Struktura. Bugungi kunda dokument strukturasi to‘grisidagi qarashlar qat’iylashdi. Web-dokument o‘zida quyidagi bo‘limlarga ega bo‘lishi kerak: sarlavha, kompaniya nomi, navigatsion panel, hususiy mazmun, kontakt ma’lumotlari, yangilanish sanasi va vaqti, mualliflik xuquqi va dokument statusi.
Logotip. Web-sahifani yaratishda firmaning nomi doimo ekranda bo‘lishi to‘g‘risida qayg‘urish kerak. Buning uchun har bir Web-dokumentning boshida odatda chiroyli qilib bezatilgan firma logotipi joylashtiriladi. Bundan tashqari kompaniya nomi barcha dokumentlarga kiruvchi ma’lumotlarda ham bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |