MAVZU. HISOBDOR SHAXSLAR BILAN HISOB-KITOBLAR
Reja:
Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar.
Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar.
Schyotlar aloqasi.
Hisobdor shaxslarga naqd pul faqat korxona kassasidan beriladi va hisobdorlikdagi summa korxona ro‘yxatidagi xodimlarga bo‘nak (avans) sifatida faqat ma’lum maqsadlar uchun beriladi. Bular 4210-«Mehnat haqi bo‘yicha berilgan bo‘naklar», 4220«Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar», 4230-«Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar» schyotlarida yuritiladi. Schyotlarning debetida sarflash uchun
2 – Buxgalteriya hisobiberilgan pul, kreditida esa sarflangan pulning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. 4220, 4230 schyotlarning muomala jarayonlari 7-jurnal orderda yuritiladi. Bu jurnal orderda yozuvlar har bir tasdiqlangan bo‘nak hisoboti va chiqim kassa orderi bo‘yicha olib boriladi. 4220, 4230 schyotlar bo‘yicha schyotlar aloqasini quyida keltirib o‘tamiz.
Schyotlar aloqasi
D-t K-t
1 Xizmat safari uchun hisobdor shaxslarga bo‘naklar berildi 4220 5010
2 Hisobdor shaxslarga kassadan pul hujjatlari berildi 4220 4230 5010
3 Hisobdor shaxslar berilgan bo‘nakning foydalanilmagan 4220 summasini kassaga qaytardilar 5010 4230
4 Hisobdor shaxslar asosiy, yordamchi ishlab chiqarishga 2010 oid xarajatlarni amalga oshirdilar 2310 4230 2510
5 Hisobdor shaxslar davr xarajatlariga taalluqli turli xil 9410 xarajatlarni to‘ladilar 9420 4230 9430 4290
6 Hisobdor shaxslar moddiy boyliklarni, ayrim tovarlarni 1010– sotib oldilar –1090 4230 2910– 4290 –2990
7 Xizmat safarini amalga oshirganligi uchun hisobdor 9420 shaxslarga bo‘lgan qarzlar hisoblandi 2010 6970 2310 2510
8 Xizmat safari xarajatlari to‘landi 6970 5010
7-jurnal orderdagi yozuvlar quyidagi hujjatlarga asosan yoziladi: a) kassaning chiqim orderi – hisobot uchun berilgan summaga; b) bo‘nak hisoboti – olingan bo‘nak summasining sarflangan qismiga;
Muomalalar mazmuni
d) kassaning kirim orderi – olingan bo‘nak summasining sarflanmay qolgan qismiga. Tekshirilgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan bo‘nak hisoboti buxgalteriya tomonidan qabul qilinadi. Ushbu hisobotni buxgalter tekshirib unga va isbotlovchi hujjatlarga aloqa qiluvchi schyotlarning shifrini ko‘rib chiqadi va ushbu xarajatlarni tegishli tarmoqlarga o‘tkazadi. Hozirgi vaqtda korxonalar tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishi natijasida chet mamlakatlarga xizmat safariga borish zaruriyati tug‘iladi. Davlat korxonalarida ushbu sarflar Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan me’yor bo‘yicha to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |