Mavzu: Xalq hayotidagi hodisolarga etnopedagogika yondashuv



Download 243,41 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi243,41 Kb.
#894915
Bog'liq
Referat





Mavzu:Xalq hayotidagi hodisolarga etnopedagogika yondashuv.
Reja

1.Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning bayon etilishi.


2. Qadimgi miflarda bayon etilgan pedagogik fikrlar.


3.Qadimgi turkiy etnopedagogika manbalarida komil inson tarbiyaviy sifatlarining talqini.


4. O'zbek xalq pedagogik tafakkurining tarixiy taraqqiyot yo'li.


1Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning
bayon etilishi
Xalq pedagogikasi xalq ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shunday ekan Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti ham mahalliy xalq ma'naviy madaniyatining o'sishi bilan bog'liqdir. Xalq pedagogikasining rivoji esa nazariy pedagogika ilmi taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq. Biz ushbu holni Markaziy osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti misolida ko`rishimiz mumkin.
Ibn Sino, Beruniy, Jomiy, Xorazmiy, Dehlaviy, Xayyom, Navoiy, Forobiy, Sa'diy, Nosir Xisrav va boshqa mutafakkirlar ilmiy merosi tahlili shuni ko`rsatadiki, ularning pedagogik qarashlari bevosita xalq pedagogikasi manbalari tizimi: maqollar, matallar, ertaklar, afsona va rivoyatlar mantiqiga mos keladi. Ayni paytda ko'plab Hvoyatlar va ertaklar mazkur mutafakkirlarning hayoti va faoliyati bilan bevosita bog'liq holda vujudga kelgan. Demak, Markaziy Osiyoda ham xalq pedagogikasining ijodkori, yaratuvchisi xalq ommasidir. Uning paydo bo'lishida mehnat hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Mehnat jarayonida odamlar samaradorlikni g'oyat oshiruvchi g'aroyib mashinalar haqida orzu qilganlar: "uchar gilam" lar, "uchar ot" lar, "oynal Jahon" lar, "chopqir etik" lar, "sehrli dasturxon", "ur to'qmoq" lami orzu qilganlar. Chunki, ibtidoiy i ishlab t lab chiqarish usullari darajasi kishilami qoniqtirmagan. Ular bir kechada ko`plab mato to'qishni, bir lahzada uzoqlarga borishni orzu qilib, otga minishni, qayıqda suzishni, himoyaga bardoshli qasrlar qurishni, kamon otishni, to`quv dastgohlari, charx yasashni o`rganganlar.Mehnat turli tarmoqlarga bo'lina borib, so'z san'ati xilma-xil xarakter kasbeta borgan. Og'zaki so`z paydo bo'lganida ibtidoiy odam so'zning magik (ilohly)qudratiga sig'inar va o'z mehnati samarasini unga bog'lar edi. Oqibatda so'z bilan marosim bog'lana borib, so'zda u yoki bu marosim mohiyati ifoda etila boshlandi.


2. Qadimgi miflarda bayon etilgan pedagogikfikirlar. Porloq kelajakka umid ko'zi bilan boqqan ajdodlarimiz inson qobiliyati va qudratini ideallashtiruvchi mifologik obrazlami yaratgan. Mifologik obazlarning lik namunalari qadimiy mif va afsonalarda o'z aksini topgan.Mif grekcha "mythos"-so'z, rivoyat so`zidan olingan bo'lib, dunyoning paydo boʻlishi, tabiat hodisalari, xudolar, afsonaviy pahlavonlar; goh inson, goh jonzod qiyofasidagi zulmkor dushmanlar haqidagi to'qima afsonalardir. Mifologiya miflarni o`rganuvchi fan bo'lib, u ibtidoiy insonning tabiat sirlarini bilishgaIntilishi tufayli vujudga kelgan.Insonning tabiat stixiyalariga qarshi kurashdagi ojizligi (bo'ron, sel, zilzila, dovul...) tufayli ularga qarshi kurasha oluvchi Fayritabiiy obrazlar yaratishga extiyoj tugilgan. Natijada yaxshilik va yomonlik haqidagi mifologik tasavvurlar paydo bo`lgan. Olam haqidagi bunday ibtidoiy miflar ta'sirida osmon, oy, quyosh va turli hayvonlar, xudolar, g'ayritabuy pahlavonlar haqidagi miflar vujudga keldi. Hayvonlar va tabiat stixiyalariga qarshi kurashga qaratilgan (so'z kuchi, afsun "avrash" vositasida ularga ta'sir etish tufayli, yovuz kuchlarga teng keladigan qurol Inson ixtiyorida bo'lmagan bir paytda) miflar yaratildi. Ko'rinib turibdiki, miflar Insonga osoyishta yashash, yovuz kuchlarni yengishga ko'maklashuvchi orzular ifodasidir.
3. Qadimgi turkiy etnopedagogika manbalarida komil inson tarbiyaviy sifatlari talqini Biz oldingi bandda turkly etnopedagogika manbalari jumlasiga kiruvchi qadimgi miflarda pedagogik fikrlar qay tarzda targ'ib etilganligini yoritishga harakat qildik. Garchi, mazkur miflarda g'ayriinsoniy qiyofalar timsolidagi qahramonlar tarbiyaviy sifatlariga doir fikrlar ushbu bandga ham aloqador bo`lsada, biz bu bandda yoritish ko'zda tutilgan muammoni etnopedagogikaning boshqa janrlari - dostonlar, maqol va matallary hikmatli so'zlar misolida buyuk ajdodlarimiz pedagogik qarashlariga tayangan holda yoritamiz. Xalq pedagogikasining bosh ob'ekti - yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish Jarayonidir. Shuning uchun xalq tarbiyaning mohiyatini qanday tushunishi, tarbiya Jarayonida qanday metod va usullardan foydalanishi, tarbiyaning asosiy yo'nalishlarini qanday talqin etishi haqidagi masalalar qiziqarlidir. Shuningdek, xalq asrlar davomida to'plangan, ilmiy-pedagogik tushunchalar bilan boyib borgan bilimlarni oilaviy tarbiyaga qanday tadbiq etganligini ham tahlil etish zarur. Xalq hamisha yosh avlod tarbiyasi mohiyatini to'g'ri talqin etgan. Bu yo'ldagi qiyinchiliklar va quvonchlarni, uning bebaho ish ekanligini to`g`ri anglab yetgan. Shuning uchun: "Tarbiya - bebaho boylik" deganlar. Turkmanlar: "Bola- aziz, odobi undan aziz" desalar, o`zbeklar: "Aql bahosiz, tarbiya esa chegarasiz” deb bejiz aytmagan. Chunki tarbiya jarayoni tarkibiga ko'plab yo'nalishlar kiradi. Ammo, bunda eng muhim yoʻnalishni aqliy tarbiya tashkil etadi. Shuningdek, tarbiya jarayoni g'oyat murakkab ish, u alohida e'tibor, bilim va malakani talab etadi. Xalq inson tarbiyasini ona qornidayoq boshlash zarurligini allaqachon anglab yetgan. Agar bola tarbiyasida vaqt o'tkazib qo'yilgan bo'lsa, yoki tarbiya noto'g'ri olib borilgan bo'lsa, qayta tarbiyalash zarurligi xalq pedagogikasi manbalarida alohida ta'kidlangan.
4. O'zbek xalq pedagogikasining tarixiy taraqqiyot yo'li.
Jamiyatning ma'naviy yenikligi, Ijtimoly ong teranligi, Inson kamolotini ta'minlashda etnopedagogika asarlarning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun oʻzbek xalq pedagogikasining tarixiy taraqqiyot yo'lini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Qadim zamonlaridayoq tarixiy, badiiy, ilmiy asarlar mualliflari turli maqsadlarda folklar asarlariga murojaat etib, ularni yozib olganlar. Jumladan, Mahmud Qoshg'ariyning (XI asr) "Devoni lug'otit turk" asari shular jumlasidandir. Mazkur manbalarda pedagogik g oyalar targ'ib etilgan. Jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida etnopedagogika asarlari takomil topib, bizgacha yetib keldi. Mehnat jarayonida va ongning rivojlanishi tufayli ilk emopedagogika asarlari namunalari badiiy jihatdan mukammallashib borgan. Dastlab, kichik hajmli naqi va miflar, mehnatni yengillashtiruvchi, ruhni tetiklashtiruvchi ertak va afsonalar yaratilgan, qo'shiqlar paydo bo`lgan.Demak, oʻzbek xalq pedagogikasi manbalari yozuv yuzaga kelishidan ancha oldin paydo bo'lib, yozma adabiyotning vujudga kelishiga asos bo'lgan. Qadimly etnopedagogik manbalar bizgacha asl holida yetib kelmagan. Chunki ular ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarida o'zgarib, sayqal topib borgan. Eng qadimgi etnopedagogik manbalar miflar, jangnomalar, rivoyat, ertak, naqlar, qo`shiqlardan Iborat bo`lgan.
Adabiyotlar:
1. Karimov LA. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. T., "O'zbekiston", 1998.
2. Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Sh. Qurbonov va b.. Toshkent,"SHarq", 1998.
3. O'zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi. Toshkent, "O'zbekiston", 1993.- 110 b.
4. Hoshimov K. va b. Pedagogika tarixi. T., "O`qituvchi", 1996.
5. O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti tarixidan. Tuzuvchi-mualliflar:M. Xayrullaev va b.. Toshkent, "FAN", 1997.
6. Izmaylov A.E. Narodnaya pedagogika: pedagogicheskie vozzreniya narodov Sredney Azil | Kazastana, Moskva, "Prosveshenie", 1991.
7. Ubaydullaev S. Pedagogika kursini o'rganishda o'zbek xalq pedagogikasi ashyolaridan foydalanish. Toshkent, "O'qituvchi", 1983.
Download 243,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish