Mavzu: Xalqaro marshrutlar bo’yicha Butunjaxon turistik tashkilotining tavsiyanomalari


Mashrutlarda hayot xavfsizligini ta’minlash



Download 1,74 Mb.
bet5/6
Sana02.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#525012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Doimiy, mavsumiy, mahalliy, xalqaro marshrutlar

4. Mashrutlarda hayot xavfsizligini ta’minlash.
O`zbеkistоnda turizmni rivоjlantirish, uning nе’matlaridan baхramand bo`lish hоzirgi kunning eng muхim vazifalari qatоridan jоy оlmоqda. Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YuVTO) 158 aʼzo davlatni birlashtirgan BMT tizimining ixtisoslashgan hukumatlararo agentligidir. UNWTO 1975-yil 2-yanvarda kuchga kirgan Nizom asosida ish olib boradi. YUNVTOning asosiy maqsadi turizmni xalqaro tinchlik va oʻzaro tushunishni, jahon savdosini taʼminlashning asosiy omili sifatida rivojlantirishga koʻmaklashish, mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy va turistik turar joy ob'ektlari soni va paydo bo'lishi aholi orasida norozilik. Uchta shahardan Berlin va Barselona eng kattasini qayd etgan 2010-yildan beri turistik turar joy ob'ektlari soni va o'sishi muntazam kuzatiladi.14
Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi. Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapital quyilmalarining 9%, jahon iste’mol harajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm aholining bandligiga anchagina ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar bahosicha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim band. Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining uch yetakchi eksport sohalari qatoriga kiradi. U faqatgina neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyin turadi.
Turizm jahonning ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Turizm nafaqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. U tez suratlarda o‘sishi bilan yuz yillikning iqtisodiy fenomeni sifatida tan olingan. XX asr ikkinchi yarmi davomida xalqaro turistlar soni sal kam 28 marta ko‘paydi. Bu xizmat turidan tushumlar esa 237 martaga ortdi. 4 Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa ta’minotining yetarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va h.k). Shuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning qurbi yetishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza rejimining liberallashtirilishi kabilar.
Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga yordam beradi. Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi.
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi
ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjaxon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis oborotining 10 % i
turizmga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi
dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan
e’tiborlidir. Ya’ni turistik xizmatlarning eksporti 8 % ga o‘sib jahon bo‘yicha
umumiy xizmatlar savdosining 30-35 % ini tashkil kilmokda. Butunjaxon turizm tashkilotining «Turizm-2020 yilgacha» mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib, turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSH dollarigacha yetadi. Turistik oqimning turg‘un ravishda o‘sishi har yili 3-5 % gacha ko‘payadi deya takidlaydi.
Nufuzli olimlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston davlatchiligining shakllanish
tarixi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan boshlangan va 3,5 ming yildan
ziyod davrni qamrab oladi. Ko‘hna Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta
asrlar ilm-fani, san’ati va madaniyatining yirik markazlari sifatida dunyoga dong
taratgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand,
Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari bo‘lib kelgan. E’tibor berish lozimki mehmonxona xo‘jaligining rahbarlari yoki menejerlari bilan turistlar deyarli uchrashmaydilar va muloqotda ham bo‘lishmaydi. Turistlarga ularni qabul qilishdan tortib to kuzatguncha: joylashtirish xizmatlari, restoran-ovqatlantirish xizmatlari, xonalardagi xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlarni barchasini mehmonxona xodimlari bajarishadi. Shunday ekan bu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim, malaka va ko‘nikmalari yuqori darajada bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Turizmni tashkil etish tarkibiy qisimlaridanbirinchilaridan turistlarni mehmonxonalarga joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan esa bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo-suv-daryo portlari, madaniy vaqtichog‘lik ishlari, sayohat qilish va boshqa tarmoq sohalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko‘payib, milliy boyligi ortishi ko‘zda tutiladi.
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, O'zbekistonga kelayotgan yoshi 50 dan oshgan sayyohlarning 41 foizi xushmanzara joylar va tabiiy landshaftlar, 25-30 yoshlar atrofidagi turistlarning 26 % ekologik muammolar mavjud joylarga qiziqish bildirmoqda. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ushbu soha rivoji bevosita uning infratuzilmasiga bog'liq. Ma'lumki, hozirda respublikamizda 700 dan ortiq turistik kompaniyalar, 240 ta mehmonxona, shuningdek ko'plab turistik bazalar va kempinglar faoliyat ko'rsatmoqda. Ammo davlat ro'yxatiga olingan ushbu kompaniyalarning atigi 5 foizi ekoturizm bilan shug'ullanmoqda.
O'zbekiston o'zining turistik salohiyati bo'yicha jahonda yetkachi o'rinlarni egallaydigan 15 ta mamlakat qatoridan joy olgan. Respublikamiz hududida 4 mingdan ortiq arxitektura, tarixiy va tabiiy yodgorliklar, go'zal landshaftlar, xilma xil noyob o'simliklar va hayvonot dunyosi mavjud. Bularning barchasi sayyohlarning yurtimizga bo'lgan qiziqishini yanada oshirmoqda. Dunyo davlatlari tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, hozirda turistlarda muayyan bir mavzuga asoslangan yo'nalishlar bo'yicha sayyohat qilish istagi mavjud. Ular biror bir mintaqa yoki mamlakatni to'laligicha emas, balki o'ziga xos jihatlarini ko'rishni istaydi. 15
Sayyohlarni ko‘p qabul qilish, ularga hizmat ko‘rsatish hajmi, foyda olish bo‘yicha Samarqand va Buhoro viloyatlari yetakchilik qilsa, eng past ko‘rsatkichlar Andijon, Jizzah va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda. O‘zbekistonda 2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, jami 464 ta turistik tashkilot hamda firmalar bo‘lib, shundan 446 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, hususiy firma va tadbirkorlardir. Xalqaro sayyohlarning asosiy qismi Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Sababi, poytaht va Toshkent viloyati hissasiga jami turistik infrastukturaning 36 foizi to‘g‘ri kelishi hamda yetarlicha shart - sharoitlarni yaratilganligidir.
Farg‘ona vodiysi respublika turistik infrastrukturasining 19 foiziga ega. Biroq, mavjud turistik infrastrukturani sig‘imi, darajasi chet ellik sayyohlar ehtiyojini to‘la qondira olmayapti. Vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqaro sayyohlarning qiziqishlari va talablari darajasida qo‘shimcha hizmatlar ko‘rsatish tizimini yaratish zarur. Shuningdek, yangi turistik hizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha horij investitsiyalari uchun loyihalar tayyorlash, jahon turizm bozorida O‘zbekistonni yoki uning alohida mintaqalarini reklama dasturlarini hamda ularni shahsiy imidjini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.Shunday ekan, bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesini rivojlantirish hamda ulardagi xizmatlar samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.


Xulosa
So‘ngi yillarda turizm jahon iqtisodiyotidagi tez rivojlanib kelayotgan tarmoqlardan biridir. Bu soha neft qazib chiqarish va avtomobilsozlikdan so‘ng yirik uchlikka kiradigan katta daromad keltiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda turizm va unga bevosita hamda bilvosita hizmat ko‘rsatuvchi sohalarda jahon mehnat resurslarining qariyb 60% qismi faoliyat olib bormoqda.
Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilga borib jahon bo‘yicha sayyohlarning soni 2 mlrd kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. Shuningdek, 2020 yilda xalqaro turizmi orqali olinayotgan daromad 2 trln AQSH dollariga yetishi mumkin edi. Biroq to’satdan paydo bo’lgan kasallik tufayli pandemiya sharoiti juda ko’p narsa o’zgarib ketdi. Bundan tashqari, 2020-2025 yillarga borib Xitoy eng ko‘p tashrif buyuruvchilar mamlakatiga aylananishi kerak edi. Jumladan, bashorat qilinayotgan yillarda Rossiyaga kirib keluvchilar soni mamlakatdan chiqib ketuvchi turistlarga nisbatan 1.3 barobar ortishi kerak edi. Yevropa mamlakatlari ichida Chexiya yaqin kelajakda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi nazarda tutilmoqda edi. Birgina shu davrda Xitoy va Gonkong ulushiga butun jahondagi jami turistlar oqimining 12.3 % qismi to‘g‘ri keladi.
Ayni paytdagi turistlar oqimi alohida mintaqalar bo‘yicha o‘rganiladigan bo‘lsa, xalqaro turistik yo‘nalishlarning o‘rtacha 65 foizi Yevropa hissasiga, 20 foizi Amerikaga, 6.2 foizi Osiyo mamlakatlariga va qolgan 8.8 foizi qismi esa boshqa mintaqalar zimmasiga to‘g‘ri keladi.
Bashorat natijalariga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan turistlar sonining keskin ortishi, bizningcha, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham manfaatli bo‘lishi mumkin. Ammo, buning uchun albatta MDH mamlakatlari yoki Shanhay xalqaro hamkorlik tashkiloti, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, o‘zaro xududlarni turistik nuqtai nazaridan integratsiyalashgan, erkin sayyohlik makoniga aylantirish talab etiladi.
Respublikamizga yaqin qo‘shni bo‘lgan Qirg‘izistonning ham turistik salohiyati ancha yuqori bo‘lib, o‘zida rekreatsiya, tog‘ turizmi, sport va ekstrim turizm yoki ekoturizmni rivojlantirish mumkin. Huddi shunday, Qozog‘iston ham sayyohlik tez rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Ayniqsa, Qozog‘istonning “Baykanur” kosmodromida yaqin 25-30 yil ichida turizmni yangi turi, bugungi kunda eng ko‘p sarf - harajat talab qilayotgan, ammo sarguzashtga boy, qiziqarli kosmik turizmni rivojlanishi ham ehtimoldan holi emas.


Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish