III bob bo’yicha xulosa. Ogahiyning “Firdavs ul iqbol” tarixiy asaridan
tashqari “Riyoz ud davla”, “Zubdat ut tavorix”, “Jomi’ ul voqeti suloniy”,
“Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” kabi ko’plab tarixiy asarlari mavjud.
Shuningdek, Ogahiy tomonidan bir qator tarixiy asarlar o’zbek tiliga tarjima
qilingan va Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyotiga katta xissa qo’shgan.
Bayoniyning bizgacha birgina devoni va ikkita Xorazm tarixiga doir tarixiy
asarlari yetib kelgan. Bayoniy o’zining tarixiy asarlarning tarjimalarini va
“Shajarai Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi” nomli tarixiy-memuar asarlarini
yozib qoldirdi. Xususan, Bayoniy tarixchi Tabariyning “Tarixi Tabariy” asarini
82
ham tojik tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Bayoniy Xorazm tarixini 1914-yilga
qadar bo’lgan davri tarixini yozib tugatadi. Shuningdek, 1873-yildan 1914-
yilgacha bo’lgan davr voqealari Bayoniyning “Xorazm tarixi” nomli asarida
davom ettirilgan.
83
XULOSA
XVII asrning ikkinchi yarmidan XX asr boshlarigacha bo’lgan davrda
xronologik tartibda yozilgan Abulg’ozixon, Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy
asarlarini o’rganish Xiva xonligi tarixini uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
hayotini o’rganish uchun to`plangan boshqa ma`lumotlar va materiallarni tahlil
etish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
– O’rta Osiyoda XVII – XX asrlarda xonliklar davri tarixining yoritilish
jihatidan Qo’qon va Buhoro xonliklari ichida nisbatan mukammal yoritilgan xonlik
Xiva xonligi tarixidir. Chunki, Xiva xonligida Abulg’ozi Bahodirxon tomonidan
asos solingan “Xorazm tarixnavislik maktabi” keyinchalik Munis, Ogahiy va
Bayoniy singari tarixnavislar tomonidan davom ettirilib xonlik davri tarixi
mufassal yaritilishiga erishildi. Bu tarixiy asarlar faqatgina xonlik davri ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy tarixinigina emas balki, Xiva xonligida yashayotgan xalqlar
ularning turmush tarzi va ularga qo’shni turkmanlar va qoraqalpoq xalqlari tarixini
o’rganishda ham katta ahamiyatga ega;
– Abulg’ozixon Xiva xoni Arab Muhammadxonning to’rtinchi o’g’li
bo’lib, Abulg’ozi otasi va aka-ukalari urushlarda bahodirlarcha jang qilgani uchun
uni “Bahodirxon” deb atay boshlaganlar. Abulg’ozi Bahodirxon o’z otasining nomi
bilan ataluvchi Arabmuhammadxon madrasasida tahsil olgan. O’z zamonasining
bilimdonlari qo’lida tahsil ko’rgach, tarix faniga ixlos va ishtiyoq qo’yadi
Abulg’ozixon Xiva xonligida og’ir siyosiy vaziyat yuzaga kelgan bir davrda
yashadi. Ota-bola, aka-ukalar o’rtasidagi taxt uchun kurashlar avjiga chiqdi, bu
kurashlar natijasida Abulg’oziy Eronning Isfaxon shahrida 10 yil tutqinlikda
yashadi. Abulg’oziy bir qancha kurashdan so’ng 1644 – 1645- yillarda Xiva
taxtini egallaydi va 1663 – 1664-yilgacha Xivada xonlik qiladi;
– Abulg’ozixon xonlik taxtiga chiqqach, Xorazmda ilm-fanni taraqqiy
ettirish va madaniyatni yaxshilash maqsadida o’z saroyiga binokorlar, tabiblar,
shoirlar tarixnavislar, adib, xattot va boshqa kasb egalarini to’pladi.
Abulg’ozixonning “Shajarayi tarokima”, “Shajarayi turk” nomli tarixiy, “Manofe
84
ul-inson” (Inson uchun foydali tadbirlar) nomli tibbiyotga oid asarlari mavjud va
bizgacha yetib kelgan;
– Munis, Ogahiy, Bayoniylar XIX asrda va XX asr boshlarida Xorazmda
hukmronlik qilgan xonlarga atab o’zlarining “Firdavs ul iqbol”, “Riyoz ud davla”,
“Zubdat ut tavorix”, “Gulshani davlat”, “Jomi’ ul voqeoti sultoniy”, “Shohidi
iqbol”’, “Shajarai xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi” nomli tarixiy asarlarini yozib
qoldirganlar. Bu asarlarning Xorazm tarixini o’rganishdagi ahamiyati juda katta.
– “Firdavs ul iqbol” tarixiy asari ikki muallif, ya’ni Munis va Ogahiy
qalamiga mansubdir. Bularning ikkalasi ham qadimiy Xorazm diyorining farzandi
hosoblanadi. Asar Xorazmda turkiy tilda yozilgan. “Firdavs ul iqbol” asarining
tarix ilmidagi ahamiyati shundan iboratki, unda – Xorazmning qadimgi davridan
boshlab, Muhammad Rahimxon I (1806 – 1825 yy.) davrigacha bo’lgan siyosiy
tarixi xronologik tartibda bayon qilingan. “Firdavs ul iqbol” tarixiy asari
Shermuhammad Munis tomonidan boshlangan va Munis vafot etgach, uning jiyani
va shogirdi Ogahiy tomonidan davom ettirilgan. Ogahiy “Firdavs ul iqbol” asarini
1813-yildan 1825-yilgacha bo’lgan voqealar qismini yozadi va shu tariqa ushbu
tarixiy asar avlodlar mulkiga aylanadi;
– Munis va Ogahiy qalamiga mansub bo’lgan “Firdavs ul iqbol” asarining
to’qqizta nusxasi mavjud bo’lib, bu nusxalar, asosan, Rossiya FA Sharqshunoslik
institutida 571 a (590 oa), E6 VIII, raqamlari ostida, O’zbekiston FA
Sharqshunoslik instituti fondida 5364/1, 821/1, 9979,7422, 275/1 raqamlari ostida
hamda Xel’sinkida saqlanadi;
– Ogahiyning “Firdavs ul iqbol” tarixiy asaridan tashqari “Riyoz ud davla”,
“Zubdat ut tavorix”, “Jomi’ ul voqeti suloniy”, “Gulshani davlat”, “Shohidi
iqbol” kabi ko’plab tarixiy asarlari mavjud. Shuningdek, Ogahiy tomonidan bir
qator tarixiy asarlar o’zbek tiliga tarjima qilingan va Xiva xonligida ilm-fan
taraqqiyotiga katta xissa qo’shgan;
– Bayoniyning bizgacha birgina devoni va ikkita Xorazm tarixiga doir
tarixiy asarlari yetib kelgan. Bayoniy o’zining tarixiy asarlarning tarjimalarini va
“Shajarai Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi” nomli tarixiy-memuar asarlarini
85
yozib qoldirdi. Xususan, Bayoniy tarixchi Tabariyning “Tarixi Tabariy” asarini
ham tojik tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan. Bayoniy Xorazm tarixini 1914-yilga
qadar bo’lgan davri tarixini yozib tugatadi. Shuningdek, 1873-yildan 1914-
yilgacha bo’lgan davr voqealari Bayoniyning “Xorazm tarixi” nomli asarida
davom ettirilgan.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |