak kabi) oʻyinraqslari bilan birga yakka xalq raqslari ham keng oʻrin olgan (qarang Yalla, Xalfa, Mavrigi). 1920-yillardan boshlab Ashula va raqs ansamblinint havaskor va professional jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalq sirkining kelib chiqishi qad. marosim, oʻyin va maishiy hayot bilan bogʻliq. Mas, Xitoy hunarmandlari toʻqilgan arqonning mustahkamligini koʻrsatish maqsadida uni tortib, ustidan yugurgan. Shu tarzda dorbozlik sanʼati yuzaga kelgan. Akrobatika dastlab ibodat marosimlari bilan bogʻliq edi. Professional akrobat, ekvilibrist, jonglyorlar Yunonistonda, Qad. Rimda, Xitoy, Vizantiyada maʼlum boʻlgan. Oʻrta asrlarda sayyoh artistlar shahar va qishloq maydonlarida chiqishlar qilib, akrobatika nomerlarini namoyish qilgan.
Tarixiy manbalarga koʻra, Oʻzbekiston hududida qad. zamonlardan xilmaxil sirk tomoshalari keng tarqalgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida va toʻybazmlarda xonanda, sozanda, qiziqchi va masxarabozlar bilan bir qatorda sirk artistlari ham tomosha koʻrsatishgan. Xalq sirki janrlari boy, rangbarangligi va oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xususan, dorbozlik, simbozlik, yogʻochoyoq, yogʻochot, nayrangbozlik, besuyak va muallakchilik, jonglyorlik, hayvon oʻynatish kabi anʼanaviy sirk turlari keng rivoj topgan.
20-asrning 2-yarmida xalq sirki sohasida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Usmonjon Nishonboyev, Madaminjon Yusupov, Kimsan Nazaraliyev (Andijon), Ergash va Hokimjon Parpiyevlar (Asaka), Lochin Usmonov (Fargʻona), Qosim Abdullayev (Buxoro), Qadam Jabborov (Xiva), Joʻraxoʻja Norxoʻjayev (Namangan) va boshqa samarali ijod qiddilar. Hozirgi Oʻzbekistonda 20 dan ortiq oilaviy sirk guruxlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Darvishbek Rahmonov (Yangiyoʻl), Yunusali Gʻoziyev (Andijon), Toʻlqin Boltaboyev (Parkent), Ahmad Murodov (Qoʻqon), Ahmad Nabiyev (Fargona), Tursunali Mamajonov (Fargona), Bahrom Jabborov (Xiva), Abdimurod Ergashev (Samarkand), Saʼdulla Mamadaliyev (Qashqa d ar yo) , Anvar Moʻydinov (Guliston) va boshqa rahbarligidagi xalq sirki jamoalarining ijrochilik mahorati sezilarli darajada oshib, repertuari anʼanaviy sirkning turli janrlari bilan boyib kelmoqda. Xalq sirki jamoalari barcha koʻriktanlovlarda qatnashib keladi. Koʻpgina xalq sirki jamoalari chet el gastrollarida boʻlib qaytmoqdalar.
Oʻzbekistonda xalq ijodining turli yoʻnalishlarini rivojlantirish, targʻib etish, xalq ijodi sohasida turli koʻriktanlov, festival va ommaviy bayramlarni tashkil etish bilan Respublika xalq ijodiyoti va madaniymaʼrifiy ishlar ilmiymetodik markazi shugʻullanadi. Shu jumladan, Oʻzbekistonda muntazam ravishda folʼkloretnografik jamoalari, askiyachi va qiziqchilar, toʻymarosim qoʻshiqlari ijrochilarining Respublika koʻriktanlovlari, milliy dorbozlar, anʼanaviy sirk sanʼati va havaskor qoʻgʻirchoq teatrlarining Respublika koʻrikfestivallari, „Boysun bahori“ xalqaro ochiq folklor festivali va boshqa oʻtkaziladi.
Xalq meʼmorligi insonning oʻzini tashqi muhitdan muhofaza qilish, oʻziga yashash uchun qulay sharoit yaratish yoʻlida qilgan izlanishlari natijasida yuzaga kelgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar yashab turgan joyning iklim sharoiti, landshaftini inobatga olgan holda boshpana kurgan. Qurilgan uylarda imorat tarhining qulayligi, konstruktiv asoslarining mustahkamligi, mahalliy xom ashyolardan keng foydalanish yoʻllari, imoratning tabiat injiqliklariga bardoshligi takomillashib borgan. Inson tafakkurining boy olami unda imoratning estetik jihatdan bezash orzuhavasini ham uygʻotadi. U xonalardan ayrimlarini rangbarang naqshlar bilan bezay boshlaydi.
Sinfiy jamiyat shakllangach, mehnat taqsimoti natijasida imorat qurish, uni bezash bilan bogʻliq aloxida sohalar yuzaga kelgan (ganchkorlik, natssoshlsh, yogʻoch oʻymakorligi, tosh oʻymakorligi). Bu sohalarni egallagan xalq ustalari, meʼmorlari asrlar davomida sinovdan oʻtgan tarh, tarz va konstruktiv asoslardan foydalanib kelgan. Natijada xalq meʼmoriy anʼanalari yuzaga kelgan, ayrim imoratlar sanʼat durdonasiga aylangan. Xalq meʼmorligi insonning nafaqat ijtimoiymaishiy va maʼnaviy talablarini qondirish, balki uning hayot xavfsizligini ham taʼminlab kelgan. Shuning uchun har bir oʻlka, viloyat, shahar, togʻ vohasi xalq meʼmorligi tarh, tarz, kompozitsiya jihatidan bir-biridan farq qiladigan anʼanalarga ega. Xalq ijodi anʼanalari 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida qurilib, hozirgacha saqlanib kelgan turar lsoylarda yaqqol yeyeziladi.
Jumladan, Buxoro uylari ikkiuch (darun—ichkari, berun — tashqari va xoʻjalik) hovlidan tashkil topgan. Asosiy yashash xonalari yozgi va qishkiga boʻlinadi. Yozgi xonalar oldida baland ayvon boʻlishi odat boʻlgan. Hovli kompozitsiyasi bir-biriga mutanosib joylashtirilgan baland ayvon va ayvonchalar hamda ularning xushbichim ustunlari bilan boyitilgan. Xona kompozitsiyasida shohnishin — mehmon oʻtiradigan boʻlinma did bilan bezatilgan. Boy xonadonlarda mexmonxonalar yon devorlari poddan shiftgacha koʻtarilgan tokchalarga ega boʻlgan. Ularning yuqori qismi ravoq shaklida boʻlib kosasimon sharafalsh) bilan bezatilgan. Tekis yuzali devorlar ham zanjira — rutalar bilan boʻlinmalarga taqsimlangan. Ular ichiga nihollari hamma tomonga yoyilgan, gullari qiygʻos ochilgan rangbarang guldastalar ishlangan.
Samarqand turar joylari ham darun va berun (ichki va tashqi) hovlilardan tashkil topgan. Samarqandda ikkinchi qavatdagi ayvonlar koʻchaga qaratilgan holda ham uchraydi. Xona ayvon yoki dahliz bilan „G“ harfi shaklida, uzunasiga, yonmayon tarhda birlashib, turli boy mujassamotlar tashkil qilgan. Mehmonxona koʻproq tashqi hovlida boʻlib, boy badiiy bezakka ega boʻlgan. Xona toʻridagi devor uch boʻlinmaga ajralib, koʻpincha oʻrtada tokchaband, ikki yonida oʻrinkoʻrpa uchun taxmon joylashtirilgan. Xona yon devorlarida kattakatta tokchalar toq sonda oʻrnatilgan. Hovliga qaragan devorda xona kattaligiga qarab ikki yoki uchta darcha nazarda tutilgan. Ular serhasham oʻymakori bagʻdodi eshiklar bilan hovli tomondan toʻsib qoʻyilgan. Darchalar oraligʻida kattakatta tokcha boʻlinmalari mavjud. Xona shifti koʻpincha kabza uslubida boʻlib, vassa va toʻsinlar rangbarang oʻsimliksimon naqshlar bilan toʻdsirilgan. Xiva turar joylarida hovli kichikroq boʻlib, asosiy qismi katta (ulu) ayvon va kichik (ters) ayvon bilan yopilgan. Ayvonlardagi katta va kichik oʻymakor yogʻoch ustunlar mayda naqshlar bilan bezatilgan, marmar kursilarga oʻrnatilgan. Xona havosi almashuvini taʼminlash uchun ulu ayvon xonadan ancha baland qilib qurilgan. Katta ayvon oʻzining joylashishi, oʻymakor baland ustunlari bilan hovli kompozitsiyasini bezab turadi. Xiva uylarida xona devorining yuqori qismiga devor yuzasidan boʻrtib chiqqan tokchalar bir chiziqda joylashtirilgan. Ular yuzasi nafis ravoqchalarga ega. Fargʻona turar joylari oʻzining simmetrik tarhi va tarzi bilan ajralib turadi. Bu yerda ikki xona oʻrtasida dahliz joylashtirilgan, ular koʻpincha hovli tomondan uzun ayvon bilan birlashtirilgan boʻladi. Mexmonxona oʻzining serhasham bezagi bilan qolgan xonalardan farq qiladi. Dahlizda turli tuzilishdagi bezakli moʻri oʻrnatilgan.
Toshkent turar joy meʼmorligida ham tashqi hovli uylari ikki qavatli qurilgan. Ikkinchi qavat markazida shiypon nazarda tutilgan. Shiypon yonidagi xonalar uchun usti berk, atrofi ochiq hovli vazifasini bajargan. Toshkent xalq turar joy meʼmorligida dahdiz yoki ayvon bir xona bilan yonmayon yoki ikki xona oraligʻida, ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Bu yerda qashqarcha ayvon keng qoʻllangan. Mehmonxona koʻpincha tashqi hovlining ikkinchi qavatida boʻlgan. Interyeri oʻzining ichki hashamatli bezagi bilan qolgan xonalardan ajralib turgan. Xona toʻridagi devor koʻp hollarda uch boʻlinmadan tashkil topgan. Ulardan oʻrtadagi yoki ikki chetidagisi taxmon boʻlishi mumkin. Xona yon devorlaridagi bitta yoki ikkita boʻlinma mayda tokchaband qilingan, qolgan boʻlinmalari kattakatta tokchalarni tashkil qiladi. Tokchalar ichiga binafsha va pushti rangda guldastalar ishlangan.
Oʻzbekiston shahar va qishloq xalq meʼmorligida imorat devorlari guvala, paxsa va yogochli sinchdan quriladi. Yakkasinchli va qoʻshsinchli devorlar shahar xalq turarjoy meʼmorligida keng qoʻllanadi. Koʻshsinchli devor mustahkam boʻlib, uning magʻzida taxmon va tokchalar oʻrnatilgan. Xonada tokchali devorlarshshg soni qoʻshsinchli devor soni bilan belgilanadi. Shuning uchun Samarkand uylari xonalarida ikki devor, Buxoroda — bir yoki ikki, Fargona va Toshxentda toʻrt devor qoʻshsinchli boʻladi. Tokchalar xoʻjalik buyumlarni saqlash, taxmonlar koʻrpatoʻshak va sandiqlarni joylashtirish imkonini beradi. Ular oppoq ganch hoshiyali boʻlib, mayda nafis naqshlar va ular zamiridagi kizil, koʻk, sariq ranglar xonaga oʻziga xos goʻzallik bagʻishlagan.
Oʻzbekiston togʻ hududidagi turar joylari ham oʻziga xos meʼmoriy anʼanalarga ega. Togʻning qiya yon bagʻrida joylashgan qishloqlar panoramasi uzoqsan koʻp qavatli yaxlit kompozitsiyali uyga oʻxshab ketadi. Uylarning tuzilishi, loyihasi koʻproq oʻsha joy tabiiy iqlim sharoitiga va landshaftiga bogʻliq hodda shakllangan. Shu sababli har bir viloyat togʻ vohasi va daralarda qurilgan uylar mujassamotini bir necha turga boʻlish mumkin.
Jumladan, Nurota togʻ qishloqlari xalq meʼmorligida pillapoya tuzilishidagi yoki ustmaust qurilgan ikki qavatli uylar, kam nishab maydonda bir qavatli qurilgan uylar asosiy oʻrin tutadi. Qashqadaryo togʻ turar joy binolarida sovuq obhavosidan himoyalanish maqsadida yashash xonalari, asosan, ayvon (baʼzida ikki, uch yoki hamma tomoni berk boʻlgan peshayvon) atrofida joylashgan. Ikkinchi qavatda uch tomoni xona bilan oʻralgan kichik hovlichalar tashkil etilgan. Surxondaryo togʻ uylari koʻpincha choʻzinchoq shaklda qurilgan, odd tomonidan uzun ayvonga ega boʻladi. Birinchi qavat tomi ikkinchi qavat uchun hovli vazifasini oʻtaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo togʻ xalq meʼmorligida qishki xona kirish eshigi yonidagi devor oldi yana bir devor bilan toʻsilgan. Ikki devor oraligʻida oʻchoq nazarda tutilgan. Fargʻona, Toshkent viloyati togʻli hududlarida ham oʻziga xos xalq meʼmorligi anʼanalari rivoj topgan, jumladan, uylar tarxdsa tomonlari teng katta xonalar koʻp uchraydi. Togʻ xalq meʼmorligida qurilish materiali sifatida sinch, paxsa, guvala bilan birga tosh devor ham ishlatilgan. Yana q. Amaliy sanʼat.
Musiqiy fоlklоr-Ko‘pchiligimiz folklor deganda allayu yalla, topishmog‘u maqolni tushunamiz-da. Atlasu adrasga burkanib, doira jo‘rligida qo‘shiq aytayotgan momolar, beqasam chopon bilan do‘ppi kiyvolib, bo‘g‘iq ovozda kuylayotgan bobolar ko‘z o‘ngimizga keladi. Folklor jo‘n hodisadek tuyuladi. Hamma muammo shundaki, xalq og‘zaki ijodini tushunish oson deb o‘ylab katta xatoga yo‘l qo‘yamiz. Folklor asarlari juda ko‘p qatlamli. Agar siz o‘sha ertakdagi qahramonlardan biri bo‘lsangiz, qal'aning tashqarisidagi bezaklarga og‘zingiz ochilib, ichkarisida nima borligiga qiziqmay qo‘ya qolishingiz, “Bo‘ldi, ko‘rdim”, deb ortga qaytaverishingiz ham mumkin. Yoki bir, ikki, uch… eshikni ochib kirarsiz. Ana boring, sandiqqacha ham yetib bordingiz. Xazina shu ekan, deb cheklansangiz, bilingki, safaringiz behuda ketibdi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarini, xususan, yirik epik janr bo‘lgan dostonlarni sinchiklab o‘qisak, xuddi arxeologik qazishmalardagi asriy madaniyat qatlamlarini tomosha qilayotgandek yoki genetik olim kabi xalqimizning DNK ma'lumotlarini tahlil qilayotgandek holatga tushamiz. Yozma adabiyotga ko‘zi o‘rgangan kitobxon uchun folklor asarlari mutolaasi doim ham serzavq mashg‘ulot tuyulavermasligi mumkin.
O’rtа Оsiyodа musikiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi - Sharq musiqa risolalarida kо‘tarilgan masalalar hozirgi zamon boshlang‘ich musiqa nazariyasiga yaqin turadi. Lekin ularda Sharq xalqlari о‘tmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bog‘lik bо‘lgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. О‘rta asr olimlari kо‘proq musiqa nazariyasi muammolarini hal etishda maqom musiqasi bilan muqoyasa qilganlar. Bunda ular maqomlardagi parda (ton, yarim va chorak tonlar) misolida tahlil etganlar.
Musiqa asarlarini tashkil etadigan elementlarning eng kichik birligi ayrim musiqa tovushi (ton) bizgacha yetib kelgan nazariy kitoblarda “nag‘ma” iborasi bilan atalgan. О‘zining baland-pastligi bilan muayyan nuqta (parda) chegarasida ma’lum vaqtgacha chо‘zilib turadigan tovush “nag‘ma” deb ataladi.
Musiqaga oid nazariy risolalardan «nag‘ma» musiqaga bog‘liq bо‘lmagan boshqa xil tovushlardan keskin farq qiladi. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bо‘ladi. Masalan, insonning qо‘pol ovozi, sozlanmagan cholg‘ularning ovozi nag‘ma sanalmaydi.
Musiqada nag‘ma ikki xil bо‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |