Amneziya - xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to`liq
yo`qolishidai iborat ruhiy nuqson. Amneziya holatida kishi ba’zan hatto o`z
ismi sharifini unutib qo`yishi ham mumkin. Amneziya holati turli kasalliklar
(mas. meningit) yoki bosh miya qobig`ining zararlanishi natijasida sodir bo`ladi.
Reministsentsiya (lat. reminiscen sal-pal eslash) reministsentsiya; zarur
paytda esga tushmagan yoki avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning
keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unutish.
Reministsentsiyaning sababi asab tizimining charchashi, zaharlanishi yoki
shaxsning kuchli hayajonlanishi va hokazolardan kelib chiqishi mumkin.
Eydetizm (yunon. eidos obraz) avval idrok qilingan narsa va hodisalarning
obrazlarini ongda aniq, to`liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola
olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli
farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
Paramneziya (yunon. mnesis eslash) sodir bo`layotgan voqelikning
qachonlardir boshdan kechirilgandek bo`lib tuyulishidan iborat xotira
kasalligi; yolg`on esdaliklar yoki xotiraning noto`g`ri aks etishi.
Obraz xotirasi - yaqqol mazmunni, yaьni narsa va xodisalarning aniq
obrazlarini, ularnipg yorkin xususiyati va bog`lanishlarini zsda
qoldirish, mustahkamlash, hamda esga tushirishdan iborat xotira turi. Obraz
xotirasi analizatorlarning nomiga ko`ra ko`ruv, eshituv, ter sezgisi kabi
turlarga bo`linadi. Obraz xotirasining alohida bir turi eydetizm hisoblanadi.
Masalan, biz ilgari o`zimiz ko`rgan qo`shiqchining obrazini, u ijro etgan
kuyning va ashulani, uning ashula paytidagi ifodali harakatlarini va turli
qo`zg`atuvchilar hosil qilgan boshqa taassurotlarni esimizda saqlaymiz.
Harakat xotirasi-turli xdrakatlarni, ularning bajarilish tartibi, tezligi,
sur’ati, izchilliga va boshqa sifatlarini esda qoldirish, mustahkamlash hamda
esga tushirishdan iborat turi.Harakatni esga tushirish shu harakatni bevosita
bajarish yoki tasavvur qilish orqali sodir bo`ladi. Harakat xotirasi mehnat,
o`quv, maishiy xizmat ishlari, sport va boshqa turdagi malakalarning tarkib
topishi hamda bajarilishida muhim ahamiyatga egadir. O’z gavdasining
xatti-harakatlarini esda saqlab qolish inson hayotida muhim ahamiyat kasb
etadi, bunday esda eslab qolishning asosida harakat shakli, tezligi, izchilligi,
ularning ritmi va hokazolar to`g`risidagi muskul harakat tasavvurlari yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |