Mavzu: vaqtli qatorlarning additiv va multiplikativ modellari



Download 2,5 Mb.
bet11/12
Sana11.02.2022
Hajmi2,5 Mb.
#442729
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 5197220589223285772

Ko‘rsatkich nomi

Model

Yillar

2020

2021

2022

2023

2024

Hududiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi, mlrd. so‘m



22821,7

25008,5

27195,3

29382,1

31568,9

Hududiy iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mlrd. so‘m



5780,4

6367,0

6953,5

7540,0

8126,5

Hudud qishloq ho‘jaligida bandlar soni, ming kishi



834,5

845,8

857,1

868,5

879,8

Hududning qishloq xo‘jaligi ekin maydoni, ming ga



230,1

230,2

230,2

230,2

230,2

Aniqlangan ma’lumotlardan foydalangan holda viloyat iqtisodiyotining qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yaratilgan mahsulot hajmi unga ta’sir etuvchi omillar ta’sirida o‘zgarishini ko‘p omilli ekonometrik modeli tuzildi. Unga ko‘ra ushbu jarayonni ifodalovchi


(1)
(1)-regressiya tenglamasi tuzildi.
Tuzilgan modelning ishonchliligi va adekvatligini bir necha mezonlar asosida tekshirib, natijalar aniqligiga ishonch hosil qilish lozim. Aniqlangan trendda avtokorrelyasiya past darajadaligi va boshqa mezonlar bo‘yicha ham talabga javob berganligidan yuqorida aniqlangan (1)- regressiya tenglamasi ishonchli deb topildi va adekvatligi isbotlandi.
Ko‘p omilli ekonometrik modeldan foydalangan holda hududiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining o‘rta muddatda, ya’ni 2020-2024 yillarda o‘zgarishi qiymatlarini grafikda ko‘rinishi ifodalandi.



Tuzilgan modeldagi o‘zgaruvchilar koeffitsientlari asosida har bir omil qiymatining qo‘shilgan bir birligi hisobiga natijaviy omil qiymatining qanchaga o‘zgarishini baholashimiz mumkin bo‘ladi. Jumladan, hududiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini qo‘shimcha 1 so‘mlik hududiy iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar 2,9 so‘mga, hudud qishloq xo‘jaligida bandlar sonining 1000 kishiga ortishi 38,6 mlrd. so‘mga, hududning qishloq xo‘jaligi ekin maydonining 1000 gektarga ortishi 2218,613 mlrd. so‘mga ko‘payishiga olib keladi.
YUqoridagi omilli bog‘lanishlar asosida biz Andijon viloyati hududiy qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishida eng muhim deb topilgan ko‘rsatkichlarning natijaviy ko‘rsatkich hisoblangan hududiy qishloq xo‘jalik tarmog‘i tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot yalpi hajmiga ta’siri asosidagi rivojlanish ssenariysi ishlab chiqildi.
Viloyat qishloq xo‘jaligi rivojlanishini strategik rejalashtirish jarayonida aniqlangan trendlardan foydalanish hududiy qishloq xo‘jaligiga kiritilayotgan resurs hajmini to‘g‘ri taqsimlagan holda resurs birligidan olinadigan samarani optimallashtirish imkonini beradi.
Eviews10 dasturiy paketidan foydalangan holda amalga oshirilgan regression tahlil jarayonida aniqlangan parametrlar hamda modelning ahamiyati dastur tomonidan hisoblangan asosiy baholash ko‘rsatkichlari orqali baholangan.
Dasturiy paket asosida amalga oshirilgan tahlil natijaviy omilning ta’sir etuvchi omillar bilan ko‘plikdagi korrelyasiyasi r=0,9803 ga, determinatsiya koeffitsienti R2=0,9705 ga teng ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu esa ta’sir etuvchi omillar bilan natijaviy omilning yuqori zichlikda korrelyasiyaga ega ekanligini va hisoblangan ko‘rsatkichlar bilan real ko‘rsatkichlar orasidagi farq sifatidagi qoldiqlarning ham zich bog‘langanligini ko‘rsatadi.
Jadvalda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar qiymatidan foydalangan holda tuzilgan ekonometrik modelning ahamiyati va parametrlari sifatini baholanadi.



Dependent Variable: Hududiy qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi, Y

Method: Least Squares







Date: 10/16/20 Time: 20:08







Sample: 2010 2019







Included observations: 10























Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish