3-tajriba .Ammoniy ioniga reaksiya. Probirka 5-6 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan solib,ustiga 3-4 tomchi 2 n o’yuvchi natriy eritmasidan tomizing.Probirkani ohista qizdirib,og’ziga qizil lakmus qog’ozini tuting.Rang o’zgarishini kuzating.Ajralib chiqayotgan ammiakni hididan ham bilish mumkin.Reaksiya tenglamasini yozing. 4-tajriba.Ammoniy xloridning parchalanishi. Quruq probirkaga bir necha dona ammoniy xlorid tuzidan solib,shtativga vertical qilib o’rnating.Probirkani sekin qizdiring.Hodisani kuzating.Probirkaning sovuq devorlarida qaytadan oq kristallar hosil bo’lishiga e’tibor bering.Probirka sovigandan so’ng unga suv quying.Hosil bo’lgan eritmada Cl- ioni qanday aniqlanadi?NH+ ioniga reaksiya qilib ko’ring.Rreaksiya tenglamalarini yozin.
Do'stlaringiz bilan baham: |