Dars jihozlari: Darslik, Doska, Xarita, Chizma va tarqatma materiallar (krasvord, test va.b)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
a) Franklar imperiyasida madaniyat.
b) Vizantiya madaniyati.
d) Tasviriy san’at va me’morchilik.
e) Cherkov va maorif.
Franklar imperiyasida madaniyat.
Buyuk Karl o‘z davlatida yangi maorif tizimini yaratadi. Qirol tomonidan 789- yilda xalq maktablari joriy etiladi. Qo- nunga binoan, maktablar ibodatxonalar qoshida tashkil etilib, ruhoniylarga od- diy xalq farzandlarini bepul o'qitish buyurilgan. Saroyda ham maktab tashkil 34-rasm. Alkuin. etilib, unda Karlning yaqin do'stlari, olimlar — saroy akademiyasi a’zolari dars berishgan. Sa- roy akademiyasi antik davr mualliflari asarlarini o‘rganish, she’rlar bitish bilan mashg'ul bo‘lishgan. Ulardan biri tarixchi-rohib Eyngard asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Eyngardni ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamondoshlari “mehnatsevar chumoli” deb ataganlar. Saroy akademiyasining у ana bir a’zosi Alkuin va uning shogirdlari maorifni yo- yishda katta xizmat qilgan. Aytishlaricha, Karlning o‘zi ham lotin hamda yunon tillarini mukammal bilgan.
Vizantiya madaniyati. o‘rta asrlada davrida Vizantiya o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qoladi. Sababi, german qabilalari istilosi natijasida inqirozga uchragan G'arbiy Rimdan farqliroq, Vizantiyada antik madaniyat an’analari saqlanib, vizantiyaliklar hayotida yunon hamda Sharq madaniyatlari qorishmasi — ellinizm muhim o‘rin tutgan.
Vizantiyaning iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari yangi o‘quv va ilmiy markazlarni vujudga keltiradi. Konstan- tinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi, 1045-yilda hu- quqshunoslik va falsafa fakultetlaridan iborat universitet ochiladi. Poytaxtda oliy tibbiyot maktabi ham faoliyat yuritar edi.Vizantiyada tabiiy, tarix va geografiya fanlari ham rivojlangan. O‘rta asrda Vizantiyaga shuhrat keltirgan shishasozlik, kulolchilik, bo‘yoqlar tayyorlash sirlari antik davrdan saqlamb kelmgan. VII asrda ixtiro qilingan “grek olovi” Vizantiyaning dengiz janglaridagi muvaffaqiyatlarini ta’minlagan.Tarixchilar o'zlari ishtirok etgan voqealarni batafsil bayon etardilar. Geograflar esa xarita va shahar chizmasini chizardilar. O'sha vaqtlarda Yevropaning boshqa qismida bunday ishlar qilinmagan edi.
Tasviriy san’at va me’morchilik. Vizantiya madaniyati- ning eng mashhur sohasi tasviriy san’at: mozaika, freska va ikonalar yasash bo'lgan.
Mozaika (frans. mosaique — muzalarga bag'ishlangan) — bir xil yoki turli xomashyo (koshin, tosh, yog'och, marmar va metall) bo'laklaridan ishlangan tasvir, naqshinkor mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan.
Tasvirning vizantiycha uslubi: suratlar uyg'unligi, bo'yoqlar serjiloligi bilan ajralib turadi. Rassomlar cherkov qonunlari, talablari doirasidan kelib chiqib, mavhum emas, jonli ki- shilami tasvirlashga intilganlar. Mozaika va freskalari bilan Xori mo- nastiri (hozirgi Istanbuldagi Qahriya masjidi) o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridan hisob- lanadi.
Yustinian I davrida Konstan- tinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasini hech shubhasiz ilk o‘rta asrlarning eng mahobatli me’morchilik inshooti deb atash mumkin. Uning ulkan gumbazi bo‘lib, 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan.
XI asrlarda to‘g‘ri burchakli ibodatxonalar o‘rniga ko‘rinishidan xochsifat, o‘rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilingan.
Ibodatxonalar bir vaqtda osoyishtalik va xudoning dargohi hisoblangan. Ibodatxonalarni bezatishda qat’iy cherkov qonunlariga — Iso payg‘ambar, Bibi Maryam, avliyolar va “Bibliya” manzaralarini tasvirlash qonunlariga rioya qilingan. Xristian diniga oid san’atning maqsadi о Ugandan keyin jannatning rohat-farog‘atiga qanday erishish yo‘l-yo‘rig‘ini dindorlarga targ‘ib qilishdan iborat edi.
O‘rta asr Yevropasiga Vizantiya asosiy madaniyat tarqatuvchisi bo‘lgan: uning ustalari, musavvirlari, me’morlari boshqa mamlakatlarga taklif etib turilgan, shuningdek, ust- alar va olimlar qo‘lida Yevropa yoshlari tahsil olganlar. Jan- ubiy va Sharqiy slavyanlar madaniyatiga Vizantiya kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Vizantiyadan Kiyev Rusi xristianlik dinini qabul qiladi. Rusdagi dastlabki ibodatxonalar ham vizantiyalik ustalar tomonidan qurilib jihozlangan.
G‘arbiy Yevropada ham ilk o‘rta asrlarda ibodatxonalar, monastirlar qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Me’morchilikda roman uslubi ay- niqsa yuksalib, unda ibodatxonalar ulkan, salobatli devorlari, gumbaz- lari, qalin ustunlari, unchalik katta bo‘lmagan derazalari, darvoza va eshlklari arkali qilib qurilganligi bilan ajralib turadi.
Roman uslubida qurilgan eng mashhur binolar: Fransiyadagi
Puate, Klyuni, Arl ibodatxonalari; Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Maynts, Axendagi cherkovlar hisoblanadi.
Cherkov va maorif. G'arbiy Yevropada ilk o‘rta asrlar madaniyati xristian cherkovi bilan chambarchas bog'liq bo‘lgan. Cherkov ilm, maorif, adabiyot va san’atga bevosita ta’sir o‘tkazgan. Shuning uchun kishilarning dunyo haqidagi tasavvurlari cherkov hamda din ta’limotiga asoslangan edi. Boshqa mamlakatlar haqidagi ma’lumotlar yetarli bo'lmaganidan, aholi orasida turli uydirmalar ko‘p bo‘lardi. Fan-texnika taraqqiyotining pastligi insonlarning qurg'oqchilik, suv toshqinlari va yuqumli kasal- liklardan jabrlanishiga olib kelgan.
Zararat bo‘lmaganidan faqat dehqonlar emas, hatto feodallar orasida ham savodli kishilar kam bo‘l- gan. Ritsarlar imzo o'rniga ko'pincha ikki chiziq tortib qo'yishgan.
Ibodatxona va monastirlar qoshidagi boshlang'ich mak- tablar quyi martabadagi ruhoniylami tayyorlagan. Bu kabi maktablarda lotin tilidan tashqari, ibodat qilish va duolar o'qish tartiblari ham o'rgatilgan.
Katta ibodatxonalar qoshida tashkil etilgan o'rta maktablarda esa dunyoviy ilmlar ham o'qitilgan. Buyuk Karl davlatida keng tarqalgan shu turdagi maktablar asrlar o‘tib universitetlar ochilishi uchun asos bo'ladi.
Ibodatxona maktablarida turli yoshdagi bolalar yoshiga qarab sinflarga bo‘linmasdan, aralash holda o'qitilgan. Aksari maktablarda bittagina kitob bo'lgan va o'qituvchi uni navbat bilan bolalarga berib, parchalar o'qitgan. Darslar lotin tilida olib borilgan. O'quvchilarning qiziqishi deyarli hisobga olinmagan. Intizomsiz o'quvchilar qattiq jazolangan.
Maktablarda antik davrdan mavjud “yetti erkin san’at” deb nomlangan fanlar o'rgatilgan. O'quvchilar dastlab trivium — grammatika, dialektika va ritorikani o'zlashtirganlar.
Grammatika — tilshunoslik ilmi, bolalarni o'qishga o'rgatgan.
Dialektika — hozirgi mantiqqa o'xshash fan bo'lib, unda o'quvchilar munozara olib borishga, o‘z fikrini isbotlashga o'rgatilgan.
Ritorika — she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o'rgatgan.
Nisbatan murakkab fanlar tarkibi — kvadriumda o‘quv~ chilar: arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya asoslarini o'zlashtirganlar. Astronomiyaga o‘rta asrlarda mashhur bo'lgan astrologiya — munajjimlikka oid ma’- lumotlar kiritilgan. Munajjimlar sayyora va yulduzlarga qarab odamlar taqdirini aytib berishga harakat qilganlar.
Savol va topshiriqlar:
Platon akademiyasi haqida nimalami bilasiz?
Vizantiyada tasviriy san’atning qaysi sohalari yaxshi rivojlangan?
Yevropa va Vizantiya me’morchiligi durdonalari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
O'rta asr maktablari haqida gapirib bering
O'quvchilar trivium va kvadriumda nimalarni o'rganganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |