Utilitalar (obslujivayuщie programmы) – kompyuterga xizmat (diagnostika, foydalanilayotgan maydonini optimallash, apparat va dasturiy vositalarni testdan o’tkazish, magnit diskdagi buzilgan axborotlarni qayta tiklash) yoki ma’lumotlarni qayta ishlashdagi qo’shimcha operasiyalarni bajarishga xizmat qiluvchi dasturlardir.
9-rasm. Kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar Windows XP operasion tizimida qattiq disklarga quyidagi standart utilitalar xizmat ko’rsatadi:
diskni tozalash;
diskni tekshirish
diskni defragmentasiyalash
10-rasm. Qattiq disk xususiyatlari darchasi. F ayllarni arxivlash
Disklardagi joy etishmasligi, axborotlarni uzatish va saqlashda axborot hajmini qisqartirish zaruriyati yangi turdagi arxivator dasturlarning yaratilishiga olib keldi.
Arxivatorlar –ma’lumotlarni zichlashtiruvchi, hajmini kichraytiruvchi dasturlardir.
Birinchi arxivatorlar 1980 yilning o’rtalarida paydo bo’lgan. Ushbu dasturning asosiy maqsadi o’sha davrdagi chegaralangan hajmdagi disklarning xotira hajmini iqtisod qilish bo’lgan
Fayllardan foydalanish uchun fayllarni arxivdan chiqarish
(razarxivirovat arxiv) lozim. Arxivga joylashtirilishi kerak bo’lgan fayllar tanlanadi, keyin zaruriy o’lchamlar o’rnatiladi (arxivlash usuli, arxiv formati, tom o’lchami, agar arxiv ko’p tomli bo’lsa), sozdatarxivkomandasiniberish Fayllarni ajratish va kontekst menyu orqali WinRAR oynasini ochish
11-rasm. Fayllarni arxivlash. Arxiv fayllar
Disklarini defregmentasiyalash Qattiq diskda defregmentasiyalash – bu qattiq diskda ma’lumotlarning tartiblangan va strukturalangan xolda saqlanishi. Fayllar diskda aniq ketma-ketlik bo’yicha aniqrog’i sektorlarga bo’lingan maydonni to’ldirish, faraz qiling qattiq disk bu arxiv, sektorlar esa hujjatlar (har xil ma’lumotlar) saqlanadigan qutilardir.
Aniq bir o’lchamga ega bo’lgan fayl sektordan ma’lum bir joyni egalaydi. SHunda sistema uni bo’laklarga ajratadi va bu bo’laklarni yana ma’lum bir miqdordagi bo’sh joylari bo’lgan turli sektorlarga joylashtiradi.
Bu fayldan foydalanish jarayonida sistema shu faylni barcha sektorlardan qidiradi. Masalan bitta bo’lakni bir sektordan topib keyin yana qaytadan butun sektorlar bo’yicha ikkinchi va uchinchi bo’laklarni qidirib boshlaydi va h.k. Vaqt o’tishi bilan bu bo’laklar soni oshib boraveradi, bu jarayon juda ko’p vaqtni oladi.
Kompyuterda bajariladigan amallarga qarab disklarni defregmentasiyalash lozim. Masalan, turli xildagi hujjatlarni o’qish va taxrirlash ishlari uchun diskni bir oyda bir marta agar kompyuterda filmlar, video ko’rsangiz, o’yin o’ynasangiz defregmentasiyalash jarayonini qisqa fursatda bajarishga to’g’ri keladi. Defregmentasiyalash jarayoni diskdagi bo’sh joylarning o’lchamiga qarab bir necha minutdan bir necha soatgacha vaqtni oladi. Agar diskingiz 90% gacha to’lgan bo’lsa bu jarayon uzoq vaqt davom etadi, shuning uchun keraksiz faylarni o’chirish yoki ularni tashqi xotiraga yozib turish talab qilinadi.