Mavzu: xotira registrlari



Download 33,89 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2022
Hajmi33,89 Kb.
#713491
1   2   3
Bog'liq
Xotira registrlari

SURILISH REGISTRLAR
KETMA-KET SURILISH REGISTRLAR
Ikkilik ma’lumotni ketma-ket qabul qiluvchi va chiqaruvchi registrlar surilish registrlar deb ataladi (siljish registrlar). Surilish regsitrlar ikkilik ma’lumot ustidan turli operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan: ketma-ket uzatilayotgan ikkilik ma’lumotni jamlash va so‘ngra uni baravar parallel shaklida chiqarish (ya’ni ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish), ma’lumotni parallel kodda (baravar) qabul qilib uni ketma-ket chiqarish (ya’ni parallel kodni ketma-ket kodga o‘zgartirish) va hokazo. Bundan tashqari surilish registrlar raqamli shakldagi signalni ushlab turish elementlari sifatida ham qo‘llaniladi. Surilish registrlar odatda ikki pog‘onali yoki taktli impulslarning fronti (oldi tomoni) bilan sinxronlaydigan triggerlar (dinamik boshqaruvli triggerlar) asosida quriladilar. Bunday registr triggerlariga ma’lumot juda qisqa vaqt mobaynida yoziladi va sinxroimpulsning fronti davomiyligi bilan o‘lchanadi. Front davomiyligining vaqti triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish vaqtidan (o‘tkinchi jarayonlari) ancha kam bo‘lib, nolga yaqin. Agar registrda statik boshqaruvli triggerlar qo‘llanilsa, unda S=1 bo‘lishida registrdagi triggerlar “zanjiri” kirishdan (birinchi triggerdan) chiqishgacha (oxirgi trigger) ochiq bo‘lib qoladi va shunda kirishdagi birinchi razryad (bit) qiymati barcha triggerlarga yozilib qoladi. SHuni ta’kidlash kerakki, surilish registrning razryadligi uni “zanjirini” tashkil qiluvchi triggerlar soni bilan aniqlanadi.
2-rasmda D-triggerlarda amalga oshirilgan surilish registrining sxemasi keltirilgan. Bunday registr 4-razryadli surilish registri bo‘lib, 4 ikkilik razryadli Q1, Q2, Q3, Q4 ma’lumotni saqlash imkoniga ega. Endi 2-rasm va 1-jadvaldan foydalanib registr ishini ko‘rib chiqamiz. Avvalo registrni “tozalab” chiqamiz, ya’ni Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlarida “0” mantiqiy signallarni o‘rnatib chiqamiz. Buning uchun, SET kirishlar “0” signalligida, triggerlarning tushirish krishlari RESETga mantiqiy “1” berilishi kifoya. SHunda surilish registrining hosil bo‘lgan xolatiga jadvaldagi 1 satri to‘g‘ri keladi. Taktli impuls kelishiga qadar registr chiqishlarida 0000 holat kuzatiladi.
Ma’lumotni yozish va surish rejimida o‘rnatuvchi SET va RESET triggerlar kirishlariga mantiqiy “1” berilib turiladi. Sinxronizatsiya kirishi CLKga birinchi impuls berib ko‘ramiz. Unda indikatorlar yordamida registr chiqishlarida 1000 xolatni kuzatamiz (jadvaldagi 3-satr), chunki taktli sinxroimpuls kelishida trigger U1 informatsion kirishdagi mantiqiy “1”ni chiqishi Q1ga ko‘chiriladi. Endi, registrning informatsion kirishida mantiqiy “1” mavjudligida, bu “1” signali har bir sinxroimpuls uzatilishida Q1razryadga kiritiladi. Ilgariroq kiritilgan mantiqiy “1”lar esa, o‘ng tomon bitta pog‘onaga suriladilar (jadvaldagi 2 va 3 taktli impulslar). Xuddi shu singari, agar informatsion kirishga mantiqiy “0” berilsa, bu “0” har bir taktli impulsda Q1 razryadga kiritiladi va ilgariroq kiritilgan “1” va “0”lar o‘ng tomonga siljishadi (1-jadvaldagi 4 8 taktli impulslar).


Download 33,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish