O’ZBEK XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA VA OILAVIY TARBIYANING AKS ETISHI
Yurtimiz O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash uchun umum xalq yurishi boshlandi. Ming yillar davomida yaratilgan, xalqimiz qoni va joniga aylangan ma’naviy durdonalarga yangicha qarala boshlandi. Milliy an’analarning qadri ko’tarilishi kerakligi etirof etildi, bir so’z bilan aytganda, zo’rlik va ongsizlik oqibatida berkitilgan ezgulik buloqlari ko’zini tozalashga kirishildi.
Ilgarilari milliy an’analar va udumlarga ham hadiksirab qaraldi, uning tarbiyaviy xazinalaridan ham qandaydir «illat» qidirildi. Hayotbaxsh xalq an’analari kamsitildi. Ba’zi urf-odat va udumlarga diniy tus berilib, hayot sahnasidan tamom supurib tashlandi. Ota-bobolarimizning qimmatli pand-nasihatlari eskilikka yo’yildi, qadri toptaldi. Qariyalar hikmatomuz ertaklarining tarbiyaviy ahamiyati e’tibordan qola boshladi. Ayollar rohatbaxsh allalarni unutayozdilar. Ovrupocha madaniy hayotga tezroq ko’niktirish uchun bir yarim ming yillik tarix, ma’naviy meros bitilgai alifbo ham shosha-pisha o’zgartirildi. Kaltabinlik shu darajaga borib etdiki, arab alifbosida bitilgan kitoblarning hammasi diniy deb yo’qotildi. Xullas, qalb ehtiyoji sanalgan urf-odatlar va an’analar ham, ma’naviy xazina durdonalari ham, hur fikrli xalq farzandlari ham depsaldi, yo’qotildi.
Bugun asossiz ravishda unutib yuborilgan asriy qadriyatlarimizni tiklashga urinayapmiz. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat uchun chinakam xizmat qilishini istayapmiz. Nega? Bunga to’liq javob berish uchun an’ananing o’zi nima? degan savolga javob izlab ko’raylik. . An’ana nima?
«An’ana» asli arabcha so’z bo’lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, otalardan bolalarga o’tib, davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va madaniy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovar, ilmiy, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda, ijtimoiy guruh va sinflar orasida keng yoyilgan. Shuning uchun ijtimoiy hayot va an’analarni o’rganish, ularning mazmunini bilish, odamlarning xulqi va xatti-harakatlariga ta’sir etishini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiya ishlarida xalqimizning eng ilg’or, hayotda o’zini oqlagan an’analarini oila, maktab va mehnat jamoalarida qo’llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo’lib kelgan. Shu kunlarda, ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do’stlik, ekologik tarbiyaga doir an’analarni oilaviy tarbiya jarayoniga tatbiq etish, hozirgi avlod kishilarini xalq pedagogikasining xalqchil ko’rsatmalari asosida tarbiyalashni keng qo’llash nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyoda necha millat, necha xalq bo’lsa, hammasining o’ziga xos turmush tarzi, o’tmish , hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog’liq an’analari mavjuddir. O’zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining ularni chuqur bilishi ma’-naviyatining mag’zi to’qligi omilidir. Bu — hamisha, hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan tortib, Al Xorazmiy, Abunasr al Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarking nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq»(«Haqiqat sovg’alari») kabi jahonga mashhur asarlarida, Navoiyning o’lmas she’riyatida, Munis Xorazmiyning «Savdita’lim», Qori Niyoziyning «Hayot maktabi», Abdulla Avloniyning «Guliston yoxud axloq» asarlarida sharq xalqlari, xususai, o’zbek xalqiga xos bo’lgan ibratlya tomonlar ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo’lgan ota-onani hurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, myohmondo’stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani (ayolni) ulug’lash, farzandga mehrli va fidoyi bo’lishlik kabi fazilatlardunyoga tanilgan bo’lsa, ajab emas. Umuminsoniy oilaviy urf-odatlar va an’analarni chuqur o’rganish, ularni tahlil qilish, turkumlashtirish, ularning paydo bo’lish yo’llari, evolyusion taraqqiyotni bilish, aniqlash, ilmiy asoslangai g’oyalarni ilgari surish va shular asosida an’analardan foydalanish yo’llarini tavsiya etishni hayot talab etmoqda. Bularning hammasi kelajak kishisini tarbiyalashda amaliy yordam beradn.
Qadim zamonlardan, hatto o’zbek xalqining yozuvi bo’lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o’rin tutganligi shubhasiz. Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini chuqur o’rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilaviy an’analarga bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar, urf-odatlar, bolalar tarbiyasiga taalluqli bo’lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan amaliy maslahatlar, qoidalar, metodik usullar va vositalar kiradi. Ana shu xususiyatlariga ko’ra oilaviy an’analar nisbatan yashovchandir. Ayniqsa, umumxalq ko’rinishidagi oilaviy an’analarning umri boqiydir. Urf-odatlar qancha hayotiy, xalqchil, qancha keng tarqalgan bo’lsa, u xalqqa shuncha tez singadi, shuncha uzoq yashaydi. Xalq tajribasida tarbiya uslubi Sharq xalqlari, jumladan o’zbeklar bolalar tarbiyasiga befarq qaramaganlar. Hayotdagi har qanday xatti-harakatning ham oqibati to’g’ri baholangan. Yoshga monand ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalari yaratilgan. Kerak bo’lganda rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo’lsa jazolangan. «Bir bolaga etti mahalla ota-ona» deb bejiz aytilmagan. Tarbiya borasida xatolikka yo’l qo’ygan bola u kimligidan qat’i nazar jazolangan. Noaxloqiy xatti-harakatlarni qisqa va lekin o’ta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan «yomon bo’ladi» iborasi bilan tavsiflangan.
Mustaqillik yo’lida dadil borayotgan O’zbekistonning bugungi kunida yoshlarini kamolotga intilish ma’naviy qadriyatlarni tiklash va Vatanga sadoqat tuyg’ularini o’stirishda o’lkan tadbirlar olib borilmoqda. O’zbek xalqning o’tgan ajdodlari tomonidan yaratilib meros bo’lib qolgan madaniy boyliklari xazinasiga xalq orasidagi ustoz-shogird an’analarini ham kiritish mumkin. Bu nodir an’ana mamlakatni yuksaltirishda beqiyos o’rin tutadi.
Inson o’zi qiziqib tanlagan sohaning ustasi bo’lsa, ongli hayot kechirish uchun zarur moddiy istaklar (rizq-nasiba butunligi, dasturxon to’kinligi, qulay shart-sharoit) va ma’naviy ehtiyoj (poklanish, hayotdan mazmun va halovat topish) uyg’unligiga erishadi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda taraqqiyotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlar xalqimizning ezgu intilishlari negizi – Barkamol avlod orzusini ro’yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ma’naviy sohalarda ham islohotlar olib borish zaruriyati tug’ildi. “Biz uchun, - degan edi Prezident I.A.Karimov, -ma’naviyat, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining ma’naviy, axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash eng asosiy ustuvor vazifa bo’lishi lozim”.
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixini so’ngi davrlariga nazar tashlar ekanmiz, sobiq ittifoq davrida yurtimizda barcha sohalar qatorida madaniy boyliklarimiz asosini taminlashga xizmat qiluvchi soha hisoblangan arxiv ishiga bo’lgan e’tiborsizlik oqibatida soha jamiyatda o’z o’rnini yo’qotgan edi. Shuningdek, soha vakillarining aksariyatining yoshi o’tgan kishilardan iboratligi hech kimga sir emas, shunday ekan, ustoz-shogird kabi asriy an’analar hususida so’z yuritishning xojati ham yo’qligi barchamizga ayon. Mamlakatiz istiqlolga erishgan dastlabki yillaridan davlat va jamiyat qurishning barcha sohalarida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilib, arxiv ishi sohasida ham juda katta islohatlar amalga oshirildi. Jumladan, Respublikamizda arxiv ishini takomillashtirishga qaratilgan qator qonun, qaror va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib faoliyatga tadbiq etildi. Hududlarda arxiv muassasalari tashkil etildi, mavjudlariga yangi binolar qurildi, ularning moddiy texnik bazasi yangiladi. SHu bilan birga, sohada kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida milliy qadriyatimiz sifatida qadimdan rivojlanib kelgan “ustoz-shogird” an’anasi asosida soha vakillari viloyatda arxiv ishini rivojlantirish yo’lida mehnat qilib kelmoqdalar. Bugungi kunda viloyatimiz arxiv muassasalari xodimlarining o’rtacha yoshi 24-25 yoshni tashkil etib, yosh kadrlarni soha taraqqiyoti yo’lida to’g’ri yo’naltirish maqsadida “ustoz-shogird” an’anasi asosida malakali xodimlarga biriktirilgan. Soha rivojini ta’minlashda muhim omil bo’lib xizmat qilayotgan “ustoz-shogird” an’anasining birgina dalili sifatida Boshqarma boshlig’i Bekova Sayyora Saidovnaning say-harakatlari bilan uning shogirdlari bugungi kunda jamiyatimizning boshqa sohalarida ham ustozidan olgan bilim va ko’nikmalari asosida yetuk salohiyatli rahbar sifatida faoliyat yuritib kelmoqdalar. Jumladan, Konimex tumani davlat arxivining direktori bo’lib ishlagan Umrbek Sibanov bugungi Konimex tumani hokimligi huzuridagi tuman bandlikka ko’maklashish markazi direktori lavozimida, Karmana tumani direktori lavozimida faoliyat yuritgan Olim Omanov Karmana tumani hokimligi umumiy bo’lim boshlig’i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqdalar, bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan rahbarlar kontingentining 50 foizi 25-30 yoshdagi rahbarlardir. Sohada faoliyat yuritib kelayotgan rahbarlar va xodimlarning barchasi S.Bekovaning shogirdiman deya faxrlanadi desam mubolag’a bo’lmaydi. Shu jumladan, shogirdlar qatorida mening ham borligim men uchun yuksak faxrli mas’uliyat yuklaydi desam, adashmagan bo’laman chunki, ustozning bergan bilim va ko’nikmalari, eng asosiysi bildirgan ishonchini oqlash, el-yurt oldida ustoz nomiga dog’ tushurmaslik kabi katta mas’uliyat turibdi. Men oliygohni tamomlagach bir muddat Xatirchi tumani iqtisodiyot kollejida o’qituvchilik qildim hamda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bosh mutaxassis lavozimida ish boshladim. Boshqarmadagi mehnat faoliyatim davomida ustozimdan kadrlar faoliyatini tashkil etish, ijro intizomi va ish yuritish mahorati shuningdek, o’z kasbiga bo’lgan hurmat, muomila madaniyati kabi ezgu fazilatlarni o’rganishga sidqi dildan harakat qildim. Bugungi kunda viloyat davlat arxivining direktori lavozimida ishlab kelmoqdaman. Ish faoliyatim davomida yuzaga kelgan muammoli vaziyatlardan ustozdan olgan bilim va ko’nikmalarga tayangan holda chiqib ketishga harakat qilaman.
Bilamizki, ustoz degan sharafli nomga sazovor bo’lish har kimga ham nasib etmagan. Bu ulug’ nomni olish uchun ko’p yillar davomida murakkab sinovlardan o’tishi lozim bo’lgan. Ko’plab mutaxassislar orasida bu sharafli nomga kamdan-kam inson muyassar bo’lgan.
Turkiy xalqlar qadimiy madaniyatining jahon taraqqiyotidagi o’rni salmoqlidir. Xuroson, Movaraunnahr, Afrosiyob, So’g’diyona, Marokant, Turon, Turkiston va boshqa joylar butun dunyoga mashhur bo’lib, tabarruk bu zaminda Ahmad Yassaviy, Al-Beruniy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Alisher Navoiy singari buyuk allomalar hamda Spitamen, Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Mahmud Tarobiy, Sohibqiron Amur Temur va temuriyzodalardek jasur o’g’lonlar dunyoga keldilar. Ular o’z xalqining baxt-saodati, madaniyati uchun jisman va ma’nan kurashdilar. Shuning uchun ham jahon ahli ularning ezgu amallarini olqishlab, hanuz tabarruk zotlar deya o’z qalblarida muqaddas tutmoqdalar. Ular, ayniqsa yoshlarning tarbiyasiga, hunar va ilm olishiga katta e’tibor berganlar va bunga doimiy ravishda chaqirib keldilar.
Qadimda milliy an’ana bo’yicha shogirdlikning o’ziga xos odob-axloq qoidalari bo’lgan. Chunonchi, Husayn Voiz Koshifiy bunday deydi: «Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so’rasalar, yettita degin. Avvalo, o’z ishiga yaxshi munosabatda bo’lish, ya’ni o’z kasbini sevish; o’z kasbiga e’tiqod qo’yish va unga ishonish; ustoz oldida haqsevar bo’lish, o’z nojo’ya odatlarini tark etish; ko’rish lozim bo’lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; eshitish mumkin bo’lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik; barcha noloyiq ishlardan qo’l tortish; ustoziga zid bo’lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Agar shogirdlikning asoslari nechta deb so’rasalar, oltita degin: rostgo’ylik, vafodorlik, mas’uliyatlilik, nasihatni quloqqa olish, ozor bermaslik, sir saqlash. Shogirdlikning eng yaxshi xislati nima deb so’rasalar, poklik deb javob beriladi. Shogirdlikning noyob gavhari nima deb so’rasalar, hamkasb do’stlarini xushnud etish deb javob bergin»[1]
Darhaqiqat, Mustaqillik yoshlar kamolotiga yangicha talablar ham qo’ydi. Har qachongidan ko’ra ko’proq ichki va tashqi go’zallikning axloq bilan birlashuviga ahamiyat kuchaydi. Yoshlardagi faqat tashqi ko’rinish estetik madaniyatning yaxshi bo’lishiga olib kelmasligi, balki ulardan axloqan pokiza, ma’naviy dunyosi boy, sahovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo’lish kabi umuminsoniy ahloqiy qadriyatlar ham talab etila boshlandi.
Binobarin sog’lom avlod tarbiyasi faqat jismoniy jihatdan chiniqqan, kamol topgan yoshlarnigina emas, shuningdek, sharqona axloq-odob va umumbashariy ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiya topgan insonni ham ko’zda tutmog’i lozim.
Zero buyuk alloma A.Avloniy ayganidek: tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.
So‘nggi yillarda respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bir qator salmoqli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayoni yanada takomillashdi. Xorijiy ilg‘or tajribalarning respublikamizda ta’lim tizimini tashkil etishda amalda chuqurroq tatbiq etilishi kuzatildi. Xususan, bu holatni respublikamizda ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, doktorlik dissertatsiyalarni tayyorlash, innovatsion ishlanmalarni yaratish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviyligini ta’minlashda ko‘rishimiz mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ilmiy-tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati har qanday jamiyatda intellektual salohiyat ortib borishining bosh mezoni hisoblanadi.
Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Shuningdek, yoshlar jamiyatimizning asosiy qatlami bo‘lib, mamlakatimizning ishonch va e’tiqodiga aylanishi bilan ham bog‘liqdir. Yoshlar jamiyatning ilg‘or rivojlantiruvchisi va mustaqillik ne’matlarini kelajak avlodga yetkazuvchisi hisoblanadilar. Bugun yoshlarimiz qanday qadriyatlar sari intilmoqda, qanday orzu-niyat va o‘y xayollar bilan yashamoqda – biz bunga aslo loqayd va befarq qaramasligimiz kerak.
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash borasida deyarli 80 yillik tajribaga ega. Universitetda pedagogika (asoschisi akademik S.Rajabov), psixologiya (asoschisi professor M.Davletshin), o‘zbek tilshunosligi (asoschisi akademik M.Askarova), kimyo (asoschisi akademik M.Toshpo‘latov), tarix (asoschisi akademik A.Askarov), biologiya (asoschisi A.Zikiryaev), kasb ta’limi (asoschisi U.Nishonaliev), geografiya (asoschisi professor X.Vaxobov), pedagogika (asoschilari professorlar B.Mirzaxmedov, L.Mo‘minova) yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar yaratilgan. So‘nngi yillarda universitet olimlaridan pedagogika sohasida Sh.Sharipov, N.Muslimov, B.Abdullaeva, falsafa sohasida I.Karimov, K.Tulenovalarning, psixologiya sohasida G‘.Shomurov, N.Safaev, Z.Nishonovalarning shogirdlari sermahsul tarzda disertatsiyalarini himoya qilganlar.
Mustaqillik g‘oyalarini yoshlarimiz ongiga singdirish, ularning qalbida ana shu g‘oyalar yaxlitligi bo‘lmish istiqlolimiz mafkurasiga ishonch-e’tiqodni shakllantirish jamiyatni demokratlashtirish, yangilash va modernizatsiya qilish ta’lim borasida dolzarb vazifa bo‘lib qoladi. So‘zsiz, ushbu vazifani izchil amalga oshirish va pirovard maqsadga erishishda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ustoz-shigird” tizimining uzviyligi va uzluksizligini to‘liq ta’minlash muhim o‘rin egallaydi. Yosh avlod tarbiyasi o‘ta dolzarb masala bo‘lib, u ta’lim-tarbiyada uzviylik, qat’iylik va talabchanlik, ishlashning zamonaviy va ta’sirchan usul va vositalarini talab etadi.
Ustoz - shogird munosabatlari ajdodlarimizning azaliy an’analaridan biri hisoblanadi va ushbu an’anadan yosh avlodni tizimli kamolotga yetkazishda foydalanib kelingan. SHuning uchun ham “Ustoz” degan ibora bizga nonday arzandadir. Butun mashriq zaminda ustoz- shogirdlik an’anasi chuqur hurmat, izzat- ikrom va o’zgacha oliy maqom qadriyatlar shohsupasining eng to’ridan joy olgan. Unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi so’zlari aynan ishlatilmasa-da, ularning burch va vazifalari aks etgan. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi: "Tarbiyachi- ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql idrokini o’stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, xaqiqiy vatanparvar, xaqiqiy fuqoro etib etishtirish uchun, eng avvalo, pedagogning ana shunday yuksak talablarga javob berish, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak".
Do'stlaringiz bilan baham: |