Virus genomining transkripsiya va reproduksiyasi amalga oshadi.
Virionnnig yig‘ilishi.
Virus zarralarining xujayradan chiqishi.
Viruslarni o‘stirish uchun tirik organizmlar-sezgir xayvon organizmlaridan, tovuq
embrionidan, to‘qima kulturalaridan foydalaniladi.
Viruslarni o‘stirish usullari va ozuqa muxitlari
Virusning hujayraga kirishi va infektsion jarayon davrlari: Adsorbtsiya. Virus
DNK sining sintezi. Virus RNK si sintezi. Konservativ va yarim konservativ
replikatsiya. Virus zarrasining etilishi.
Hujayraga virus yuqtirilgandan so`ng, virus
zarrachasi hujayra ichida
ko`payadi va o`ziga o`xshash millionlab virus zarrachalarini hosil qiladi yoki
hujayra irsiy moddasi bilan virus irsiy moddasi bilashib, ma'lum vaqtgacha virus
zarralari hosil bo`lmay hujayra normal hayot kechirishi mumkin.
3,2-rasm
Virus hujayrada ma'lum vaqtgacha o`zini namoyon eta olmaydi. Ammo
birorta tashqi ta'sir (ultrabinafsha nurlar,
rentgen nurlari, kimyoviy moddalar)
natijasida, virus nuklein kislota hujayra DNK sidan ajralib, ko`payib, o`ziga
o`xshash virus zarrachalarini hosil qilishi mumkin.
Virusning hujayraga kirishidan to ko`payishigacha bo`lgan davrni bir necha
bo`laklarga bo`lib tekshiriladi. Birinchi davr-latent davri. Bu davrda virus
zarrachalarining soni o`zgarmaydi. Latent davrining
birinchi yarmida virus
zarrachalari hujayrada umuman uchramaydi va davr eklipis (yo`qolish) deyiladi.
Ikkinchi davr-virus zarrachalari sonining oshish davridir. Bu davr virus zarralari
hujayradan chiqishi bilan tugaydi. Virus
hujayraga yuqtirilganda, dastlab virus
zarrachasi
hujayra yuzasiga yopishadi, ya'ni adsorbtsiyalanadi. Bu protsess ham
spetsifik
xususiyatga
ega
bo`lib,
bir
virus
hamma
hujayraga
ham
adsorbtsiyalanavermaydi, balki ma'lum hujayragagina adsorbtsiyalanadi.
Adsorbtsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari-
retseptorlariishtirok etadi, ya'nivirus, hujayraga kirish uchun uning retseptori
hujayra retseptorlari bilan bog`lanishi kerak. Masalan: T-bakteriofagning
retseptorlari uning o`simta, to`g`irirog`i dum qismdagi fibrillarida joylashgan. T-
bakteriofaglari singari, maxsus adsorbtsiyalanish qismlari bo`lmagan,
sferasimon
va boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy guruhlar
retseptor deb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha birorta virus retseptorining
kimyoviy tuzilishi aniqlangan emas.
T-bakteriofagi hujayraga kirish paytida, o`zining
fibrillari bilan hujayra
devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan "probka"
yo`qoladi. So`ngra, o`simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o`simta o`zga
hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o`tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana biri yo`l pinotsitoz usulidir. Bu usul
chechak viruslarida qayd etilgan. Virus hujayraga yopishgandan so`ng hujayra
membranasi virus ichiga botib kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib
qoladi. Hujayra gidrolitikfermentlari ta'sirida
virus zarrasidagi oqsil va
fosfolipidlar parc
halanadi. Ozod bo`lgan nukleoproteid tarkibidagi DNK,
hujayradagi "echintiruvchi" fermentldar vositasida ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: