XMlar fanini avtomatlashtirishdagi asosiy to‘siq, uning obyektini identifikasiyalashdagi qiyinchilik tufayli kelib chiqadi. XM nazariyasining ana’naviy obyekti markaziy yoki yuqori hokimiyat, xususan, qonuniy zo‘ravonlik va so‘zsiz majburlov yo‘qligi bilan harakatlanuvchi anarxik, betartib maydon, ya’ni “fuqarolik jamiyatidan oldingi holati” hukmron bo‘lgan muhit hisoblanadi. Bu munosabat bilan Raymon Aron xalqaro munosabatlarning spesifik belgisi ularning “urush soyasida” yuzaga kelishidir deb hisoblaydi. Shuning uchun xalqaro munosabatlarni tadqiq qilish haqida gap ketganida, eng avvalo, milliy manfaatlar prinsipi mutloqlashtirilishi va davlatlararo o‘zaro ta’sir e’tiborda tutiladi, lekin dunyoning o‘zaro bog‘liqligi hamda ichki va tashqi siyosatning o‘zaro birikib ketishining o‘sishi natijasida har qanday chegaralarni kesib o‘tuvchi va yagona davlat nazoratidan qochuvchi sotsial munosabatlar va oqimlar “Xalqaro munosabatlar” fanining obyektiga aylanadi. Boshboshdoqlik xalqaro munosabatlarning asosiy kriteriyalari orasidagi imtiyozli o‘rnini asta- sekin yo‘qotmoqda. Milliy manfaatlar haqida ham shunday deyish mumkin. Ba’zida milliy manfaatlarga bog‘liq strategik muhit xususiyatlari birinchi o‘ringa chiqadi va xalqaro munosabatlarning anarxikligi darajasiga ta’sir o‘tkazadi Piravord-natijada xalqaro munosabatlar obyekti, bir tomondan, tartib va tartibga solish dualizmi, boshqa tomondan, oldindan aytib bo‘lmaslikning salmoqli hissasi bilan xarakterlanadi. Qayd etilgan dualizmni yagona nazariya doirasida aks ettirib bo‘lmaydi. Amerikalik olim K.Xolstining fikriga qaraganda, “Xalqaro munosabatlar” fani uchun nazariy plyuralizm murakkab dunyoning turli shakldagi realligining yagona imkoniy javobidir. Yagona nuqtai nazar yoki alohida metodologiyaga asoslangan muayyan ortodonsallikni o‘rnatishga urinish bilish progressi imkoniyatining haddan tashqari soddalashishiga va kamayishiga olib kelishi mumkin. (Holst, 1989. P.256). Turli vositalardan foydalanadigan turli imkoniyatlarga ega va turli muhitlarda ro‘yobga chiqadigan siyosiy faoliyatning turli ko‘rinishlari haqida so‘z ketyapti. Lekin siyosatshunoslikning boshqa sohalaridan farqli tomoni shundaki, XM nazariyasi “kuchlar balansi”, “bir va ko‘p qutblilik”, “diplomatiya”, “strategiya” kabi o‘zining xususiy tushunchalari va muammolariga ega. XM haqidagi fan “milliy manfaat”, “muzokaralar” va boshqa shu kabi umumsiyosiy tushunchalar bilan siyosiy nazariyani boyitdi. Shu tarzda u o‘zining tadqiqot predmetiga ega, nisbatan avtonom siyosiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo uning to‘liq alohida fan ekanligi to‘g‘risida gapirishga hali erta.
Do'stlaringiz bilan baham: |