Ichki audit xizmati hodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
- auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;
- O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |