Variable
|
Coefficient
|
Std. Error
|
t-Statistic
|
Prob.
|
Hududiy iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi X1
|
2.895378
|
0.235914
|
12.27301
|
0.0000
|
Hudud qishloq ho‘jaligida bandlar soni X2
|
38.62627
|
9.455394
|
4.085104
|
0.0065
|
Hududning qishloq xo‘jaligi ekin maydoni X3
|
2218.613
|
2451.487
|
0.905007
|
0.4003
|
Tasodifiy omillar ta’sirini e’tiborga oluvchi qiymat S
|
-536750.2
|
564194.2
|
-0.951357
|
0.3782
|
|
|
|
|
|
R-squared
|
0.980307
|
Mean dependent VAR
|
10796.40
|
Adjusted R-squared
|
0.970461
|
S.D. dependent VAR
|
7056.308
|
S.E. of regression
|
1212.762
|
Akaike info criterion
|
17.32836
|
Sum squared resid
|
8824745.
|
Schwarz criterion
|
17.44940
|
Log likelihood
|
-82.64181
|
Hannan-Quinn criter.
|
17.19559
|
F-statistic
|
99.56063
|
Durbin-Watson stat
|
1.761604
|
Prob(F-statistic)
|
0.000017
|
|
|
|
Aniqlangan modeldagi endogen omil uchun Fisher mezoni qiymati 99,56 ga teng bo‘lib, uning ahamiyati 0,000017 ga teng. Bundan ko‘rinib turibdiki, tuzilgan trend modelini ahamiyat jihatidan amaliyotda qo‘llash mumkin.
Model sifati dasturiy paket vositasida Akiake axborot mezoni (17,33), SHvars mezoni (17,45) va Xannan-Kuin mezoni (17,19) orqali baholangan. Ushbu mezonlar qiymati ham trend modelini qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
Tuzilgan ekonometrik modelda avtokorrelyasiya yoki multikolleniarlik mavjudligini aniqlash imkonini beruvchi Darbin-Uotson (DW) mezoni 1,76 ga teng bo‘lib, optimal chegara 2,0 atrofida ekanligi hisobga olinsa, modelning sifatini nisbatan yuqori ekanligini, ya’ni avtokorrelyasiya darajasi past ekanligini ko‘rish mumkin.
EViews10 dasturiy paketidan foydalangan holda Andijon viloyati hududiy qishloq xo‘jaligi tarmog‘i tomonidan 2010-2019 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining ±2 statistik xatolik chegaralarida o‘zgarishi trendini shakllantiramiz hamda ushbu trendning ahamiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni baholanadi.
Rasmda keltirilgan ko‘rsatkichlar tuzilgan modelning ahamiyati hamda adekvatligini aks ettiradi. Jumladan, Teil notenglik koeffitsienti 0,037 ga, Teil U2 koeffitsienti 0,44 ga, Bias nisbati 0 ga, variatsiya nisbati 0,005 ga, kovariatsiya nisbati 0,995 ga hamda simmetrik MAPE 8,69 ga teng ekanligi tuzilgan modelning zaruriy oraliqlarda joylashganligini ko‘rsatadi. Xususan, simmetrik MAPE uchun chegara 10 gacha ekanligi hisobga olinsa, taxminiylik xatoligi darajasi belgilangan chegaradan kichikligini ko‘rish mumkin, ya’ni MAPE: 8,69<10.
YUqoridagilar bilan birga Andijon viloyati hududiy qishloq xo‘jaligi tarmog‘i tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmining omillar ta’sirida o‘zgarish modelini baholashda qoldiq, haqiqiy va tuzilgan model qiymatlari grafigidan ham foydalanish maqsadga muvofiq.
Grafikda qoldiq model asosida hisoblangan va haqiqiy qiymatlarning qoldiq ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tebranish darajasi yuqori bo‘lsa-da, haqiqiy ko‘rsatkichlar va tuzilgan model asosida hisoblangan ko‘rsatkichlar grafigi o‘rtasidagi farq darajasi sezilarsiz ekanligini ko‘rish mumkin.
YUqoridagi tahliliy ma’lumotlar hamda ko‘rsatkichlar qiymatlarini baholash asosida Andijon viloyati hududiy qishloq xo‘jaligi tarmog‘i tomonidan 2010-2019 yillar davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va unga omillar ta’sirini hisobga olgan quyidagi trend modelini hududiy qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini kelgusi davrda rivojlantirish strategiyalari asosida ssenariylar ishlab chiqish jarayonida qo‘llash mumkin.
Tuzilgan trend modelidan foydalanishda tarmoqqa kiritilayotgan resurslar (ekzogen omillar) hajmini har bir birlik qo‘shimcha kiritilayotgan resurs birligidan olinadigan samarani hisobga olgan holda belgilash resurs samaradorligini optimal ta’minlash imkonini beradi hamda tarmoqning muvozanatlashgan holda barqaror rivojlanishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |