Mavzu: Xorazmning Sug`Orilish Tarixi



Download 36,98 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi36,98 Kb.
#16170

Aim.uz


Mavzu: Xorazmning Sug`Orilish Tarixi

Reja:


1.Kirish.

1.1. Asarning maqsadi

1.2. Vazifalari va dolzarbligi

2.QuldorliktuzumidavridaXorazmdairrigatsiya (Eramizgachabo`lganIVasr – eramizningIVasri).

2.1.” Qang’yuy davri”da suv va sug’orish ishlari

2.2. Xorazmdagi dastlabki shahar va qal’alar

3.XVI asrdan so’ng Xorazmning sug’orilish tarmoqlari dinamikasi.

3.1. Shayboniylari davrida xonlikning irrigatsiya tizimi

3.2. XVIII-XIX asrlarda Xivaning sug’orish sistemasi

4.Xorazmda sug`orish texnikasi tarixidan.



  1. Kirish.

Ma’lumki, tarix bu munavvar ko`zgu,xalq manaviyatining asosidir.U xalqimizning ijtimoiy,siyosiy iqtisodiy va manaviy hayotining taxlilchisi, jamiyat taraqqiyotining muhim tomonlarini ibrat tarozisida o`lchab beruvchi fandir degan edi muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov. Darhaqiqat insoniyat million yillik evolutsiya mahsulidir.Biz ertangi kunni boshlashdan oldin hamisha kechagi kunimizga ya’ni tariximizga nazar tashlaymiz.

Qadim zamonlardan beri mamlakatimiz hayotida asosiy masalalardan biri suv va sug’orish ishlari edi. O’zR Fanlar akademiyasi akademigi, professor Y.G’.G’ulomov “Xorazm kabi asosiy farovonligi sug’orma dehqonchilik qilish bilan bog’liq bo’lgan mamlakatda irrigatsiyaga g’amxo’rlik qilish davlat ishi edi”1 deb, haqiqatda ham Xorazm iqtisodiy hayotini, ayniqsa, sug’orish ishlariga bevosita bog’liq ekanligini to’g’ri talqin etadi. Yangi kanallar qurish, yangi yerlarni o’zlashtirish, sug’orish ishlarini kengaytirish kabi masalalar Xorazmning iqtisodiy hayotini va siyosiy mavqeyini belgilashda asosiy omillardan biri edi. Abulg’ozixon, Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlarida ham bu masalalar bo’yicha ancha ma’lumotlar berilgan. Akademik V.V.Bartold ham XIX asr Xorazmda yozilgan tarixiy asarlarda sug’orish ishlari bo’yicha ancha ma’lumotlar keltirilgan.

Hozirda mustaqil O`zbekistonning viloyatlaridan biri bo`lgan Xorazm bunda 300-400 yil oldin qay ko`rinishda edi degan savolga Yahyo G’ulomovning “Xorazmning sug`orilish tarixi”kitobidan atroflicha ma’lumot olsa bo`ladi. Bu asar 1959- yil nashrdan chiqqan bo`lib,bu asar adibning bir necha o`n yillar davomida izlanish mahsulidir.Asar IX bobdan iborat bo’lib, asar boblarida Xorazmning qadimdan toki oktyabr to`ntarilishigacha bo`lgan davrdagi iqtisodi,irrigatsiya tizimi,shaharlari qal’alari haqida juda ko`plab qiziq ma’lumotlar berilgan.Asarning maqsadi shundaki, asar asosan Xorazmni sug’orishda xalq tajribasining to’planish tarixini o’rganish hamda ba’zi bir tadqiqotchilar o’ylaganidek, tuproqning unumsiz bo’lib qolishi va sho’rlanishi tufayli sahroga aylangani emas, ming yillar davomida mehnatkash dehqonlarning ko’z yoshi, peshona teri va qoni to’kilgan voha tuprog’idagi qadimgi sug’orish tarmoqlarini o’rganishdan iboratdir.

Asarning vazifasiAmudaryo etaklarida sun’iy sug’orishning vujudga kelishi va uning rivojlanishiga hissa qo’shgan, eng qadimgi zamonlardan boshlab, to bizning zamonimizgacha bo’lgan davrni tahlil etishdan, shuningdek, Xorazmning siyosiy hamda iqtisodiy taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq bo’lgan uning irrigatsiyasi haqidagi o’tmishni konkret o’rganishdan iboratdir.

Asarning dolzarbligi shundaki, sug’orish masalasida chinakam tarixiy haqiqatni ochish kerak. Qadimgi o’zanlarni va shu o’zanlar negizida vujudga kelgan qadimgi sug’orish sistemalarini o’rganish oldimizda turgan murakkab vazifalardan biridir. Sug’orish tarmog’ining umumiy sxemasi, “qadimiy sug’orma yerlar”ning tashlab ketilgan vaqti va buning sabablarini o’rganishdan iborat.

Atrofi unumsiz sahrolar bilan qamrab olingan Xorazm “iqlimi va tuproq sharoiti kanal va suv inshootlari bilan sun’iy sug`orish sistemasini sharq dehqonchiligining asosi qilib qo`ygan”ulkan Sharq territoriyasining bir qismidir. Xorazmda dehqonchilikning yuqori madaniyati juda qadim zamonlarda sun’iy sug`orish asosida vujudga kelgan va xuddi Misr,Mesopotamiya hamda sharqning boshqa mamlakatlaridek taraqqiy etgan.

Nima uchun qadim zamonlarda katta-katta yerlarda hamda Amudaryodan olinadigan ulkan,sug`orish uchun qulay suv resurslariga ega bo`lgan mamlakat yer tanqisligidan qutila olmadi?

Nima uchun XVII asrda va XIX asrning birinchi yarmida Xorazm aholisi katta-katta yerlarni sug`ora oldi,to`g`riroq qilib aytganda,sug`orishni tiklay oldiyu,keyinchalik bu tadbirlarni davom ettira olmadi va gullayotgan rayonlarning vayron bo`lishiga yo`l qo`ydi?

Bu savollarga javob berish uchun mamlakatning rivojlanishidagi ayrim ayrim tarixiy davrlarni jiddiy o`rganish talab qilinadi,chunki faqat shu yo`l bilangina Xorazmdehqonlariga va Sharqning boshqa mamlakatlari dehqonlariga ishlab chiqarish kuchlarining o`ziga xos rivojlanish sharoitlari u yoki boshqa bir davrda irrigatsiya tarmoqlari to`g`risida g`amxo`rlik qilish,uni kuzatib turish,shuningdek davlatning ichki va tashqi saqlashda davlat hokimiyatidan qay darajada talab qila oladi.

Osiyo mamlakatlari hukumatlarining bajarishi lozim bo`lgan iqtisodiy funksiyasi,ya’ni ommaviy ishlarni tashkil qilish funksiyasi kelib chiqadi.Markaziy hukumat qo`lidagi yerlarni sun’iy sug`orish sistemasi agar shu hukumat irrigatsion hamda qurilish ishlariga beparvo qarasa,darrov tushkunlikka uchragan,bu esa boshqa tushuntirib bo`lmaydigan faktni, ya’ni qachonlardan beri yashnab yotganbutun-butun hududlarning hozir biz ko`rib turgan unumsiz sahroga aylanish faktini tushuntirib beradi.Shu sababli bu joylarda suvni tejash va undan birgalashib foydalanish talab qilingan. Biz haqiqatdan ham Xorazm va O`rta Osiyo boshqa viloyatlarining butun tarixida shu faktni ko`ramiz. Ba’zi bir hokimlar davrida,yashnab turgan Xorazm vohasi hokimlari o`rtasida janjal obyektiga aylangan hamda har bir hokim Xorazmga boy o`lja sifatida qaragan va undan istagancha foydalanishga harakat qilgan,ammo uning obodonligi haqida hech qanday g`amxo`rlik qilmagan.Ko`pincha hokim o`z foydasini ko`zda tutib,katta-katta kanallarning boshini berkitib qo`ygan va bu bilan gullab yotgan tumanlarni sahroga aylantirgan.Boshqa bir hokimlar davrida esa bunday harakatlar “yomonlik deb,fuqaroni talash,unga zulm qilish deb”qaralgan.Shunday hokimlar ham bo`lganki,ov vaqtida ot ustida kanal boshini payxon qilib,unga zarar yetkazgani uchun hokim o`z o`g`lini qatl qilgan.Bunday jazoga o`sha zamon solnomachilari adolatli jazo deb qaraganlar.

O’ng qirg’oq va chap qirg’oq qadimgi sug’orilgan yerlarning umumiy tarixiy topografik ko’rinishi Xorazmning ijtimoiy hayotida bo’lib o’tgan katta ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlardan darak beradi.

2.Quldorlik tuzumi davrida Xorazmda irrigatsiya (Eramizgacha bo`lgan IV asr – eramizning IV asri). Xorazm podsholigi tarixida Iskandar yurishlaridan keyingidavrda bo`lib o`tgan yirik siyosiy hodisalar haqida yozma ma’lumotlar topilmagan.Ammo ko`p narsa haqida, ya’ni antik madaniyatning,hunarmandchilikning va irrigatsiyaning gullashi va hammadan oldin sotsial tengsizlikning tezlik bilan rivojlanishi haqida o`ng va chap qirg`oq Xorazmdagi arxeologik yodgorliklar guvohlik beradi.

Xorazmning salavkiylarni quvib chiqarishda arshohiylarning mahalliy quldorlik imperiyasining va Yunon-Baqtriyaning tashkil topishida qanday rol o`ynaganligi haqida,shuningdek Xorazmning Qang`yuy podsholigi tarkibida bo`lgan vaqtidagi siyosiy mavqeyi haqida ma’lumotlar yo`q.Biz Bartoldning nuqtayi nazariga qo`shilib,Qang`yuy podsholigi Qozog`iston territoriyasida,Sirdaryoning o`rta oqimi havzasida joylashgan deb bilamiz.Ammo bu hodisalarning hammasida Xorazm katta rol o`ynaganligiga quydagi tarixiy faktlar va ma’lumotlar bizni ishontiradi:

a)taxminan Janubiy Qozog`iston hududida joylashgan Qang` mamlakati haqida,eramizgacha bo`lgan II asr Xitoy ma’lumotlari xabar beradi;

b)barcha tarixiy ma’lumotlar Qang` podsholigi Sug`d ustidan hukumdorlik qilish uchun kurashda Yunon-Baqtrya kuchli raqibi bo`lganligini ko`rsatadi;

v)Qang`-Sirdaryo bo`yidagi viloyatning nomi;bu nom juda qadimiy bo`lib Qang`yuy podsholigi nomi ana shu nomdan olingan,chunki katta qang`li qabilasining nomi ham “Qang` mamlakatidan chiqib kelgan kishilar”degan manoni anglatadi;

“Qang’yuy davri” deb ataladigan turli tipdagi shahar orasida Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi ancha erta qurilgan kanal bo’yida joylashgan Bozorqal’a alohida diqqatga sazovordir.Shahar xarobalari qadimgi katta “Uzun uy” pastligi yonidagi tekislikda joylashgan.U katta, deyarli kvadrat shakldan iborat qo’ra bo’lib, har tomoni taxminan 0.5 kmga cho’zilgandir. U qo’sh devorlar bilan o’rab olingan va devorlar o’rtasida keng yo’lak qoldirilgan. Devorlar juda ko’p katta burjlar bilan mustahkamlangan.Tashqari tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burch bu darvozaga tayanch bo’lib xizmat qiladi.

Tozabog’yob makonlari atroflarida sug’orish inshootlari izlarining yo’qligi bu davrda dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslanmagan, balki “qayir yerlari”dan, ya’ni daryo adog’idagi yer osti suvlari yuza bo’lgani sababli tuproqda dehqonchilik ekinlarining o’sishi uchun nam yetarli bo’lgan joylardan foydalanilgan.

Jonbosqal’a dastlab qadimgi sug’orilgan yerlar uchun qulay bo’lgan strategik punktda chegara qal’a sifatida barpo etilgan. Tashqi qishloqlarning va qal’a ichidagi “otashkada”ning vujudga kelishi bu qal’aning dehqonchilik vohasining xuddi chegarasida joylashgan aholi yashaydigan aholi yashaydigan yirik punkt sifatida tobora o’sishi bilan bog’liq. Shahar xarobasi ochiq qismining g’arb tomoniga o’tkazilgan kanal Anqoqal’a rayonida katta Bozorqal’a kanalidan olib kelingan bo’lib, Jonbosqal’a tepaligidan shimol tomondagi pastlikka tugaydi. Bozorqal’a, Jonbosqal’ava Qo’yqirilganqal’a Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi qadimgi dehqonchilik vohasining mustahkamlangan yirik punktlari bo’lib, ular qadimgi toshqin suvlari havzasida va bu vohaning sharqidagi magistral kanal havzasida joylashgan.

Xorazmning magistral kanallari taxminan eramizgacha bo’lgan I ming yillikning o’rtalarida, xorazmlik podsholar boshchiligida Xorazmda xorazm-masssaget davlati tashkil topgandan keyin vujudga kela boshladi. Xorazmliklar Janubiy Turkmaniston vohalarini bosib oldilar, bu vohalarda hukumdorlik qilish va o’z mustaqilligi uchun ahamoniylar Eroni bilan kurash olib bordilar.

Iskandar yurishlari boshlanish arafasidagi davrda ko’pdan-ko’p magistral kanallar rivoj topdi, keyinchalik bu kanallar zaminida, S.P.Tolstov tomonidan o’ziga xos Xorazm “ellinizmi” deb xarakterlangan ancha yuqori madaniyat vujudga keldi.

Xorazmning deyarli hamma qadimgi kanallari, qoida tariqasida yoki bir yoki bir necha Qang’yuy tipidagi qal’alar bilan bog’liqdir.

Shunday qilib eramizdan ilgari III-II asrlarda Xorazm podsholigining tarixiy maydondan tushib qolishiga Qang` davlatining kuchayishi va bu davlat tomonidan Xorazmning zabt etilishi sabab bo`ladi.O’rta Osiyo quldorlik tuzumi kushonlar davrida o`zining yuqori nuqtasiga yetdi.Bu davrdagi sug`orish ishlari ilgarigiga nisbatan misli ko`rilmagan darajada o`sganligini ko`rsatadi.Bu o`z navbatida jamoalarning yemirilishi bilan bir vaqtda quldorlik aristokratiyasi yirik yer egaligining zo`rayishi natijasida sug`oriladigan maydonlarga bo`lgan talabning o`sishiga bog`liq.Irrigatsiya tarmoqlarining kengayishi Sho’raxon, Katta Guldursun,Kichik Qirqqiz,Tuproqqal’a,Qizilqal’a,Ayozqal’a,Qo`rg`oshinqal’a kabi yaxshi mustahkamlangan shahar va qal’alarning qurilishiga sabab bo`lgan.Arxeologik qazish ishlari bu faoliyatning butun rivojlanish sxemasini aniqladi;bu sxemaga muvofiq kanaldan chiqqan har bir shaxobcha oldiga majburiy ravishda qal’a qurilgan,har bir kanalning oxirida ham majburiy tartibda shunday qal’a qurilgan.Katta Guldursunning mudofaa inshootlari ham qal’a ichidan ham qishloq territoriyasidan topilgan.Bu yodgorliklar qal’ani kushonlar davrida emas, balki undan ancha oldin I-II asrlarda qurilganligidan dalolat beradi. Sho’raxon qal’asining shu suvayirg`ichda vujudga kelishiga bir tomondan Qirqqiz va Tuproqqal’a vohalarida irrigatsiyaning zo`r berib o`sishi sabab bo`lgan bo`lsa,ikkinchi tomondan Bozorqal’a vohasida irrigatsiyaning tiklanishi sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.Katta Guldursun qo`sh devor bilan o`rab olingan noto`g`ri to`rtburchak (280X230 m) shaklidagi antikqal’a bo`lib,nayzasimon shinaklari bor.U ham Sho’raxonqal’asi singari ikkita katta kanal Qirqqiz va Tuproqqal’a kanallari bir-biridan ajralgan joyda joylashgan.Ichki hovlida ilk kushon nusxasidagi qizil loydan ishlangan katta imoratlarning izini ko`rish mumkin.Tolstov Ayozqal’a qishlog`idagi qo`rg`onlarni dehqonchilik aholisining patriarxal tipdagi katta jamoalari yashagan joy deb qaraydi.

Jumladan, u “Jeldikqal’a bilan Guldursun o’rtasida joylashgan juda yuvilib ketgan qumlar bilan qoplangan taqirlarda mayda sug’orish tarmoqlarining izlari ko’rinib turar, ammo katta ariq o’zanidan darak ham yo’q edi”2-deb ta’kidlab o’tadi.Istaxriy tasvirlagan Madra kanali haqiqatdan ham G`oziobot kanali bo`lib chiqsa, u holda u hozirgi Shoxobot kanalining quyi havzasi tumanning suv bilan ta’minlagan deb taxmin qilsa bo`lar edi;ammo bu tuman G`oziobot oqadigan pastlikdan yuqoridaligi sababli bunday taxminga o`rin qolmaydi.1932-1933 yillarda o`tkazilgan GAIMK tomonidan o`tkazilgan arxeologik ishlarning natijalari asosida tarix fani juda muhim va qimmatli materiallar bilan boyidi.Biz endi faktik materiallarga asoslanib, bronza davridayoq Farg`ona dehqonlari tomonidan tog`oldi polososining manzarasini chizib ko`rsata olamiz3.

Beruniyning Afrig’ ko’shki haqidagi ma’lumotida Fil shahrining borligi qayd qilinadi. N.Veselovskiy Beruniyning shu joyini quyidagicha o’qigan: “Al-Fir deb qal’aga aytar edilar. U shahar devorlarining tashqarisida loy va g’ishtdan qurilgan va biri ichiga ikkinchisi baland uchta devoir bor edi va ularning hammasidan podsholarning ko’shki baland edi… va (Afrig’) o’z ko’shkini Iskandardan keyin 660 yilda Al-Firning ichiga soldi”. Hatto bu har turli o’qilishiga qaramay, Xorazm (Fil-Kat) shahri 305-yilda Afrig’ ko’shki qurilmasdan va bu yerga afrig’iylarning qarorgohi ko’chirilmasdan ilgari ham mavjud ekanligi ma’lum bo’ladi. Ammo Kat kanali rustog’ida, hatto kushonlar davriga oid yodgorliklar ham mavjud emas.



  1. XVI asrdan so’ng Xorazmning sug’orilish tarmoqlari dinamikasi.

Abulg’ozining hikoya qilishiga ko’ra, XVI asrning oxirlariga kelib Urganch,Vazir va Adoq shahri rayonlari suvsiz qolgan. Ekinlar Amudaryoning qirg’oqlarigacha, hozirgi Xo’jaylining shimoli-sharqiy va shimoliy rayonlarida ekilgan. Bu narsa sug’oriladigan yer maydonlarini kengaytirishga majbur etdi.Abulg’ozining so’zlariga qaraganda, uning otasi Arabmuhammad 1602-yilda To’k qal’asining yuqorisidan kanal o’tqazgan. Bu kanal orqali deltaning g’arbiy qismidagi Qo’ng’irot kengligigacha bo’lgan yerlar sug’orilgan va ulardan juda ko’plab bug’doy hosili olganlar. Bug’doy o’rimidan so’ng u yerga suv quyganlar, sentyabr oylarida esa, kanalning boshidan suvni yana berkitib qo’yganalr. Oradan bir necha yillkar o’tgandan keyin bu kanalning suvi katta oqimga aylanadi va uning ortiqcha suvi Orol dengiziga borib quyiladi.

Urganch hamda uning ko’p sonli aholisi qaysi suvdan foydalangan?Urganch aholisi Daryoliq o’zani qazilgan quduq suvlaridan foydalangan bo’lishi mumkin, yoki ularni shahar ichidagi chuqur quduq suvlari qutqargandir?Har holda o’sha vaqtda “Qoon o’g’uz” yoki “Obiqovun” kanallari bo’lmagan. U XIV-XV asr manbalarida taxminan Xonyop o’rnida bo’lgan deb ko’rsatiladi. Uning o’sha vaqtda Urganch rayonining Qumkendgacha bo’lgan asosiy suv amnbayi bo’lganligig shubha yo’q.

Ko’chmanchi o’zbeklarning Xorazmga kelishi bilan mamlakat yanada og’ir ahvolda qoldi. Elbarsxon va Belbars sulton Vazir va Urganchni egallab, o’zlarining o’sha Yodgorxon xonadonidan bo’lgan ukalarini taklif qiladilar.

Elbarsxonning o’zi Vazirda qoldi.Urganchni esa o’z amakisi Omangxonning o’g’illariga taqdim etdi.Ularning hujumlari Eron garnizonlarini XVI asrda Janubiy Xorazmni tashlab chiqib ketishga majbur qildi.

Endi Movarounnahrda Abulxayrxon xonadonidan chiqqan o’zbeklar dastavval Shayboniyxon, keyinroq esa, Ubaydullaxon atrofiga to’planib, Yodgor xonadonidan bo’lgan o’zbeklar bila birgalikda Xorazmdan, shuningdek, Xuroson va Astroboddan eronliklarni siqib chiqara boshladilar.

Navkarlarning asosiy qismini o’zbeklar va turkmanlar tashkil qilardi; har ikkala millat ham ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi holda hayot kechirardi. Navkar o’z oilasi va mol podalari bilan hokim xizmatchiga tayinlangan joyga yaqin yerlarda yashardi va vaqtinchalik daryo hamda kanallar qirg’oqlariga joylashib olib, dehqonlarning yerlariga suv bostirib, ularni siqib chiqarardi. Navkarlarning bir qismi o’troq holda yashab, bug’doy, arpa, jo’xori ekardilar.

Shahzodalar ko’pincha hosildor yerlarni qo’lga kiritish uchun o’zaro jang qilib turardilar. Masalan, Urganch yetti yil ichida to’rt marta qo’ldan-qo’lga o’tgan.

1873-yilda tuzilgan Xorazm kartasida To’kning yuqorisidagi chap-qirg’oqda Chimboy o’zanining qurib qolgan o’zak irmog’i-ko’rsatilgan. Irmoq (o’zak) g’arb tomonga yo’nalgan va Minchoqli ko’liga borib quyiladi. U yerdan birinchi irmoqqa o’xshash irmoq olib chiqadi. Arabmuhammad kanalining qurib qolgan oqimi o’rnini toppish mumkin emas, chunki quyi deltaning topografiyasi turg’un emas va irmoqlarning o’rni qadimgi zamonlardan hozirgi kunga qadar o’zgarib keladi.

Olloqulixon hukmronligining so’nggi yillarida (1842) Xorazmga kelgan D.I.Danilevskiy Dovqara Amudaryoning o’ng tomonida yotgan, Oybo’g’ir singari daryoning bir irmog’idan paydo bo’lgan ko’l ekanligini yozadi. Uning eng uzun joyi 120 chaqirim, qirg’oqlari yassi, uning shimoliy qirg’og’I dengizga juda tutash va deyarli u bilan qo’shilib ketgan. Amudaryoning o’ng tomonian chiqadigan Ko’ko’zak hamda Qorabo’yli ko’lga kelib qo’shiladi va ularning o’rtasida masofa 25 chaqirim.

Xorazm o’lkasida G’oyibxon hukmronlik qilgan davrda Xo’rozbek boshliq Gurlanni janub tarafiga suv chiqarilgan.“Xo’rozbek Gurlan janubidan g’ayri ma’mur va adir yerlarinikim mang’it jamoasining mulki xolisi erdi”.Xo’rozbek G’oyibxon tomonidan o’ldirilgandan keyin, bu ishni boshqarish uchun uning o’rniga Shokirbekni yuborgan.

Muhammad Rahimxon I davrida sug’orish ishlari bo’yicha qilingan ishalrdan biri 1815-yili Qilich Niyozbiy kanalining qurilishidir. “Yana ulkim mohi mazkurning avoyilida inisi… Muhammad Nazarbekka buyurdikim, Gurlan qabilasidagi bo’zdin bir ulug’ ariq yordurg’ay.Lojaram beki mazkur farmonga muvofiq, Bog’lon arnasidan xafr qildirib, Qiyot ustidan o’tib, O’raz Ali inoqning bo’zdagi bog’ining qiblasidan bo’zga chiqarib, so’ngin Yangi qal’aki Xitoyning janubi haddidan o’tkazib, itmomg’a yetkurdi. Holo ul arig’ning oyoqi Sharqirovuqqa yetibdur va Qilich Niyozbek arnasiga mashhurdir”.4

Bu davrda keng mehnatkash ommasining mehnati tufayli yangi o’zlashtirilgan va suv chiqarilgan yerlardan asosan xonning o’zi, uning avlodi, amaldorlari va harbiy boshliqlari foydalanganlar. Bu ahvol Ogahiyning “jami umaro va mulozimlariga yer berdi”, degan so’zidan aniq ko’rinib turibdi.

Xorazm tarixnavislarining bergan ma’lumotlariga qaraganda yangi yerlarga suv chiqarish, o’zlashtirish Muhamad Rahimxondan so’ng Xiva taxtiga kelganlarning davrida ham davom etdi.Shuningdek, kanallar ham qazilib tartibga solinib turildi.

Ogahiyning qator asarlarida ham bu masala yuzasidan ko’p ma’lumotlar uchraydi.Ogahiyning asarlarida ko’rsatilishicha, XIX asrda Xorazmda bu sohada ancha ishlar qilingan. Xiva xonlari turkman, qoraqalpoq, Xurosonda yashovchi ba’zi bir toifalarni, xalqlarni Xorazm atrofiga ko’chirib kelganlar va daryolar hamda kanallar atrofidan ularga joy tayin etganlar.



4.Xorazmda sug`orish texnikasi tarixidan.

Qadimgi Xorazmliklar tabiiy shaxobchalarni sun’iy shaxobchalar bilan almashtirsalarda ammo ular baribir daryo rejimiga to`la tobeligicha qolaverardi.Chunki hali unda irrigatsiya masalalari uchun foydalanishni o`rganmagan edilar.Shu sababli ular kanal bosimi qurish uchun daryo qirg`og`ini toshqin vaqtida suv kanal bo`ylab o`zi oqadigan joyni izlar edilar.Bunday kanallar faqat toshqin vaqtida foydali bo`lganligi sababli ular “toshqin”kanallar deb yuritilgan ekan.Xorazm dehqonlari Amudaryodagi bu paytni sabrsizlik bilan kutar edilar.Toshqinning vaqtini oldinda ayta oladigan kishilar vohada katta obro’ga ega bo`lganlar.Xorazmda qadimdan toshqinlar kalendari mavjud bo`lgan.Bunda daryo rejimidagi u yoki bu o`zgarishlarni ko`rsatuvchi alomatlar bor.Bu kalendar bo`yicha birinchi toshqin “Ko`k qamish toshuvi” deb atalardi.Bu toshqin orol va ko`llarda qamish endigina o`sib chiqayotgan paytda bo`ladi.Ikkinchi toshuv “Oq baliq toshuvi”deb yuritiladi.Bu aprelning o`rtalariga to`g`ri keladi.Bu vaqtda Orol dengizidagi oq baliqlar Amudaryoga o`ta boshlaydi.Uchinchisi”Yulduz tovushi” bo`lib mayning o`rtalariga to`g`ri keladi.To`rtinchi toshqin “Qirq chilg`ov toshuvi”bu iyunning ikkinchi yarmidan boshlanib avgustda tugaydi.Bu toshqin qirq kun sarson etadi.

Xorazm sug’orish texnikasida, mustahkam tuproqli joylarni mustasno qilganda, magistral kanaldan yaxshi foydalanishni ta’minlaydigan katta-katta kanal boshini qurmas edilar. Chunki tuproqning mustahkam sababli kanal boshi toshqin suvlarining kuchi bilan kengayib ketib, kanal tez vaqtda hech nima bilan boshqarilmaydigan, hech kim qarolmaydigan o’zanga aylanishi mumkin edi. Shunday o’pirilishlar XVI asrda Kurdar kanalida, XVII asrda Chalish daryosi shaxobchasida, XIX asrda Lovdonda bo’ldi va h.k. falokatni oldini olish uchun katta toshqin kanallarining boshini ko’pincha bir necha joydan ochar edilar. Ularning har qaysisi alohida olinganda kuchsiz, ammo bularni tartibga solish oson, bu esa daryoning o’pirish xavfini yo’qotishga, istagan natijaga erishish imkonini beradi.Irrigatsion suvni ko’paytirish zarur bo’lib qolgan hollarda ko’pincha qo’shimcha kanal boshlarini qurishar edi.Masalan, XIX asrda Beshariqqa yangi ko’chib kelganlar Polvonyop kanaliga qo’shimcha kanal qurish uchun xon ruxsatini olishga muyassar bo’ldilar. Shu sul bilan magistral kanal suvini ko’paytirdilar va Polvonyop suvidan to’la foydalanish huquqiga ega bo’ldilar.

Toshqin kanallarini qalin loy bosardi.Bunga sabab, kanalga suv kirishi bilan oqim tezligining ancha pasayishidir.Amudaryo suvidagi loyqalarning yirik bo’laklari cho’ka boshlaydi xususan loyqa hammadan oldin kanallarning bosh qismlarida tezroq cho’kadi.



Xulosa.

Xorazmdagi toshqin kanallari, Misrdagi singari, doim oqib turadi, faqat qishdagina to’xtaydi.

“Xorazm Jayhunning butun foydasini ola bilgan mamlakatdir” degan edi Istahriy o’z qo’lyozmalarida. Istahriyning bu aytgan so’zlari Gerodotning Misr haqida aytgan so’zlarini esga tushiradi.Gerodot Butun Misrni “Nil hadyasi” deb hisoblagan.Yer sharining ikki buyuk daryosi juda ham bir-biriga o’xshaydi, chunki ular xalq xo’jaligida bir xil vazifani bajaradi.Bu daryolar sharofati bilan ibtidoiy odam ulug’ sahrolar doirasi ichida yashay olgan.

Amudaryo etaklarini o’zlashtirish istiqbollari juda porloq va xilma-xildir. Amudaryoning suv havzalarini sug’orish va paxta dalalarini kengaytirish uchun rejali ravishda foydalanish mamlakat xalq xo’jaligi qiyofasini o’zgartirdi. Bu ishni davom ettirish sahroning o’lik qumlarini, shu jumladan, mehnatkash dehqonlarning ko’z yoshi, peshona teri va qoni to’kilgan qadimda sug’orilgan hamma yerlarni ham gullayotgan dehqon dalalari va bog’lariga aylantiradi.

Professor Y.G’ulomov Xorazmning sug’orish ishlari haqida bunday deb yozadi: “Tarixchi Ogahiy yovmutlarning xivaliklar bilan kurashish voqealarini juda ajoyib tasvirlaydi. Bu saroy tarixchisi turkmanlarni doimo “qaroqchi” va “isyonchi” deb atab kelgan, ularga dushmanlik ruhida bo’lsada, o’zi buni xohlamasa-da, uning asarlaridan qadim zamonlardan beri Sharqda dehqonchilik sun’iy sug’orishga bog’liq bo’lgani, u ishlab chiqarishning asosi, madaniyat tayanchi ekanligi va shuning bilan birga hukmron sinflar qo’lida ezish quroli bo’lib kelganiligi ko’rinib turadi…

Suvdan sinfiy hukmronlik quroli sifatida foydalanish siyosati Gerodotdan tortib, to so’nggi o’zbek xonlari hukmronligi davrigacha davom etib kelgan.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Y.G`ulomov “Xorazmning sug`orilish tarixi” Toshkent, O’zSSRFA, 1959

  2. S.P.Tolstov “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi izidan” Toshkent, O’zSSRFA, 1961

  3. Q.Munirov “Xorazmda tarixnavislik” Toshkent, G’.G’ulom 2002



1Y.G’ulomov.Xorazmning sug’orilish tarixi. T.: O’zSSRFA 1959, 13-bet

2 Tolstov S.P “Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi izidan” Toshkent, O’zSSRFA, 1961 15-bet

3


4 Quvomiddin Munirov Xorazmda tarixnavislik T.; G’.G’.2002, 105-b

Download 36,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish