Jahon aloqalari subekti, ishtirokshisi sifatida davlatlardan tashqari, turli xil harakatlar, tashkilotlar, partiyalar maydonga chiqadi. Jahon siyosati xalqaro munosabatlarni shakllantiruvchi faol omil hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar jahon siyosati ta’siri ostida doimiy o‘zgarishda bo’ladi. Va o‘z navbatida uning mazmuni va xarakteriga ta’sir o’tkazadi. Bunday pozitsiya jahon maydonida sodir bo‘layotgan voqealarni tushunishni osonlashtiradi va uni jahon siyosati tahlili asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo, xalqaro siyosat sohasidan farqli ravishda, jahon siyosatida davlatni xalqaro aloqalarning bosh ishtirokchisi sifatida inkor etmaydigan va xalqaro muhitni shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi noan’anaviy faktlarga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |