Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari;
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Кириш Bugungi kunda, iqtisodiyotning integratsiyalashuvi sharoitida moliyaviy hisobot unifikatsiyasi, rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilash maqsadida buxgalteriya hisobi milliy standartlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, moliyaviy hisobot konvergentsiyasi va garmonizatsiyasi masalalari, moliyaviy hisobot elementlarini tasniflash, tan olish, baholash hamda hisobotlarda aks ettirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e’tibor qaratilgan.
Moliyaviy hisobotlar to‘g‘risidagi asosiy me’yoriy hujjatlarga sharh va izohlar IAS 2 таъкидлашича, ТМЗлар бу қуйидаги активлардир: O‘zbekistonda moliyaviy hisobot shakllari va undagi ko‘rsatkichlar Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotlarning namunaviy shakllari, tayyorlash qoidalari, taqdim etish muddatlari, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va korxonalarning chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to‘ldirish qoidalari bilan tartibga solinadi. Respublikamizda moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
soliq organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobotlar to‘g‘risidagi asosiy me’yoriy hujjatlarga sharh va izohlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlardan so‘ng moliyaviy hisobotlar tarkibi kuyidagilardan tashkil topgan (yirik korxonalar uchun):
1. Yillik hisobot bo‘yicha:
1-sonli shakl – “Buxgalteriya balansi”;
2-sonli shakl – “Moliyaviy faoliyat to‘g‘risida hisobot”;
3-sonli shakl – “Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot”;
4-sonli shakl – “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”.
2a-sonli shakl – Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha ma’lumotnoma”;
2. Choraklik hisobot bo‘yicha:
1-sonli shakl – “Buxgalteriya balansi”;
2-sonli shakl – “Moliyaviy faoliyat to‘g‘risida hisobot”;
2a-sonli shakl – Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha ma’lumotnoma”.