Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi ayni vaqtda o‘quv jarayoniga zamonaviy axborot–kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb – hunar kollejlari va akademik liseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv – laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalash, ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni singdirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur Qaror va Dastur bajarilishining davomiyligini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini qabul qilinishi Hukumatimiz raxbariyati tomonidan xalq xo‘jaligining barcha jabhalari qatorida ta’lim tizimini tubdan yangilashga qaratilgan yana bir odilona siyosatdir. Qarorda ta’lim oluvchilarning ta’lim samaradorligi sifatini oshirish, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, xalqaro standartlar darajasida xalq xo‘jaligining barcha sohalari uchun malakali etuk mutaxassislarni tayyorlash kabi dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash belgilab berilgan.
Chunonchi, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturining ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan 4.1-bandining 4-xatboshida “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish” deb belgilab berilganligi ayniqsa, informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga bo‘lgan alohida e’tibordir. Shuningdek, Qarorning 5.1-bandi 2-xatboshida “Axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot soxasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib harakatlarni tashkil etish”ga oid vazifalar ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur vazifalar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimizda informatika fanini o‘qitish tizimini yuksaltirishga bo‘lgan e’tiborning yana bir numunasi ekanligidan dalolatdir. Bu esa biz yoshlarga shu soha bo‘yicha chuqur bilimlarni egallash va ularni kelajakda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha sohalariga tatbiq etish vazifasini yuklaydi.
Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash borasida mamlakatimizda barcha shart va sharoitlar yaratilgan. Chunonchi, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish va ularni rag‘batlantirish borasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlangan va ilg‘or o‘qituvchilar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda o‘quv muassasalari ilg‘or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazasi bilan keng ta’minlangan.
O‘qituvchilik kasbini tanlagan men kabi ko‘plab yoshlarga Hukumatimiz rahbariyati tomonidan qo‘yilgan va “Har bir o‘qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak” degan shior asosida kelajakda faoliyat yuritish vazifasini yuklaydi.
Bugungi kunda Internetning ommaviyligi haqida gapirish o‘rinsiz. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik. Hozirda ixtiyoriy inson web-texnologiyalarning inson hayotining ta’lim, kommersiya, siyosat, ko‘ngil ochar, bo‘laklariga kirib borganligini tasavvur eta oladi va uning guvohi foydalanuvchisiga aylanmoqda. Internet turli xil insonlarni yagona maqsad bilan birlashishiga sabab bo‘lmoqda. Hamma Internet tarmog‘idan biror turdagi axborot olishga harakat qiladi. Shunday vaqtlar keladiki, hujjatni Internetda chop etish malakasi yozuv mashinasidan foydalanish kabi har bir hatto o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan insonning ham qo‘lidan keladi. Web-dasturlash tillarini yaxshi o‘zlashtirish uchun yaxshi esda saqlash qobiliyati, aniq fikrlash, aqliy fikrlashning yuqoriligi muhim masala sanaladi. Ammo insonlar dunyoqarashining har-xilliligi intellekt va bilish jarayonlarining o‘ziga xos bo‘lishiga ta‘sir etmay qolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ta‘lim sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, ta‘lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish, kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlarini o‘rganish, oliy o‘quv yurtlari hamda akademik litseylarini zamonaviy web resusrlarini yaratishdagi bilim va ko’nikmalar bilan bog‘liq muammolar dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda
Mening magistr dissertatsiya ishimda “Ta’lim tizimi uchun Web resurslar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari” mavzusini yoritib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |