Xarakter – (Yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o’z - o’ziga bo’lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisidir.
Xarakter tug’ma o’zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog’liq holda tarkib topib, o’zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o’ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo’ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o’ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog’liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda xissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog’liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo’ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishi emas, balki diqqatning to’plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo’r berishga va shu kabilarga bog’liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi tasiriga bog’liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin.
O’quvchilar xarakter xislatlarini bilish, ularga individual munosabatda bo’lishning asosidir. Odam xarakterik jamiyat uchun ham katta ahamiyatga ega. Qollektivning mehnat faoliyati va hayoti, undagi odamlarning xarakter sifatlari bilan belgilanadi. Ba’zi bir og’ir xarakterli o’quvchilar tufayli sinfdagi intizom, o’quvchilar o’rtasidagi munosabat sinfning psixologik muhiti buzilishi mumkin. Shu sababli har bir pedagog xarakter strukturasini, xarakter shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, o’quvchilarda xarakterni tarbiyalash yo’llarini yaxshi bilishi lozim.
Odam xarakterining strukturasi bir – biri bilan ma’lum munosabatlarda bo’lgan turli xususiyatlar va psixik protsesslarning o’zaro bog’liqligidan hamda yaxlit holda nomoyon bo’lishidan iborat. Biz xarakterning bir yoki necha xususiyatlari asosida bizga noma’lum bo’lgan boshqa xislatlarni ham aytib berishimiz mumkin. M: odamning takabbur va shuhratparastlikni bilsak, uning odamlarga nisbatan qora ko’ngilli ekanligi haqida taxmin qila olamiz. Agar odam kamtarin bo’lsa, uni ko’ngilchan deb tahmin qila olamiz.
Psixik xususiyatlarning o’zaro bog’langan sistemasini simptomoqomplekslar yoki omillar deb ataladilar. Bu simtomoqomplekslarni analiz qilish orqali xarakter srukturasining nima bilan belgilanishini aniqlay olamiz. Masalan: Shaxslararo munosabatlarda nomoyon bo’ladigan xarakter xususiyatlarining bir – biriga qarama - qarshi sistemasi ajratishi mumkin. (Shartli ravishda buni «shaxs – atrofidagi odamlar» sistemasi deb ataymiz).
Agar nihoyatda zid qarama - qarshi nazarda tutilsa, unda ayrim odamlarda bu sistema o’ziga ishonish, o’zidan mag’rurlanish, o’zbilarmonlik, maxtanchoqlik, urishqoqlik, o’ch olishlik, kekkayishi, pismiqlik, jamoatchilik tomonidan ma’qullangan narsalarni sezmaslik, ko’pchilik tomonidan qabul qilgan xatti –harakat qoidalarni pisand qilmasliklarning qo’shilishida nomayon bo’ladi. boshqa bir odamlarda bu sistemaga qarama - qarshi xususiyatlari bilan qo’shilgan holda namoyon bo’ladi. bunday odamlar o’zlariga ishonmaydilar, kamtarinligi, ko’ngilchanligi, iltifotligi, sabrligi, xar narsa Yuzasidan o’zining ayiblashga mayilligi, Yumshoqligi, dilkashligi, to’g’riligi bilan ajralib turadilar. ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti – harakat qoidalarini bajonu dildan bajaradilar. kekkayishi, pismiqlik, jamoatchilik ma’qullagan narsalarni va ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti - harakat qoidalarini sezmaslik kabi xususiyatlarning hammasi odamlarni nazar pisand qilmaslikni ifodalash orqali birlashganligini qo’shish qiyin emas. xuddi shuningdek, bularga qarama - qarshi xususiyatlar gruppasi – dilkashlik, samimiylik, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xatti - harakat qoidalariga bo’ysunish, odamlarga nisbatan qarama - qarshi munosabatni ifodalaydi. bu yerda o’z - o’zidan ravshanki, voqelikning ma’lum tomonlarga shaxsning aynan bir xil munosabatda bo’lishlari bilan bog’liq bo’lgan xarakterning bunday xususiyatlari bir – biriga o’zaro bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |