Xulosa chiqarish shunday tafakkur shakliki, unda berilgan aniq bilimlardan ma’lum qoidalar asosida boshqa bilimlar keltirib chiqariladi. Bu xodisa muxokama yuritish orqali amalga oshiriladi. Xulosa chiqarish tarkibiga asosan xukmlar kiradi.
Xulosa chiqarishning xar bir turiga oid qoidalar mavjud bo’lib, ularga rioya qilingandagina xulosa chiqadi. Agar asoslar chin bo’lsa xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilingan bo’lsa, chin xulosalar kelib chiqadi.
Xulosa chiqarishning turlari ko’p bo’lib, biz nisbatan ko’proq uchraydigan xillarini o’rganamiz. Ularni turlarga ajratganda, dastlab asoslarning sonlarini xisobga olamiz. Agar xulosa bir asosdan chiqarilgan bo’lsa, bevosita xulosa chiqarish, ikki yoki undan ko’proq asoslardan chiqarilgan bo’lsa, bavosita xulosa chiqarish deymiz. To’g’ri xulosa chiqarish jarayonining o’zi xar doim biror vosita yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |