Mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni Reja: 1



Download 121,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana11.07.2022
Hajmi121,95 Kb.
#777628
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zo 1 .docx



Mavzu:Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin
iqtisodiy zonalarning o’rni
Reja:
1.
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning
ob`ektiv zarurligi.
2.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga
solishning jahon tajribasi.
3.
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol.
4.
Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni qanday bartaraf etish
yo’llari.
1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning
ob`ektiv zarurligi.
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq
qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda
chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita
chet el investitsiyalarining dunyo bo`yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda
14 baravardan ziyod o`sib, 2018 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi
vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud
bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi.
Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini
tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan
ziyoddir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol
investitsiya siyosati markaziy o`rinni e gallashini tasdiqlaydi. SHu bois
O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya
siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi.
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda
O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik
investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida",
"Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning
huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.
This study source was downloaded by 100000848399037 from CourseHero.com on 06-06-2022 16:18:13 GMT -05:00
https://www.coursehero.com/file/78127782/Mavzu-Xorijiy-investitsiyalarni-jalb-etishda-erkin-iqtisodiy-zo-1docx/


Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga
katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati
bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga
taqsimlanishi tezlashdi.
CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga
qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir
xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi
hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi.
"CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston
Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin:
-
chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari;
-
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan
yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar;
-
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat
ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar
yoki uyushmalar;
-
chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan
shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish
va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora -
tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash
hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy
ta`sir ko`rsatadi.
Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida
kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi,
xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek,
investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq
korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib
olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan
korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha
qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy
jihatdan yuksalishi va halqaro jahon
xo`jalik munosabatlariga
This study source was downloaded by 100000848399037 from CourseHero.com on 06-06-2022 16:18:13 GMT -05:00
https://www.coursehero.com/file/78127782/Mavzu-Xorijiy-investitsiyalarni-jalb-etishda-erkin-iqtisodiy-zo-1docx/


integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy
investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va
texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rivrjlantiradi;
- ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish
va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga
yo`naltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash
imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab
chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan
ta`minlaydi;
-to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-
texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya
sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga,
qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishga
va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq miqiyosda jalb qilish,
xorijiy investorlarni o`z mablag`larini mamlakat iqtisodiyoti uchun sarflashga
qiziqtirish maqsadida qonun asosida ular uchun imtiyozli moliyaviy sharoitlar
yaratilgan, jumladan:

xorijiy investorlar kapitalini saqlanishi uchun kafolatlar;

ko`rilgan zararlarni qoplanishi uchun kafolatlar;

soliqqa tortish tizimida ularga oid belgilangan imtiyozlar;

foyda va daromadlarni xorijga olib chiqib ketishning erkinligi;

milliy so`mda va chet el valyutasida olingan foydalarni o`tkazish va olib
chiqib ketish imkoniyati;

bojxona imtiyozlarining mavjudligi;

xorijiy investorlarning mulklari va ularning o`zlarini xavf-xatarlardan
sug`urtaviy muhofaza qilish tizimini yaratilganligi.

Download 121,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish