Kompaniya to‘g‘risida ma’lumot. Firmaning maqsadlari va ish yuritishi usullari, uning tarixi va h. to‘g‘risida bayon qilish kerak. Klientlar aynan siz bilan, boshqa kompaniyalar bilan emas, hamkorlik qilib qanday foyda olishlarini ko‘rsating.
Maxsulot va xizmatlar yuzasidan ma’lumot. Web-sahifaga o‘zingizning maxsulotingizning rasmlarini yoki fotorasmlarini joylashtiring. Uning xususiyatlari va ustunliklarini bayon qiling va undan foydalanishga misollar keltiring. Agar maxsulotning qog‘ozdagi katalogi mavjud bo‘lsa, u holda uning mazmunini va strukturasini Web-bo‘g‘inga joylashtirish mumkin. Bu katalogning elektron variantini yaratish va yangilab turishini yengillashtiradi. Agar maxsulotga yoki xizmatlarga Internet orqali buyurtmalar qabul qilish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, u holda elektron pochta orqali qabul qilish uchun buyurtma blankasini joylashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |