Xufyona iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Xufyona iqtisodiyotga dualizm xos bo‘lib, bu uning ikkiyoqlama rolidan, ya’ni: pozitiv (ijobiy) – biznes rivojlanishi bo‘yicha salbiy sharoitlarni yumshatish; negativ (salbiy) – jamiyat daromadlarining qayta taqsimlanishidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelishi va aholi turmush darajasining yomonlashuvi, iqtisodiyotni boshqarish tizimi samaradorligining pasayishining yuz berishida namoyon bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda xufyona iqtisodiyotga uch guruh o‘zaro bog‘langan funksiyalar xosdir. Xufyona iqtisodiy faoliyat oqibatlarini bir xil baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Xufyona iqtisodiyotning ko‘pgina turlari (ayniqsa “kul rang”) rasmiy iqtisodiyotni rivojlanishiga to‘siqlik qilmasdan, balki unga ko‘maklashadi ham. Shveysariyalik iqtisodchi Diter Kassel bozor xo‘jaligida xufyona iqtisodiyot rivojlanishining uchta ijobiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatgan:
1) “iqtisodiy “moylash” (“smazka”) – qonuniy (rasmiy) va xufyona iqtisodiyot o‘rtasida resurslarni qayta taqsimlash yordamida iqtisodiy kon’yunkturada darajalar o‘rtasidagi farqlarni tekislash (rasmiy iqtisodiyotda inqiroz bo‘lgan davrda ishlab chiqarish resurslari o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki “soya”ga oqib o‘tadi va inqiroz tugagandan so‘ng rasmiy ko‘rinishga o‘tadi); 2) “ijtimoiy amortizator” – nomaqbul ijtimoiy qarama-qarshiliklarni yumshatish (xususan, norasmiy bandlik kam ta’minlanganlarning moddiy holatini yengillashtiradi);
3) “ichiga o‘rnatilgan stabilizator” – xufyona iqtisodiyot o‘zining resurslari bilan rasmiy iqtisodiyotni ta’minlab turishi (noramiy daromadlardan rasmiy sektorda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun foydalaniladi, aylantirib, poklab olingan jinoyatchilik kapitali soliqqa tortiladi va h.k). Umuman olganda, xufyona iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiydir. Xufyona iqtisodiyotning “ikkinchi” va “qora” turlari eng katta zarar keltiradi. Bir tomondan, jamiyat daromadlari nisbatan kam sonli imtiyozli guruhlar (byurokratlar, mafiya) foydasiga noijtimoiy qayta taqsimlash qayta taqsimlanadi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning markazlashgan boshqaruv tizimi buziladi: qo‘shib yozishlar hukumatda yanglish farovonlik hissini vujudga keltiradi, aslida esa chuqur islohotlar zarurdir; “yashirin” bandlik hukumatning yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha harakatlari ishsizlikni kamaytirishga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, ammo budjet taqchilligini oshiradi va h.k. Xufyona iqtisodiyotning har qanday shaklini rivojlanishi xo‘jalik etikasiga putur yetkazadi. Agar bu tendensiyalar juda chuqurlashib ketsa, insonlar umumqabul qilingan “o‘yin qoidalari” to‘g‘risidagi tushunchani yo‘qota boshlashadi, “hamma narsa mumkin” shiori ostida yashay boshlashadi, natijada jamiyat tartibsizlikka va beqarorlikka yuz tutadi. Xufyona iqtisodiyotning ijobiy va salbiy samaralarining nisbati uning miqyosiga bog‘liq bo‘ladi.
I jobiy samara parabola bo‘yicha o‘sib boradi, ya’ni xufyona iqtisodiyotning nisbiy kattaligi oshib borgan sari uning o‘sish sur’atlari sekinlashib boradi. Ammo yashirin iqtisodiyot kattalashib borgan sari salbiy samara keskin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bu holda natijaviy samara avvaliga ijobiy (+) belgiga ega bo‘lgan holda o‘sib boradi (0A qism), so‘ng uning o‘sishi to‘xtaydi (A nuqtasi), pasayish jarayoni boshlanadi (AВ qism), undan keyin natijaviy samara salbiy qiymat (-)ga ega bo‘ladi, va u jadal o‘sib boradi (В nuqtadan keyin). Ushbu grafik model xufyona iqtisodiy faoliyat miqyosini nazorat qilish muhimligini aks ettiradi. Agar xufyona iqtisodiyot kattaligi 0Aga teng bo‘lsa, jamiyat farovonligi maksimallashadi, chunki bu holda natijaviy samara maksimal darajadagi ijobiy qiymatga ega bo‘ladi. Xufyona iqtisodiyot kengayib borishining maksimal chegarasi 0В gacha borishi mumkin, bunda ijobiy va salbiy samaralar o‘zaro so‘nib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |