Mavzu: Xattotlik san`ati tarixi reja



Download 311,19 Kb.
bet1/10
Sana30.12.2021
Hajmi311,19 Kb.
#192673
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-maruza Husnixat


Mavzu: Xattotlik san`ati tarixi

REJA:

1. IX-XI asrlarda O’rta Osiyoda Xorazmda madaniy va ilmiy izlanishlar .

2. XI-XIV asrlarda xattotlik san`ati.

3. XV asr Hirotda, Samarqandda O’rta Osiyo xalqlari madaniyati.

4. XVI asr safaviylar va shayboniylar hokimiyati davrida madaniy hayot .

5. XIX asr madaniy hayot.



Tayanch atamalar: O’rta asr, madaniy hayot, xatti Boburiy, “Savodi ta’lim” nomli risola, qog`ozrez (qog`oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi), ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar” (transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka - “qalam qat”, siyohdon (dovot, suls xati, muhaqqaq xati, nasx xati).

O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me’rosida xattotlik san’ati alohida o’rin egallaydi. O’rta asrlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko’chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko’chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko’chiruvchi emas, balki o’sha davrning ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo’lda ko’chirilgan har bir asar san’at mo‘jizasi kabi nodir asar hisoblangan.

XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar nafis kitoblarning ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, o’rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o’z asarlarinigina emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko’chirganlar. Masalan, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”sini ko’chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahriddin Muhammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi.


Download 311,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish