Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.Suvning tabiatda tarqalishi haqida tushuntiring.
2.Suv qanday sohalarda ishlatilishi.
3.Suvning qanday ahamiyati bor.
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.
“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________
Sana: ____________________ Sinf: __________________FAN: Kimyo
Mavzu: Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari.
Suv tarkibining ifloslanishi. Suvni tozalash usullari.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad:Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari.
Suv tarkibining ifloslanishi. Suvni tozalash usullari. haqida bilim, ko`nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash choralari.
2. Suv tarkibining ifloslanishi. Suvni tozalash usullari.
Yangi darsning bayoni.
Yerdagi hayot uchun (ho‘jalik ehtiyojlari, qishloq ho‘jaligi yoki sanoatda ishlatish uchun) suv ko‘llar, daryolar va yerosti manbalaridan yoki sun’iy suv havzalaridan olinadi. Suv ta’minoti uchun beriladigan suv bir yoki bir necha kanalizatsion sistemalardan yoki sanoat korxonalaridan yohud qishloq ho‘jaligi kimyoviy vositalari qo‘llangan dalalardan o‘tib kelgan va shu kabi «ishlovlardan» o‘tgan suv bo‘lgani uchun suvning tozaligini saqlash katta ahamiyatga ega.Shuning uchun suv havzalariga qaytarilayotgan suv oqava suv sifatida o‘ziga xos tozalovdan o‘tishi lozim. Chunki bu suv atrof-muhitga qaytishdan oldin qishloq ho‘jaligi fermalari chiqindilari, drenaj suvlari, o‘g‘it va insektitsid, gerbitsid moddalari qoldiqlari bilan yoki shahar kanalizatsiyasi, axlatxonasi, kasalxonalar, do‘konlar, ovqatlanish shahobchalari, zavod, fabrika, laboratoriyalar oqavalari bilan ifloslangan.Shuning uchun bu kabi suv dastlabki tozalovga tayyorlanib, ikkilamchi va uchlamchi tozalovdan o‘tkazilishi lozim. Buning uchun suv bir necha bosqichda tozalash uchun tayyorlanadi: mexanik filtrdan o‘tkaziladi, bunda qum va boshqa qattiq jinsli zarralardan tozalangan suvdagi juda kichik zarralarni to‘la cho‘ktirib olish uchun dastlab ohak, so‘ngra alyuminiy sulfat tuzi qo‘shiladi, natijada barcha mayda zarrachalar va ko‘pgina bakteriyalar cho‘ktiriladi. Shundan so‘ng suv qum filtrdan o‘tkaziladi. Filtrdan o‘tgan suvga havo purkalganda undagi organik moddalarning parchalanishi kuchayadi. So‘nggi bosqichda suvni bakteriyalardan to‘la tozalash uchun ozon yoki xlor bilan ishlov beriladi. Bu sterillash bosqichidan so‘ng toza suv iste’molchiga berilishi mumkin.
Suvni bu usulda tayyorlashda zararli moddalardan tozalanadi. Lekin, ba’zida suv qattiqligini belgilovchi kalsiy va magniy ionlaridan ham tozalash zarurati yuzaga kelib qoladi. Bu ionlar sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi, sintetik yuvish vositalari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, bunday suv qaynatilganda quyqa hosil qiladi. Ko‘pincha yer ostidan olinadigan suvlar bunday tozalovdan o‘tkaziladi, chunki ohaktosh hamda kalsiy va magniyning boshqa birikmalari bilan yer ostida o‘zaro ta’sirlashishi natijasida suvda ularning miqdori ortib ketadi. Bu suvga ohak yoki so‘ndirilgan ohak va soda bilan ishlov beriladi, so‘ngra suv achchiqtosh bilan ishlovdan o‘tkazilgach iste’molchiga beriladi.Oqava suvlarni esa alohida tozalash usuli uch bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabki bosqich tozalovdan 30% atrofida, ikkilamchi tozalovdan 60% suv o‘tsa, 10% suv umuman tozalovdan o‘tkazilmaydi.Bunda ham dastlabki tozalov bosqichi yirik qattiq zarralarni filtrlab ajratishdan iborat. Bunda 60% gacha qattiq zarralar cho‘kishi mumkin, agar ikkilamchi tozalovga berilmasa, bu suvni xlor bilan zararsizlantirib, suv havzasiga chiqarib yuboriladi.Ikkilamchi tozalov bosqichida suvdagi organik moddalar havo yordamida parchalanadi, bunda aerob bakteriyalar ko‘payib, ular suvdagi organik moddalar qoldiqlari bilan oziqlanadi va suvni tozalaydi, so‘ng o‘zi loyqa holida cho‘kadi, tozalangan suvga xlor bilan ishlov berilib, suv havzasiga chiqariladi. Bu bosqichda 90% gacha qattiq zarralar cho‘ktirilishi yoki bartaraf etilishi mumkin.Dastlabki va ikkilamchi tozalov bosqichidan o‘tgan suv fosfor yoki azotning sezilarli darajadagi miqdorda birikmalarini saqlashi mumkin, bu esa suv havzalaridagi suv o‘tlarini ko‘payib ketishiga olib keladi, undan tashqari oqava suvlardagi ko‘p kimyoviy moddalar bu bosqichlardan o‘tib, yana atrof-muhitni, suv havzasini ifloslantirishi mumkin. Lekin ko‘p metallar va organik moddalardan suvni to‘la tozalash qimmatga tushadi. Shuning uchun kam miqdorda bo‘lsa-da, suv ba’zida uchlamchi tozalov bosqichidan ham o‘tkaziladi, bunda max-sus vositalar yordamida bu kabi qo‘shimchalar to‘la bartaraf etiladi va suv havzasiga qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |