Xarakter strukturasini xar tomonlama o’rganish, xulq atvorni hayotning turli vaziyatlarga tahlil qilish, yashash sharoiti va tarbiyani qanday yo’lga qo’yilganligini o’rganish asosida to’liq o’rganish mumkin.
Xarakter strukturasida birinchi navbatda uning ikki tomoni: mazmuni va shakli farqlanadi. Xarakter mazmuni shaxsning hayotidagi yo’nalishini, ya’ni moddiy va ma’naviy extiyojlarini, qiziqishlarini, ideallarini tashkil qiladi. Shaxsning yo’nalishi uning maqsadini, hayotdagi aktivlik darajasini belgilaydi. Xarakterning mazmuni bir individual o’ziga xos munosabatlar shaklida namoyon bo’ladi. Shaxsning xarakter mazmunida uning yashash tarzi, tarbiyaviy ta’sirlari va tashqi muhitning talabiga ko’ra, gox ehtiyojlari, gox boshqa ehtiyojlar ustunlik qiladi. Masalan: ba’zi odamlarda moddiy extiyojlar, boshqalardan estetik ehtiyojlar, ilmiy qiziqishlar ustunlik qiladi.
Odam xarakterning strukturasi turli xususiyatlar va psixik protseslarning sintezidan iborat.
Bular:
Ishonch.
Ehtiyoj va qiziqishlar
Intellekt tushunish, tushuncha, mulohaza.
Iroda
Hissiyot
Temperament
Xarakter strukturasida ishonchlar sistemasi yetakchi komponentlardan biridir. Biror bir narsaga ishonishining komilligi shaxsning prinsipialligini, kelayotgan ishga butun ko’chini safarbar qilishini ta’minlaydi. Ishonch maqsadga intiluvchanlik, prinsipiallik, optimizm, boshqalarga va o’z - o’ziga talabchanlik kabi xarakter belgilarini shakllantiradi. Xarakterning o’zagini shaxsning ma’naviy – irodaviy sifatlari tashkil etadi. Kuchli odam o’zining maqsadining aniqligi va mustaqilligi bilan ajralib turadi. Irodali shaxs maqsadiga erishish yo’lida qat’iy va tirishqoq bo’ladi. Irodasi kuchsiz odamni xarakteri bo’sh odam deb qaraladi. Bunday odamlar bilimining va layoqatining yetarligiga qaramay o’z imqoniyatlarini to’la ishga sola olmaydilar.
Xarakter kuchli xarakter xususiyatlarning kishini biror narsaga undash ko’chi bilan, tashqi sharoitlarga qarshilik ko’rsatish darajasi bilan belgilanadi.
Xarakterning barqarorligi va o’zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridandir. Odam xarakter xususiyatlari juda xilma – xil hayot sharoitlarida ham, qarshilik qiluvchi sharoitlar bo’lishiga qaramay, uning xatti – harakatlarini boshqaradi. Odam tashqi vaziyatga bog’liq bo’libgina qolmay, balki tashqi vaziyatni uning o’zi yaratadi.
Xarakterning plastikligi xarakterning barqarorligi singari muhitga aktiv ta’sir qilish shartlaridandir. Tashqi sharoitning ta’siri ostida xarakter xususiyatlari o’zgaradi. Xarakter plastiklik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun istalgan odamning xarakterini tarbiyalash mumkin.
Xarkter strukturasida shaxsning individual – psixologik xususiyatlarning hamda psixik protsesslarning namoyon bo’lish aktivligiga qarab quyidagi ijobiy xarakter xususiyatlarini ko’rsatish mumkin.
Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi.
Xarakterning muvozanatlashganligi
Xarakterning aniqligi
Xarakterning ko’chi
Xarakterning qa’tiyligi
Xarakterning yaxlitligi
Xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi odamning hulq atvorning yo’nalishini xarakterlaydi.( Insonparvarlik, xushfe’l va h.k)
Xarakterning muvozanatlashganligi shaxsning odamlar bilan bo’ladigan muloqotda va faoliyatda o’zini olishda ifodalanadi.
Xarakterning ko’chi oldinga qo’yilgan maqsad yo’lida butun ko’chini safarbar qilishda ifodalanadi.
Xarakterning aniqligi shaxsning xulq - atvorini uning ishonchiga, ma’naviy – siyosiy tasavvuriga, yo’nalishiga mos tushishda ifodalanadi. Xarakterning qat’iyligi shaxs xatti harakatlarning o’ylanganligi, o’z qarashlarining va qabul qilgan qaroriga amal qilishda ifodalanadi. Xarakterning yaxlitligi so’z va ish birligida ifodalanadi.
Xarakterning shakllanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |