Mavzu: XVI-XIX asrlarda o’zbek musiqasinig madaniyati musiqiy nazariy meros reja: I. Kirish


§ Nag‘mai qavliy - ya’ni inson tovushi



Download 70,53 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2022
Hajmi70,53 Kb.
#448811
1   2   3   4
Bog'liq
MUNIS


§ Nag‘mai qavliy - ya’ni inson tovushi;
§ Nag‘mai fe’liy - musiqa asboblaridan chiqadigan sun’iy ovoz.
Baland-pastligi jihatidan turlicha bо‘lgan ikki xil nag‘madan “bо‘d” hosil bо‘ladi. Bо‘d ikki nag‘ma birikmasi va ikki tovush oralig‘ida paydo bо‘ladigan interval ma’nosini beradi. Shunday qilib, sharq musiqa nazariyasida hozirda unchalik qо‘llanilmayotgan turli iboralar mavjuddir.
Shunday qilib, saroy va shahar doirasida ommalashgan boy, rivojlangan musiqa san’ati - professionallashdi, xalq musiqa zaminida о‘sdi va rivojlandi, ijod etishning qat’iy qoidalari esa xalq musiqa amaliyotining qо‘shimcha ijodiy qayta ishlashi natijasi bо‘ldi.
XVI-XIX asrlardagi о‘zaro urushlar, shaharlarning vayronaga aylanishiga, katta feodal davlatning alohida xonliklar Buxoro, Xiva hamda Qо‘qon xonliklariga bо‘linishiga olib keldi. Bunday bо‘linish о‘zbek xalqining musiqa madaniyatida ham aks etdi.
О‘zbek xonlari saroyidagi musiqiy hayot asosan temuriylarning Hirot va Samarqand saroylaridagi an’analarini davom ettirardi. Kо‘pgina shoir va musiqachilar Buxorodagi shayboniylar saroyiga, bir qismi esa Xorazmga kо‘chdi. Buxoro va Xorazmning aralash о‘zbek va tojik musiqali poetik an’analari yanada taraqqiy topishi ana shular bilan izohlanadi.
XVI asr shoir va musiqachilari, shuningdek musiqa ilmining bilimdonlaridan Najmiddin Kavkabiy Buxoriy ijodi ilmiy davralarda katta qiziqish uyg‘otadi. Uning "Musiqa haqida risola" si ustoz an’analarini Samarqand va boshqa shaharlarda davom ettirgan shogirdi (Hoji Muhammad, Mavlono Rizo Samarqandiy) uchun musiqali poetik qо‘llanma bо‘lgan edi.
Saroy musiqachisi va nazariyotchisi Darvishali Changiyning risolasi musiqaga oid fikrlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Muallif boshqalardan farqli holda faqatgina musiqa nazariyasi asoslarini bayon qilib qolmay, balki о‘z asarining katta qismini turli davrlarda yashab ijod etgan bir qator musiqachilar faoliyati, shuningdek, saroyda mavjud bо‘lgan musiqa asboblari tavsifiga ham bag‘ishlaydi.
Musiqiy nazariy meros- Qadimiy madaniyat o`choqlaridan biri - O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo`qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi. O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.
Sharq mumtoz musiqasining nazariy asoslari - Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bog`liq bo`lgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o`z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog`iy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydeborini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o`rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari vatafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o`ziga xos tomonlari bo’`lishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, borisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini to`ldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisvatan yagona ilmiy an’ana bo`lib gavdalanadi.DarveshAli ijodi ulug` musiqashunoslar silsilasidagi so`ngi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so`ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX - asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o`tmish mualliflaridan oddiy ko`chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o`rniga ribo’yatat va afsonalar ko`proq o`rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko`plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar.
Darvesh ali Changiy va Kavkabiynig musiqiy risolalari -
Sharq xalqlarida turli kasb-xunar an’analari, siru asrorlari ko`z qorachig`iday asralib, avloddan-avlodga o`tib, e’zozlanib kelingan. Shu bo’is kasb-xunar risolalari mazkur an’analar, ijtimoiy qarashlar, mafkurabiy, axloqiy qoidalarning majmuidir. Ilmiy yo`nalishda risolalarning shakllari turlicha bo’`lib, birgina musiqa soxasini oladigan bo’`lsak, yozma risolalar nasr va nazm tarzida bitilganligini kuzatamiz. Abdurahmon Jomiy va Darvish Ali Changiyning musiqiy risolalari nasrda bitilgan bo’`lsa, Kavkabiyning O`n ikki maqom xaqidagi risolasi nazmda yaratilgan. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Yodoki ya’ni og`izdan-og`izga o`tib yuruvchi risolalar, muxtasar, ommabop tarzda bo`lib, ular xalq tilida «Mextarlik risolasi» deb ham yuritilgan. Masalan; Xorazm sozandalarning «Mextarlik risolasi» xaqidagi ma’lumotlarni mashxur Bola baxshi (qurbo’nnazar Abdullayev), mang`itlik Tursun baxshi Jumaniyozov va boshqa keksa sozandalar xotirasida saqlagan risolalar quyidagicha. Ayniqsa, Tursun baxshi bayon etgan risola ta’rifi diqqatga sazobo’rdir. Ustoz va xonandalarning ta’rifiga ko`ra sozanda va xonanda uchun muximshart-xunarga xalol xizmat qilish, imonli, e’tikodli bo’`lishdir. Zero soz Allox tomonidan vandalariga karomat bilan inoyat qilingan. Ulug` narsalardan biridir.

XULOSA
Risolaning mazmuni quyidagicha: Ollox taolo Odam Ato tanasini loydan yasagandan keyin elchi farishta xazrati Javroil, olamni xarakatlantiruvchi farishta xazrati Mikoil, oxiratda karnay chaluvchi, bo’`ron farishtasi xazrati Isrofil, jon oluvchi farshita xazrati Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan . Odam ichining qorong`i-zimistonligidan jon u yerga kirishidan bosh tortadi. Farishtalar ko`p va xo`v o`ylashib, oxiri jonni antiqa yo`l bilan odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan tut yoqochini g`olib chiqib, Jabroil tanbur, Mikoil dutar, Isrofil nay, Azroyil g`ijjak asboblarini yasabdilar, lekin qancha o’rinishmasin, cholg`ulardan tovush chiqara olishmavdi. Forishtalar charchav, uxlab qolibdilar. Ularning xatti-xarakatini naridan kuzatib turgan Shayton, bari bir men aralashmasdan xech ish chiqmas ekan deb, tanbur, dutor va g`ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho`p qistirib, nayning teshiklari yonidan yana bir teshik ochadi («shayton xarrak» va «shaytan teshik» iboralari ana shu kundan qolgan.) «Shayton xarrak» barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa o`rnatiladigan, torlarni ko`tarib turuvchi cho`pdir. Mazkur cho`p torlarni dasta yuzasiga tegib, siqilib qolishdan asraydi va jaranglashini ta’minlaydi. Shuningdek, shayton surnay «bachka»sini ham yasav, o`rnatgan ekan. «Bachka»- surnay yasalgan yog`ochga mos keladigan boshqa xil mevali daraxt yog`ochidan ishlangan ichi teshik, ostki va ustki yonlaridan bittadan teshik ochilgan naychadir. «Bachka» surnayga kiygizilganda uning yon teshiklari, surnayning bosh barmoq va ko`rsatkich barmoq bilan bo’siladagan yuqori teshiklariga to`g`ri kelishi kerak, aks xolda oxang mutanosibligi va yuqori pardalardagi xushsadolikka putur yetadi. O`tmishdan ribo’yatat qilishlaricha surnay asbobiga shayton aralashgani uchun uni chalish va eshitish gunox hisoblangan. Lekin xazrati Dovud tomonidan surnayga temirdan milni yasav o`rnatilgandan keyin bu cholg`u xalol deb topilgan. Bir payt to`rtala farishta uyg`onib qarashsa, cholg`ular qo`l tekizishga maxtal bo’`lib turgan emish. Shundan keyin xazrati Javroil latif nag`ma o`ylab topadi va uni farishtalar bilan jo`rlikda chalib, joni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. Ushbu bo’qeadan keyin nag`maning piri xazrati Javroil xisoblangan. Undan tashqari temirchilar piri xazrati Dovud, uning xar bo’lg`a urishidan yangi nag`ma paydo bo’`lar ekan va 360 ta nag`masi borligi ta’riflanadi. Nafasi o`liklarga jon vag`ishlovchi xazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparbar kishilar xomiysi Xo`jayi Xizr, yuqorida muborak nomlari keltirilgandan bulardan tashqari, musulmon payg`ambarimiz va pirlaridan Muhammad alayxissalom va uning choriyorlari - Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali, afsonaviy qaxramonlar - Jamshid, Rustam, Suxrob, dostonlar qaxramonlari - Bobo qo`rqut (Dada qo`rqut), Oshiq Oydinpir, Go`ro`g`li, Oshiq Garib, Mulla G`oyib va boshqa juda ko`plab mo`tabar va tabarruk pirlar sozandalik va baxshilik xunari rivojini ta’minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig`inish va pir-ustod deb bilish sozandalik risolasida og`zaki muxrlangan qonun bo’`lgan. Bu qonunga amal qilish esa ustozdan - shogirdga, avloddan-avlodga o`tib kelgan. Turkman shoiri Mulla G`oyib o`zining quyidagi she’rida sozandalar risolasi mazmunini ixcham qilib mujassamlashtirgan: quyidagicha bayon qilgan



Download 70,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish