Knyazning laqabi Kalita “pul xaltasi” unga О‘rda bojini boshqa knyazlardan yig‘ish huquqi berilishidan paydo bо‘lgan. Kalita vafotidan keyin buyuk knyazlik uning katta о‘g‘li Semyon Mag‘rurga (1340-1353), undan sо‘ng Ivan II Qizil (1353-1359) lar davrida vaziyat murakkablashadi. Ivan II dan sо‘ng taxtga uning 10 yoshli о‘g‘li Dmitriy Ivanovich (1359-1389) kelib, u davlatni dastlab mitropolit (mitropolit. Aleksey yordamida boshqaradi. U 1362 yilda buyuk knyaz yorlig‘ini oladi. Dmitriy Ivanovich davrida 1367 yilda Moskvada xarsang toshlardan birinchi va yagona Kreml qurildi va u Moskvadagi yengib bо‘lmas qal’alardan biriga aylandi. Mо‘g‘ullarga qarshi dastlabki jang Oltin О‘rda xoni Mamay qо‘shini bilan 1378 yili Ryazan yerlaridagi Voje daryosi sohilida bо‘lib, unda knyaz Dmitriy g‘olib chiqadi. Moskva knyazi 1380 yil 8 sentabrda Don daryosi sohilida Kulikovo maydonidagi yangi g‘alabasi sharafiga Donskoy degan nomga sazovor bо‘ldi. Lekin 1382 yili Oltin О‘rda xoni Tо‘xtamish Nijegorod va Ryazan knyazlari kо‘magida Moskvani egallab, uni yana boj tо‘lashga majbur etadi. Donskoyning vorisi Vasiliy I Dmitriyevich (1389-1425) davrida Nijegorod knyazligi Moskvaga qо‘shib olinadi. XIV asrning 90 yillarida Vologda, Velikiy Ustyug, Volok, Lamskiy, Bejetsk, Verxlar ham Moskva knyazligiga о‘tadi
Markaziy Osiyoda Amir Temur davlati tashkil topgach, uning Buyuk ipak yо‘lida nazorat о‘rnatishida asosiy tо‘siqlardan biri Oltin О‘rda edi. Shuning uchun Sohibqiron unga qarshi kurash olib bordi. Temur 1391 yilda Samara va Chistopol oralig‘ida Kondurcha (Qunduzcha) 1395 yilda Shimoliy Kavkazdagi Tarak janglarida О‘rda xoni Tо‘xtamish (1380- 1395) ni mag‘lub etadi. Amir Temur uni ta’qib etib Moskvagacha boradi. Ryazan knyazligi yerlarida ikki hafta qolgandan keyin Azov va Kaspiybо‘yi chо‘llariga qarab yuradi va Quyi Volga bо‘yidagi Saroy Berka, Saroy Botu va Hojitarxon (Astraxan) shaharlarini egalladi. Sohibqiron Ryazan yaqinidagi Yeletsni egallagandan sо‘ng, ortga qaytadi. О‘rdada Amir Temur taxtga qо‘ygan Edigey hukmronlik qila boshlaydi. Edigey qо‘shini 1408 yili hujum boshlab Serpuxoa, Rostov, Nijniy Novgorod shaharlarini bosib oladi. Moskvadan katta tо‘lov undiradi. XV asrning II yarmida Moskva knyazligida buyuk knyaz Vasiliy II (1425-1462) davrida ichki kurashlar avj oldi. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi buyuk knyaz Ivan III Vasilevich davrida (1462-1505) rus yerliklarining birlashuvi oxirgi bosqichga kirdi. Moskvaga 1463 yil Yaroslavl, 1471 yil Novgorod, 1485 yili Tver knyazligi, 1510 yili Pskov, 1520 yili Ryazan yerlari Moskvaga bо‘ysundirilib, rus yerlarining siyosiy birlashuvi asosan yakunlandi
Ivan IV 1547-1553 yillarda о‘z hukumatidagi boyarlarni dvoryan vakillari bilan almashtirdi. Ayni vaqtda Moskva uezd ida “saylangan ming” qoidasiga amal qilinib, 1070 kishi dvoryanga yer berishga qaror qilindi, chunki ular podsho hokimiyatining tayanchi edi. Yangi soliqlar joriy qilindi, buning uchun esa yerlar, xо‘jaliklar qaytadan rо‘yxatga olindi. Ivan IV ning harbiy sohadagi islohotlaridan biri 1550 yili 3 ming kishidan iborat Streletslar qо‘shinini tuzish bilan boshlandi. Streletslar podshoning shaxsiy qо‘riqchilariga aylandi. XVI asr oxirida Rossiya qо‘shini soni 100 ming kishiga yetdi. Dvoryanlar uchun 15 yoshidan umrining oxirigacha harbiy xizmat joriy qilindi. Podshoning harbiy islohotlari mamlakat harbiy qudratini oshirdi. 1564 yilda Ivan IV (Grozniy) tomonidan muhim siyosiy tadbir о‘tkazilib, bu tadbir tarixda oprichnina nomini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |