8-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu:Viloyat mashinasozlik,qurilish va kimyo sanoat tarmoqlari
Quyi Amudaryo mintaqasi (iqtisodiy rayoni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va
Xorazm viloyatini o‘z ichiga oladi. Mintaqa O‘zbekistonning shimoli – g‘arbiy
chekkasida joylashgan. U shimol va g‘arb tomondan Qozog‘iston, janubda
Turkmaniston, sharqda respublikaning Navoiy va Buxoro viloyatlari bilan chegaradosh.
Iqtisodiy rayon maydoni 172,6 ming kv.km. bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
hududining 38,4 foizini egallaydi. Aholisi, 2011 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 3240,5
ming kishi, jami respublika aholisining 11,4 foiziga teng. Iqtisodiy rayonlar ichida
hududining kattaligi bo‘yicha oldingi o‘rinda turadi; ichki tuzilishi jihatidan turli
kattalikdagi ma’muriy birliklardan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
maydoni 166,6 ming kv. km., Xorazm viloyatining maydoni 6,1 ming kv. km. ni tashkil
etadi. Mintaqa iqtisodiy geografik o‘rni ancha qulay, mavjud agroiqlimiy va mineral
xom ashyo resurslar sanoat tarmoqlarining rivojlashiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoatning rivojlanishi va uning hududiy tashkil etilishi qator omillarga bog‘liq.
Avvalambor, buning uchun tabiiy zahiralar, ya’ni mineral xom ashyo manbalari, er –
suv boyliklari talab qilinadi. Shu bilan birga, sotsial – iqtisodiy shart – sharoitlarning
ahamiyati ham kattadir. Chunonchi, aholi va mehnat resurslari, transport va boshqa
infratuzilma tarmoqlari sanoat korxonalarini joylashtirish va rivojlantirishga ta’sir
ko‘rsatadi. Bu va shunga o‘xshash shart – sharoitlar mamlakatning turli hududlarida bir
xil emas. Binobarin, sanoat ishlab chiqarishini geografik tadqiq etishda aynan ana shu
jihatlarga ustuvor ahamiyat bermoq zarur .
Xorazm viloyati mehnat resurslari bo‘yicha yuqori salmoqga
ega. Viloyat aholisini ish bilan ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish bugungi
kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Xorazm viloyatida 2010 yilda 59423
yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, shundan 23,7 foizi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasida, 8,6 foizi yangi ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va
kengaytirish hisobiga to‘g‘ri keladi. Aholi xalq xo‘jaligi tarmoqlarida bandligi
turlichadir. Jumladan, aholining 40 foizga yaqini qishloq xo‘jaligida, 9 foizga yaqini
sanoatda band. Aholini iqtisodiyot tarmoqlariga ayniqsa sanoatga (asosan engil, oziq –
ovqat va agrosanoat tarmoqlariga) ko‘proq jalb qilgan holda, aholining ishlab chiqarish
sohasidagi bandligini oshirish maqsadga muvofiq.
Mamlakat sanoatining rivojlanishi turli omillar ta’sirida shakllanadi. Ushbu omillar
hududning mineral qazilma boyliklari, mehnat resurslari, iqtisodiy geografik o‘rnidan
kelib chiqadi. Chunonchi, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni respublikaning katta tabiiy
resurs va inson salohiyatiga ega bo‘lgan hududi hisoblanadi. Biroq shunga qaramay, bu
erda sanoat tarmoqlari uncha rivojlanmagan. Mintaqa engil va oziq – ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan; xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlovchi sanoat tarmoqlari ustunlik qiladi.
Xorazm viloyati sanoat majmuasi engil va oziq – ovqat sanoatiga ixtisoslashgan
bo‘lib, sanoatning diversifikatsiya darajasi past. Engil sanoat jami viloyatda ishlab
chiqarilgan sanoat mahsulotining 42,7 foizini, oziq – ovqat sanoati 22,9 foizini tashkil
etadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida Xorazm viloyati alohida o‘rin egallaydi. Viloyat
Respublikaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, umumiy er maydoni 6,1
ming kv.km yoki respublika er maydonining 1,4 %iga teng.
Viloyatda 2014 yil sanoat ishlab chiqarishining 42,7 foizini engil, 22,9 foizini
oziq-ovqat, 5,39 foizini elektroenergiya, 4,79 foizi mashinasozlik va metalni qayta
ishlash, 5,20 foizini qurilish materiallari, tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |