Tezkor va doimiy xotira qurilmalari. Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha xillari bitta umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish ikoniyatlarini mavjud. Bunday xotira tezkor xotira qurilmasi (TXQ) deb ataladi (Random Access Memory – RAM, rus tilida - оперативное запоминающее устройство - ОЗУ). Tezkor xotira qurilmasining ikki xili mavjud:
1.Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida quriladi. Statik TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu vaqtning davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng bo‘lishi mumkin. Statik TXQ juda tez ishlaydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha nanosekundlarga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi sath keshxotirasi sifatida ishlatilmoqda
2.Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda triggerlar ishlatilmaydi. Dinamik TXQ tranzistorlar va juda kichik kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kondensatorlar zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mumkin, bu hol 1 va 0 ni saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-vaqti bilan qayta zaryadlanib 58 turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni saqlash uchun 1-ta tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi.
Doimiy xotira qurilmalari. Elektr manbai uzilganda ham ma’lumotlarni saqlay oladigan xotira – doimiy xotira qurilmasi (DXQ) deb ataladi (ROM - Read-Only Memory, rus tilida – постоянное запоминающее устройство - ПЗУ). Odatda doimiy xotira qurilmalaridagi axborotni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash mumkin emas. Ammo hozirda DXQni ishlab chiqarish paytidagina emas, balki uni qo‘llashdan avval, ya’ni uni ishlatish paytida ham axborotni yozish mumkin bo‘lgan va axborotni o‘chirib yozish mumkin bo‘lgan doimiy xotira qurilmalari ham ishlab chiqilgan. Ular quyidagicha nomlanadilar
- PROM (Programmable ROM) – programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida – программирумые ПЗУ).
- EPROM (Erasable PROM) – axborotni o‘chirish va qayta yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida – стираемое программируемое ПЗУ);
- EEPROM (Electronically EPROM) - axborotni elektron tarzda o‘chirish va yozish mumkin bo‘lgan programmalanadigan doimiy xotira qurilmasi (rus tilida – электронно-перепрограммируемое ПЗУ);
- flesh-xotira.
Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”)ni saqlaydigan xotira elementi. Mantiqiyelementlardan farqli ravishda trigger ichki holatga - xotiraga ega. Triggerlar ikkita chiqishga: 1) Q- to'g'ri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga to'g'ri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1», inkorli chiqishidagi (Q ) signalning past holati «0» to'g'ri keladi. Trigger qurilmasining kirishlari informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga bo'linadi. Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan o'rnatish uchun, hamda ularni sinxrosignal bilan ta'minlash uchun hizmat qiladi.
Trigger kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga bog'liq. Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari orqali belgilanishi qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V simvollar bilan belgilanadi.
Triggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q - chiqishlarni belgilaydi.
Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional imkoniyatlari bo'yicha sinflash mumkin. Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha: asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo'lish momentida o'z reaksiyalarini ko'rsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud bo'lgandagina informatsion kirishlardagi signallarga o'z reaksiyalarini bildiradilar. Sinxron triggerlar o'z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga bo'linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal «0» dan «1» ga o'zgarganda yoki «1» dan «0» ga o'zgarganda qabul qila oladi. Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo'linadi. Bir bosqichli triggerlar informasiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko'chirib o'tkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo bo'ladi.Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:
- «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);
- kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);
- sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);
- J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).
Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi