Mavzu: Xalq bilan muloqat va inson manfatlari yili davlat dasturidan o’rin olgan iqtisodiy masalalar tahlili


Matematik modellashtirish va hisoblash tajribalari



Download 26,64 Kb.
bet3/3
Sana28.03.2022
Hajmi26,64 Kb.
#514055
1   2   3
1.3. Matematik modellashtirish va hisoblash tajribalari
Hozirgi paytda ilmiy - tadqiqotlarning yangi uslubiyati - matematik modellashtirish va hisoblash tajribasiga asos solinmoqda. Bu uslubiyatning mazmuni shundan iboratki, unda joriy ob’ekt o’zining matematik modeliga almashtiriladi, hamda matematik modellar zamonaviy hisoblash vositalari yordamida o’rganiladi. Matematik modellashtirish uslubiyati tez sur’atlar bilan rivojlanib, katta texnik tizimlarni ishlab chiqish va ularni boshqarishdan boshlab, murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tahlil qiluvchi sohalarni ham qamrab olmoqda.
Matematik usullardan keng foydalanish nazariy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga va ularni tajribaviy tadqiqotlar bilan chambarchas aloqada olib borishga imkon beradi. Matematik modellashtirishga nazariya hamda tajribaning ko’plab yutuqlarini o’zida mujassamlashtirgan anglash, qurish, loyihalashtirishning yangi usuli sifatida qarash mumkin. Ob’ektning o’zi bilan emas, uning modeli bilan ishlash uning mavjud holatlardagi hatti-xarakatini tez va sarf -harajatlarsiz o’rganishga imkon beradi. Ayni paytda ob’ektlarning modellari ustida o’tkazilgan hisoblash (kompyuter, imitastiyaviy) tajribalari zamonaviy hisoblash usullarining quvvati va informatikaning texnik vositalariga tayanib, ob’ektlarni nazariy yondashuvga qaraganda to’laroq va chuqurroq o’rganiladi.
Texnik, ekologik, iqtisodiy jihatdan hamda zamonaviy fan tomonidan o’rganiladigan boshqa tizimlar oddiy nazariy usullar orqali (zaruriy to’liqlik hamda aniqlikda) o’rganila olmaydi. Ular ustida olib boriladigan to’g’ridan-to’g’ri tadqiqot uzoq muddatli, qimmat, ko’pincha xavfli bo’ladi. Hisoblash tajribasi tadqiqotni tezroq va arzonroq o’tkazishga imkon beradi. Matematik modellashtirish ilmiy-texnik taraqqiyotning muhim asoslaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda bu uslubiyatdan foydalanmasdan birorta yirik masshtabli texnologik, ekologik yoki iqtisodiy loyihani ishlab chiqib bo’lmaydi.
Matematik modellashtirish uslubiyatining paydo bo’lishi va takomillashuvi XX asrning 40-yillari oxiri hamda 50-yillarning boshiga to’g’ri kelib, bunga ikkita omil sabab bo’lgan. Kompyuterlarning paydo bo’lishi birinchi, lekin asosiy bo’lmagan omil bo’lib hizmat qildi. Chunki ularning paydo bo’lishi tadqiqotchilarni hajman katta bo’lgan hisoblash ishidan ozod etdi. Ikkinchi, muhimroq omil Sobiq Ittifoq va AQSh ning raketa-yadroviy qobiqni yaratish bo’yicha milliy dasturlarni bajarish bo’yicha ijtimoiy buyurtmasi bo’ldi. Bunday murakkab ilmiy-texnik muammolarni hisoblash vositalaridan foydalanmasdan turib, an’anaviy usullarda hal etib bo’lmasdi. Yadroviy portlashlar, raketa va sun’iy yo’ldoshlarning uchirilishi, avvalo, kompyuterlarda loyihalashtirildi, so’ngra esa amaliyotga tadbiq etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



1.Edward Shapiro. Macroeconomic analysis. Fifth edition. Oxford. Copyright 2015
2. Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash. Darslik. T.: “Fan va texnologiyalar”, 2014 – 338 b.
3. Л.М. Ташпулатова. Макроэкономический анализ. Учебное пособие. Т.: УМЭД, 2006, 280 б.
4. T.Z.Teshabayev, Z.M.Otaqo‘ziyeva, Makroiqtisodiyot. Ma’ruzalar matni. Т.: ТАТU, 2015, 480 b.
5. Xodiyev B.Yu., Shodiyev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika. Oʻquv qoʻllanma. Т.: Iqtisodiyot, 2018, 178 b.
6. T.U.Bobokulov, N.G.Karimov, U.A.Abdullayev. Xalqaro valuta-kredit munosabatlari. Ma’ruzalar matni. T.: TMI, 2015, 244 b.
Download 26,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish